Bir kuni Hazrati Sulaymon, alayhissalom, do‘stlari bilan birga o‘tirar edilar. Hazrati Azroil, alayhissalom, kirib o‘tirganlardan biriga diqqat bilan boqdilar. U odam Azroilning, alayhissalom, bunday boqishlaridan juda qo‘rqib ketdi. So‘ngra Hazrati Sulaymonga:
— Ey Payg‘ambarim, menga yordam qiling, haligina Azroil menga qattiq tikilib qaradi. Mening jonimni oladi chog’i, — dedi.
Sulaymon, alayhissalom, undan:
— Xo‘sh, nima qilayin? Mendan nima istaysan? — deb so‘radilar.
— Shamolga amr bering, meni Hindistonga eltib tashlasin. Shoyad Azroilning panjasidan qutulib qolsam… — dedi.
Sulaymon, alayhissalom, uning istagini bajo keltirdilar. Shamolga buyurib, uni Hindistonga jo‘natdilar. Ertasi kuni Azroil yana ko‘rishmoq uchun Sulaymon, alayhissalom, quzurlariga keldi. Suhbat davomida Hazrati Sulaymon:
— Kechagi odamga tikilib qaramoqning boisi nima edi? — deya so‘radi.
Azroil esa:
— Chunki Alloh taolo menga bu odamning jonini Hindistonda olishni amr etgan edi. Uni bu yerda ko‘rib, juda hayron qoldim. Allohning amrini yanglish anglamadimmikan, deya hayratlandim. Shu bois unga diqqat bilan boqqan edim.
Buyruqni to‘g‘ri anglagan ekanman. Oradan biroz o‘tib, Hindistonga bordim. Uni o‘sha yurtdan topib, jonini oldim.
Manba: islom.ziyouz.com
Однажды Хазрат Сулейман, мир ему, сидел со своими друзьями. Хазрат Азраил, мир ему, внимательно посмотрел на одного из вошедших. Этот человек очень боялся Азраила, мир ему. Затем Хазрату Сулейману:
— О мой Пророк, помоги мне, Азраил только что посмотрел на меня. Когда он заберет мою жизнь, — сказал он.
Соломон, мир ему, сказал:
«И что же мне делать?» Чего ты хочешь от меня? они спросили.
— Прикажи ветру унести меня в Индию. «Может быть, если я избавлюсь от когтей Азраила…» — сказал он.
Соломон, мир ему, исполнил его желание. Они приказали ветру и отправили его в Индию. На следующий день Азраил снова пришел к Соломону, мир ему. В ходе беседы Хазрат Сулейман:
— Какой смысл было смотреть на вчерашнего человека? — он спросил.
И Азраил:
— Потому что Бог повелел мне лишить жизни этого человека в Индии. Я был очень удивлен, увидев его здесь. Я был удивлен, что не понял повеления Бога. Вот почему я тщательно за ним ухаживал.
Кажется, я правильно понял порядок. Через некоторое время я поехал в Индию. Я нашел его там и убил.
Источник: islam.ziyouz.com