Qamchibek Kenja haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Qamchibek Kenja haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Qamchibek Kenja Andijonning 1946 yili Izboskan tumanida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning avval jurnalistika, soʻng filologiya fakultetlarida tahsil oldi (1964–1969).

Mehnat faoliyatini “Oʻzbekiston madaniyati” (hozirgi “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”) gazetasida boshlab (1969–1979), keyin Izboskan tumani “Paxtakor” gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri boʻldi, maktablarda oʻqituvchilik qildi. 1980 yildan esa Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi badiiy adabiyotni targʻib etish byurosining Andijon viloyatidagi vakili sifatida ish yuritdi. 1983 yili Toshkentga kelib, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi nasr kengashida adabiy maslahatchi lavozimida faoliyat koʻrsatdi. 1985–2006 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimining masʼul kotibi boʻldi.

Qamchibek Kenja adabiyot dargohiga shoir sifatida kirib kelib, dastlab “Sogʻinch” sheʼriy toʻplamini (1975) chop ettirdi. Adibning ikkinchi kitobi “Yashil barg” hikoyalar toʻplami esa 1977 yilda bosildi.

Shundan soʻng adibning “Koʻngil koʻchalari” (1979), “Ishqing tushsa” (1981), “Orzumandlar” (1982), “Notanish gul” (1988), “Togʻ yoʻlidagi bir oqshom” (1987), “Sohildagi suv parisi” (1993), “Qizil gullar” (1995), “Sohibjamol ayol siri” (1996), “Muhabbatni gunoh desalar” (1996), “Kulgubaxsh umr” (1997), “Boburiylardan biri” (2000), “Baxt qushi yoki ushalgan orzular” (2001), “Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar” (2005), ikki jildli “Saylanma” (2006–2007), “Andijondan Bagʻdodgacha” (2007), “Buyuklar izidan” (2006), “Sevinchlarim va kuyinchlarim” (2010), “Toshqin” (qissa, 2010), “Koʻngil kechinmalari” (2011), “Palaxmon” (roman, 2011), “Jasorat” (maʼrifiy-biografik qissa, 2012), “Muhabbat badali”(2013), “Mashaqqat va jasorat”(2015), “Hayot hikmatlari” (2016) kabi sheʼriy, nasriy va publitsistik kitoblari dunyoga keldi.

Qamchibek Kenja Bobur nomli xalqaro ekspeditsiya aʼzosi sifatida Boburiylar va boshqa buyuk ajdodlarimiz izidan Afgʻoniston, Eron, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Turkiya, Suriya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Iroq kabi mamlakatlar boʻylab ijodiy safarlarda boʻldi. Ana shu safarlar taassurotlari asosida yaratilgan “Hind sorigʻa” (2000), “Andijondan Dakkagacha” (2003), “Buyuklar izidan” (2006), “Andijondan Bagʻdodgacha” (2007), “Buyuk Sohibqiron oʻtgan yoʻllarda” (2014) kabi badiiy safarnomalari yaratildi. U “Boburiylar izidan” (1993), “Bobur salomi” (1993), “Buyuk Bobur vorislari” (2002) nomli hujjatli-ommabop filmlar ssenariylari muallifi hamdir.

Qamchibek Kenja tarjimon sifatida A. Pushkin, X. Xeyne, Sh. Petefi, V. Bryusov, M. Svetlov, V. Firsov, Nazrul Islom kabi xorijlik shoir, yozuvchilarning sheʼr va dostonlari, nasriy asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Ayni paytda uning sheʼr va hikoyalari ham rus, ingliz, ukrain, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, uygʻur va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilindi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Qamchibek Kenja 1998 yilda “Shuhrat” medali, 2004 yilda “Xalqaro Bobur mukofoti” bilan taqdirlandi. Respublika Yozuvchilar uyushmasining Istiqlolning 23 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Vatan uchun yashaylik” tanlovi gʻolibi boʻldi. 2014 yilda unga Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining faxriy professori ilmiy unvoni berildi.

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Камчибек Кенжа родился в 1946 году в Избосканском районе Андижанской области. Учился сначала на журналистском, а затем на филологическом факультетах Ташкентского государственного университета (ныне УзМУ) (1964-1969).

Трудовую деятельность начал в газете «Культура Узбекистана» (ныне «Литература и искусство Узбекистана») (1969-1979), затем стал литературным сотрудником, заведующим отделом в газете «Пахтакор» Избосканского района, преподавал в школы. С 1980 года Союз писателей Узбекистана работал представителем бюро пропаганды художественной литературы в Андижанской области. Он приехал в Ташкент в 1983 году и работал литературным консультантом в Прозаическом совете Союза писателей Узбекистана. В 1985-2006 годах был ответственным секретарем Андижанского областного отделения Союза писателей Узбекистана.

Камчибек поступил в литературную школу Кенджи как поэт и впервые опубликовал сборник стихов «Согин» (1975). В 1977 году вышла вторая книга писателя — сборник рассказов «Яшил барг».

После этого последовали романы писателя «Улицы сердец» (1979), «Ишкинг Туша» (1981), «Сны» (1982), «Неизвестный цветок» (1988), «Вечер на горной дороге» (1987), «Вечер на горной дороге» (1987). Русалка на пляже» (1993), «Красные цветы» (1995), «Женский секрет Сехибджамал» (1996), «Если они называют любовь грехом» (1996), «Смеющаяся жизнь» (1997), «Один из Бабурисы» (2000 г.), «Птица счастья или успеха «Мечты» (2001 г.), «Хамир учидан патир или кульча рассказы» (2005 г.), двухтомник «Выборы» (2006-2007 гг.), «От Андижана до Багдада» (2007 г.), «По следам великих» (2006 г.), «Мои радости и печали» (2010 г.); Поэзия, проза и публицистические книги, такие как «Трудолюбие и отвага» (2015 г.), «Хаят Хикматлари» (2016 г.) были опубликованы.

В составе международной экспедиции имени Камчибека Кенжи Бабура он совершал творческие поездки в такие страны, как Афганистан, Иран, Пакистан, Индию, Бангладеш, Турцию, Сирию, Иорданию, Саудовскую Аравию, Ирак по следам Бабури и других великих предки. По впечатлениям от этих поездок созданы такие художественные рассказы о путешествиях, как «Индийский желтый» (2000 г.), «Андижан в Дакку» (2003 г.), «Буюклар Изидан» (2006 г.), «Андижан в Багдад» (2007 г.), «Великий мастер о прошлом» (2014). Он также является автором сценариев к популярным документальным фильмам «По следам Бабура» (1993), «Салями Бабура» (1993), «Наследники Бабура» (2002).

А. Пушкин, Х. Гейне, Ш. Он перевел на узбекский язык стихи, былины и прозу зарубежных поэтов и писателей, таких как Петефи, В. Брюсов, М. Светлов, В. Фирсов, Назрул Ислам. В то же время его стихи и рассказы были переведены на русский, английский, украинский, казахский, кыргызский, каракалпакский, уйгурский и другие языки.

Заслуженный работник культуры Узбекистана Камчибек Кенжа, медаль «Слава» 1998 г.,В 2004 году ему была присуждена «Международная премия Бабура». Стал победителем конкурса «Жить для Родины», посвященного 23-летию Независимости Союза писателей Республики. В 2014 году ему было присвоено звание почетного профессора Андижанского государственного университета имени Захириддина Мухаммада Бабура.

Из книги «Узбекские писатели» (С. Мирвалиев, Р. Шокирова. Ташкент, издательство литературы и искусства им. Гафура Гулома, 2016).
[/spoiler]

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Комментарии: 3
  1. Аноним

    :idea: :idea: :cool: :cool: :oops: :oops: :razz: :razz: :smile: :smile: ;-) ;-) :lol: :lol: :mrgreen: :mrgreen:

  2. Javohir Obidov

    yaxshi :idea: :idea: :idea:

  3. Аноним

    :idea: :idea: :idea: :idea: :idea:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: