O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari

O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari

Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson xohish-istagiga bog’liq ham emas. Shuning uchun bolaning dunyoga kelishi mo’jizadir.

Shunday bo’lsa
ham tug’ilajak farzandning o’g’il jinsida bo’lish ehtimolini oshiruvchi bir
qator usullar bor, ular xalq tabobatida ham zamonaviy tibbiyotda ham o’z aksini
topgan. Tug’ilajak farzand jinsi bir necha omillarga bog’​liq:

Yuqorida
sanab o’tilgan omillarning birinchi 4 tasi haqida quyida batafsil
maʼlumot beramiz. EKO usuli esa farzand jinsini belgilashning eng ishonarli
usuli hisoblansada, bir qator kamchiliklari bor, masalan:

  • EKO usuli o’tkazish qimmat;
  • Ko’pincha bepushtlik diagnozi qo’yilganda o’tkaziladi;
  • Muolajadan oldin ayol kishi
    uzoq muddatli gormonterapiya qabul qiladi.

Bundan tashqari o’g’il farzand ko’rish uchun kuchli istak va psixologik kayfiyat ham katta ahamiyatga ega. Inson farzand ko’rishni rejalashtirishdan oldin ko’proq o’g’​il bolalar rasmini ko’rishi, hayolida o’g’il farzandli bo’lganini tasavvur etishi, ichida niyat qilishi tug’ilajak farzand o’g’il jinsida bo’lishini taʼminlashi mumkin.

Ovulyatsiyaga asoslanib o’g’il farzand ko’rish usuli

Bu usul bilan
tug’ilajak farzandning o’g’il bola bo’lishida, maktab darsliklarida o’qigan biologiyani eslaymiz,
yaʼni ayol genotipi XX xromosomalardan, erkak genotipi esa XY xromosomalar
bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda o’g’il bola bo’lishi uchun erkaklik
xromosomasi, yaʼni Y xromosoma kerak bo’ladi.

Ayol kishi
faqatgina X xromosomani o’zida saqlaydi, erkak kishi esa X va Y xromosomani.
Farzandning jinsi erkak spermatozoidining qaysi biri tuxum hujayrani urug’lantirganligi bilan
belgilanadi: X xromosomali spermatozoid yoki
Y xromosomali spermatozoid.

Farzand o’g’il
bo’lishi uchun Y xromosomali spermatozoid tuxum hujayrani urug’lantirishi kerak.
Bunga erishish uchun quyidagi holatlarni eʼtiborga olish lozim:

  • Y xromosomali spermatozoid harakatlanish tezligi X xromosomali spermatozoid tezligidan ko’proq;
  • Y xromosomali spermatozoidlar X xromosomali spermatozoidlarga qaraganda kam yashovchan. X xromosoma saqlagan spermatozoid ko’proq muddat saqlanadi;
  • Spermatozoidlar kislotali muhitda nobud bo’ladi, ishqoriy muhitda esa ularning aktivlik darajasi ortib ketadi;

Tuxum
hujayra urug’lanishga har oyda bir marta tayyor bo’ladi. Bu
esa hayz siklining ovulyatsiya davriga to’g’ri kelib, 16-48 soat
davom etadi (baʼzi hollarda bir oyda ikki marta ham
ovulyatsiya kuzatilishi mumkin).

Foto: Depositphotos.com

Yuqoridagi
faktlarni inobatga olib, o’g’il farzand ko’rish uchun quyidagi chora
tadbirlarni o’tkazish kerak:

Ovulyatsiya
kunini maksimal darajada aniqlab, shu kunda qo’shilish kerak. Buning uchun
maxsus test ham bor, masalan bazal haroratni o’lchash yoki UTT (UZI) tekshiruvi
orqali ovulyatsiya kunini
aniqlash. Sizdan talab qilinadigan narsa hayz siklining
davrlarini aniqlashtirib olishdir;

Jinsiy aloqa
ovulyatsiya kunida bo’lishi kerak. Y xromosoma saqlovchi spermatozoidlar
yashovchalik qobiliyati past bo’lgani uchun tuxum hujayra urug’lanishga tayyor
bo’lishi kerak. Bunda Y xromosoma saqlovchi spermatozoidlarning harakatlanish
tezligi yuqori bo’lganligi sababli tuxum hujayrani urug’lantirish ehtimoli
yuqori bo’ladi;

Ovulyatsiya
kunidan 2-3 kun oldin jinsiy aloqaga kirishish kerak emas. Chunki X
xromosomalar yashovchan bo’lganligi sababli, qinga tushgan spermatozoidlar
tuxum hujayrani kutib turadi;

Jinsiy aloqa
vaqtida holatni ham inobatga olish lozim. Bunda holat “chuqur kirib
borish” pozasida bo’lishi (erkak kishining orqa tarafdaligi)
spermatozoidlarning tuxum hujayraga kirib borishini osonlashtiradi;

Ovulyatsiya
vaqtigacha uzoq muddat jinsiy aloqadan saqlanmang. Chunki X xromosomalar
yashovchan bo’lganligi sababli Y xromosomalar miqdori kamaygan bo’ladi;

Kislota-ishqoriy muhit
balansini saqlang. Kislotali muhit kuchayib ketgan sohadan faqatgina yashovchan
spermatozoidlar o’ta oladi, bu X xromosomalarning tuxum hujayraga yetib borish
darajasi yuqori deganidir. Qinning pH muhitini aniqlashda
ginekologlar yordam bera oladi va muhitda kislotalilik darajasi oshgan bo’lsa
davo muolajalari o’tkazishi ham mumkin;

Shuni ham
inobatga olish kerak, ovulyatsiya vaqtida pH ko’rsatkich
spermatozoidlar uchun qulay sharoitda yaʼni ishqoriy muhitda bo’ladi.

O’g’il ko’rish uchun parhez

Bundan
tashqari o’g’il farzand ko’rish istagida bo’lganlar ovqatlanish ratsionini ham
o’zgartirishlari zarur. Bunda ishqoriy muhitni
oshiruvchi mahsulotlar isteʼmolini ko’paytirish kerak, masalan:

  • Pista, bodom;
  • Quritilgan xurmo (finiki);
  • Shaftoli;
  • Limon;
  • Kabachki;
  • Qovoq;
  • Dukkakli mahsulotlar;
  • Shpinat.

Bola jinsini qo’shilish vaqtiga qarab belgilash

Albatta,
barcha insonlar aniq bir kunda o’g’il farzand yoki qiz farzand ko’rish imkoni
bo’lishini istagan bo’lar edilar. Ammo, bu obyektiv sabablarga ko’ra mavjud bo’la
olmaydi: chunki ovulyatsiya muddatining o’zgarib turishi,
qindagi pH muhit o’zgaruvchanligi, spermatozoidlarning yashovchanligi
va harakatlanish tezligi farqlanishi kabi omillar mavjud. Shunday bo’lsa ham o’g’il
farzand tug’ilish ehtimoli quyidagi hollarda oshishi mumkin:

  • Ovulyatsiya vaqtiga yaqin
    kunlarda qo’shilish, farzandning o’g’il jinsida bo’lishini taʼminlaydi;
  • Ovulyatsiya davridan boshqa
    paytlarda qo’shilish qiz farzand ko’rish ehtimolini oshirib yuboradi.

Hayz siklining
ovulyatsiya davri, siklning 14 kuniga to’g’ri kelishini inobatga
olib, juftingiz bilan qo’shilish va tug’iladigan farzandning o’g’il
jinsida bo’lishi ehtimolini oshiruvchi kunlar 14, 13, 12 yoki 11 kunlardir.

Ovulyatsiya
kunini aniqlash usullari haqida mana bu maqola orqali batafsil ma’lumot oling:
Ovulyatsiya va homiladorlik
(Ovulyatsiya haqida barcha zarur maʼlumotlar)

28 kun davom
etadigan hayz sikliga ega ayollar uchun, tug’iladigan farzand jinsini
ehtimoliy aniqlash maqsadida Budyanskiy usuli bor. Bu usulning
mexanizmi: ayolning o’zi tug’ilishi uchun, uning ota onalari qaysi kunda qo’shilishgan,
shuni bilib olib o’zingizda qo’shilish kuningizni belgilasangiz ham bo’ladi.
Yaʼni hayz siklining ikki turi bor: toq va juft. Bo’​lajak ona
farzandining jinsi anyan hayz siklining juft yoki toqligiga bog’liq.

  • Agar siz o’zingiz juft siklda (yaʼni onangiz juft siklda) tug’ilgan bo’lsangiz, sizdan tug’iladigan farzand: jinsiy aloqaning juft siklda bo’lsa – qiz, toq siklda – o’g’il bola tug’ilish ehtimoli bor;
  • Agar siz o’ziningiz toq siklda (yaʼni onangiz toq siklda) tug’ilgan bo’lsangiz, sizdan tug’iladigan farzand: jinsiy aloqaning juft siklida bo’lsa – o’g’il, toq siklda bo’lsa – qiz tug’ilish ehtimoli bor.

Bunday
usulni qo’llash uchun quyidagilarni bilib olishingiz kerak:

  • Ayolning o’zi tug’ilgan siklini aniqlab olishi kerak. Buning uchun tug’ilgan sanangizdan 266 kunni ayirishingiz (38 hafta) kerak;
  • Jadval yordamida o’zingizni tekshirib oling.
Toq yilHayz oylariJuft yil
Tip Tip
Toq1 yanvar – 28 yanvarJuft
Juft29 yanvar – 25 fevralToq
Toq26 fevral – 25 martJuft
Juft26 mart – 22 aprelToq
Toq23 aprel – 20 mayJuft
Juft21 may – 17 iyunToq
Toq18 iyun – 15 iyulJuft
Juft16 iyul – 12 avgustToq
Toq13 avgust – 9 sentyabrJuft
Juft10 sentyabr – 7 oktyabrToq
Toq8 oktyabr – 4 noyabrJuft
Juft5 noyabr – 2 dekabrToq
Toq3 dekabr – 31 dekabrJuft

Masalan, ayol kishining tug’ilgan sanasi 10-avgust 1987-yilda bo’lsa, uning o’zi dunyoga kelishi uchun qo’shilishgan vaqt 15.11.1986-yilga to’g’ri keladi (bu esa juft yil). Endi pastdagi jadvalga qaraymiz va bunda ayol juft yil ustuni ostidan 15-noyabrga to’g’ri keladigan siklni topamiz, demak ushbu ayol – “toq” tipiga kiradi. 

O’g’​il farzandni
rejalashtirayotgan bo’lsangiz, agar o’zingiz “toq” tipiga mansub bo’lsangiz –
juft siklni toping, agar siz “juft” tipdagi ayol bo’lsangiz, unda “toq” siklni
toping.

Bu usul
ayolning o’zining tug’ilgan muddati o’ziga xos bo’lsa – muddatidan avval yoki
kech tug’ilganda, hayz siklining cho’zilishi yoki kamayishida samarasiz bo’ladi.

O’g’il farzand ko’rish kalendari

Qadimgi
Xitoy va Yapon xalqining farzand dunyoga kelishida, oyning kirishi va
chiqishiga asoslanib, farzand jinsini belgilash uchun maʼlum bir kunlarni
hisoblab chiqishgan. Albatta bularning barchasi ehtimoliy nazariyalardir.

Xitoy kalendari

Xitoyda
tuzilgan taqvim bo’yicha nafaqat farzand jinsi, balki uning sog’lomlik darajasi
ham belgilangan. Ular qayd etishicha farzand jinsi oy kuni va
ayolning yoshiga bog’liq bo’lar ekan. Aynan shu kunlarda, erkaklarning X va Y
xromosomalaridan birini tuxum hujayra “tanlash” imkoniyati yuqori bo’lar
ekan. 

O’g’il
farzand ko’rish uchun avvalambor ayol kishi, o’zining oy yoshini aniqlab olishi
kerak. Bu esa oddiy sanalardan farq qiladi.

Sharq
mamlakatlarida endigina dunyoga kelgan farzand bir yoshga kirgan hisoblanadi,
chunki ona qornida ham bolaning o’sishi va rivojlanishi kechgan bo’ladi.

Usulning
mexanizmi:

  • Ayol yoshi tug’ilgan kundan
    boshlab emas, uning ota-onasi qo’shilgan sanadan boshlab belgilanadi;
  • Ayolning yoshi uning tug’ilgan
    kunida emas, balki oy kalendari bo’yicha kelgan Xitoy yangi yilidan keyin
    1 yoshga oshadi;

Masalan,
1987-yil avgust oyida tug’ilgan ayolning “oy yoshi”ni aniqlash:

  • Ota-onasining qo’shilgan sana: 1986-yil – 0 yosh;
  • Xitoy yangi yili 1987-yilda: 29-yanvar – 1 yoshu 1 oy;
  • Tug’ilgan oyi: 1987-yil avgustda – 1 yoshu 9 oy (yaxlitlaganda ayol 2 yoshda);
  • Xitoy yangi yili 1988-yilda: 17-fevral – 3 yosh;
  • Xitoy yangi yili 2016-yilda: 8-fevral – 31 yosh.

Shunday qilib ayolning 2016-yildagi passport bo’yicha yoshi 28 da, uning oy yoshi esa 31 da.

Ona
yoshi

Homiladorlik boshlangan oy

Yan

Fev

Mar

Apr

May

Iyun

Iyul

Avg

Sen

Okt

Noy

Dek

18

Q

Q

19

Q

Q

Q

Q

Q

Q

20

Q

Q

Q

21

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

22

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

23

Q

Q

Q

Q

24

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

25

Q

Q

Q

Q

26

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

27

Q

Q

Q

Q

Q

28

Q

Q

Q

Q

Q

Q

29

Q

Q

Q

Q

Q

Q

30

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

31

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

32

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

33

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

34

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

35

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

36

Q

Q

Q

Q

Q

Q

37

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

38

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

39

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

40

Q

Q

Q

Q

Q

41

Q

Q

Q

Q

Q

Q

42

Q

Q

Q

Q

43

Q

Q

Q

Q

Q

Q

44

Q

Q

Q

Q

Q

Q

45

Q

Q

Q

Q

Q

Q

— oʻgʻil
Q — qiz

Yuqoridagi
jadaval asosida siz uchun, o’g’il farzand ehtimoli yuqori bo’lgan “oy kunlari”
1, 3 va 12 oylardir. Bu yanvar (1), mart (3) va dekabr (12) oyalari degani
emas, oy kalendari bo’yicha hisoblanganda 1, 3 va 12-oylar maʼnosida. Masalan,
2016-yilda Xitoy yangi yili 8-fevralda boshlangan bo’lsa, 1-oy fevral, 3-oy esa
aprelga to’gri keladi, 12- oy esa yanvarga to’g’ri keladi.

Qaysi kunlarda o’g’il farzand ko’rish ehtimoli yuqori?

Qadimgi
Xitoy tabobatida tug’ilajak farzandning jinsini o’g’il yoki qiz ekanligini
belgilashning ehtimoliy yana bir usuli bor. Bunda ayol kishining yoshi – juft
yoki toqligi inobatga olinadi.

Masalan:

  • 28 yoshli ayol – juft yoshda. U uchun o’g’il farzanda ko’rish imkoniyati, toq oylarda yuqori bo’ladi: 1, 3, 5, 7, 9 va 11.
  • 25 yoshli ayol – toq yoshda. U uchun o’g’il farzand ko’rish imkoniyati juft oylarda yuqori bo’ladi: 2, 4, 6, 8, 10 va 12.

Farzand jinsini aniqlash uchun yapon jadvali

Yana
bir qadim sharqiy mamlakat Yaponiya ham o’zining farzand ko’rish
kalendari bilan mashxur. Yaponlarning boshqa mamlakatlardan farqi, ular
tug’ilajak farzandning qanday jinsda bo’lishida otaning ham o’rnini muhim
hisoblashadi. Bunda ota-onaning tug’ilgan sanasiga asoslanib, o’g’il yoki qiz
farzand ko’rish uchun eng qulay bo’lgan vaqt belgilanadi, yaʼni X va Y
xromosomaning eng aktiv davrlarini hisobga olib.

O’g’il
farzand ko’rish uchun:

I.

  • Quyidagi jadvaldan ayolning tug’ilgan oyini tanlang;
  • Keyin erkakning tug’ilgan oyini tanlang;
  • To’g’ri chiziqlar kesishmasida (gorizontal va vertikal) mos keluvchi raqamni toping;
  • Ushbu raqamni eslab qoling
  • Masalan, ayol kishi avgust oyida tug’ilgan, erkak kishi esa sentabrda. Jadval bo’yicha bunday holatga to’g’ri keladigan son 12.
Onaning tugʻilgan oyiOtaning tugʻilgan oyi
yanfevmaraprmayiyuniyulavgsenoktnoydek
yan159159159159
fev1026102610261026
mar7113711371137113
apr4812481248124812
may159159159159
iyun1026102610261026
iyul7113711371137113
avg4812481248124812
sen159159159159
okt1026102610261026
noy7113711371137113
dek4812481248124812

II.

Endi
ikkinchi jadvalga o’tamiz:

  • Birinchi jadvalda mos kelgan raqamni ikkinchi jadvaldagi ustunlardan qidirib topamiz.
  • Keyin vertikal ravishda mos keluvchi oylar misolida ko’rib chiqamiz.​
  • Masalan, yuqoridagi holatda (12) o’g’il farzand ko’rish uchun imkoniyati yuqori bo’lgan oylar – mart oyi (X.lar soni o’g’il bola tarafda juda ko’p), biroz kam imkoniyat – iyulda, sentyabr-oktyabr oylarida ham o’g’il farzand ko’rish ehtimoli ham bor.

Qon yangilanishi bo’yicha o’g’​il farzand ko’rishni aniqlash

Farzand
jinsini ehtimoliy belgilashning yana bir usuli, organizmda qonning butunlay
yangilanish muddatidan kelib chiqib, qo’shilishdir. Inson organizmida qon: erkaklarda
– har 4 yilda, ayollarda – har 3 yilda butunlay yangilanib turadi.

O’g’il
farzand ko’rish uchun ota qoni, ona qonidan kechroq yangilangan bo’lishi kerak.
Quyidagi jadvalda inson balog’at yoshidan boshlab yangi qon qachon hosil bo’lishi
ko’rsatilgan. Jadval yordamida sizda va juftingizda oxirgi marta
qachon qon yangilanganligini bilib olishingiz mumkin.

Misol uchun,
ushbu holatda ayol kishi 26 yoshga kirgan, erkak kishi esa 30 yoshda.

Jadvaldan
yoshga yaqin bo’lgan sonni topamiz. Bunda ayol uchun 24, erkak uchun esa 28
yosh to’g’ri keladi.

Hozirgi yosh
va qon yangilangan yosh farqini topamiz. Misol uchun, 26-24=2 ayol
kishi uchun, 30-28=2 erkak kishi uchun, demak har ikki jins vakillarida
ham qoni 2 yil oldin yangilangan.

Qaysi jins
vakillarida farq kam bo’lsa, tug’ilajak farzand jinsi ham shunday bo’lish
ehtimoli bor. Agar yuqoridagi holat kabi farqlar teng bo’lib qolsa, unda aniq
oylar ham rol o’ynaydi.

Misol uchun,
ayol kishi hozir 26 yosh va 3 oy, erkak kishi esa 30 yosh va 11 oy. Ko’rinib
turibdiki ayol kishining qoni kechroq yangilangan (2 yil 3 oy oldin), erkak
kishi qoni esa ertaroq (2 yil 11 oy). Demak farzand jinsi – qiz bo’lish
ehtimoli yuqoriroq.

Quyida qon
yangilanishi bo’yicha farzand jinsini aniqlashni osonlashtirish uchun
soddalashtirilgan holatda jadval taqdim etamiz.

  • Bu jadvaldan ayolning yoshini tanlang;
  • Keyin erkakning yoshini tanlang;
  • Va to’g’ri chiziqlar kesishmasida (gorizontal va vertikal) mos keluvchi jinsni aniqlang. ( M (o’g’il) / Д (qiz) )

Agar o’g’il
ko’rish istagida bo’lsangiz, yuqoridagi kabi sizning qoningiz yangi bo’lsa,
eringizning keyingi qon yangilanish siklini kuting.

Misol
uchun: yuqoridagi holatda o’g’il farzand ko’rish imkoniyatini
oshirish uchun, 2 yil kutish kerak bo’ladi. Bunda erkak kishi
32 ga kiradi va qoni yangilanadi.

Bu usuldan
foydalanayotganda bir qator holatlarga eʼtibor qaratish zarur:

  • Agar qon yo’qotishlar, operatsiyalar, tug’ruqlar, homila tashlash holatlari kuzatilgan bo’lsa, hisoblashni shu vaqtdan boshlash kerak;
  • Agar ayol rezus manfiy qon guruhiga mansub bo’lsa, bunday holatda farzand jinsi qon yangilanishi vaqtliroq kuzatilgan jins vakiliniki kabi bo’lish ehtimoli yuqori (yaʼni yuqoridagining teskarisi);
  • Agar qon yangilanish vaqti ikkala jins vakillarida ham bir xil chiqsa, egizaklar tug’ilish ehtimoli bor.

Bu usulning
hech qanday ilmiy jihatdan isbotlangan holatlari yo’q, lekin usuldan
foydalangan ayrim juftliklar uning samarasi haqida ijobiy fikr bildirishgan.

Qon guruhi va rezus-omil

Quyidagi
usul ota-onaning qon guruhi va rezus omiliga asoslanadi. Bunda jadvalning
kesishmasida olingan natija juftliklarda qay bir jinsdagi farzand dunyoga
kelishi ehtimoli ko’proq bo’lishini aks ettiradi.

Ota-onalarnig o’g’il yoki qiz farzandli homiladorlikka erishishlarining imkoniyati 50/50 hisoblanadi.

Qon guruhiOtaning
OnaningIIIIIIIV
IQizOʻgʻilQizOʻgʻil
IIOʻgʻilQizOʻgʻilQiz
IIIQizOʻgʻilOʻgʻilOʻgʻil
IVOʻgʻilQizOʻgʻilOʻgʻil

 

Rezus-omilOtaning
Onaning+
QizOʻgʻil
+OʻgʻilQiz

O’g’il ko’rish kalkulyatori

Internet
olamidan bir necha onlayn kalkulyatorlar topsa bo’ladi, ularga tug’ilgan
kuningiz, qon guruhingiz, hayz siklining muddati va shunga o’xshash
maʼlumotlar kiritsangiz, ular sizga o’g’il farzand ko’rish imkoniyati qachon
yuqori bo’lishini taxmin qilib berishadi.

Shunday bo’lsa
ham bu kalkulyatorlarda hech qanday yangi mexanizm yo’q, ularning barchasi
yuqorida sanab o’tilgan usullarning algoritmi xolos.

Yuqorida
sanab o’tilgan usullardan tashqari, xalq tomonidan o’ylab topilgan ayrim
maʼlumotlar ham o’g’il farzand tug’ilish ehtimolini oshirishi mumkin:

  • Osmonda yangi oy chiqqan bo’lishi;
  • Agar jinsiy aloqa dushanba, seshanba, payshanba yoki shanba kunlari bajarilsa yaxshiroq bo’ladi;
  • Ayol kishi boshi shimol tarafda bo’lishi;
  • Erkak kishi aktivroq bo’lishi;
  • Qo’shilishdan oldin go’sht, kartoshka, qo’ziqorin, quritilgan xurmo, hamda kaliyga boy mahsulotlar isteʼmol qilish, sut mahsulotlaridan esa cheklanish zarur.

Yodda tuting, farzandning qiz yoki o’g’il bo’lishi to’​laqonli inson xohishiga bog’liq emas, shunchaki berilgan farzand kabi neʼmatdan quvonish va uning qadriga yetish kerak. Agar juda ham istayotgan bo’lsangiz yana bir bor urinib ko’ring. Salomat bo’ling!

Mavzuga aloqador maqolalar:

Ikid.uz

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz