Bachadon ichi spirali (spiral) – turlari, taʼsir mexanizmi, foydali va zararli jihatlari

Bachadon ichi spirali (spiral) – turlari, taʼsir mexanizmi, foydali va zararli jihatlari

Rejalashtirilmagan homiladorlikdan kontrasepsiya usullari, ayniqsa bachadon ichi spirali (spiral) yordamida saqlanish ayol sogʻligʻini saqlashda yordam beradi, yaʼni:

  • Sunʼiy abortlarni kamaytiradi;
  • Homiladorlikni rejalashtirish va bu jarayonga tayyorlanishga imkon yaratadi;
  • Oʻziga xos davolovchi taʼsirlari ham mavjud.

Ishonchli kontrasepsiya usullaridan biri – bachadon ichi spiralidir. Bu usuldan Xitoy, Rossiya va Skandinaviya mamlakatlari koʻp foydalanishadi. Bachadon ichi kontrasepsiyasining ustun jihatlari:

  • Narxining hamyonbopligi;
  • Uzoq muddat foydalanish mumkinligi;
  • Spiralni olib tashlangandan soʻng homilador boʻlish qobiliyatining tezda tiklanishi;
  • Emizikli davrda va boshqa yondosh kasalliklar vaqtida ham qoʻllash mumkinligi;
  • Bachadon endometriy qavatiga davolovchi taʼsirga ega ekanligi (gormonal bachadon ichi spirallari);
  • Jinsiy aloqadagi cheklanishlar yoʻqligi, jinsiy aloqadan toʻliq ehtiyojni qondirish.
Foto: www.medicalnewstoday.com

Bachadon ichi spirallari turlari

Bachadon ichi kontrasepsiyasining ikki xil koʻrinishi mavjud:

Inert bachadon ichi kontrasepsiyasi (BIK) plastik materialdan tayyorlangan, turli xil shakldagi mahsulotlar boʻlib, ular bachadon ichiga joylashtiriladi. Ammo, bu mahsulotlar 1989-yildan boshlab qoʻllanilishi tavsiya etilmaydi. JSST bu kabi kontrasepsiya usullarining samarasi yoʻqligi va ayol organizmiga xavfliligi haqida xabar bergan.

Hozirgi kunda bachadon ichi kontrasepsiyalaridan faqatgina spirallar qoʻllaniladi. Spirall – metal (mis, kumush) yoki gormonlardan tashkil topgan boʻladi. Ularning shakli bachadon boʻshligʻi kabi boʻladi va plastik materialdan tayyorlanadi. Metallar va gormonlar spiral samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

MDI davlatlarida eng koʻp foydalaniladigan bachadon ichi spirallari quyidagilardir:

  • Multiload Cu 375 – F harfini eslatuvchi mis bilan qoplangan boʻladi (375 mm2 qimi), 5 yilgacha samara beradi;
  • Nova-T – T harfi shaklida, 200 mm2 qismi mis bilan qoplangan, 5 yilgacha xizmat qiladi;
  • Cooper T 380 A – mis saqlovchi T-simon spirall, 8 yilgacha xizmat qiladi;
  • Gormonal bachadon ichi spirali “Mirena” – oʻzida levonorgestrel saqlaydi, bu gormon sekin-astalik bilan bachadon boʻshligʻida ajralib turadi, davolovchi taʼsirga ega, 5 yilgacha samara beradi.

Bachadon ichi spirallarining qaysi biri eng yaxshi?

Bu savolga aniq javob yoʻq, har bir spiral individual tarzda tanlanadi. Bunda ayolning sogʻligʻi, qoʻshimcha kasalliklari, zararli odatlar, homiladorlikni rejalashtirishi va boshqa omillar ahamiyatga olinadi.

Taʼsir mexanizmi

Bachadon ichi spirallarining taʼsir mexanizmi – spermatozoidlarni parchalash va embrionning bachadon devoriga yopishishiga yoʻl qoʻymaslik. Koʻpgina spirallar tarkibiga kiruvchi mis spermatotoksik taʼsirga ega, yaʼni bachadonga tushgan spermatozoidlarni oʻldiradi. Bundan tashqari mis spermatozoidlarni ushlab turadi va makrofaglar tomonidan parchalanishiga imkon yaratib beradi.

Agar tuxum hujayra urugʻlanadigan boʻlsa ham, spiralning abortiv xususiyati ishga tushadi, yaʼni urugʻlangan tuxum hujayrani bachadon devoriga yopishishiga toʻsqinlik qiladi:

  • Bachadon nayi mushaklari qisqaruvchanligini oshiradi va urugʻlangan tuxum hujayra qisqa vaqt ichida bachadon boʻshligʻiga tushadi va tezda nobud boʻladi;
  • Bachadon ichida spiral “yot jism” vazifasini bajaradi va bachadon ichi yalligʻlanadi (aseptik, noinfeksion), moddalar almashinuvi tezlashadi va tuxum hujayraning bachadonga birikishi qiyinlashadi;
  • Gormonal spirallar endometriy qavati atrofiyasiga olib keladi.

“Mirena” spirallari oʻzida gormonlarni saqlovchi rezervuarga ega, levonorgestrel gormoni sutkasiga 20 mkg dan ajralib turadi. Bu modda gestagen taʼsirga ega, endometriy qavat hujayralarini proleferatsiyasi va ularning atrofiyalashuviga sabab boʻladi. Hayz koʻrish vaqtida endometriy qavati toʻliq koʻchib tushadi. Gormon ovulyatsiya jarayoniga hech qanday taʼsir etmaydi, gormonlar nisbati oʻzgarmaydi.

Spiral ustidan homiladorlik​ roʻy berishi mumkinmi?

Bachadon ichi kontrasepsiyalarining samaraligi 98 % ga teng. Mis saqlovchi spirallardan foydalanilganda bir yil davomida har 100 ta ayoldan 1-2 tasida homiladorlik roʻy berishi mumkin. “Mirena” spirallari samaraligi yuqoriroq, homiladorlik bir yil davomida har 1000 ta ayoldan 2-5 tasida roʻy berishi mumkin.

Foto: www.medicalnewstoday.com

Bachadon ichi spirallari qanday qilib joylashtiriladi?

Bachadon ichi spirallari foydalanishdan avval ayol homilador emasligiga ishonch hosil qilish kerak. Spirallarni hayz siklining 4-8 kunlarida qoʻyish tavsiya etiladi (hayz siklining 1-kunidan boshlab), umuman olganda bachadon ichi kontrasepsiyalarini joylashtirish muddati yoʻq. bachadondan mikroflora tekshiruvi uchun surtma olish va bachadon oʻlchamini bilib olish uchun UTT (UZI) tekshiruvi kerak boʻladi.

Jarayon ambulator sharoitda ogʻriqsizlantirishsiz amalga oshiriladi. Bu amaliyot ogʻriqsiz kechadi. Spiral joylashtirilgandan soʻng 1-2 kun ichida qorinning pastki sohalarida simillovchi ogʻriq hissi sezilishi mumkin. Keyingi hayz siklida 2-3 kun davomida hayz suyuqligi hajmi koʻproq boʻlishi mumkin. Bu vaqtda spiralning oʻz-oʻzidan koʻchib tushish xavfi bor.

Kesarcha kesish amaliyoti bajarilgandan soʻng, bachadon ichi kontrasepsiyalari yarim yil oʻtganidan keyin qoʻllaniladi. Buning sababi infekison asoratlardan himoyalanishdir. Spiral qoʻyilganda emizishga qarshi koʻrsatma yoʻq, bu esa bachadon ichi spirallarining yutuqlaridan biri.

Spiral qoʻyilgandan soʻng…

Bachadon ichi spirallari qoʻyilgandan soʻng bir hafta davomida:

  • Jismoniy zoʻriqishdan saqlanish;
  • Issiq dush va vannalar qabul qilmaslik;
  • Ich yumshatuvchi preparatlardan foydalanmaslik;
  • Jinsiy aloqaga kirishmaslik.

Qayta tekshiruv 7-10 kundan soʻng amalga oshiriladi, asoratlar boʻlmaganda 3 oydan soʻng yana bir bor tekshiruvdan oʻtish kerak boʻladi. Ayol kishi hayz sikli kelgan vaqtda bachadon ichi spirallarining holatini spiral iplari yordamida mustaqil ravishda tekshirib turishi lozim. Agar hech qanday shikoyatlar boʻlmasa, ginekolog tekshiruvidan har 6 oyda bir marotaba oʻtib turish kifoya.

Spiralni olib tashlash

Bachadon ichi spirallari xohishga koʻra, asoratlar rivojlansa yoki yaroqlik muddati tugagandan soʻng olib tashlanadi. Bachadon ichi kontraseptiv vositalarining yaroqlik muddati tugagan vaqtda olib tashlanadi va shu zahoti yangi kontraseptik qoʻyiladi.

Spiralni olib tashlashdan oldin bachadon UTT (UZI) da tekshiriladi va spiralning joylashgan oʻrni aniqlanadi. Soʻngra giteroskop yordamida bachadon boʻyini kengaytiriladi va spiral ipchasidan tortgan holda sekin asta tortib olinadi.

Agar spiral ipchasi uzilib ketadigan boʻlsa, qolgan jarayon statsionar sharoitda amalga oshiriladi. Agar spiral bachadon ichida turib qolsa va hech qanday shikoyatlar tugʻdirmasa, uni olib tashlash shart emas, aks holda bu holat turli xil asoratlarga olib kelishi mumkin.

Bachadon ichi spirali asoratlari

Bachadon ichi spirallarining nojoʻya taʼsirlariga quyidagilar kiradi:

  • Qorinning pastki sohasidagi ogʻriqlar;
  • Jinsiy aʼzolarda infeksiya;
  • Bachadondan qon ketishi;

Bu kabi belgilar barcha ayollarda kuzatilmaydi, ular kontrasepsiyaning asoratlari hisoblanadi.

Qorinning pastki sohasidagi ogʻriqlar

5-9 % ayollarda uchraydi. Siquvchi ogʻriq, qindan qonli ajralmalar bachadon ichi spiralining koʻchib ketganligidan dalolat beradi. Bu kabi asorat shakllanmasligi uchun spiral joylashtirilgandan soʻng nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar buyuriladi.

Bachadon oʻlchami va shakliga mos boʻlmagan spiral qoʻyilgan vaqtda ham ogʻriq paydo boʻladi. Bunday holatda spiral almashtiriladi.

Toʻsatdan paydo boʻlgan va kuchli ogʻriq bachadon devorlarining spiral tomonidan teshilganligidan darak beradi. Bu kabi asoratning uchrash chastotasi 0,5 % ni tashkil etadi. Perforatsiya odatda aniqlanmaydi, faqatgina spiralni olib tashlashning imkoni boʻlmagandagina shubha qilinadi. Toʻliq perforatsiya roʻy bergan vaqtda zudlik bilan laproskopiya yoki laprotomiya oʻtkazish kerak boʻladi.

Jinsiy aʼzolar infeksiyasi

Infeksion-yalligʻlanish asoratlari (endometrit) 0,5 dan 4 % gacha boʻlgan holatlarda uchraydi. Bu asoratning kechishi juda ogʻir, tana haroratining koʻtarilishi, kuchli ogʻriq, jinsiy yoʻllardan yiringli ajralmalar ajralishi kuzatiladi. Oʻz vaqtida davo choralari koʻrilmasa, bachadon toʻqimalari parchalanadi. Asorat kelib chiqmasligi uchun spiral oʻrnatilganidan soʻng keng spektrda taʼsir qiluvchi antibiotiklar qoʻllaniladi.

Bachadondan qon ketishi

Bachadondan qon ketish 24 % holatlarda qayd etiladi. Bunda hayz suyuqligi hajmining koʻpayishi (menorragiya), kam holatlarda hayz koʻrmayotgan vaqtda ham qon ketish (metrorragiya) kuzatilishi mumkin. Qon ketish temir tanqisligi anemiyasi, holsizlik, teri rangining oqarishi, hansirash, sochlar va tirnoqlarning sinuvchanligi va ichki aʼzolarda distrofik oʻzgarishlar bilan kechadi. Qon ketishlarning oldini olish maqsadida spiral oʻrnatilishidan 2 oy oldin oral kontraseptiv vositalardan foydalanib turish zarur. Agar menorragiya anemiyalarga sabab boʻlsa, bachadon ichi spirali olib tashlanadi.

Homiladorlik roʻy berishi

Bachadon ichi kontrasepsiyasi homiladorlik roʻy berish ehtimolini kamaytiradi. Bunday vaqtda bachadondan tashqari homiladorlik roʻy berishi mumkin. Agar bachadon ichi kontrasepsiyasi qoʻllanilgan holda homiladorlik roʻy bergan boʻlsa, uning kechishi 3 xil shaklda kechishi mumkin:

  • Sunʼiy homiladorlikni toʻxtatish – spiral qoʻyilgan vaqtda homiladorlik roʻy berishi infeksion asoratlar rivojlanishi va homiladorlikning yarmida tabiiy abort kuzatilishi mumkin.
  • Bachadon ichi kontrasepsiyalarini olib tashlash – homiladorlikning oʻz oʻzidan toʻxtashiga olib kelishi mumkin;
  • Homiladorlikni saqlab qolish. Bunday vaziyatda spiral olib tashlanmaydi, u bola dunyoga kelgan vaqtda yoʻldosh bilan birga koʻchib tushadi. Ammo, homiladorlik kechishida asoratlar rivojlanish xavfi oshadi.

Spiral olib tashlangandan soʻng 90 % bemorlarda qayta homilador boʻlishi tiklanadi, albatta bunda boshqa turdagi kontraseptiv vositalardan foydalanmaslik kerak.

Bachadon ichi spirallaridan foydalanishga koʻrsatmalar

Spiraldan foydalanish ayollarda turli xil asoratlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu usul boshqa kontraseptiv vositalarning samarasi boʻlmagan holatda oʻtkaziladi.

Bachadon ichi spiralidan qisqa muddatga foydalanishdan maʼno yoʻq. ayollar kamida 1 yil yoki undan koʻp muddatga homilador boʻlmaslikni rejalashtirishlari zarur.

Bachadon ichi spirallari jinsiy yoʻllar orqali yuqadigan infeksiyalardan himoya qila olmaydi. Aksincha spiral infeksion kasalliklar rivojlanish xavfini oshirib yuboradi.

Bachadon ichi spirali qoʻllaniladigan holatlar

Bachadon ichi spiralidan foydalanishga qarshi koʻrsatmalar

Absolyut qarshi koʻrsatmalar:

Nisbiy qarshi koʻrsatmalar:

  • Bachadondan qon ketish, hayz suyuqligi hajmining koʻpayishi;
  • Endometriy giperplaziyasi;
  • Hayz koʻrishda ogʻriqlar;
  • Bachadon tugʻma yoki orttirilgan deformatsiyalari;
  • Qon kasalliklari;
  • Bachadon submukoz miomasi;
  • Ichki aʼzolarda ogʻir yalligʻlanish kasalliklari;
  • Spiral tarkibiga kiruvchi elementlarning organizm tomonidan qabul qilinmasligi (mis, levonogestrel).

Bachadon ichi spiralidan foydalanish, uning turini tanlash faqatgina ginekolog shifokor tomonidan amalga oshiriladi.

Ikid.uz


Предотвращение незапланированной беременности методами контрацепции, особенно с помощью внутриматочной спирали (ВМС), способствует сохранению здоровья женщины, а именно:

Снижает количество искусственных абортов;
Дает возможность спланировать беременность и подготовиться к этому процессу;
Он также обладает уникальным лечебным эффектом.

Одним из надежных методов контрацепции является внутриматочная спираль. Китай, Россия и скандинавские страны широко используют этот метод. Преимущества внутриматочной контрацепции:

Доступность цены;
Доступность длительного использования;
Быстрое восстановление способности к зачатию после удаления спирали;
Можно использовать в период грудного вскармливания и при других сопутствующих заболеваниях;
Дело в том, что он оказывает оздоравливающее действие на эндометриальный слой матки (гормональные внутриматочные спирали);
Отсутствие ограничений в половой жизни, полное удовлетворение от полового акта.
Фото: www.medicalnewstoday.com
Виды внутриматочных спиралей

Существует два типа внутриматочной контрацепции:

Инертная внутриматочная контрацепция (ВМС) представляет собой различные пластмассовые изделия, которые вводятся в матку. Однако эти продукты не рекомендуются к использованию с 1989 года. ВОЗ сообщила, что такие методы контрацепции неэффективны и опасны для женского организма.

В настоящее время в качестве внутриматочных контрацептивов используются только спирали. ВМС изготавливаются из металла (медь, серебро) или гормонов. Они по форме напоминают полость матки и изготовлены из пластического материала. Металлы и гормоны служат для повышения эффективности спирали.

Наиболее часто используемые ВМС в странах MDI:

Multiload Cu 375 покрыт медью в форме буквы F (375 мм2), срок службы до 5 лет;
Нова-Т – в форме буквы Т, сечение 200 мм2, покрытое медью, срок службы до 5 лет;
Cooper T 380 A – медеконсервирующая Т-образная спираль, служит до 8 лет;
Гормональная внутриматочная спираль «Мирена» содержит левоноргестрел, этот гормон медленно высвобождается в полости матки, оказывает терапевтическое действие, действует до 5 лет.
Какая ВМС лучше?

На этот вопрос нет однозначного ответа, каждая спираль подбирается индивидуально. Учитывается здоровье женщины, дополнительные заболевания, вредные привычки, планирование беременности и другие факторы.

Механизм действия

Механизм действия внутриматочных спиралей заключается в разрушении сперматозоидов и предотвращении прилипания эмбриона к стенке матки. Медь, входящая в состав многих ВМС, обладает сперматотоксическим действием, а значит, убивает сперматозоиды, попадающие в матку. Медь также захватывает сперматозоиды и позволяет расщеплять их макрофагам.

Даже если яйцеклетка оплодотворена,активируется абортивное свойство спирали, то есть препятствует прилипанию оплодотворенной яйцеклетки к стенке матки:

Мышцы маточной трубы увеличивают свою сократительную способность, и оплодотворенная яйцеклетка в короткие сроки попадает в полость матки и быстро погибает;
Внутри матки спираль действует как «инородное тело» и внутри матки воспаляется (асептически, неинфекционно), ускоряется обмен веществ, яйцеклетке становится трудно прикрепиться к матке;
Гормональные спирали вызывают атрофию слоя эндометрия.

Спирали «Мирена» имеют резервуар, который хранит гормоны, выделяя в сутки 20 мкг гормона левоноргестрела. Это вещество обладает прогестагенным действием, вызывает пролиферацию клеток слоя эндометрия и их атрофию. Во время менструации слой эндометрия полностью отторгается. Гормон не влияет на процесс овуляции, соотношение гормонов не меняется.

Можно ли забеременеть с помощью ВМС?

Эффективность внутриматочной контрацепции составляет 98%. 1-2 из 100 женщин могут забеременеть в течение года после использования медьсберегающих ВМС. Спирали «Мирена» более эффективны, беременность может наступить у 2-5 женщин из 1000 в течение одного года.

Фото: www.medicalnewstoday.com
Как вводятся ВМС?

Перед использованием внутриматочных спиралей необходимо убедиться, что женщина не беременна. ВМС рекомендуется устанавливать на 4-8 день менструального цикла (с 1-го дня менструального цикла), в целом периода для размещения внутриматочных контрацептивов нет. Исследование УТТ (УЗИ) необходимо для того, чтобы взять мазок из матки на микрофлору и узнать размеры матки.

Процедура проводится амбулаторно без анестезии. Эта процедура безболезненна. Через 1-2 дня после установки ВМС вы можете почувствовать покалывание внизу живота. Во время следующего менструального цикла количество менструальной жидкости может быть больше на 2-3 дня. В это время существует риск того, что спираль сдвинется сама по себе.

После кесарева сечения через полгода применяют внутриматочные контрацептивы. Причиной этого является защита от инфекционных осложнений. Противопоказаний к грудному вскармливанию при установке ВМС нет, что является одним из преимуществ ВМС.

После введения ВМС…

В течение одной недели после введения ВМС:

Избегание физических нагрузок;
не принимать горячий душ и ванну;
Избегайте использования слабительных;
Не заниматься сексом.

Повторное обследование проводят через 7-10 дней, при отсутствии осложнений необходимо пройти повторное обследование через 3 месяца. Женщина должна самостоятельно проверять состояние внутриматочных спиралей с помощью спиральных нитей, когда наступает менструальный цикл.При отсутствии жалоб достаточно проходить осмотр гинеколога раз в 6 месяцев.

Удаление спирали

ВМС удаляют при желании, при развитии осложнений или после истечения срока годности. Внутриматочные контрацептивы удаляют по истечении срока их действия и сразу же вводят новый контрацептив.

Перед удалением спирали проводят исследование матки с помощью УТТ (УЗИ) и определяют местонахождение спирали. Затем шейку матки расширяют с помощью гистероскопа и медленно вытягивают за спиральную нить.

При обрыве спиральной нити остальную часть процесса проводят в стационарных условиях. Если спираль осталась внутри матки и не вызывает никаких жалоб, удалять ее не нужно, иначе такая ситуация может привести к различным осложнениям.

Осложнения внутриматочной спирали

К побочным эффектам ВМС относятся:

Боль внизу живота;
Генитальная инфекция;
Кровотечение из матки;

Такие признаки наблюдаются не у всех женщин, являются осложнениями контрацепции.

Боль внизу живота

5-9% встречаются у женщин. Схваткообразные боли, кровянистые выделения из влагалища свидетельствуют о том, что внутриматочная спираль сместилась. Чтобы не развить такое осложнение, после постановки спирали назначают нестероидные противовоспалительные препараты.

Боль также возникает при установке ВМС, которая не соответствует размеру и форме матки. В этом случае спираль заменяют.

Внезапная и сильная боль указывает на то, что стенки матки были проколоты спиралью. Частота такого осложнения составляет 0,5%. Перфорация обычно не диагностируется и подозревается только тогда, когда ВМС не может быть удалена. При полной перфорации необходима немедленная лапароскопия или лапаротомия.

Генитальная инфекция

Инфекционно-воспалительные осложнения (эндометриты) встречаются в 0,5-4% случаев. Течение этого осложнения очень тяжелое, отмечаются повышение температуры тела, сильные боли, гнойные выделения из половых путей. Если вовремя не начать лечение, ткань матки разрушится. Антибиотики широкого спектра действия используются после установки ВМС для предотвращения осложнений.

Кровотечение из матки

Маточные кровотечения возникают в 24% случаев. При этом может наблюдаться увеличение объема менструальной жидкости (меноррагия), а в редких случаях кровотечение даже в отсутствие менструации (метроррагия). Кровотечение сопровождается железодефицитной анемией, слабостью, бледностью кожных покровов, одышкой, ломкостью волос и ногтей, дистрофическими изменениями внутренних органов.Во избежание кровотечения необходимо за 2 месяца до установки спирали использовать оральные контрацептивы. Если меноррагия вызывает анемию, внутриматочную спираль удаляют.

Беременность

Внутриматочная контрацепция снижает вероятность беременности. В этом случае может наступить внематочная беременность. Если беременность наступает при использовании внутриматочной контрацепции, она может произойти тремя различными способами:

Прерывание искусственной беременности — беременность при установке ВМС может привести к развитию инфекционных осложнений и естественному аборту в середине беременности.
Отмена внутриматочных контрацептивов — может привести к самопроизвольному прерыванию беременности;
Сохранение беременности. При этом спираль не удаляют, она перемещается вместе с плацентой при рождении ребенка. Однако риск осложнений увеличивается во время беременности.

После удаления спирали 90% пациенток смогут снова забеременеть, разумеется, без использования других видов контрацепции.

Инструкция по применению внутриматочных спиралей

Использование спирали может привести к развитию различных осложнений у женщин. Этот метод используется, когда другие методы контрацепции неэффективны.

Нет смысла использовать внутриматочную спираль в течение короткого периода времени. женщины должны планировать не беременеть в течение как минимум 1 года или более.

ВМС не защищают от инфекций, передающихся половым путем. Наоборот, спираль увеличивает риск развития инфекционных заболеваний.

Случаи, в которых применяется внутриматочная спираль
Противопоказания к применению внутриматочной спирали

Абсолютные противопоказания:

Относительные противопоказания:

Кровотечение из матки, увеличение объема менструальной жидкости;
гиперплазия эндометрия;
Менструальные боли;
Врожденные или приобретенные деформации матки;
болезни крови;
Подслизистая миома матки;
Тяжелые воспалительные заболевания внутренних органов;
Невсасывание элементов, входящих в состав спирали (например, левоногестрела).

Применение внутриматочной спирали, выбор ее вида осуществляет только гинеколог.

Ikid.uz

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Комментарии: 7
  1. Odina

    Ma‘lumot yetarli

  2. Mayluba

    sliralim kumush 1 yil bo‘ldi erim 4 5 kunda 6 ti 7 xotka qiladi ichiga tashiydi zarari yogmi bola bo‘b qomiydimi qatig qiladi raxmat

    1. Аноним

      Солдирувринг хеч нарса кимийди.

    2. ....

      Jinnimi bu

  3. Тиркаш

    Солдирувринг хеч нарса кимийди.

  4. Dilnoza

    Men aylanma tishli speral koydirdm zararlimi jawob ucn rahmat oldindan.

  5. Dilnoza

    Assalam aleykum men aylanma tishli speral koydirdm zararlimi jawob ucn rahmat oldindan.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: