Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi sabablari va davolash sirlari

Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi sabablari va davolash sirlari

Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi – chanoq-son boʻgʻimi shakllanishidagi tugʻma buzilish boʻlib, uning asorati son boshchasi chiqishi bilan yakunlanadi. Bunda boʻgʻim toʻliq rivojlanmagan yoki biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan struktur elementlari yetarlicha boʻlmaydi. Erta yoshlarda teri burmalari assimetriyasi, nisbiy kaltalik va son harakatchanligidagi chegaralanish bilan namoyon boʻladi.

Keyinchalik ogʻriqlar, oqsoqlanish, tez charchab qolish kabi holatlar yuzaga chiqadi. Patologiya UTT tekshiruvi va rentgenografiya usuli bilan tashxislanadi. Davo muolajalari maxsus fiksatorlardan foydalanish va maxsus mashqlar yordamida olib boriladi.

Chanoq-son displaziyasi (grekcha dys – buzilish, plaseo – hosil boʻlish) – tugʻma patologiya boʻlib, son boshchasi chiqishi yoki chala chiqishi bilan asoratlanadi. Boʻgʻimning shakllanmaslik darajasi shunchaki kosmetik jihatdan noqulaylik tugʻdirishi yoki harakatdagi turli xil kamchiliklar bilan namoyon boʻladi. Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi asoratlari jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun patologiyani erta muddatlarda davolash kerak boʻladi, yaʼni bola hayotining birinchi oyidan.

Ushbu patologiya tugʻma kasalliklar orasida keng tarqalgan boʻlib, statistika boʻyicha barcha tugʻilgan chaqaloqlarning 2-3 % ini tashkil etadi. Millatlar orasida esa: afroamerikaliklar orasida kamroq, amerikalik hindular orasida – boshqa irqlarga qaraganda koʻproq uchraydi. Qiz bola jinsidagi chaqaloqlar oʻgʻil bolalarga qaraganda koʻproq chanoq-son displaziyasidan aziyat chekadi (barcha patologiyaning 80 % holatlarida).

Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi sabablari

Displaziya kelib chiqishida bir necha omillar ishtirok etadi. Nasliy omil yaʼni ota onalarida ham chanoq sohasi bilan bogʻliq boʻlgan tugʻma patologiyalar boʻlishi kasallikka moyillikni 10 marotabagacha oshirib yuboradi. Bundan tashqari tugʻruq vaqtida homilaning chanoq bilan kelishi ham patologiyaning asosiy sababchilaridan biri hisoblanadi. Homiladorlik vaqtida toksikoz, turli preparatlar qabul qilish, homilaning kattaligi, homila suyuqligining kamligi va boshqa homiladorlik patologiyalari ham displaziyaga olib kelishi qayd etiladi.

Olimlar izlanishiga koʻra ekologik jihatdan qoniqarsiz mintaqalarda chanoq-son displaziyasi bilan tugʻiladigan chaqaloqlar 5-6 barobar koʻp boʻlishi aniqlangan. Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi millat urf odatlariga ham bogʻliq holda shakllanadi, yaʼni turli mintaqalarda bolakaylarni turlicha belaydilar. Masalan, oyoqlari orasini ochiq holda beshikka belaydigan mintaqalar yoki bolalarini orqa sohasida oyoqlari ochiq holda koʻtarib yuruvchilar orasida ushbu patologiya kam qayd etiladi.

Patogenez

Chanoq-son boʻgʻimi son boshchasi va quymich kosasidan tashkil topgan. Quymich kosasining yuqori qismi quymich labidan iborat va bu qism son boshchasini kosachaga kirib turishida maydonni kengaytirib turadi. Yangi tugʻilgan bolalar chanoq-son boʻgʻimi kattalarnikidan farq qiladi: quymich kosasi bolalarda yassi, deyarli vertikal holatda hamda boylamlar elastikligi koʻproq boʻladi. Son boshchasi quymich kosasiga yumaloq boylam, boʻgʻim kapsulasi va quymich lablari yordamida birikib turadi.

Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasining 3 xil shakli farqlanadi: asetobulyar (quymich kosasi rivojlanishidagi kamchiliklar), son suyagi yuqori qismi displaziyasi va rotatsion displaziya yaʼni gorizontal yuzada suyaklar geometriyasi oʻzgarishi.

Boʻgʻimni tashkil etuvchi har qanday elementning buzilishi son boshchasining quymich kosasida joylashib turishini taʼminlay olmaslikka olib keladi. Natijada son boshchasi tashqariga va yuqoriga chiqib qoladi. Quymich kosasi ham oʻz tuzilishini oʻzgartiradi va son boshchasini biriktirish qobiliyatidan ayriladi. Agar son boshchasi quymich kosasidan toʻliq chiqib qolsa son boshchasi yuqorida joylashib qoladi. Davo choralari oʻz vaqtida olib borilmasa quymich kosasi biriktiruvchi toʻqima va yogʻ toʻqimasi bilan toʻladi, bu esa son boshchasini joyiga tushirishda qiyinchilik tugʻdiradi.

Displaziya belgilari

Chanoq-son displaziyasi oyoqlar nisbiy kaltaligi, teri burmalari assimetriyasi, son harakati cheklanishi va Marks-Ortolani shilqillash belgisiga qarab tashxislashda ilk qadam qoʻyiladi. Chov, tizza orti va dumba sohalari teri burmalari assimetriyasi asosan 2-3 oylik bolalarda yaxshi bilinadi. Koʻruvda burmalar orasidagi farqqa, shakliga va Burma chuqurligiga eʼtibor qaratiladi.

Yuqoridagi tekshiruvlar displaziya tashxisini qoʻyishga yetarli boʻlmaydi. Ikki tomonlama displaziya holatlarida burmalar simmetrik boʻlishi ham mumkin. Baʼzida teri burmalari assimetriyasi sogʻlom bolalarda ham kuzatilishi mumkin. Nisbiy kaltalik tugʻma son chiqishini aniqlashda yaxshi maʼlumot beradi. Bolakayni orqasi bilan yotqizgan holda oyoqlari chanoq-son va tizza boʻgʻimida bukiladi, hamda tizzalarning bir biriga nisbatan joylashuviga eʼtibor beriladi, agar bir taraf ikkinchi tarafidan yuqorida joylashsa – bu tugʻma son chiqishidan darak beradi.

Marks-Ortoloni shilqillash belgisi tugʻma son chiqishini aniqlashda eng aniq maʼlumotni beradi. Bolakay orqasi bilan yotqiziladi, shifokor bola oyogʻini bukadi va qoʻllari bilan shunday ushlaydiki II-V barmoqlar sonning tashqi yuzasida joylashadi. Soʻngra shifokor bir xil kuch bilan bir vaqtda sonni tashqariga bukadi. Displaziya holatida patologiya tarafda son boshchasining quymich kosasiga qayta tushishi hisobiga shilqillagan tovush eshitiladi. Bu belgi yangi tugʻilgan chaqaloqlar hayotining 1-haftasida 40 % chaqaloqlarda musbat boʻladi va keyinchalik oʻz oʻzidan yoʻqolib ketadi.

Boʻgʻim patologiyasini aniqlashda yana bir usul mavjud – harakatning cheklanishi. Sogʻlom bolalarda oyoqlar tashqariga 80-90 gacha ochiladi. Harakat cheklanganda esa bu burchak 50-60 foizni tashkil etadi.

Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi asoratlari

Boʻgʻim displaziyasi erta yoshdagi bolalarda hech qanday shikoyatlarga sabab boʻlmasligi mumkin. Ammo, inson yoshi 25-55 yoshlarga yetganda displastik koksartroz rivojlanish ehtimoli yuqori boʻladi. Ilk belgilar harakat cheklanishi yoki ayollarda gormonal oʻzgarishlar roʻy berayotgan davrda yuzaga chiqishi mumkin.

Displastik koksartrozning oʻziga xos jihati shundaki- kasallik juda qisqa muddat ichida boshlanadi va tezda avjiga chiqadi. Kasallik noxush his, ogʻriq va boʻgʻimda harakat cheklanishi bilan kechadi. Kech bosqichlarda oyoqlar tashqariga chiqqan, bukilgan holatga kelib qoladi. Boʻgʻimda harakat keskin cheklanadi. Son boshchasi sekin astalik bilan yuqoriga koʻtariladi va yonbosh suyakda soxta boʻgʻim hosil qiladi, ammo bunday holat hozirgi kunda juda kam qayd etiladi.

Diagnostika

Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi tugʻruqxonaning oʻzidayoq tashxislanadi. Agar patologiya aniqlansa 3 hafta ichida bolalar ortopediga murojaat etish kerak. Bundan tashqari bolalar 1, 3, 6 va 12 yoshlarida ham profilaktik tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Xavf guruhidagi bolalarga masalan homiladorlik vaqtida onada anemiya, toksikoz, homilaning kattaligi, chanoq bilan joylashishi hamda displaziyadan aziyat chekadigan ota onalardan dunyoga kelgan bolalarga eʼtibor qaratish lozim. Displaziyaga shubha qilinsa kerakli tekshiruvlardan oʻtish buyuriladi.

Tashxisni aniqlashtirish uchun rentgenografiya va ultrasonografiya tekshiruvlari oʻtkaziladi. Erta yoshdagi bolalarda boʻgʻim elementlari togʻaydan iborat boʻladi va ular rentgenogrammada koʻrinmaydi. Shu sababli rentgenografiya usuli 3 oydan katta yoshdagi bolalarda oʻtkaziladi. Ultrasonografiya tekshiruvi erta yoshdagi bolalar uchun juda qulay hamda zararsiz hisoblanadi.

Kasallik tashxisi instrumental tekshiruv javoblari va umumiy koʻrik bilan birgalikda qoʻyiladi.

Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi davosi

Davo muolajalari erta muddatlarda olib borilishi kerak. Bunda bolala oyoqlari ochilgan va bukilgan holda ushlovchi turli xil fiksatorlardan foydalaniladi: apparatlar, shinalar, stremenlar, shtanishkalar va maxsus yostiqchalar.

Erta yoshdagi bolalar elastik konstruksiyaga ega boʻlgan moslamalardan foydalangan yaxshiroq. Masalan Pavlikov stremenasi – koʻkrak qismga taqish uchun moʻljallangan moslama, bunda bolakay oyoqlari tashqariga ochilgan va tizza boʻgʻimida bukilgan holatda onaning koʻkrak qismida osilgan holatda turadi. Bu moslamaning qulayliklaridan yana biri bolakay oyoqlari harakati cheklanmasligidir.

Chanoq-son displaziyasini davolashda samarali usullardan biri mushaklarni mustahkamlovchi maxsus mashqlarni bajarishdir. Qoʻshimcha ravishda dumba sohasi mushaklari massaji ham buyuriladi.

Ogʻir holatlarda oyoqlarni kerakli holatda ushlagan holatda gipsli bogʻlam qoʻyiladi va boʻgʻim immobilizatsiya qilinadi. Bu kabi davo muolajasi 2 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarda oʻtkaziladi. 8 yoshgacha boʻlgan bolalarda son tortmaga olinadi. Agar ushbu chora tadbirlar foyda bermasa, jarrohilk amaliyoti bilan son boshchasi boʻgʻim yuzasiga tushiriladi.

Patologiya oqibati va profilaktikasi

Patologiyani erta muddatlarda aniqlash va davo muolajalarini boshlash natijasida kasallik oqibati ijobiy hisoblanadi. Kasallik qancha kech davolansa asoratlar boʻlish ehtimoli shuncha yuqori boʻladi. Chanoq-son displaziyasi profilaktikasi bolalarda patologiyani erta muddatlarda aniqlashdan iborat.

Ikid.uz
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Дисплазия тазобедренного сустава – врожденное нарушение формирования тазобедренного сустава, осложнение которого заканчивается вывихом головки бедренной кости. В этом случае сустав развит не полностью или недостаточно структурных элементов из соединительной ткани. В ранней молодости проявляется асимметрией кожных складок, относительной короткостью и ограничением подвижности бедра.

Позднее появляются боли, хромота, быстрая утомляемость. Патологию диагностируют при обследовании УТТ и рентгенологическом методе. Лечебные процедуры проводятся с использованием специальных фиксаторов и специальных упражнений.

Тазово-бедренная дисплазия (от греч. dys — искривление, plaseo — образование) — врожденная патология, которая осложняется выпячиванием или преждевременным выпячиванием головки бедренной кости. Степень деформации сустава проявляется просто косметическим дискомфортом или различными недостатками движения. Чтобы осложнения дисплазии тазобедренных суставов не вызвали серьезных последствий, лечить патологию необходимо на ранних стадиях, то есть с первого месяца жизни ребенка.

Эта патология широко распространена среди врожденных заболеваний, и по статистике на ее долю приходится 2-3% всех рожденных малышей. Среди этнических групп: реже встречается у афроамериканцев и чаще встречается у американских индейцев, чем у представителей других рас. Девочки чаще, чем мальчики, страдают дисплазией тазобедренных суставов (в 80% всех случаев патологии).

Причины дисплазии тазобедренного сустава

В возникновении дисплазии участвуют несколько факторов. Наследственные факторы, т.е. наличие у родителей врожденных патологий, связанных с паховой областью, повышают предрасположенность к заболеванию до 10 раз. Кроме того, родоразрешение плода в паху является одной из основных причин патологии. При беременности отмечают, что токсикоз, прием различных лекарственных препаратов, размеры плода, маловодие и другие патологии беременности также вызывают дисплазию.

По исследованиям ученых установлено, что дети, рожденные с дисплазией тазобедренных суставов, в 5-6 раз чаще рождаются в экологически неблагополучных регионах. Дисплазия тазобедренного сустава формируется в зависимости от обычаев нации, то есть в разных регионах детей одевают по-разному. Например, эта патология редко отмечается среди регионов, где детей укачивают с раздвинутыми ногами или которые носят детей на спине с раздвинутыми ногами.

Патогенез

Тазобедренный сустав состоит из головки бедренной кости и таза. Верхняя часть таза состоит из верхней губы, и эта часть расширяет область, когда головка бедренной кости входит в таз. Таз новорожденных детей отличается от такового у взрослых: таз у детей плоский,в почти вертикальном положении и связки более эластичны. Головка бедренной кости прикрепляется к суставной впадине с помощью округлой кости, суставной капсулы и губ сустава.

Различают 3 формы дисплазии тазобедренных суставов: ацетобульбарную (дефекты развития вертлужной впадины), дисплазию верхней части бедренной кости и ротационную дисплазию, т. е. изменение геометрии костей на горизонтальной поверхности.

Отказ любого из элементов, составляющих сустав, приводит к невозможности обеспечить посадку головки бедренной кости в гнезде. В результате головка бедренной кости выпячивается наружу и вверх. Таз также изменяет свою структуру и теряет способность прикреплять головку бедренной кости. Если головка бедренной кости полностью вышла из литейной чаши, головка бедренной кости будет располагаться выше. Если вовремя не провести лечение, вертлужная впадина заполняется соединительной тканью и жировой тканью, что затрудняет опускание головки бедренной кости на место.

Признаки дисплазии

Тазово-тазобедренная дисплазия является первым шагом в диагностике, основанной на относительной короткости ног, асимметрии кожных складок, ограничении движений бедра и симптоме косоглазия Маркса-Ортола. Асимметрия кожных складок в области груди, за коленями и ягодицами хорошо известна в основном у 2-3-месячных детей. При осмотре основное внимание уделяется разнице между складками, форме и глубине складки.

Вышеперечисленных тестов недостаточно для постановки диагноза дисплазии. При двусторонней дисплазии складки также могут быть симметричными. Иногда асимметрию кожных складок можно наблюдать даже у здоровых детей. Относительная низкорослость является хорошим предиктором врожденных пороков развития. Укладывая ребенка на спину, ноги согнуты в тазобедренных и коленных суставах и обращают внимание на положение коленей по отношению друг к другу, если одна сторона выше другой — это свидетельствует о врожденной протрузии бедра.

Знак Маркса-Ортолони обеспечивает наиболее точную информацию при определении результатов подсчета рождений. Ребенка укладывают на спину, врач сгибает ножку ребенка и удерживает ее руками так, чтобы II-V пальцы располагались на наружной поверхности бедра. Затем врач одновременно с той же силой сгибает бедро кнаружи. При дисплазии слышен хрипящий звук из-за падения головки бедренной кости на сторону патологии. Этот признак положителен у 40% детей в 1-ю неделю жизни новорожденных и затем исчезает самостоятельно.

Есть еще один способ определить патологию сустава – ограничение движений. У здоровых детей ножки раскрываются на 80-90 градусов. При ограничении движения этот угол составляет 50-60 процентов.

Осложнения дисплазии тазобедренного сустава

Дисплазия суставов может не вызывать никаких жалоб у детей раннего возраста. Но,При достижении человеком 25-55 лет высока вероятность развития диспластического коксартроза. Первые признаки могут появиться в период ограничения движений или гормональных изменений у женщин.

Особенность диспластического коксартроза в том, что заболевание начинается в очень короткие сроки и быстро обостряется. Заболевание характеризуется дискомфортом, болью и ограничением движений в суставе. На поздних стадиях ноги выворачиваются и сгибаются. Движения в суставе резко ограничены. Головка бедренной кости постепенно поднимается и образует ложный сустав на подвздошной кости, но сегодня это редко можно увидеть.

Диагностика

Дисплазию тазобедренного сустава диагностируют в роддоме. При выявлении патологии дети должны быть направлены к ортопеду в течение 3 недель. Кроме того, дети проходят профилактические осмотры в 1, 3, 6 и 12 лет.

Следует обратить внимание на детей группы риска, например, на детей, рожденных от родителей, страдающих анемией, токсикозом, размером плода, тазовым предлежанием, дисплазией во время беременности. При подозрении на дисплазию рекомендуются необходимые обследования.

Для подтверждения диагноза проводят рентгенологическое и ультразвуковое исследования. У детей раннего возраста суставные элементы состоят из хрящей и не видны на рентгенограммах. Поэтому рентгенологический метод проводят у детей старше 3 мес. Ультразвуковое исследование очень удобно и безвредно для детей раннего возраста.

Диагноз заболевания ставится на основании результатов инструментального обследования и общего осмотра.

Лечение дисплазии тазобедренного сустава

Лечебные процедуры следует проводить в ранние сроки. При этом используются различные фиксаторы, удерживающие ноги ребенка в раздвинутом и согнутом состоянии: приспособления, шины, стремена, скобы и специальные подушечки.

Детям раннего возраста лучше использовать устройства с эластичной конструкцией. Например, стремя Павликова — приспособление, предназначенное для ношения на груди, при котором ребенок висит на груди матери с расставленными ногами и согнутыми в коленях. Еще одним преимуществом этого приспособления является то, что движения ножек ребенка не ограничены.

Одним из эффективных способов лечения дисплазии тазобедренных суставов является выполнение специальных упражнений, укрепляющих мышцы. Дополнительно назначают массаж мышц ягодичной области.

В тяжелых случаях накладывают гипсовую повязку и иммобилизуют сустав. Такое лечение проводят у детей от 2 до 6 лет. У детей до 8 лет происходит ретракция бедра. Если эти меры не помогают, головку бедренной кости хирургическим путем опускают на поверхность сустава.Последствия и профилактика патологии

Исход заболевания положительный в результате раннего выявления патологии и начала лечения. Чем дольше лечится заболевание, тем выше вероятность осложнений. Профилактика дисплазии тазобедренных суставов заключается в раннем выявлении патологии у детей.

Ikid.uz
[/spoiler]

This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.

More information...

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: