Choʻlpon Ergash 1937 yilda qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida tugʻildi. Bolaligi ikkinchi jahon urushi davriga toʻgʻri kelib, ancha mashaqqatli kechdi. Toʻqqiz yoshida maktabga bordi. Harbiy xizmatdan soʻng 60-yillarda Toshkentga kelib, avval madaniy-oqartuv texnikumida, soʻngra Toshkent teatr va rassomlik institutida tahsil oldi. Biroq, sahnani emas, adabiyotni tanladi. Birinchi sheʼri “Oʻzbekiston” jurnalida chop etildi. 1970 yilda “Tong yulduzi” nomli birinchi toʻplami bosilib chiqdi.
Shundan soʻng Choʻlpon Ergashning “Bizning uyimiz”, “Muborak kunlar” (1972), “Umid chirogʻi” (1979), “Bahor orzulari” (1980), “Tongotar sadolari” (1982), “Sehrli qoʻngʻiroq”, “Oy chodir tikmoqda” (1985), “Eng baland qasr” (1986), “Karvon kelar”, “Orzuning ogʻir kipriklari” (1990) kabi kitoblari nashr etildi.
Shoir sheʼrlarini kuzatar ekanmiz, unda havoyilikdan xoli, ogʻir, vazmin va “gap tagida gap yotar” qabilidagi tuygʻular tizmasiga duch kelamiz.
Choʻlpon Ergashning, ayniqsa, “Orzuning ogʻir kipriklari” toʻplamiga kirgan “Oʻtmish oʻyini” kabi dostonlari insoniyatning asriy orzu-istaklari, armonlari boʻlmish erk, ozodlik, mustaqillik, oʻzligini topish, ona Vatan muqaddasligi, muhabbatning pokligi, baxtning butunligi, yurtning tinchligi haqida bahs yuritadi.
Choʻlpon Ergashning liro-epik janrdagi izlanishlari, xususan, yigirma dostondan iborat “Rahmon vas-vas” turkumi adabiy-madaniy hayotimizda katta voqea boʻldi. Oʻtgan asrning 70-yillar oʻrtalaridan boshlanib, 90-yil boshlarida yakunlangan dostonlar (“Shaytonning boshidan kechirganlari”, “Tangri vasiyati”, “Qiyomat”, “Ajinalar oʻyini”, “Osmondan tushgan odam”, “Rahmonning qaytishi”, “Raʼnoning savdosi”, “Jinnixonadagi tushlar”, “Bezovta ruhlar” va hokazo) majozlar, timsollar asosiga qurilgan. Yana “Sehrli qoʻgʻirchoq”, “Zar kokilli bogʻijahon afsonasi”, “Nomus va muhabbat”, “Hasharchilar”, “Umrdan lavhalar” singari liro-epik asarlari ham dostonchiligimiz tarixida oʻziga xos oʻringa ega.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Чолпон Эргаш родился в 1937 году в Оше, соседней Киргизской Республике. Его детство было очень тяжелым во время Второй мировой войны. Он пошел в школу в возрасте девяти лет. После службы в армии в 1960-х годах приехал в Ташкент и учился сначала в культурно-просветительском техникуме, затем в Ташкентском театрально-художественном институте. Однако он выбрал литературу, а не сцену. Первое стихотворение было опубликовано в журнале «Узбекистан». В 1970 году вышел первый сборник «Утренняя звезда».
После этого Чолпона Эргаша «Наш дом», «Счастливые дни» (1972), «Свет надежды» (1979), «Весенние грезы» (1980), «Звуки Тонготара» (1982), «Волшебный колокол», « «Луна строит палатку»» (1985), «Самый высокий замок» (1986), «Идет караван», «Тяжелые ресницы Орзу» (1990).
Когда мы смотрим на стихи поэта, мы сталкиваемся с гаммой чувств, лишенных воздушности, тяжелых, сдержанных и «под речью лежит речь».
Эпосы Чолпона Эргаша, особенно «Игра прошлого», вошедшая в сборник «Тяжелые плети сна», рассуждают о вековых желаниях и мечтах человечества: свободе, независимости, обретении себя, святости Родины, чистота любви, целостность счастья, мир страны. .
Большим событием в нашей литературной и культурной жизни явились исследования Чолпона Эргаша в лирико-эпическом жанре, в частности цикл из двадцати былин «Рахмон Вас-вас». Эпосы, начавшиеся в середине 70-х годов прошлого века и закончившиеся в начале 90-х («Опыты сатаны», «Божий завет», «Судный день», «Игра морщин», «Человек, упавший с неба», «Возвращение милостивого», «Продажа Раны», «Сны в сумасшедшем доме», «Взволнованные духи» и др.) построены на основе метафор и символов. Особое место в истории нашего эпоса занимают такие лиро-эпические произведения, как «Волшебная кукла», «Сказание о золотом саду», «Честь и любовь», «Хашарчилар», «Умардан Лавхлар».
Из книги «Узбекские писатели» (С. Мирвалиев, Р. Шокирова. Ташкент, издательство литературы и искусства им. Гафура Гулома, 2016).