Taniqli yozuvchi, dramaturg va rassom Fridrix Dyurrenmatt 1921 yil 5 yanvarda Shvetsariyaning Konolfingli qishlogʻida ruhoniy oilada tugʻildi. U avval Bern Erkin gimnaziyasida tahsil oldi, dastlabki ijodiy faoliyatini esa rassomchilikdan boshladi. Garchi uning chizgan suratlari shuhrat qozonib, bir qancha xalqaro koʻrgazmaga qoʻyilgan boʻlsa-da, u yozuvchilik bilan shugʻullanishni afzal koʻradi. Ijodini hikoyanavislikdan boshlagan Dyurrenmatt nasr va dramaturgiya sohasida ham faol ijod qilgan. 1949 yilda yaratilgan “Buyuk Romul” komediyasi unga olamshumul shuhrat keltiradi. Adib “Tibetdagi qishki urush”, “Shahar”, “Isyonchi”, “Minotavr” kabi qissalari, “Sudya va uning qotili”, “Gumon”, “Vaʼda” va bir qator pyesa hamda publitsistik asarlari uchun oʻnga yaqin yuksak adabiy mukofotlarga sazovor boʻlgan.
Fridrix Dyurrenmatt haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
Опубликовано: Рубрика: Tarjimai hol

Related posts:
- Sharifa Salimova haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
- Yasunari Kavabata haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
- Xosiyat Bobomurodova haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
- Oʻtkir Rahmat haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
- Ismoil Toʻlak haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
- Asqar Qosimov haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
- Tohir Malik haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
- Mirzo Abdulqodir Bedil haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
- Oydin Hojiyeva haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
- Abdulla Oripov haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol