Mamatqul Hazratqulov haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Mamatqul Hazratqulov haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Mamatqul Hazratqulov 1947 yili Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Mingbuloq qishlogʻida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida tahsil oldi. “Oʻzbekiston madaniyati” (hozirgi “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida (1965–1991), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida (1991–1993) xizmat qildi. 1993 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Axborot agentligi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritadi.

M. Hazratqulovning dastlabki mashqlari talabalik yillarida eʼlon qilingan. Hozirgacha “Oq qush” (1981), “Choʻli iroq” (1983), “Hayotning bir parchasi” (1983), “Intizor” (1985), “Quyosh men tomonda” (1986), “Qoʻzichoqning koʻz yoshlari” (1987), “Jurʼat” (1988), “Eshiklar ochiq” (1995). “Koʻkkoʻl” (2005), “Diydor” (2012), “Sevgi sozi” (2015) kabi hikoya va qissalar toʻplamlari nashr etildi. “Mehr koʻp koʻrguzdim” (1985), “Mehmon” (1986), “Qadrim” (1992), “Afandining yangi sarguzashtlari” (1993) kabi pyesalari respublikamizning poytaxt va viloyat teatrlarida sahnaga qoʻyildi. Bir necha telespektakllari televideniye orqali namoyish qilindi.

M. Hazratqulov tarjimon sifatida L. Tolstoy, V. Shukshin kabi rus adiblari, shuningdek, ozarbayjon, tojik, tatar va yapon yozuvchilarining hikoya, qissalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Ayni choqda oʻzining ham bir qator hikoya va qissalari rus, tatar, ozarbayjon, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.

Bulardan tashqari adib “Sayyora” opera librettosi, “Non”, “Ipaklari tillodan” nomli hujjatli filmlar, “Lev Tolstoy va oʻzbek adabiyoti” (1978) risolasi muallifi hamdir.

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov 2011 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Маматкул Хазраткулов родился в 1947 году в селе Мингбулок Ургутского района Самаркандской области. Учился на вечернем отделении факультета журналистики Ташкентского государственного университета (ныне УзМУ). Служил в газете «Культура Узбекистана» (ныне «Литература и искусство Узбекистана» (1965-1991), в аппарате Президента Республики Узбекистан (1991-1993). С 1993 года работает генеральный директор Национального информационного агентства Республики Узбекистан.

Первые упражнения М. Хазраткулова были опубликованы еще в студенческие годы. Пока что «Белая птица» (1981), «Пустынный Ирак» (1983), «Кусочек жизни» (1983), «Ожидание» (1985), «Солнце на моей стороне» (1986), «Слезы Агнец» (1987), «Мужество» (1988), «Открытые двери» (1995). Изданы сборники рассказов и рассказов, такие как «Кокколь» (2005 г.), «Дийдор» (2012 г.), «Севги сози» (2015 г.). В столичных и областных театрах нашей республики были поставлены такие спектакли, как «Я показал много любви» (1985 г.), «Гость» (1986 г.), «Кадрим» (1992 г.), «Новые приключения Эффенди» (1993 г.). . По телевидению было показано несколько телеспектаклей.

В качестве переводчика М. Хазраткулов переводил на узбекский язык рассказы таких русских писателей, как Л. Толстой, В. Шукшин, а также азербайджанских, таджикских, татарских и японских писателей. В то же время ряд его рассказов и рассказов переведены на русский, татарский, азербайджанский и каракалпакский языки.

Кроме того, писатель является автором оперных либретто «Планета», документальных фильмов «Нон», «Ипаклари тиллодан», брошюры «Лев Толстой и узбекская литература» (1978).

В 2011 году Маматкул Хазраткулов, журналист, служивший в Республике Узбекистан, был награжден орденом «Трудовая слава».

Из книги «Узбекские писатели» (С. Мирвалиев, Р. Шокирова. Ташкент, издательство литературы и искусства им. Гафура Гулома, 2016).

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: