Emlash – turlari, o‘tqazilish tartibi, emlash kalendari va qarshi ko‘rsatmalar

Emlash – turlari, o‘tqazilish tartibi, emlash kalendari va qarshi ko‘rsatmalar

Vaksinatsiya (emlash) – bu sun’iy immunitet hosil qilish bo‘lib, organizmga patogen mikroorganizmlarning antigenini yuborib, kasallik chaqiruvchi infeksiyalardan himoyalanish usulidir. Organizmga mikroorganizm antigenini yuborgandan keyin unga qarshi maxsus antitelo ishlab chiqariladi.

Vaksinatsiya profilaktika maqsadida va davolash maqsadida o‘tkaziladi. Vaksina, patogen mikroorganizmlarning tirik, lekin kuchsiz shtammlaridan tayyorlansa, samarasi yaxshiroq bo‘ladi (tahminan 10-15 %), o‘lgan mikroorganizmlar shtammlardan tayyorlangan vaksinalar organizmda uzoq muddat immunitet hosil qilishini talab qiladi. Hozirgi zamonaviy tibbiyotda ikkala turdagi vaksinalar ham o‘tkaziladi, ayniqsa noaktiv (o‘lgan mikroorganizmlar) vaksina maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda ko‘p qo‘llaniladi.

Vaksina turlari

Mikroorganizm xarakteriga ko‘ra:

  • Bakterial – tayyorlanish turi – tirik, kuchsizlantirilgan mikroorganizmlardan. Immunogen tabiatiga ko‘ra gen-injenerlik yo‘li bilan tayyorlangan vaksina.
  • Maxsus hujayralarda bakteriya RNK si va oqsillari joylashtirilgan vaksina.
  • Vektor vaksina yoki rekombinant – bakteriyaning oqsil sintez qiluvchi genini olib, xavfsiz bakteriyaga joylashtiriladi va shu yo‘l bilan organizm emlanadi.

Virusli

Virusli – tayyorlanish turi – o‘ldirilgan (noaktiv) vaksina. Immunogen tabiatiga ko‘ra- virionli vaksina-virus yoki bakteriyalardan o‘zini tiklash qobiliyati saqlangan vaksina.

Rikketsioz

Rikketsioz – immunogen tabiatiga ko‘ra – kimyoviy, anatoksik, submikrob yoki subvirion vaksina-mikroorganizmning hayot faoliyatida ajratgan moddalaridan tayyorlangan vaksina. Sintetik vaksina-kimyoviy sintez natijasida olingan maxsus kimyoviy modda.

Vaksinalar monovalent, ya’ni aynan bir konkret kasallik chaqiruvchi mikroorganizmga qarshi va polivalent bir necha vaksinalar qo‘shilishidan tayyorlangan preparat (masalan AKDS – adsorbsiyalangan ko‘k yo‘tal, difteriya, qoqsholga qarshi vaksina) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Emlash qanday olib boriladi?

Bolalarda emlash o‘tkazish bir necha usullar bilan olib boriladi:

Mushak orasiga – eng ko‘p tarqalgan, samarali emlash yo‘li. Bunda yuborilgan vaksina tez so‘rilib, immunitet hosil bo‘lishi va preparatga qarshi reaksiyalar bermaydi. Chunki mushaklar teridan ancha ichkarida bo‘lib, qon tomirlar bilan boy bo‘lgani sababli, immun tizimi vaksina haqida qisqa muddatda xabar topadi.

Foto: www.shutterstock.com

Vaksina yuborish texnikasi va joyi: 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda son mushagining uchdan bir qismi o‘rtasiga, ichki old sohasiga perpendikulyar (90 C) holatda ineksiya qilinadi. 2 yoshdan katta bolalarda yelka mushagining o‘rta qismiga, yon tomondan ineksiya qilinadi. Shprits ignalari 1,5 sm dan uzun bo‘lmagani sababli dumba mushagi orqali emlagan ma’qul, bunda ineksiya mushak orasiga emas, balki teri ostiga yuborilib qoladi.

Peroral (og‘iz orqali) yutish yo‘li bilan enteroviruslarga qarshi vaksinalar yuboriladi, masalan tirik poliomiyelit (OPV) virusiga qarshi vaksina.

Vaksina yuborish texnikasi va joyi: kerakli bo‘lgan vaksina tomchilari og‘izga tomiziladi, yoki kichik bo‘lak qandga tomizilib, bolaga yedirish kerak bo‘ladi. Bunda vaksinaning yoqimsiz ta’mini bola sezmaydi. Bunday emlash usuli qiyinchilik tug‘dirmaydi, lekin ayrim kamchiliklarga ega, dozalarni aniq berishda xotolikarga yo‘l qo‘yilishi mumkin yoki ichaklar tizimidan so‘rilishi qiyin bo‘lishi mumkin.

Teriga va teri ostiga ineksiya qilish – silga qarshi BSJ (Bacillus Calmette-Guerin), tirik qurutilgan tulyaremiya va suvchechakka qarshi vaksina kabilar. Boshqa turdagi vaksina preparatlari bu usul bilan o‘tkazilmaydi.

Vaksina yuborish texnikasi va joyi: odatda teri ostiga vaksina yelka sohasi uchdan bir qismi terisiga yoki bilak sohasi terisiga qilinadi. Ineksiya o‘tkazish uchun maxsus ingichka ignali shprits yordamida qo‘llarga parallel ravishda yuboriladi. Muolajaning to‘g‘ri bajarilaganini terida oqish rang paydo bo‘lganidan bilib olish mumkin, ineksiya davomidayoq hosil bo‘la boshlaydi.

Teri osti ineksiyasi tirik va noaktiv vakasinalarni parotit (tepki), qizilcha, sariq isitma kabilar qilinadi. Teri ostiga vaksinani yuborishning kamchiligi shundaki, organizmda shu kasallikka qarshi immunitet sekin hosil bo‘ladi, ayniqsa noaktiv vaksinalar yuborilgan bo‘lsa. Bundan tashqari teri ostiga gepatit B va quturishga qarshi vaksinani yuborib bo‘lmaydi.

Vaksina yuborish texnikasi va joyi: ineksiya qilish joyi kurak osti, yelkaning uchdan bir qismi yoki sonning oldingi qismi teri osti qavati. Teri barmoqlar yordamida urma hosil qilib ushlanadi va shu joyga shprits iganasi kirgiziladi. Bu usul bilan yuborilayotgan vaksina preparatining aniq dozalarini yuborish samarali jihatlaridan hisoblanadi.

Intranazal (burun orqali) – asosan aerozol ko‘rinishida burun orqali yuboriladi, kam hollarda maz, gel va krem ko‘rinishlarida ham qo‘llaniladi. Bu yo‘l bilan o‘tkazilgan vaksinatsiya sistemali bo‘lmay, mahalliy shilliq qavatlarni mikroorganizmlardan himoya qiladi va vaqtinchalik ta’sir qiladi. Intranazal vaksinatsiya havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan kasalliklarda, masalan gripp, qizamiq, qizilcha kabi kasalliklarda.

Vaksina yuborish texnikasi va joyi: ko‘rsatilgan dozada vaksinani aerozol yoki pipetka yordamida burunga tomiziladi. Maz va gel ko‘rinishdagi vaksina prepratlari tampon (paxta) yordamida burun shilliq qavatga surtiladi. Bu usulning kamchiligi yuborilgan vaksina oshqozonga tushishi mumkin. O‘tkazish texnikasi ona o‘tirgan holatda bolaning yuzini o‘ziga qaratib, oyoqlarini o‘zining oyoqlari orasiga oladi, bolaning bir qo‘li oldinda bir qo‘li onaning orqasida bo‘ladi va burun shilliq qavatiga manupulyatsiya o‘tkaziladi.

Revaksinatsiya nima?

Reavksinatsiya o‘z nomi bilan – organizm kasallikka qarshi immunitetini kuchaytirish maqsadida qaytadan vaksina yuborish deganidir. (Har qanday terminga qo‘shilgan “re” qo‘shimchasi “qayta” degan ma’noni anglatadi.) Qayta vaksinatsiya o‘tkazilganda organizm immuniteti kuchayadi.

Revaksinatsiya o‘tkazish ayrim turdagi emlashlar uchun xos, ba’zi vaksinalar yetti martagacha qayta o‘tkazilsa, ayrimlari faqatgina bir marotaba o‘tkaziladi. Masalan, difteriya (bo‘g‘ma) va qoqsholga qarshi revaksinatsiya 16 yoshgacha uch marotaba, keyinchalik har 10 yilda 1 marotaba 56 yoshgacha o‘tkaziladi.

Asosiy infeksiyalarga qarshi vaksinatsiyalar

Foto: www.shutterstock.com

Mamlakatimizda 2 xil vaksinatsiyalar farqlanadi: asosiy va qo‘shimcha.

Asosiy – mahalliy mavsumga qarab, eng og‘ir va hayot uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarga qarshi profilaktik vaksina o‘tkazish.

Qo‘shimcha – xohishga ko‘ra, hayot tarzidan kelib chiqib (masalan sayohatga chiqishdan oldin), epidemik holatga qarab vaksinatsiya o‘tkazish.

Profilaktik vaksinalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Pnevmokokkga qarshi vaksina – Streptococcus pneumonia bakteriyasiga qarshi vaksina, uning 23 ga yaqin xavfli shtammlariiga qarshi (PNEVMO-23) vaksinatsiya;
  • Meningokokkga qarshi vaksina – bu bakteriyaning o‘ziga xosligi shundaki, meningokokkning himoya kapsulasiga qarshi 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar tabiiy ravishda immunitet hosil qila olishmaydi, shuning uchun meningit kasalligi bilan 50 % ga yaqin bolalar kasallanadilar. Meningokokk qarshi ikki xil vaksina bor: Rossiya va Fransiya ishlab chiqargan (A va C shtammga qarshi).
  • Ensefalitga qarshi vaksina – virus chaqiruvchi o‘choqli, markaziy asab tizimini zararlovchi, kanalar chaqishidan kelib chiqadigan kasallik. Bolalarni ochiq tabiat qo‘yniga olib chiqqanda hasharot chaqib olib kasallikni yuqtirib olmaslik uchun vaksinatsiyalar profilaktik maqsadda o‘tkazish kerak.
  • Sayohatga chiqmoqchi bo‘lganlar, borayotgan mamlakatlarida qanday kasallik turlari uchrashini va ularga qarshi vaksinalar bilan himoyalanishi zarur bo‘ladi. Mamlakatlarda uchraydigan kasalliklar haqida BJSST ning rasmiy saytidan ma’lumot olish mumkin.

Profilaktik emlash kalendari

YoshEmlash nomi
1 sutkaVGB-1
2-5 kunOPV-0 + BSJ-1
2 oypenta-1(AKDS-1,VGB-2, XIB.-1) OPV-1

Rota-1 (oral rotavirusga qarshi) PNЕVMO-1

3 oypenta -2 (AKDS-2, VGB-3, XIB.-2) OPV-2

Rota-2 (oral rotavirusga qarshi) PNЕVMO-2

4 oypenta -3 (AKDS-3, VGB-4, XIB.-3) OPV-3

IPV

12 oyKPK -1 PNЕVMO-3
16 oyAKDS –4 OPV – 4
6 yoshKPK -2
1 sinf (7 yosh)ADS-M– 5, OPV-5
9-12 yoshVPCH *
16 yoshADS-M – 6

Eslatma:

  • KPK-qizamiq, parotit va qizilchaga qarshi jonli uch valentli vaksinatsiya o‘tkazish.
  • AKDS+GB+XIB – ko‘kyo‘tal, difteriya, qoqshol (AKDS), B gepatiti (VGB), gemofilis inflyuyensiyasining B turi gemofilisiga qarshi pentavalent vaksinatsiyasi.
  • Rota – oral rotavirusga qarshi vaksina
  • Pnevmo – pnevmokokka qarshi vaksina
  • IPV – inaktiv poliomiyelitga qarshi vaksina
  • VPCH* – odam papilloma virusiga qarshi vaksina

Bog‘cha yoshidagi bolalarda o‘tkaziladigan vaksinatsiya

Bog‘chaga chiqishdan avval bolalar bir qator qo‘shimcha vaksinalar olishi kerak. Ular quyidagilar:

Bog‘chagacha bo‘lgan bolalarda o‘tkaziladigan vaksinalar

Bog‘chaga chiqishdan 2 oy oldin emlash – gempfil infeksiyasi, meningokokk infeksiyasi. Ma’lumot – 18 oylikdan boshlab o‘tkazish mumkin. Agarda qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa, 6 oylikdan har 3 oyda o‘tkaziladi.

  • 2 yoshdan o‘tganda bog‘chaga chiqishdan 1 oy oldin pnevmokokk qarshi emlash;
  • Har yili kuz oylarida grippga qarshi emlash maqsadga muvofiqdir.

Bolalarni emlashga tayyorlash

Bolalarni emlashga tayyorlashda elementar qoidalarni bilib olish zarur, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Qon va siydik tahlilisiz hech qaysi shifokor bolalarni emlashga ko‘rsatma bermaydi;
  • Bolalar nevropatologi xulosasi;
  • Allergolog tavsiyalari, allergik reaksiya profilaktikasi;
  • Isitma tushuruvchi preparatlar, masalan parasetamol shamchalari;
  • Vaksina oldidan yangi turdagi ovqat mahsulotlarini bermaslik;
  • Vaksinadan 2 kun oldin antigistamin prepratlar berish, allergik reaksiyaning oldini olish;
  • Bolalarni emlash bilan hech qachon qo‘rqitmang (hazillashib ham), agar ineksiyaning og‘riqliligi haqida so‘rasa – to‘g‘risini tushuntiring “ bu biroz og‘riqli, lekin tez va chidasa bo‘ladi” deb.
  • Bolaning eng qiziq bo‘lgan o‘yinchoqlarini o‘zingiz bilan birga olib yuring;

Emlash vaqtida

Emlashga tayyorgarlik ko‘rganingizdan keyin, emlash vaqtida kerak bo‘ladigan ayrim maslahatlar bilan tanishib oling:

  • Emlash uchun uydan chiqayotganingizda bolaning tana haroratini o‘lchang – tana harorati 37 C dan past bo‘lishi kerak, ineksiya oldidan ham shifokorda bola tana haroratini o‘lchashni so‘rang;
  • Bolaga qanday vaksina qilinayotganini, uning ishlab chiqarilgan joyi va sanasini shifokoringizdan so‘rab oling;
  • Agar sizda shifokor yoki hamshiraga gumon qilayotgan bo‘lsangiz, boshqa kunni kuting yoki hamshirani almashtirishni so‘rang;
  • O‘zingizdagi hayajonni bosib oling, xavotirlanish tezlik bilan bolangizga ham o‘tishi mumkin;
  • Bolangiz xavotirlanayotgan bo‘lsa, uni chalg‘itishga harakat qiling, gapga soling;
  • Ineksiyadan so‘ng bolaning yig‘lashi norma bo‘lib, uni ovutishga harakat qiling, og‘riq chuqur nafas olib chiqarganda o‘tib ketishini ayting;

Emlashdan so‘ng

Emlashgacha bo‘lgan vaqtda qandaydir kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz, emlash o‘tkazilgandan keyin quyidagi maslahatlar sizga yordam berishi mumkin:

  • Shifokoringizga savollar bering, emlashdan keyin bo‘ladigan asoratlar haqida ma’lumot oling va qanday chora tadbirlar o‘tkazish kerakligini bilib oling;
  • Emlashdan so‘ng poliklinikada kamida 30 daqiqa o‘tiring;
  • AKDS vaksinasini issiq ob-havoda o‘tkazmaganingiz ma’qul, agar vaksinatsiya qilingan bo‘lsa, uyga qaytganingizdan keyin bolaga haroratni tushiruvchi prepratlar bering;
  • Agar bolada tana harorati ko‘tarilsa (bu AKDS da norma) – xona haroratida turgan suv bilan bolani ho‘llash mumkin (bunda spirtdan (!) foydalanmang, u nozik terini ta’sirlaydi).
  • Bolada harorat tushiruvchi preparatlar o‘zining nojo‘ya ta’sirlari va qabul qilish limiti borligini ham unutmang;
  • Isitmani tushirish uchun aspirin preparatini 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berish qat’iyan man qilinadi;
  • AKDS vaksinatsiyasida faqatgina tana harorati ko‘tarilmay, umumiy holsizlik, talvasalar ham kuzatilishi mumkin. Bu holat shartli ravishda norma hisoblanadi.
  • Mantu vaksinasini qabul qilgandan keyin 1 kun o‘tib bolani xona haroratidagi suvdagi cho‘miltirish lozim;
  • Emlash o‘tgandan 3 kun o‘tib bolaning ovqatlanish tartibini ham o‘zgartirish mumkin;
  • Ineksiyadan keyin mahalliy reaksiyalar paydo bo‘lsa, o‘sha joyga iliq kompress qilish zarur, masalan iliq suv bilan;

Esda saqlang, tirik vaksinalar bolada nojo‘ya ta’sirlar yuzaga chiqarib, emlashdan keyin 5-kundan boshlab 12-kunigacha davom etishi mumkin.

Noaktiv vaksinalarning nojo‘ya ta’sirlari, ko‘pincha yondosh holatlar bilan tushuntiriladi – masalan emlangan vaqtda bolaning tishi chiqayotgan, yoki bolada shamollash asoratlari boshlanayotgan bo‘ladi.

Chin va soxta qarshi ko‘rsatmalar

Tibbiyot amaliyotida emlashlarga qarshi bir qator qarshi ko‘rsatmalar bor, masalan:

  • Chin qarshi ko‘rsatmalar – vaksina preparatlariga haqiqatdan ham qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan holatlarga aytiladi. Bular vaksina yo‘riqnomasida keltirilgan bo‘ladi.
  • Soxta qarshi ko‘rsatmalar – ayrim malakasiz shifokorlar yoki qarindosh urug‘larning vaksinalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan aytiladigan holatlardir.

Bundan tashqari:

  • Shartli (nisbiy, vaziyatga bog‘liq) qarshi ko‘rsatmalar – bunday holatlar ham chin qarshi ko‘rsatmalar hisoblanib, bola organizmining individual holati, epidanamneziga asoslanib shifokor tomonidan belgilanadi. Masalan, ayrim vaksinalarga bo‘lgan reaksiyalar. Shu kabi holatlarda antigistamin preparatlar qo‘llanilib, so‘ng vaksina o‘tkaziladi.
  • Vaqtinchalik qarshi ko‘rsatmalar – qon va siydik tahlilidagi kamchiliklar, tana harorati oshishi, holsizlik va yallig‘lanish jarayonlari kechayotgan holatlarda.
  • Doimiy qarshi ko‘rsatmalar – bu ham chin qarshi ko‘rsatmalar hisoblanib, vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketmaydiga holatdir. Masalan immun tizimi defitsiti.
  • Umumiy qarshi ko‘rsatmalar – surunkali va o‘tkir kasallik davrlaridagi qarshi ko‘rsatmalar.
VaksinalarQarshi ko‘rsatmalar
1Barcha vaksinalarKuchli allergik reaksiya yoki avvalgi olingan vaksinada reaksiyalar bo‘lgan bo‘lsa.
2Barcha tirik vaksinalar OPVImmun tanqisligi holatlari, immunosupressia, o‘sma kasalliklari.
3BSJ (silga qarshi vaksina)Bola tug‘ilganda 2000 grdan past vaznda tug‘ilgan bo‘lsa.
4AKDSAsab tizimi tomonidan kamchiliklar bo‘lsa, anamnezida tutqanoqlar bo‘lsa.
5Qizamiq, parotit, qizilchaning kombinirlangan vaksinasiAllergik reaksiyalarning og‘ir ko‘rinishlari. Tuxum oqsiliga anafilaktik reaksiyalar.
6Virusli gepatit BAllergik reaksiyalar
5ADS, ADS-M, AD-M (bo‘gma, qoqshol)Qo‘llanmadagi qarshi ko‘rsatmalar.

Hozirgi kunda vaksinatsiyaga qarshi ko‘rsatmalar yo‘qoliba bormoqda, chunki tayyorlanayotgan vaksinalar nojo‘ya ta’sirlari nisbatan kamaygan.

Barcha onalar bilishi kerak, vaksinatsiya – bu bolani hayot uchun xavfli bo‘lgan kasalliklardan ximoya qiluvchi yagona yo‘ldir, bunda nojo‘ya ta’sirlar ham kuzatilib, shu og‘ir kasalliklarning yengil formasi bilan kasallanib o‘tishlarini unutmaslik zarur. Bunda shifokorning malakasi va bilimi ham muhim ahamiyat kasb etadi – shifokor bolaga zarar yetkazishi mutlaqo mumkin emas!

Emlash qayerda o‘tkaziladi?

Zamonaviy tibbiyotda vaksinatsiya poliklinikada, maxsus vaksina o‘tkazish markazlarida va uyda o‘tkaziladi. Vaksina o‘tkazayotgan shifokor mutaxassisligi va yetarlicha bilimi bo‘lishi kerak. Ayniqsa, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ayrim guruh vaksinalari qat’iy jadval bo‘yicha va shifokor nazorati ostida o‘tkazilishi shart.

Ikid.uz


Вакцинация (прививка) – это создание искусственного иммунитета, способ защиты от болезнетворных инфекций путем отправки в организм антигенов патогенных микроорганизмов. После введения в организм антигена микроорганизма против него вырабатываются специальные антитела.

Вакцинация проводится с целью профилактики и лечения. Эффективность вакцины лучше, если она приготовлена ​​из живых, но слабых штаммов патогенных микроорганизмов (около 10-15%), вакцины из штаммов мертвых микроорганизмов требуют длительного иммунитета в организме. В современной современной медицине проводят оба вида вакцинации, особенно широко применяют неактивные (мертвые микроорганизмы) вакцины у детей до школьного возраста.

Типы вакцин

По характеру микроорганизма:

Бактериальный – вид препарата – из живых, ослабленных микроорганизмов. Вакцина, полученная с помощью генной инженерии из-за ее иммуногенной природы.
Вакцина, содержащая бактериальную РНК и белки в специальных клетках.
Вакцина векторная или рекомбинантная – берется синтезирующий белок ген бактерии, помещается в безопасную бактерию, и таким образом происходит вакцинация организма.

Популярный

Вирусная – вид препарата – убитая (неактивная) вакцина. Благодаря своей иммуногенной природе вирионная вакцина представляет собой вакцину, сохранившую способность восстанавливаться от вирусов или бактерий.

риккетсиоз

Риккетсия – по иммуногенной природе – химическая, анатоксическая, субмикробная или субвирионная вакцина – вакцина, приготовленная из веществ, выделяемых микроорганизмом в процессе его жизнедеятельности. Синтетическая вакцина – это особое химическое вещество, полученное в результате химического синтеза.

Вакцины могут быть в виде моновалентных, то есть против определенного болезнетворного микроорганизма, и поливалентных в виде препарата, приготовленного из сложения нескольких вакцин (например, АКДС – адсорбированная коклюшная, дифтерийная, столбнячная вакцина).

Как проводится вакцинация?

Вакцинация детей проводится несколькими способами:

Внутримышечная инъекция является наиболее распространенным и эффективным способом вакцинации. В этом случае введенная вакцина быстро всасывается, формируется иммунитет и отсутствуют реакции на препарат. Поскольку мышцы намного глубже кожи и богаты кровеносными сосудами, иммунная система узнает о вакцине за короткий промежуток времени.

Фото: www.shutterstock.com

Техника и место вакцинации: детям до 2 лет инъецируют одну треть мышцы бедра в перпендикулярном (90°С) положении к внутренней передней области. Детям старше 2 лет вводят в среднюю часть плечевой мышцы, сбоку. Поскольку иглы шприца не длиннее 1,5 см, прививку лучше проводить через ягодичную мышцу, в этом случае инъекцию вводят не между мышцами, а под кожу.

Энтеровирусные вакцины вводятся перорально, например, живая вакцина против полиомиелита (ОПВ).Техника и место прививки: в рот закапывают необходимые капли вакцины или капают небольшой кусочек сахара и скармливают ребенку. При этом ребенок не чувствует неприятного вкуса вакцины. Этот метод вакцинации не вызывает затруднений, но имеет некоторые недостатки, могут быть допущены ошибки при точном введении доз или может быть затруднено всасывание из кишечной системы.

Инъекции в кожу и под кожу, такие как противотуберкулезная вакцина (Bacillus Calmette-Guerin), живая сухая туляремийная вакцина и вакцина против ветряной оспы. Другие виды вакцинных препаратов этим методом не переносятся.

Техника и место вакцинации: обычно вакцину вводят подкожно на кожу одной трети области плеча или на кожу области предплечья. Для инъекции его направляют параллельно рукам с помощью шприца со специальной тонкой иглой. О том, что процедура была проведена правильно, можно узнать по появлению на коже мокнущего цвета, который начинает образовываться во время инъекции.

Подкожное введение живых и инактивированных вакцин, таких как паротит, краснуха, желтая лихорадка. Недостатком подкожного введения вакцины является то, что организм медленно вырабатывает иммунитет против этого заболевания, особенно при введении неактивных вакцин. Кроме того, нельзя вводить подкожно вакцины против гепатита В и бешенства.

Техника и место введения: место инъекции подлопаточное, треть плеча или подкожный слой передней поверхности бедра. Кожу зажимают пальцами и в это место вводят иглу шприца. Одним из наиболее эффективных аспектов этого метода является доставка точных доз вакцинного препарата.

Интраназально (через нос) – в основном вводят через нос в виде аэрозоля, в редких случаях применяют также в виде мази, геля и крема. Проведенная таким образом вакцинация не носит систематического характера, а защищает местные слизистые оболочки от микроорганизмов и имеет временный эффект. Интраназальная вакцинация при воздушно-капельных инфекциях, таких как грипп, корь, краснуха.

Техника и место введения вакцины: указанную дозу вакцины закапывают в нос с помощью аэрозоля или пипетки. Вакцинные препараты в виде мази и геля наносят на слизистую оболочку носа с помощью тампона (ватного). Недостатком этого метода является то, что введенная вакцина может попасть в желудок. Техника пересадки заключается в том, что мать сидит лицом к ребенку, взяв ее ноги между ног, одна рука ребенка впереди матери и одна рука позади матери, и проводится манипуляция на слизистой оболочке носа.

Что такое ревакцинация?

Ревакцинация, как следует из ее названия, означает повторную вакцинацию с целью укрепления иммунитета организма против болезни. (Суффикс «ре», добавляемый к любому термину, означает «снова».) При проведении ревакцинации иммунитет организма повышается.Ревакцинация специфична для определенных видов прививок, некоторые вакцины повторяют до семи раз, а другие вводят только один раз. Например, ревакцинацию против дифтерии (столбняка) и столбняка проводят трехкратно до 16 лет, а затем один раз в 10 лет до 56 лет.

Прививки от основных инфекций
Фото: www.shutterstock.com

В нашей стране различают 2 вида прививок: основные и дополнительные.

Главное, проводить профилактические прививки от наиболее серьезных и опасных для жизни заболеваний в зависимости от местного сезона.

Кроме того, при желании проводится вакцинация с учетом образа жизни (например, перед поездкой) в зависимости от эпидемической ситуации.

К профилактическим вакцинам относятся:

Пневмококковая вакцина – вакцина против бактерий Streptococcus pneumonia, вакцинация около 23 ее опасных штаммов (ПНЕВМО-23);
Менингококковая вакцина – особенность этой бактерии в том, что у детей в возрасте от 1 до 5 лет не может естественным образом выработаться иммунитет против менингококковой защитной капсулы, поэтому около 50% детей заболевают менингитом. Существует два вида менингококковых вакцин: производства России и Франции (против штаммов А и С).
Прививка от энцефалита – заболевание, вызванное укусом клеща, поражающее центральную нервную систему, вызываемое вирусом. Детям следует делать профилактические прививки, чтобы не допустить их укусов насекомыми при выносе на открытую природу.
Тем, кто хочет путешествовать, необходимо знать, с какими видами заболеваний они сталкиваются в странах, которые посещают, и защищаться от них с помощью вакцин. Получить информацию о заболеваниях, встречающихся в странах, можно на официальном сайте BJSST.
Календарь профилактических прививок
Имя Йош Прививки
1 день ВГБ-1
2-5 дней ОПВ-0 + БСЖ-1
2 месяца

пента-1 (АКДС-1, ВГБ-2, СИБ.-1) ОПВ-1

Рота-1 (оральный ротавирус) ПНЕВМО-1

3 месяца

пента-2 (АКДС-2, ВГБ-3, СИБ.-2) ОПВ-2

Рота-2 (оральный ротавирус) ПНЕВМО-2

4 месяца

пента-3 (АКДС-3, ВГБ-4, СИБ.-3) ОПВ-3

ИПВ

12 месяцев КПК-1 ПНЕВМО-3
16 месяцев АКДС-4 ОПВ-4
6 лет КПК-2
1 класс (7 лет) АДС-М-5, ОПВ-5
9-12 лет ВПЧ*
16 лет АДС-М – 6

Примечание:

Живая трехвалентная вакцина против КПК-кори, эпидемического паротита и краснухи.
АКДС+ГБ+ХИБ – пятивалентная вакцинация против коклюша, дифтерии, столбняка (АКДС), гепатита В (ВГБ), гемофилии, гриппа типа В, гемофилии.
Рота – оральная ротавирусная вакцина
Пневмо – пневмококковая вакцина
ИПВ – инактивированная вакцина против полиомиелита.
ВПЧ* – вакцина против вируса папилломы человека
Вакцинация детей детсадовского возраста

Перед поступлением в детский сад дети должны получить ряд дополнительных прививок. Они следующие:Прививки до детского сада

Вакцинация за 2 месяца до поступления в детский сад – Гемфилло-инфекция, менингококковая инфекция. Информация – можно передавать с 18 мес. При наличии противопоказаний проводится каждые 3 месяца с 6 месяцев.

Прививка от пневмококковой инфекции за 1 месяц до поступления в детский сад в возрасте старше 2 лет;
Ежегодно в осенние месяцы рекомендуется делать прививку от гриппа.
Подготовка детей к вакцинации

При подготовке детей к вакцинации необходимо усвоить элементарные правила, к которым относятся следующие:

Без анализа крови и мочи ни один врач не даст указаний вакцинировать детей;
Заключение детского невропатолога;
Рекомендации аллерголога, профилактика аллергических реакций;
Жаропонижающие препараты, такие как суппозитории с парацетамолом;
Не давать новые виды пищи перед прививкой;
за 2 дня до прививки дать антигистаминные препараты для предотвращения аллергической реакции;
Никогда не пугайте детей прививками (даже в шутку), если спросят о боли от укола – правильно объясните, что “немного больно, но быстро и терпимо”.
Возьмите с собой самые интересные игрушки ребенка;
Во время вакцинации

После того, как вы подготовитесь к вакцинации, вот несколько советов, которые вам понадобятся во время вакцинации:

Измерьте температуру тела ребенка при выходе из дома для вакцинации – температура тела должна быть ниже 37 С, попросите врача измерить температуру тела ребенка еще до инъекции;
Спросите у врача, какая прививка сделана ребенку, место и дата ее производства;
Если у вас есть сомнения по поводу врача или медсестры, подождите еще день или попросите сменить медсестру;
Контролируйте собственное волнение, тревога может быстро передаться вашему ребенку;
Если ваш ребенок беспокоится, постарайтесь отвлечь его, заставить говорить;
После укола ребенок плачет, попробуйте потереть его, скажите, что боль пройдет, когда он сделает глубокий вдох;
После вакцинации

Если вы допустили какие-либо ошибки до прививки, после прививки вам могут помочь следующие советы:

Задайте вопросы своему врачу, узнайте о поствакцинальных осложнениях и узнайте, какие меры предосторожности следует предпринять;
После прививки посидите в клинике не менее 30 минут;
Прививку АКДС в жаркую погоду лучше не делать, если прививка была сделана, по возвращении домой дайте ребенку жаропонижающие препараты;
Если у ребенка повышается температура тела (это норма при АКДС) – можно обливать ребенка водой комнатной температуры (не использовать спирт (!), действует на чувствительную кожу).
Не забывайте, что жаропонижающие препараты у детей имеют побочные действия и ограничение приема;Категорически запрещается давать аспирин детям до 5 лет для снижения температуры;
При вакцинации АКДС не только повышается температура тела, но и может наблюдаться общая слабость и судороги. Это состояние условно является нормой.
Через 1 сутки после введения вакцины Манту ребенка следует купать в воде комнатной температуры;
через 3 дня после прививки рацион ребенка можно изменить;
Если после инъекции возникают местные реакции, необходимо приложить к этому месту теплый компресс, например, с теплой водой;

Помните, что живые вакцины могут вызывать побочные эффекты у ребенка, которые могут сохраняться с 5-го по 12-й день после прививки.

Побочные действия неактивных вакцин часто объясняют сопутствующими обстоятельствами — например, у ребенка в момент вакцинации режутся зубки или у ребенка начинают развиваться осложнения простуды.

Истинные и ложные противопоказания

В медицинской практике существует ряд противопоказаний к прививкам, например:

Истинные противопоказания – это случаи, когда имеются реальные противопоказания к вакцинным препаратам. Они будут перечислены в инструкции к вакцине.
Ложные противопоказания – это случаи неквалифицированных врачей или родственников, не владеющих полной информацией о прививках.

Кроме:

Условные (относительные, в зависимости от ситуации) противопоказания – такие случаи также считаются реальными противопоказаниями и определяются врачом на основании индивидуального состояния организма ребенка, эпиданамнеза. Например, реакции на некоторые вакцины. В таких случаях применяют антигистаминные препараты, а затем делают прививку.
Временными противопоказаниями являются дефицит анализов крови и мочи, повышенная температура тела, слабость и воспалительные процессы.
Постоянные противопоказания считаются истинными противопоказаниями и не исчезают со временем. Например, недостаточность иммунной системы.
Общие противопоказания – противопоказания в хроническом и остром периодах заболевания.
№ Вакцины Противопоказания
1 Все вакцины Тяжелая аллергическая реакция или реакции на предыдущую вакцину.
2 Все живые вакцины ОПВ Иммунодефицит, иммуносупрессия, опухолевые заболевания.
3 БЦЖ (противотуберкулезная вакцина) Если ребенок родился с массой тела менее 2000 г.
4 АКДС При наличии нарушений со стороны нервной системы, при наличии судорог в анамнезе.
5 Комбинированная вакцина против кори, эпидемического паротита, краснухи Тяжелые проявления аллергических реакций. Анафилактические реакции на яичный белок.
6 Вирусный гепатит В Аллергические реакции
5 АДС, АДС-М, АД-М (зоб, столбняк) Противопоказания в инструкции.

В настоящее время противопоказания к вакцинации исчезают, потому что побочные действия готовящихся вакцин сравнительно немногочисленны.

Все мамы должны знатьвакцинация – единственный способ уберечь ребенка от опасных для жизни заболеваний, необходимо помнить, что побочные эффекты также наблюдаются, и этими тяжелыми заболеваниями можно заразиться в легкой форме. Важна в этом и квалификация и знания врача – врач абсолютно не может навредить ребенку!

Где делают прививку?

В современной медицине вакцинацию проводят в поликлиниках, специальных прививочных центрах и на дому. Врач, вводящий вакцину, должен обладать опытом и достаточными знаниями. Особенно у детей в возрасте до одного года определенные группы вакцин необходимо вводить по строгому графику и под наблюдением врача.

Ikid.uz

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: