Bolalarda meningit – miya pardalarining infeksion-yalligʻlanishi. Bolalarda meningit – umumiy infeksion belgilar (gipertermiya), umumiy miya (bosh ogʻrigʻi, qayt qilish, talvasalar, es-hushning buzilishi va meningial sindromlar (ensa mushaklari rigidligi, umumiy giperesteziya, meningial holat, Kernig, Lessaj, Brudzinskiy simptomlari musbat boʻlishi, katta liqildoqning shishib qolishi) bilan kechadi. Meningit diagnostikasida lumbal punksiya, likvorni tekshirish va qon analizidan foydalaniladi. Bolalarda meningit davosida – bolani shifoxona sharoitida davolash, yotoq tartibi, antibiotik yoki viruslarga qarshi preparatlar qoʻllash, dezintoksikatsion va degidratatsion davo oʻtkaziladi.
Umumiy maʼlumot
Bolalarda meningit – neyroinfeksion, bosh va orqa miya yumshoq pardasining yalligʻlanishidir. Kasallik umumiy infeskion, miya, meningial belgilar va orqa miya suyuqligi yalligʻlanish belgilari bilan kechadi. Pediatriya va bolalar infeksion kasalliklari sohasida meningit kasalligi alohida oʻringa ega, chunki kasallik oqibatida MNT da jiddiy oʻzgarishlar kelib chiqadi, kasallik asoratlari va oqibatlari juda ogʻir, oʻlim holatining koʻp qayd etilishidir. 14 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida kasallik bilan har 100 ming bolaning 10 tasiga toʻgʻri keladi, shular ichidan 80 % ga yaqini 5 yoshgacha boʻlgan bolalardir. Oʻlim holatining qayd etilishi bemorning yoshiga bogʻliq: bemor yoshi qancha kichik boʻlsa oʻlim kuzatilish ehtimoli shuncha yuqori.
Bolalarda meningit sabablari
Bolalarda meningit turli xil infeksiyalar taʼsirida rivojlanishi mumkin: bakteriya, virus, zamburugʻ va sodda mikroorganizmlar. Ular orasidan meningitga eng koʻp sabab boʻluvchilar – bakteriyalardir: meningokokk, pnevmokokk, gemofil tayoqcha b seroguruhi, stafilokokk, enterobakteriyalar, sil mikobakteriyasi hisoblanadi. Virus etiologiyali meningit koʻpincha Koksaki, epidemik parotit, suvchechak, qizamiq, qizilcha, poliomiyelit, gerpes, enterovirus, adenovirus va boshqa virusli kasalliklar bilan birgalikda kuzatiladi.
Zamburugʻlar, rikketsiyalar, spiroxeta, toksoplazma, malyariya, gelmentlar va boshqa patogen mikroorganizmlar sababli kelib chiqadigan bolalar meningiti kam kuzatiladigan kasalliklar qatoriga kiradi.
Infeksiya manbayi boʻlib, bemor inson yoki bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. Infeksiya havo-tomchi, xoʻjalik buyumlari orqali, alimentar, suv, transmissiv, vertikal, gematogen, limfogen, perinevral yoʻllar orqali yuqishi mumkin.
Yangi tugʻilgan bolalarda meningit rivojlanishiga olib keluvchi xavfli holatlar – homiladorlikning salbiy kechuvi, tugʻruq vaqtidagi travmalar, homila gipoksiyasi, chala tugʻilish, homila ichi infeksiyasidir. Bundan tashqari erta yoshdagi bolalarda kasallik rivojlanishida turli aʼzolardagi yiringli infeksiya oʻchoqlari (otit, mastoidit, sinusit, faringit, tonzillit, gastroenterokolit, frunkul, osteomiyelit, endokardit), OʻRVI, ichak infeksiyalari hamda bosh miya jarohatlari ham katta ahamiyat kasb etadi.
Bolalarda meningit rivojlanishiga beriluvchanligining sabablari bor, ularga immun tizimining toʻliq shakllanmaganligi, gematoensefalik barerning oʻtkazuvchanlik xususiyati yuqori boʻlishi kabi holatlarni misol qilib keltirish mumkin. Patologik jarayon rivojlanishiga olib keluvchi holatlar gipotrofiya, bolalar parvarishidagi xatoliklar, sovuq qotish, iqlim oʻzgarishi, stress holatlar, jismoniy zoʻriqish boʻlib hisoblanadi. Bolalarda meningit rivojlanishida mavsumiylik xos, yaʼni kasallik koʻpincha qish-bahor mavsumiga toʻgʻri keladi va kasallik har 10-15 yilda koʻp qayd etiladi.
Kasallik patogenezi
Bolalarda meningit rivojlanishida infeksiya uchun darvoza boʻlib koʻpincha nafas yoʻllari va oshqozon ichak tizimi shilliq qavatlari xizmat qiladi. Qoʻzgʻatuvchining miya pardalariga borishi gematogen, segmentar-vaskulyar yoki kontakt yoʻli bilan amalga oshadi. Toksiyemiya va biologik faol moddalarning koʻplab ajralib chiqishi gematoensefalik barerdan mikroorganizmlarning oʻtishini osonlashtiradi, hamda infeksiya va ularning toksinlari miya pardalarida seroz, seroz-yiringli yoki yiringli yalligʻlanish keltirib chiqaradi.
Yalligʻlanish mahsulotlari toʻplanishi bosh miya qorinchalarida qon tomirlar chigalini qoʻzgʻatadi, natijada likvor sintezi kuchayadi va bosh miya ichki bosimi oshadi. Aynan mosh miya ichki bosimi oshishi sababli meningit klinik belgilari yuzaga chiqadi. Bosh miya toʻqimlari ezilishi, perfuziyaning buzilishi, gipoksiya rivojlanishi, bosh miya qon tomirlaridan suyuqlikning toʻqimalar orasiga toʻplanishi bosh miya shishiga sabab boʻladi.
Meningit toʻgʻri davolansa ekssudat soʻriladi, likvor produksiyasi yaxshilashadi va bosh miya ichki bosimi pasayadi. Agar davo muolajalari oʻz vaqtida ekssudat yiringlashi, fibroz hosil boʻlishi, likvor dinamikasi buzilishi va gidrosefaliya rivojlanishi mumkin.
Bolalarda meningit klassifikatsiyasi
Birlamchi meningit yalligʻlanish jarayonining mahalliy infeksion zararlanish natijasida kelib chiqadi. Ikkilamchi meningit esa boshqa kasallik natijasida, yaʼni kasallik asorati sifatida rivojlanadi.
Meningit kasalligida miya pardalarining zararlanish chuqurligiga qarab quyidagilarga boʻlinadi: panmeningit – barcha miya pardalarining yalligʻlanishi, paximeningit – miya qattiq pardasi yalligʻlanishi; leptomeningit – toʻrsimon va yumshoq parda yalligʻlanishi. Aroxnoidit – toʻrsimon parda yalligʻlanishi;
Intoksikatsion va umumiy miya sindromlari darajasiga qarab: yengil, oʻrta va ogʻir darajadagi meningit farqlanadi. Neyroinfeksiya kechishi: chaqmoq tezligida, oʻtkir, oʻtkir osti va surunkali shakllari farqlanadi.
Etiologiyasiga koʻra; virusli, bakterial, zamburugʻli, rikketsioz, spiroxetoz, gelmentlar sababli va aralash turlarga boʻlinadi. Likvor oʻzgarishiga koʻra seroz, gemorragik va yiringli boʻlishi mumkin.
Bolalarda meningit simptomlari
Etiologiyasidan qatʼiy nazar meningit kechishi bir xil, yaʼni umumiy intoksikatsion, umumiy miya va meningial belgilar, hamda likvor oʻzgarishida kuzatiladigan simptomlar kuzatiladi.
Umumiy intoksikatsion belgilar bolalarda tana haroratining oshishi, taxipnoe, taxikardiya, bolaning ovqatdan bosh tortishi bilan yuzaga chiqadi. Teri qoplamalarining oqarishi yoki giperemiyasi, terida gemorragik toshmalar, mayda qon tomirlarning emboliya natijasida yorilishi ham kuzatiladi. Nospetsifik simptomlar meningitning oʻgir koʻrinishlarida namoyon boʻladi: buyrak usti bezi yetishmovchiligi – meningokokkli infeksiya, nafas yetishmovchiligi – pnevmokokkli infeksiya, kuchli diareya – enterovirusli infeksiya taʼsirida.
Umumiy miya belgilarida – bosh ogʻrigʻi, miya pardalarining toksik va mexanik taʼsiri natijasida kelib chiqadi. Bosh ogʻrigʻi diffuz, mahalliy boʻlishi mumkin. Qayt qilish markazining reflektor yoki toʻgʻridan-toʻgʻri zararlanishi natijasida qayta qayta yuzaga keluvchi qayt qilishlar, qayt qilishning ovqatlanish bilan bogʻliq boʻlmasligi, hamda qayt qilgandan soʻng bemorda yengillik hissi paydo boʻlmasligi kuzatiladi. Es hushning buzilishi psixomotor qoʻzgʻaluvchanlik, sopor, stupor va koma holatlari bilan kechadi. Koʻpincha meningitda bolalar talvasa holatiga tushadi, bunda tonik, klonik hamda toniko-klonik talvasalar kelib chiqishi mumkin.
Bolalarda meningit kasalligida har doim meningial sindromlar kuzatiladi. Bola yon tarafiga yotib oladi, boshini ortga egadi, qoʻllari bilan tizzalarini quchoqlab oladi, bolada turli xil taʼsirlarga sezgi yuqori boʻladi: giperesteziya, blefarospazm, giperakuziya holatlari kuzatiladi. Meningitga xos boʻlgan yan bir simptom ensa mushaklari rigidligidir (bola iyaklarini toʻshga yaqinlashtirishning imkoni boʻlmaydi).
Bosh miya ichki bosimi oshishi natijasida katta liqildoqning shishib qolishi, pulsatsiyalanishi kuzatiladi. Kernig, Brudzinskiy, Lessaj, Mondonezi, Bexterev simptomlari musbat boʻladi.
Yiringli meningitda infeksion-septik belgilar ham rivojlanadi: pnevmoniya, artrit, endokardit, perikardit, epiglottit, osteomiyelit, sepsis. Nerv tizimi tomonidan kelib chiqadigan kech asoratlarga aqliy qobiliyatning buzilishi, gipertenziv-gidrosefalik sindromlar, epilepsiya, paralich va parezlar, gipotalamik sindromlar, bosh miya nervlari zararlanishi (gʻilaylik, ptoz, karlik, yuz assimetriyasi va boshqalar).
Kasallik diagnostikasi
Pediatr va bolalar infeskionisti uchun meningit diagnostiaksida epidanamnez yigʻish, klinik belgilarni aniqlash va meningial sindromlarni tasdiqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning umumiy ahvolini toʻgʻri baholash uchun bolalar nevrologi, oftalmologi, otolaringolog va neyroxirurg tekshiruvlari kerak boʻladi.
Bolalarda meningitga shubha qilinganda lubmal punksiya qilish va likvorni biokimyoviy, bakteriologik, virusologik va sitologik tekshiruvlardan oʻtkazish kerak boʻladi. Natijalarga qarab seroz yoki yiringli jarayon farqlanadi.
Serologik tekshiruvlar (RNGA, RIF, RSK, IFA) yordamida infeksiyalarga qarshi ishlab chiqarilgan maxsus antitelolar aniqlanadi. PZR tekshiruvi orqali qoʻzgʻatuvchining DNK si aniqlanadi. Bundan tashqari qon bakteriologik tekshiruvi oʻtkaziladi.
Koʻrsatma boʻyicha neyrosonografiya, rengtenografiya, EEG, MRT tekshiruvlari oʻtkaziladi. Meningit subaroxnoidal qon quyilishlar, bosh miya oʻsmalari, Rey sindromi, neyroleykoz, diabetik koma va boshqalardan differensatsiya qilinadi.
Bolalarda meningit davosi
Bolalarda meningitga shubha qilinsa darhol shifoxonaga yotqiziladi. Oʻtkir davrda bolalarga yotoq tartibi, maksimal darajada tinchlik, mexanik va kimyoviy diyeta buyuriladi, gemo va likvorodinamika, fiziologik zaharlanish doimo tekshirib turiladi.
Meningit etiotrop davosida mushak ichi yoki vena ichiga antibakterial preparatlar yuborish kerak boʻladi: penitillin, sefalosporinlar, aminoglikozidlar, karbapenlar. Meningitning ogʻri koʻrinishlarida antibiotiklar endolumbal yuboriladi. Bolalarda antibiotikterapiya 10-14 kun davomida olib boriladi.
Bolalarda meningit etiologiyasi aniqlangach meningokokka qarshi gamma-globulin yoki zardob yuboriladi, viruslarga qarshi atsiklovir, interferon va immunomoudlyatorlar qoʻllaniladi.
Kasallik patogenetik davosida dezintoksikatsion davo (turli xil fiziologik eritmalarni infuziya yoʻli bilan quyish), degidratatsion davo (furosemide, mannitol), talvasaga qarshi davo (GOMK, tiopental natriy, fenobarbital) kabi muolajalar olib boriladi. Bosh miyada ishemiyaning oldini olish maqsadida nootrop va neyrometobolitlar qoʻllaniladi.
Meningitning ogʻir koʻrinishlarida bolalar sunʼiy nafas olish apparatiga oʻtkaziladi.
Meningit oqibati va profilaktikasi
Bolalarda meningit oqibati kasallikning etiologiyasi, ogʻirlik darajasi, oʻz vaqtida olib borilgan davo muolajalariga qarab aniqlanadi. Hozirgi kunda deyarli barcha bemorlarda toʻliq davolanish kuzatilmoqda, 1-5 % gina holatlarda oʻlim holati qayd etiladi. Meningit bilan kasallangan bolalar doimo pediatr, infeksionist va nevropatolog tekshiruvlaridan oʻtib turishlari kerak boʻladi.
Meningit kasalligini oldini olish uchun emlash olib boriladi. Kasallangan bola aniqlanadigan boʻlsa karantin eʼlon qilinadi va bemor bilan kontaktda boʻlganlarda gamma-globulinlar yoki zardob beriladi. Kasallikning nospetsifik profilaktikasiga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, ovqatlanish tartibini yaxshilash va surunkali infeksion kasalliklarni davolash kabi chora tadbirlar kiradi.
Ikid.uz
Менингит у детей — инфекционное воспаление мозговых оболочек. Менингит у детей — общеинфекционные симптомы (гипертермия), общемозговые (головная боль, рвота, судороги, потеря сознания) и менингеальные синдромы (ригидность мышц шеи, общая гиперестезия, менингеальное состояние, симптомы Кернига, Лессея, Брудзинского положительные, большие В диагностике менингита используют люмбальную пункцию, исследование спинномозговой жидкости, исследование крови.Лечение менингита у детей включает стационарное лечение, постельный режим, антибиотики или противовирусные препараты, дезинтоксикационную и дегидратационную терапию.
Главная Информация
Менингит у детей нейроинфекционный, воспаление мягких оболочек головного и спинного мозга. Заболевание характеризуется общеинфекционным поражением головного мозга, менингеальными симптомами и воспалением спинномозговой жидкости. Особое место в области педиатрии и детских инфекционных болезней занимает менингит, так как заболевание вызывает серьезные изменения МНТ, осложнения и последствия заболевания очень тяжелые, высока смертность. Среди детей в возрасте до 14 лет заболевание встречается у 10 из каждых 100 000 детей, причем 80% из них составляют дети в возрасте до 5 лет. Регистрация смерти зависит от возраста больного: чем моложе больной, тем выше вероятность летального исхода.
Причины менингита у детей
Менингит у детей может развиваться под влиянием различных инфекций: бактерий, вирусов, грибков и простых микроорганизмов. Среди них наиболее частыми возбудителями менингита являются бактерии: менингококки, пневмококки, гемофильная палочка серогруппы В, стафилококки, энтеробактерии, микобактерии туберкулеза. Менингит вирусной этиологии часто наблюдается вместе с Коксаки, эпидемическим паротитом, ветряной оспой, корью, краснухой, полиомиелитом, герпесом, энтеровирусом, аденовирусом и другими вирусными заболеваниями.
К числу редких заболеваний относится детский менингит, вызываемый грибами, риккетсиями, спирохетами, токсоплазмами, малярией, гельминтами и другими патогенными микроорганизмами.
В качестве источника инфекции больной является человеком или носителем бактерий. Инфекция может передаваться воздушно-капельным, бытовым, алиментарным, водным, трансмиссивным, вертикальным, гематогенным, лимфогенным, периневральным путями.
Опасными состояниями, приводящими к развитию менингита у новорожденных, являются неблагоприятные исходы беременности, травмы во время родов, гипоксия плода, преждевременные роды, внутриутробное инфицирование. Кроме того, большое значение в развитии заболевания имеют очаги гнойной инфекции в различных органах (отиты, мастоидиты, синуситы, фарингиты, тонзиллиты, гастроэнтероколиты, фурункулы, остеомиелиты, эндокардиты), ОРЗ, кишечные инфекции и травмы головного мозга. у детей раннего возраста.Существуют причины предрасположенности детей к развитию менингита, такие как незавершенное формирование иммунной системы и высокая проницаемость гематоэнцефалического барьера. Условиями, приводящими к развитию патологического процесса, являются гипотрофия, погрешности в уходе за ребенком, обморожение, смена климата, стрессовые ситуации, физические нагрузки. Развитие менингита у детей носит сезонный характер, то есть заболевание чаще приходится на зимне-весенний период, а нередко заболевание регистрируют каждые 10-15 лет.
Патогенез заболевания
При развитии менингита у детей воротами инфекции часто являются слизистые оболочки дыхательных путей и желудочно-кишечного тракта. Возбудитель достигает мозговых оболочек гематогенным, сегментарно-сосудистым или контактным путем. Токсемия и большой выброс биологически активных веществ облегчают прохождение микроорганизмов через гематоэнцефалический барьер, а инфекции и их токсины вызывают серозное, серозно-гнойное или гнойное воспаление мозговых оболочек.
Накопление продуктов воспаления вызывает полнокровие сосудов в желудочках головного мозга, в результате чего увеличивается синтез ликвора и повышается внутримозговое давление. Именно из-за повышения внутреннего давления головного мозга появляются клинические симптомы менингита. Размозжение мозговой ткани, нарушение перфузии, развитие гипоксии, скопление жидкости из сосудов головного мозга между тканями вызывает отек головного мозга.
При правильном лечении менингита происходит рассасывание экссудата, улучшается выработка цереброспинальной жидкости, снижается внутричерепное давление. При несвоевременном проведении лечебных процедур возможно нагноение экссудата, развитие фиброза, нарушение ликвородинамики, развитие гидроцефалии.
Классификация менингита у детей
Первичный менингит возникает в результате местного инфекционного поражения воспалительного процесса. Вторичный менингит развивается в результате другого заболевания, то есть как осложнение болезни.
В зависимости от глубины поражения мозговых оболочек менингиты делят на следующие: панменингит – воспаление всех мозговых оболочек, пахименингит – воспаление твердой мозговой оболочки; лептоменингит – воспаление сетчатки и мягких оболочек. Арахноидит – воспаление сетчатки;
В зависимости от степени интоксикации и общемозговых синдромов различают менингит легкой, средней и тяжелой степени. Течение нейроинфекции: выделяют быструю, острую, подострую и хроническую формы.
По этиологии; вирусная, бактериальная, грибковая, риккетсиозная, спирохетозная, гельминтозная и смешанная формы. ЦСЖ может быть серозным, геморрагическим и гнойным в зависимости от изменения.
Симптомы менингита у детей
Независимо от этиологии течение менингита одинаковое, то есть общая интоксикация, общемозговые и менингеальные знаки,и наблюдаются симптомы, наблюдаемые при изменении ликвора.
Общие признаки интоксикации проявляются у детей повышением температуры тела, тахипноэ, тахикардией, отказом ребенка от еды. Наблюдаются также бледность или гиперемия кожи, геморрагические высыпания на коже, разрыв мелких сосудов в результате эмболии. Неспецифические симптомы появляются при тяжелых формах менингита: надпочечниковая недостаточность — при менингококковой инфекции, одышка — при пневмококковой инфекции, тяжелая диарея — под влиянием энтеровирусной инфекции.
Общие мозговые симптомы включают головную боль, возникающую в результате токсического и механического воздействия на мозговые оболочки. Головная боль может быть разлитой, локальной. В результате рефлекторного или прямого поражения рвотного центра наблюдают многократную рвоту, рвоту, не связанную с приемом пищи, отсутствие облегчения состояния больного после рвоты. Нарушение сознания сопровождается психомоторным возбуждением, сопором, ступором и комой. Дети часто впадают в судорожное состояние при менингите, при котором могут возникать тонические, клонические и тонико-клонические судороги.
Менингеальные синдромы всегда наблюдаются у детей с менингитом. Ребенок лежит на боку, запрокидывает голову назад, обхватывает руками колени, ребенок высокочувствителен к различным воздействиям: наблюдаются гиперестезия, блефароспазм, гиперакузия. Еще одним характерным для менингита симптомом является ригидность мышц шеи (ребенок не сможет приблизить подбородок к кровати).
В результате повышения внутреннего давления головного мозга наблюдается набухание и пульсация больших полушарий. Симптомы Кернига, Брудзинского, Лесая, Мондонези, Бехтерева положительные.
При гнойном менингите развиваются также инфекционно-септические симптомы: пневмония, артрит, эндокардит, перикардит, эпиглоттит, остеомиелит, сепсис. К поздним осложнениям со стороны нервной системы относятся нарушение умственной деятельности, гипертензионно-гидроцефальные синдромы, эпилепсия, параличи и парезы, гипоталамические синдромы, поражение черепно-мозговых нервов (унижение, птоз, глухота, асимметрия лица и др.).
Диагностика заболеваний
Для педиатров и детских инфекционистов важное значение имеет сбор эпиданамнеза, выявление клинических признаков и подтверждение менингеальных синдромов при диагностике менингита. Для правильной оценки общего состояния ребенка потребуется осмотр детского невролога, офтальмолога, отоларинголога, нейрохирурга.
При подозрении на менингит у детей необходимы люмбальная пункция и биохимическое, бактериологическое, вирусологическое и цитологическое исследования ликвора. В зависимости от результатов выделяют серозный или гнойный процесс.
Серологические тесты (РНГА, РИФ, РСК, ИФА) выявляют специфические антитела, вырабатываемые против инфекций.ДНК возбудителя определяют методом ПЦР. Кроме того, будет проведено бактериологическое исследование крови.
Согласно инструкции проводятся нейросонография, рентген, ЭЭГ, МРТ исследования. Менингит дифференцируют с субарахноидальными кровоизлияниями, опухолями головного мозга, синдромом Рея, нейролейкозом, диабетической комой и др.
Лечение менингита у детей
При подозрении на менингит у детей их немедленно госпитализируют. В остром периоде детям назначают постельный режим, максимальный покой, механическую и химическую диету, постоянно контролируют гемодинамику и ликодинамику, физиологическую интоксикацию.
При этиотропном лечении менингита необходимо внутримышечно или внутривенно вводить антибактериальные препараты: пенитиллин, цефалоспорины, аминогликозиды, карбапены. В тяжелых случаях менингита антибиотики назначают эндолюмбально. У детей антибактериальную терапию проводят в течение 10-14 дней.
После выявления этиологии менингита у детей вводят антименингококковый гамма-глобулин или сыворотку, против вирусов применяют ацикловир, интерферон и иммуномодуляторы.
В патогенетической терапии заболевания проводят дезинтоксикационную терапию (инфузии различных физиологических растворов), дегидратационную терапию (фуросемид, маннитол), противосудорожную терапию (ГОМК, тиопентал натрия, фенобарбитал). Ноотропы и нейрометаболиты используются для предотвращения ишемии головного мозга.
В тяжелых случаях менингита детей переводят на искусственное дыхание.
Последствия и профилактика менингита
Последствия менингита у детей определяются в зависимости от этиологии заболевания, степени тяжести, своевременности лечения. В настоящее время почти все больные полностью излечены, летальный исход регистрируется в 1-5% случаев. Дети с менингитом обязательно должны быть осмотрены педиатром, инфекционистом, невропатологом.
Вакцинация проводится для профилактики менингита. При выявлении больного ребенка объявляют карантин и контактировавшим с больным вводят гамма-глобулины или сыворотку. Неспецифическая профилактика заболеваний включает такие мероприятия, как соблюдение правил личной гигиены, улучшение режима питания и лечение хронических инфекционных заболеваний.
Ikid.uz