Ular endi yo‘q — Islomiy hikoya

Ular endi yo‘q - Islomiy hikoya

Rasululloh (s.a.v.) vafotlaridan so‘ng Abu Bakr (r.a.), keyin hazrat Umar (r.a.) xalifa bo‘ldilar. Ularning davrida musulmonlar tinchlik va xotirjamlikda yashashdi. Hazrat Usmon (r.a.) davrida esa bu xotirjamlik buzilib turdi. Hazrat Ali (k.v.) zamoniga kelib ahvol butunlay o‘zgarib, turli ixtiloflar yuzaga kela boshladi. Bu holatlar tufaylimi, bir kuni hazrat Alidan so‘rashdi:

– Yuz berayotgan hodisalarning hech biri avvalgi xalifalar zamonida yo‘q edi. Sababi nima ekan-a?

Javob chin ma’noda hazrat Aliga xos bo‘ldi:

— Ularning davrida biz bor edik, bizning zamonimizda esa ular yo‘q!

“Irfon” taqvimining 2012 yil 3-sonidan olindi.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: