Genital gerpes sabablari va davolash sirlari

Genital gerpes sabablari va davolash sirlari
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Ayollarda genital gerpes – oddiy gerpes virusi 1, 2 keltirib chiqaruvchi jinsiy yoʻllar shilliq qavatini zararlanishi bilan kechadigan kasallik. Urogenital sohada vezikulyar toshmalar toshishi, eroziyalar hosil boʻlishi, ekssudatsiya, achishish va ogʻriq hissi kasallik klinik belgilaridir.

Koʻpincha umumiy ahvol oʻzgarishi: isitma, holsizlik, uyquning buzilishi ham kuzatiladi. Genital gerpes diagnostikasida viruslarni aniqlab beruvchi tekshiruv usullari oʻtkaziladi (PZR, hujayra kulturasida OGV ni oʻstirish, IFA analizi). Kasallik davosida immunitetni ragʻbatlovchi va viruslarga qarshi qoʻllaniladigan preparatlardan foydalaniladi.

Ayollarda genital gerpes – gerpetik infeksiyaning bir koʻrinishi boʻlib, mahalliy oʻzgarishlar genital sohalarda kuzatiladi. Virus jinsiy yoʻl orqali yuqishi inobatga olib kasallikni ginekologik hamda venerologik deb qarasa ham boʻladi. Kasallik inson hayoti oxirigacha kechishi va xuruj qilib turishi bilan xavflidir. Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar orasida gerpes virusi uchinchi oʻrinda turadi.

Ayollar genital gepres virusi bilan erkaklarga nisbatan ikki barobar koʻproq zararlanadilar. Kasallikning eng koʻp qayd etiladigan yosh 20-24 va 35-40 yoshlar oraligʻi hisoblanadi. Ayollar jinsiy aʼzolar tizimi gerpes virusi bilan doimo zararlangan boʻladi, ammo virus ayrimlarda oʻz taʼsirini koʻrsatadi, ayrimlarda esa belgilarsiz oʻz haot faoliyatini davom ettiraveradi. Shunday boʻlsada, yashirin gerpes virusi ham ayollarda jiddiy asoratlarga sabab boʻlishi mumkin, masalan homila tushishi, homila infeksiyalanishi, homiladorlik roʻy bermasligi, tugʻma nuqsonlar.

Genital gerpes sabablari

Tekshiruvlarga koʻra, 70 % dan koʻp holatlarda kasallik qoʻzgʻatuvchisi OGV 2 tipi va 30 % holatlarda OGV 1 tipi boʻlib hisoblanadi. Gerpes tashuvchisi va manbasi boʻlib kasallangan inson yoki latent shaklda viruslarni tashuvchi insonlar boʻlib hisoblanadi. Infeksiyaning yuqishi asosan jinsiy aloqa yoʻli bilan amalga oshadi, bunda noodatiy jinsiy aloqa usullari ham kasallik qoʻzgʻatuvchisi yuqishiga olib keladi (oral-genital, anal-genital, genital). Kam holatlarda virus maishiy vositalar orqali yuqadi (gigiyena vositalari) va tibbiy yoʻl (tibbiyot asboblari, qoʻlqoplar) ham virus yuqishiga sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari virus bilan zararlash inson oʻzi tomonidan ham roʻy berishi mumkin, masalan ogʻzi boʻshligʻidagi viruslarning jinsiy yoʻllarga oʻtishi. OGV uchun kirish darvozasi jinsiy aʼzolar shilliq qavatlaridir.

Infeksiya yuqishida xavf omillariga jinsiy hayotning boshlanishi, himoyalanmagan jinsiy aloqa va tartibsiz jinsiy aloqaga kirishish kabilar kiradi. Yashirin kechuvchi gerpes virusi yuqish ehtimoli 75-80 % ni tashkil etadi. Genital gerpes koʻpincha boshqa jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar bilan birga kechadi, ayniqsa gonoreya (soʻzak) kasalligi bilan. Bundan tashqari gerpes natijasida hosil boʻlgan eroziya va shilliq qavat mikrotravmalar OIV-infeksiyasi yuqishini osonlashtiradi.

Gerpes virusi shilliq qavatlar orqali organizmga kirgach gemotogen yoki transnevral yoʻl orqali paravertebral gangliylarga joylashib oladi va inson butun umri davomda saqlanib qoladi. Turli xil omillar taʼsirida (stress, shamollash, charchash, hayz koʻrish vaqtida va boshqalar) latent virusning yuzaga chiqishi roʻy beradi. Aksonlar orqali gerpes virusi jinsiy aʼzolar shilliq qavatiga boradi va genital gerpes klinik belgilarini yuzaga chiqaradi.

Klassifikatsiyasi

Klinik holat va kasallik kechishiga qarab quyidagicha tasniflash mumkin:

  • Birlamchi genital gerpes – kasallikka tashxis qoʻyilgan vaqtda gepres virusi bemorni umuman bezovta qilmagan boʻladi, OGV ga qarshi antitelo qonda aniqlanmaydi;
  • Genital gerpes ilk namoyon boʻlishi – gerpes virusi ekstragenital sohalarda ilgari namoyon boʻlgan, qonda OGV ga qarshi antitelo shakllangan, ammo virus jinsiy aʼzolarni ilk marotaba zararlagan holat;
  • Xurujlanuvchi genital gerpes – genital gerpes belgilari qayta namoyon boʻlib turishi;
  • Belgilarsiz kechuvchi genital gerpes – bemorda gerpes belgilari yuzaga chiqmagan ammo, bemor jinsiy aloqa vaqtida sherigini zararlash ehtimoli bor.

Ayollarda genital gerpes ogʻirlik darajasi kasallik klinik belgilari namoyon boʻlishi soniga asoslanib farqlanadi: yengil daraja – kasallik xuruj qilishi yil davomida 1-3 marotaba roʻy beradi; oʻrtacha ogʻirlik – yil davomida 4-6 marotaba; ogʻir daraja – klinik belgilar har oyda yuzaga chiqadi.

Kasallik lokalizatsiyasi va tarqalganlik darajasiga qarab 3 ta bosqichga boʻlinadi:

  1. Oraliq va tashqi jinsiy aʼzolar shilliq qavatlari zararlanishi (gerpetik vulvit);
  2. Qin, bachadon boʻyni, uretra zararlanishi (gerpetik vulvovaginit, uretrit, kolpit, endoservitsit);
  3. Bachadon, bachadon naylari, siydik pufagi zararlanishi (gerpetik endometrit, salpingit, sistit).

Jinsiy va siydik chiqaruv aʼzolaridan tashqari yalligʻlanish jarayoni anal kanali va toʻgʻri ichak ampulasini ham qamrab olishi mumkin.

Ayollarda genital gerpes belgilari

Birlamchi genital gerpes

Birlamchi genital gerpes kechishida 5 ta davr farqlanadi:

  1. inkubatsion;
  2. prodromal;
  3. toshmalar;
  4. tiklanish;
  5. bitish.

Inkubatsion davr – infeksiyaning yashirin holatda boʻlishi 2 sutkadan 14 sutkagacha davom etishi mumkin. Bu davrda virus jadal replikatsiyalanadi va klinik belgilar yuzaga chiqmaydi. Prodromal davrda mahalliy va umumiy klinik belgilar yuzaga chiqa boshlaydi.

Umumiy holsizlik, tana haroratining subfebril darajaga koʻtarilishi, mushaklarda ogʻriq kuzatiladi. Lokal belgilardan qichishish va tashqi jinsiy aʼzolar sohalarida parezlar, dizuriya holatlari namoyon boʻladi.

Toshmalar davrida – shilliq qavatlarda gerpes virusiga hos boʻlgan vezikulyar toshmalar toshadi. Pufakchalar diametri 2-3 mm.ni tashkil etadi, guruh-guruh boʻlib joylashadi va oʻzida shaffof suyuqlik saqlaydi. Sekin astalik bilan boshqa toshma elementlari hosil boʻla boshlaydi.

Umumiy belgilar toshma toshish davrida kamayadi, ammo mahalliy belgilar qichishish, shish, ogʻriq, achishish hissi saqlanib qoladi. Bu davrda bemor uyqusi buzilgan, nevrotik holatlar kelib chiqadi. Toshmalar toshish davri oʻrtacha 7-10 kun davom etadi.

Tiklanish davrida pufakchalar xiralashadi, yoriladi va eroziyalar hosil boʻladi. Baʼzida pufakchalar oʻrnida yarachalar paydo boʻladi, ularning chuqurligi 1 mm.ni tashkil etadi. Yakka eroziyalar kengayib eroziv oʻchoqlarni hosil qilishi mumkin, eroziyalar ogʻriqli, qonamaydi ammo yiringli karash bilan qoplangan boʻlishi mumkin.

Bitish davrida umumiy va mahalliy belgilar kamayadi. Eroziya-yarali oʻchoqlar sekin asta bita boshlaydi, epitelizatsiyalanish boshlanadi. Yaralar bitganidan soʻng chandiq hosil boʻlmaydi, ammo maʼlum bir vaqt davomida giperemiyalangan yoki giperpigmentatsiya holatida saqlanib turishi mumkin.

Qaytalanuvchi genital gerpes

Qaytalanuvchi genital gerpes tipik (yashirin) yoki atipik shaklda kechishi mumkin. Tipik shaklida vezikulo-eroziyali toshmalar tashqi jinsiy aʼzolarda paydo boʻladi. Qaytalanish davri 7-10 kunni tashkil etadi. Atipik kechuvida esa shish, qichishish yoki subklinik belgilar qoʻshiladi.

Shishlar vulva sohasida diffuz giperemiyalanish koʻrinishida namoyon boʻladi. Qichishish esa shilliq qavatlar chuqur yaralari va eroziyalari taʼsirida yuzaga chiqadi. Subklinik belgilar esa jinsiy aʼzolarda paydo boʻladigan belgilarning barchasi namoyon boʻlishi mumkin, ammo ancha kuchsiz baʼzida belgilarsiz kechishi ham mumkin.

Atipik shakllariga yana quyidagilar ham kiradi: vuvodiniya, psevdoeroziya, bachadon boʻyni leykoplakiyasi, kondiloma va chanoq ganglionevriti. Genital gerpes radikulopatiya, ishuriya, meningit, gepatit va boshqa aʼzolar zararlanishi bilan asoratlanishi mumkin. Genital gerpesdan aziyat chekuvchi ayollarda bachadon boʻyni oʻsma kasalliklari rivojlanish ehtimoli yuqori boʻladi.

Kasallik diagnostikasi

Kasallik tashxisotida bemor anamnezi, shikoyatlari, ginekologik koʻruv, biologik ajralamalardan naʼmuna olish hamda laborator analizlardan foydalaniladi.

Diagnozni aniq qilish uchun viruslarni aniqlab beruvchi usullar PZR, IFA, virus kulturasini hujayrada oʻstirish kabi tekshiruvlar oʻtkazilishi kerak. Tekshiruv uchun qon, vezikula ichidagi suyuqlik, urogenital yoʻllardan olingan surtma olinadi.

Ginekologik koʻruvda kasallik oʻtkir kechuvida toshmalar va tashqi jinsiy yoʻllarda eroziyalar aniqlanadi. Genital gerpes dermatit, qoʻtir, qizil lishay, yuqumli mollyuska, streptokokkli impetigo, zahm va boshqa jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar bilan differensatsiya qilinadi.

Genital gerpesni davolash

Hozirgi kunda OGV ni organizmdan toʻliq chiqarib yuboruvchi dori preparati oʻylab topilmagan. Shu sababli medikomentoz davo muolajalari kasallik xurujlarini kamaytirish hamda klinik belgilarni bartaraf etishga qaratiladi. Eng asosiysi jinsiy aloqaga kiruvchi juft ham tekshirilishi kerak.

Hozirgi kunda OGV ni organizmdan toʻliq chiqarib yuboruvchi dori preparati oʻylab topilmagan. Shu sababli medikomentoz davo muolajalari kasallik xurujlarini kamaytirish hamda klinik belgilarni bartaraf etishga qaratiladi. Eng asosiysi jinsiy aloqaga kiruvchi juft ham tekshirilishi kerak.

Etiopatogenetik davo maqsadida viruslarga qarshi preparatlar (atsiklovir, valatsiklovir, famsiklovir) qoʻllaniladi. Preparat dozasi va davomiyligi kasallik ogʻirlik darajasi va shakliga qarab belgilanadi. Qoʻshimcha sifatida mahalliy qoʻllaniladigan viruslarga qarshi gel, krem, maz va aerozollar ham buyuriladi. Yoriqlar va eroziyalarni antiseptiklar bilan qayta ishlash mumkin.

Immun tizimini ragʻbatlash uchun interferon preparatlari qoʻllaniladi. Qaytlanuvchi shaklida kechuvchi gerpetik kasalliklarga qarshi emlanish mumkin. Bunga koʻrsatma – homiladorlar, boshqa infeksiyalarga ham moyil boʻlgan ayollar boʻlishi mumkin.

Genital gerpes profilaktikasi jinsiy yoʻl orqali yuqadigan boshqa infeksiyalar kabi olib boriladi, yaʼni jinsiy aloqaga kirish tartib qoidalariga rioya qilish, jinsiy juftni faqatgina yagona inson bilan olib borish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish kabilar.

Homiladorlik va genital gerpes

Genital herpes virusi yo’ldosh orqali oʻtishi mumkin, bu esa homilaning rivojlanayotgan nerv toʻqimalariga taʼsir qiladi. Ayniqsa, homiladorlikning dastlabki uch oyligida chaqaloqning ichki organlari shakllanayotgan davrda virusning taʼsiri juda xavflidir.

Bundan tashqari, genital gerpes homila tushishi va erta tug’ilish xavfini keskin oshiradi. Tug’ruq vaqtida virusni onadan bolaga o’tishini oldini olish maqsadida shifokor kesarcha kesish o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin.​

Agar homilaga infektsiya yuqsa, virus bolaning ko’zlarini, terisini, shilliq qavatlarini va yurak-qon tomir tizimiga ta’sir qilishi, zararlashi mumkin. Davolash amalga oshirilmasa, afsuski zararlangan chaqaloqlarning o’lim ko’rsatkichi oshishi mumkin.

Jinsiy aloqa va genital gerpes

Boshqa jinsiy yo’l orqali yuqadigan kasalliklar kabi genital gerpes bilan zararlanishni oldini olishning asosiy usuli – bu prezervativ. Ammo agar kasallangan jinsiy sherikning genital hududida kasallik keng tarqalgan boʻlsa, prezervativ​ ham qarshi himoya qila olmaydi. Agar genital gerpes virusi ikkala hamkorda topilgan boʻlsa, davolanish bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishi kerak, bu infeksiya bilan muvaffaqiyatli kurashish imkoniyatini oshiradi.

Ikid.uz


Генитальный герпес у женщин – заболевание, вызываемое вирусом простого герпеса 1, 2, вызывающим поражение слизистой оболочки половых путей. Клиническими признаками заболевания являются везикулярные высыпания, образование эрозий, экссудация, болезненность и болезненность в мочеполовой области.

Часто отмечается изменение общего состояния: лихорадка, слабость, нарушения сна. При диагностике генитального герпеса проводят методы обследования, выявляющие вирусы (ПЦР, культивирование ОГВ на культуре клеток, ИФА-анализ). При лечении заболевания применяют препараты, стимулирующие иммунитет и применяемые против вирусов.

Генитальный герпес у женщин – форма герпетической инфекции, в области гениталий наблюдаются локальные изменения. В связи с тем, что вирус передается половым путем, заболевание можно считать гинекологическим и венерологическим. Болезнь опасна тем, что длится до конца жизни человека и продолжает атаковать. Вирус герпеса является третьей наиболее распространенной инфекцией, передающейся половым путем.

Женщины в два раза чаще заболевают генитальным герпесом, чем мужчины. Наиболее частый возраст заболевания 20-24 и 35-40 лет. Половая система женщин всегда заражена вирусом герпеса, но у одних вирус проявляет свое действие, а у других продолжает свою жизнь бессимптомно. Однако латентный вирус герпеса также может вызывать серьезные осложнения у женщин, такие как выкидыш, инфицирование плода, бесплодие и врожденные дефекты.

Причины генитального герпеса

По данным исследований, возбудителем заболевания является ОГВ 2 типа более чем в 70% случаев и ОГВ 1 типа в 30% случаев. Носителем и источником герпеса является инфицированный человек или люди, являющиеся носителями вируса в латентной форме. Передача инфекции осуществляется преимущественно половым путем, при котором к передаче возбудителя приводят и необычные способы полового акта (орально-генитальный, анально-генитальный, генитальный). В редких случаях вирус передается через предметы домашнего обихода (средства гигиены) и медицинское оборудование (медицинское оборудование, перчатки) также может стать причиной передачи вируса. Кроме того, заражение вирусом может произойти и от самого человека, например, передача вирусов из ротовой полости в половые пути. Входными воротами для ОГВ является слизистая половых органов.

Факторы риска заражения включают начало половой жизни, незащищенный секс и беспорядочные половые связи. Вероятность передачи латентного вируса герпеса составляет 75-80%. Генитальный герпес часто сосуществует с другими венерическими заболеваниями, особенно с гонореей. Кроме того, эрозии и микротравмы слизистой, вызванные герпесом, способствуют передаче ВИЧ-инфекции.После попадания вируса герпеса в организм через слизистые оболочки он гематогенным или трансневральным путем оседает в паравертебральных ганглиях и сохраняется на протяжении всей жизни человека. Под влиянием различных факторов (стресс, холод, переутомление, во время менструации и др.) проявляется латентный вирус. По аксонам вирус герпеса попадает на слизистую половых органов и вызывает клинические симптомы генитального герпеса.

Классификация

В зависимости от клинического состояния и течения заболевания его можно классифицировать следующим образом:

Первичный генитальный герпес – на момент постановки диагноза вирус герпеса совершенно не беспокоил больного, антитела к ОГВ в крови не обнаруживаются;
Первым проявлением генитального герпеса считается случай, когда вирус герпеса ранее появлялся в экстрагенитальных областях, в крови образовались антитела к ОГВ, но вирус впервые заразил половые органы;
Рецидивирующий генитальный герпес – симптомы генитального герпеса рецидивируют;
Бессимптомный генитальный герпес – у больного отсутствуют симптомы герпеса, но у больного есть возможность заразить своего партнера во время полового акта.

Тяжесть генитального герпеса у женщин различается в зависимости от количества клинических симптомов заболевания: легкая степень — приступы заболевания возникают 1-3 раза в течение года; средний вес — 4-6 раз в год; тяжелая степень – клинические симптомы появляются каждый месяц.

Заболевание делят на 3 стадии в зависимости от локализации и распространенности:

Поражение слизистых оболочек внутренних и наружных половых органов (герпетический вульвит);
Поражение влагалища, шейки матки, уретры (герпетический вульвовагинит, уретрит, кольпит, эндоцервицит);
Поражение матки, маточных труб, мочевого пузыря (герпетический эндометрит, сальпингит, цистит).

Помимо половых и мочеполовых органов, в воспалительный процесс могут вовлекаться также анальный канал и ампула прямой кишки.

Симптомы генитального герпеса у женщин
Первичный генитальный герпес

В течении первичного генитального герпеса выделяют 5 стадий:

инкубация;
продромальный;
сыпь;
восстановление;
финиш

Инкубационный период – латентная инфекция может длиться от 2 до 14 дней. В этот период вирус быстро размножается и клинические симптомы не проявляются. В продромальном периоде начинают проявляться местные и общие клинические симптомы.

Отмечается общая слабость, повышение температуры тела до субфебрильного уровня, боли в мышцах. К местным симптомам относятся зуд и парезы, дизурия в наружных половых органах.

В период высыпаний на слизистых оболочках появляются характерные для вируса герпеса везикулярные высыпания. Пузырьки имеют диаметр 2-3 мм, располагаются группами и содержат прозрачную жидкость. Постепенно начинают формироваться и другие элементы сыпи.

Общие симптомы уменьшаются в период высыпаний, но сохраняются местные симптомы зуда, отечности, боли, жжения.В этот период у больного нарушается сон, возникают невротические состояния. Период высыпаний длится в среднем 7-10 дней.

В восстановительный период волдыри мутнеют, вскрываются, образуются эрозии. Иногда вместо волдырей появляются язвы, глубина их 1 мм. Единичные эрозии могут расширяться с образованием эрозивных очагов, эрозии болезненны, не кровоточат, но могут быть покрыты гнойным отделяемым.

Общие и местные симптомы уменьшаются в период прекращения. Эрозивно-раненные очаги начинают медленно заживать, начинается эпителизация. Рубцы после заживления не образуются, но некоторое время могут оставаться гиперемированными или гиперпигментированными.

Рецидивирующий генитальный герпес

Рецидивирующий генитальный герпес может быть типичным (латентным) или атипичным. При типичной форме на наружных половых органах появляются везикуло-эрозивные высыпания. Восстановительный период составляет 7-10 дней. В атипичном случае добавляются отек, зуд или субклинические симптомы.

Опухоли проявляются в виде разлитой гиперемии в области вульвы. Зуд возникает под влиянием глубоких ран и эрозий слизистых оболочек. Субклинические симптомы могут включать все генитальные симптомы, но могут быть более легкими и иногда бессимптомными.

К атипичным формам также относятся: вуводиния, псевдоэрозия, лейкоплакия шейки матки, кондиломы и паховый ганглионеврит. Генитальный герпес может осложняться радикулопатией, экземой, менингитом, гепатитом и другими поражениями органов. Женщины, страдающие генитальным герпесом, более склонны к развитию рака шейки матки.

Диагностика заболеваний

В диагностике заболевания используют анамнез больной, жалобы, гинекологический осмотр, забор биологических выделений и лабораторные анализы.

Чтобы поставить четкий диагноз, следует провести такие тесты, как ПЦР, ИФА и культуру клеток вирусов. Для исследования берут кровь, жидкость внутри пузырька, мазок из урогенитального тракта.

При остром течении заболевания при гинекологическом осмотре выявляют высыпания и эрозии в наружных половых путях. Генитальный герпес дифференцируют с дерматитами, чесоткой, красным плоским лишаем, контагиозным моллюском, стрептококковым импетиго, язвенной болезнью и другими инфекциями, передающимися половым путем.

Лечение генитального герпеса

В настоящее время не существует препарата, полностью выводящего ОГВ из организма. Таким образом, лечение медикоментоза направлено на уменьшение приступов заболевания и устранение клинических симптомов. Самое главное, партнер, который занимается сексом, также должен быть обследован.

В настоящее время не существует препарата, полностью выводящего ОГВ из организма.Таким образом, лечение медикоментоза направлено на уменьшение приступов заболевания и устранение клинических симптомов. Самое главное, партнер, который занимается сексом, также должен быть обследован.

Для этиопатогенетического лечения применяют противовирусные препараты (ацикловир, валацикловир, фамцикловир). Дозу и длительность применения препарата определяют в зависимости от тяжести и формы заболевания. Кроме того, назначают местно применяемые противовирусные гели, кремы, мази, аэрозоли. Трещины и эрозии можно обрабатывать антисептиками.

Препараты интерферона используются для стимуляции иммунной системы. Возможна вакцинация против рецидивирующих герпетических заболеваний. Показаниями к этому являются беременные женщины и женщины, склонные к другим инфекциям.

Профилактика генитального герпеса проводится так же, как и других инфекций, передающихся половым путем, то есть соблюдением правил процедуры полового акта, полового акта только с одним человеком, соблюдением правил личной гигиены.

Беременность и генитальный герпес

Вирус генитального герпеса может передаваться через плаценту, поражая развивающуюся нервную ткань плода. Особенно в первые три месяца беременности, когда формируются внутренние органы ребенка, воздействие вируса очень опасно.

Кроме того, генитальный герпес резко увеличивает риск выкидыша и преждевременных родов. Чтобы предотвратить передачу вируса от матери к ребенку во время родов, врач может принять решение о проведении кесарева сечения.​

Если плод инфицирован, вирус может поражать и повреждать глаза, кожу, слизистые оболочки и сердечно-сосудистую систему ребенка. К сожалению, если лечение не проводить, смертность пораженных малышей может возрасти.

Половой акт и генитальный герпес

Основным средством профилактики генитального герпеса, как и других венерических заболеваний, является презерватив. Но если заболевание широко распространено в области гениталий инфицированного полового партнера, от него не защитит даже презерватив. Если вирус генитального герпеса обнаружен у обоих партнеров, лечение нужно проводить одновременно, что увеличивает шансы на успешную борьбу с инфекцией.

Ikid.uz

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: