Follikula – turlari, oʻlchami, miqdori, yetilishi va yetilmasligi

Follikula – turlari, oʻlchami, miqdori, yetilishi va yetilmasligi

Ayol organizmi moʻjizaviy tuzilgan boʻlib, uning farzand dunyoga keltirishi juda kichik boʻlgan, tuxum hujayra yetiluvchi follikulalar miqdori va sifatiga bogʻ​liqdir. Boʻlajak onalar oʻz organizmlarida qanday reproduktiv jarayonlar kechishini va ularda oʻzgarishlar kuzatilsa shifokorga murojaat etish kerakligini yaxshi bilib olishlari zarur. Shu sababli quyida follikula haqida suhbatlashamiz.

Follikula nima?

Inson hayoti tuxum hujayraning urugʻlanishi bilan boshlanadi. Follikula bu – tuxum hujayrani himoya qilib turuvchi, ovulyatsiya jarayonigacha boʻlgan muddatda tuxum hujayrani yetiltiruvchi element hisoblanadi. Tuxum hujayra mustahkam epiteliy bilan qoplangan, uning ustida esa ikki qavat biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan hosila mavjud. Bunday himoya tuxum hujayraning urugʻlanish qobiliyatini va homilaning saqlanib qolishini taʼminlaydi.

UTT tekshiruvida bu hosil yumaloq shaklda koʻrinadi. Bundan tashqari follikulada ayollarga xos boʻlgan gormon – esterogenlar sintezlanadi.

Tuxumdonlarda follikulalar har oyda yangilanadi:

  • Bir necha dona yetila boshlaydi;
  • Ulardan bir donasi – antral – oʻlchami kattalashib boradi;
  • Qolganlari – kichrayadi va nobud boʻladi, atreziya roʻy beradi;
  • Eng kattasi – dominant – oʻsishda davom etadi;

Gormonlar taʼsiri ostida u yoriladi va ovulyatsiya jarayoni roʻy beradi.

  • Tuxum hujayrada bachadon boʻshligʻiga tushadi;
  • Agar jinsiy aloqa vaqtida sperma suyuqligi tushgan boʻlsa, spermatozoidlar tuxum hujayrani urugʻlantiradi;
  • Agar urugʻlanish roʻy bermasa, tuxum hujayra bachadon epiteliy qavati bilan birgalikda hayz suyuqligi sifatida tashqariga chiqib ketadi.

Dominant follikula nima?

Hayz siklning oʻrtasida follikulyar apparat oʻz funksiyasining eng muhim qismiga keladi. Dominanat follikula – bu eng yirik boʻlgan, yetilgan, urugʻlanishga tayyor boʻlgan tuxum hujayrani himoya qilib turuvchi hosiladir. Ovulyatsiya vaqtida uning oʻlchami 2 sm.gacha yetishi mumkin, koʻpincha oʻng tuxumdonda joylashadi.

Follikula yetilgan vaqtda gormonlar taʼsiri natijasida yoriladi – bu jarayon ovulyatsiya deb nomlanadi. Tuxum hujayra bachadon boʻshligʻiga tushadi. Agar dominant hosil yetilamasa, ovulyatsiya jarayoni roʻy bermaydi. Buning sababi rivojlanishdagi oʻzgarishlar boʻlishi mumkin.

Gormonal oʻzgarishlar natijasida, oʻsmirlik davrida, klimaks vaqtida, follikulayar apparat funksiyasi oʻzgarishi mumkin, bu esa – persistensiya deb ataladi. Bu hayz siklini kechiktirishi va qon ketishiga olib kelishi mumkin. Bu jarayon quyidagilardan dalolat beradi:

  • Himoya elementining yetilgani;
  • Dominant follikula yetilganligi;
  • Yetilgan follikula yorilmaganligi;
  • Tuxum hujayra bachadon boʻshligʻiga tushmaganligi;
  • Tuxum hujayra urugʻlanish imkoni yoʻqligi;
  • Homiladorlik roʻy bermasligi.

Bunday holatda follikulaning qayta kichrayishi kuzatiladi, undan esa keyinchalik kista shakllanishi mumkin. Yetilgan follikula yorilmaganda shifokorlar progesteron gormoni buyuradilar. Persistensiya natijasida quyidagilar rivojlanishi mumkin:

  • Gormonlar ajralishda davom etaveradi;
  • Bachadon endometriy qavati qalinlashadi;
  • Bachadon siqiladi;
  • Endometriy ajralib tushadi;
  • Qon ketishi kuzatiladi.

Primordial follikula

Tuxum hujayralar ayol organizmida homiladorlik vaqtida yaʼni embrionlik vaqtidayoq paydo boʻladi va rezerv holatida saqlanadi (ovarial rezerv). Primordial follikula bu – himoya elementining birinchi bosqichi hisoblanadi. Tuxum hujayraning yetilishi – oogoniylardan – boshlanadi, ular tuxumdon ichki qismida joylashgan boʻladi, ularning oʻlchami juda kichik boʻladi. Tashqi tomondan granulyoz hujayralar bilan oʻralgan va tinchlik holatida saqlanadi.

Qiz bolalarning voyaga yetishi yaʼni hayz koʻrishni boshlashi quyidagi bosqichlarda kechadi:

  • Follikulstimullovchi gormonlar hosil boʻladi;
  • Uning taʼsiri natijasida tuxum hujayra yadrolari yetiladi (oostilar yadrosi);
  • Tashqi ikki qavat himoya qobigʻiga yetilishi;
  • Har oyda bir necha follikulalarning yetilishi va ular tuxum hujayrani himoya qilib turishi.

Antral follikula

Hayz siklining taxminan yettinchi kunida follikula yetilishining ikkinchi bosqichi roʻy beradi, bunda follikulyar suyuqlik ishlab chiqaruvchi hujayralar soni koʻpayadi. Himoya elementi shakllanish jarayoni yuz beradi:

  • Antral follikula hayz siklining 8-kunida esterogen gormonini ajrata boshlaydi;
  • Tashqi qavatdagi teka-hujayralar androgen gormonlar sintezlaydi – testosteron, androstendion;
  • Follikulyar suyuqlik saqlovchi boʻshliq kattalashadi;
  • Epiteliy ikki qavatni tashkil etadi.

Preovulyator follikula nima?

Oxirgi, uchinchi bosqichda tuxum hujayra maxsus tepalikda joylashadi va u urugʻlanishga tayyor holda boʻladi. Bu vaqtda follikulalar graf-hujayra nomini oladi va uning ichi suyuqlik bilan toʻla boʻladi. Suyuqlik hajmi 10 barobar ortadi. Ovulyatsiyadan bir sutka avval jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi, bu vaqtda esterogen sintezi kuchayadi va quyidagilar kuzatiladi:

  • Lyutinlovchi gormoni sintezi boshlanadi va ovulyatsiya roʻy berishida ishtirok etadi;
  • Graaf hujayralari devori yoriladi – ovulyatsiya jarayoni yuz beradi;
  • Soʻngra sariq tanacha hosil boʻladi, u progesteron gormonini sintezlaydi, bachadon endometriy qavati koʻchib tushmasligini taʼminlaydi;
  • Sariq tana bachadon endometriy qavati qon tomirlardan iborat toʻr hosil qiladi, bu esa keyinchalik yoʻldosh hosil boʻlishi uchun zarur boʻladi.

Tuxumdonda follikula yetilmasligi

Koʻp holatlarda ayollarda kuzatiladigan “bepushtlik” dardiga sabab tuxumdonlarda follikulalarning toʻliq yetilmasligidir. Natijada ovulyatsiya jarayoni roʻy bermaydi va erta klimaks kuzatiladi. Bunga sabab quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • Sport bilan faol shugʻullanish;
  • Kuchli diyetaga rioya etish;
  • Menopauza;
  • Gormonal oʻzgarishlar;
  • Semizlik.

Tuxumdonlarda follikulalarning normasi 

Ayollarda follikulyar apparat tizimidagi oʻzgarishlarni aniqlash uchun UTT (UZI) tekshiruvidan oʻtishi kerak boʻladi. Agar qandaydir oʻzgarish aniqlanadigan boʻlsa ayollarda “bepushtlik” kelib chiqadi va uni davolash kerak boʻladi. tuxumdonlarda qancha follikula boʻlishi kerak ? Bu ayol yoshiga va hayz sikli kuniga bogʻ​liq boʻladi:

  • Hayz siklining 7 kunida – 6-10 tagacha;
  • Hayz siklining 10 kunida – bir dona dominant follikula paydo boʻladi, qolganlari nobud boʻladi.

Farzand koʻrish uchun qancha follikula boʻlishi lozim?

Ayol kishi homilador boʻlishi uchun tuxum hujayralar toʻliq yetilishi lozim. Tuxum hujayra urugʻlanishga tayyor boʻlishi uchun bir dona yetilgan, sifatli – dominant follikula boʻlishi lozim. U ovulyatsiyaga tayyor boʻlishi kerak. Agar UTT (UZI) tekshiruvida shu kabi follikuladan ikkita aniqlansa, boʻlajak farzandingiz egizaklar boʻlishi kutiladi.

Follikula yetilishi

Follikulogenez – follikulaning oʻsishi va yetilishi, normal holatda ovulyatsiya va tuxum hujayra urugʻlanishi bilan tugaydi. Hayz siklining 10 kunidan boshlab UTT (UZI) tekshiruvida dominanat follikulani koʻrish mumkin. Agar follikulaning yetilishi sekin boʻlsa, davo muolajalari qoʻllaniladi va keyingi sikl davomida uning oʻsishi tekshirib boriladi.

Hayz sikli davomida follikulaning oʻlchami

Har bir hayz siklida follikulalar maʼlum kunlar ichida oʻsadi va yetiladi. Bunda quyidagicha jarayon kechadi:

  • Hayz siklining 7 kuniga qadar normada 6 mm boʻladi;
  • 8 kundan boshlab dominant follikula yetila boshlaydi va oʻlchami 15 mm.gacha boʻladi;
  • 11 va 14 kunlarda follikula oʻlchami koʻrinadigan boʻladi, yaʼni 25 mm.gacha yertadi.

Tuxumdonlarda follikulalar koʻp boʻlishi – bu nimani anglatadi ?

Follikulalar soni koʻp boʻlishi – bu patologiyadan darak beradi. Tuxumdonlarda 10 tadan ortiq boʻlgan follikulalar – multifollikulyar hisoblanadi. Agar UTT (UZI) tekshiruvida tuxumdonlarda 10 tadan ortiq follikulalar, pufakchalar koʻrinishida namoyon boʻlsa bu polifolikulyarlik deyiladi va bunday holatda polikistoz diagnozi qoʻyiladi.

Ammo har doim ham follikulalar koʻp boʻlishi kista hosil boʻlayotganidan darak bermaydi. Shunchaki bunday holat ayolda asabiy zoʻriqishlar va stress holatida ham kuzatilishi mumkin, bunda dominant follikula yetilishi sekinlashadi va tuxum hujayra urugʻlanish ehtimoli kamayadi. Bundan tashqari quyidagi omillar ham follikulalar koʻpayishiga sabab boʻlishi mumkin:

Tuxumdonlarda follikulalar soni kam boʻlishi

Bunday holatda ayollar homilador boʻla olmaydilar. Buni aniqlash uchun UTT (UZI) tekshiruvidan oʻtish kerak boʻladi. Hayz siklining 7 kunida tekshiruv oʻtkaziladi, sababi gormonlar yetishmovchiligidir. Tekshiruv natijasi quyidagicha boʻlishi mumkin:

  • 7-16 ta follikula – homilador boʻlish ehtimoli bor;
  • 4-6 ta – homilador boʻlish ehtimoli kam;
  • 4 tadan kam – homilador boʻlish ehtimoli yoʻq.

Bir tuxumdonda ikkita dominant follikula

Bepushtlikni davolash maqsadida qoʻllanilgan gormonal preparatlar taʼsirida follikulalar yetilishi kuchayib ketishi mumkin va bir tuxumdonda ikkita dominant follikula shakllanadi. Koʻpincha bunday holat chap tomon tuxumdonida kuzatiladi. Bunday holatda ikkita yetilgan tuxum hujayra urugʻlanadigan boʻlsa – egizaklar dunyoga kelish ehtimoli yuqori boʻladi.

Follikula yetilmay qolishi

Follikulalar toʻliq yetilmasligi – bepushtlikka olib keladi. Buning sabablari esa quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • Erta roʻy bergan klimaks – tabiiy yoki jarrohlik amaliyoti sababli;
  • Tuxumdonlar funksiyasi buzilishi;
  • Ovulyatsiya bilan bogʻliq muammolar;
  • Esterogenlar miqdorining kamligi;
  • Endokrin tizimidagi kamchiliklar;
  • Kichik chanoq aʼzolaridagi yalligʻlanish kasalliklari;
  • Gipofiz patologiyasi.

Bundan tashqari follikulalar yetilmasligiga – stress holatlar, depressiya, asabiy zoʻriqish ham sabab boʻla oladi.

Follikulaning oʻzida boʻladigan oʻzgarishlar quyidagilar:

  • Ularning umuman yoʻqligi;
  • Yetilishida toʻxtab qolish;
  • Yetarlicha oʻlchamga ega boʻlmasligi;
  • Yetilishining kechikishi;
  • Umuman yetilmasligi.

Ikid.uz
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Организм женщины чудесным образом устроен, и ее способность родить ребенка зависит от количества и качества фолликулов, которых очень мало, и созревает яйцеклетка. Будущим мамам необходимо хорошо знать, какие репродуктивные процессы протекают в их организме, и обращаться к врачу при наличии в них каких-либо изменений. Поэтому ниже речь пойдет о фолликуле.

Что такое фолликул?

Жизнь человека начинается с оплодотворения яйцеклетки. Фолликул — это элемент, который защищает яйцеклетку и способствует созреванию яйцеклетки перед овуляцией. Яйцеклетка покрыта клеточно-твердым эпителием, поверх которого находится производная, состоящая из двух слоев соединительной ткани. Такая защита обеспечивает жизнеспособность яйцеклетки и выживание плода.

При исследовании UTT этот зоб имеет круглую форму. Кроме того, в фолликуле синтезируются женские половые гормоны эстрогены.

В яичниках ежемесячно обновляются фолликулы:

Некоторые начинают созревать;
Один из них — антральный — увеличивается в размерах;
Остальные сморщиваются и отмирают, возникает атрезия;
Самый крупный – доминирующий – продолжает расти;

Под воздействием гормонов она лопается и происходит процесс овуляции.

Яйцеклетка попадает в полость матки в клетке;
Если сперма выпала во время полового акта, сперматозоид оплодотворит яйцеклетку;
Если оплодотворения не происходит, яйцеклетка высвобождается вместе со слизистой оболочкой матки в виде менструальной жидкости.
Что такое доминантный фолликул?

В середине менструального цикла фолликулярный аппарат выходит на важнейшую часть своей функции. Доминантный фолликул – это самая крупная зрелая яйцеклетка, защищающая яйцеклетку. Во время овуляции его размер может достигать до 2 см. Чаще располагается в правом яичнике.

Когда фолликул созрел, он лопается под действием гормонов — этот процесс называется овуляцией. Яйцеклетка попадает в полость матки. Если доминирующая культура не созревает, процесс овуляции не происходит. Это может быть связано с изменениями в развитии.

В результате гормональных изменений в подростковом возрасте в момент климакса может измениться функция фолликулярного аппарата, что называется персистенцией. Это может привести к задержке менструального цикла и вызвать кровотечение. Этот процесс указывает:

Зрелость элемента защиты;
Созревание доминантного фолликула;
Зрелый фолликул не разрывается;
Тот факт, что яйцеклетка не попала в полость матки;
невозможность оплодотворения яйцеклетки;
Отсутствие беременности.

В этом случае фолликул снова сморщивается, а позже из него может сформироваться киста. Когда зрелый фолликул не разрывается, врачи назначают гормон прогестерон. В результате настойчивости могут развиться:Гормоны продолжают секретироваться;
Слой эндометрия матки утолщается;
Матка сдавлена;
эндометрий отделяется;
Наблюдается кровотечение.
Примордиальный фолликул

Яйцеклетки появляются в организме женщины во время беременности, то есть в эмбриональный период, и хранятся в резерве (овариальном резерве). Примордиальный фолликул является первой стадией защитного элемента. Созревание яйцеклеток начинается с оогоний, которые располагаются во внутренней части яичника, и их размеры очень малы. Снаружи он окружен гранулезными клетками и находится в состоянии покоя.

Совершеннолетие девушек, то есть начало менструаций, проходит в следующие этапы:

Вырабатываются фолликулостимулирующие гормоны;
В результате его влияния созревают ядра яйцеклеток (остилярные ядра);
Доступ к внешней двухслойной защитной оболочке;
Каждый месяц созревает несколько фолликулов, которые защищают яйцеклетку.
Антральный фолликул

Примерно на седьмой день менструального цикла наступает вторая стадия созревания фолликулов, во время которой увеличивается количество клеток, продуцирующих фолликулярную жидкость. Процесс формирования защитного элемента происходит:

Антральный фолликул начинает выделять гормон эстроген на 8-й день менструального цикла;
Клетки теки наружного слоя синтезируют андрогенные гормоны — тестостерон, андростендион;
Полость для хранения фолликулярной жидкости увеличивается;
Эпителий состоит из двух слоев.
Что такое преовуляторный фолликул?

На последней, третьей стадии яйцеклетка располагается в специальном холмике и она готова к оплодотворению. В это время фолликулы называются клетками графа и наполнены жидкостью. Объем жидкости увеличивается в 10 раз. За сутки до овуляции происходят серьезные изменения, во время которых увеличивается синтез эстрогенов и наблюдается следующее:

Начинается синтез лютеинизирующего гормона, который участвует в овуляции;
Стенка клеток Граафа разрывается – происходит процесс овуляции;
Затем формируется желтое тело, синтезирующее гормон прогестерон, обеспечивающий отсутствие миграции эндометриального слоя матки;
Желтое тело, эндометриальный слой матки, образует сеть кровеносных сосудов, которая необходима для последующего формирования плаценты.
Несостоятельность фолликула в яичнике

Во многих случаях причиной наблюдаемых у женщин болей «бесплодия» является неполное созревание фолликулов в яичниках. В результате процесс овуляции не происходит и наблюдается ранний климакс. Это может быть связано с:

Активное участие в спорте;
Соблюдайте строгую диету;
Менопауза;
Гормональные изменения;
Ожирение.
Норма фолликулов в яичниках

У женщин необходимо будет пройти обследование УТТ (УЗИ) для выявления изменений в фолликулярной системе. При обнаружении каких-либо изменений у женщин будет «бесплодие» и его необходимо будет лечить.Сколько фолликулов должно быть в яичниках? Это зависит от возраста женщины и дня менструального цикла:

на 7-й день менструального цикла — до 6-10;
На 10-й день менструального цикла появляется один доминантный фолликул, остальные погибают.
Сколько фолликулов необходимо для зачатия ребенка?

Чтобы женщина забеременела, яйцеклетки должны полностью созреть. Чтобы яйцеклетка была готова к оплодотворению, должен быть один зрелый, качественный – доминантный фолликул. Она должна быть готова к овуляции. Если при обследовании УТТ (УЗИ) выявляются два таких фолликула, у вашего будущего ребенка ожидается двойня.

Созревание фолликула

Фолликулогенез – это рост и созревание фолликула, в норме заканчивающийся овуляцией и оплодотворением яйцеклетки. С 10-го дня менструального цикла при исследовании УТТ (УЗИ) можно увидеть доминантный фолликул. Если фолликул медленно созревает, используются методы лечения и отслеживается рост в течение следующего цикла.

Размер фолликула во время менструального цикла

Во время каждого менструального цикла фолликулы растут и созревают в течение определенных дней. Вот процесс:

В норме она составляет 6 мм до 7-го дня менструального цикла;
С 8-го дня начинает созревать доминантный фолликул и его размер достигает 15 мм;
На 11-й и 14-й день размер фолликула становится видимым, то есть достигает 25 мм.
Много фолликулов в яичниках — что это значит?

Большое количество фолликулов свидетельствует о патологии. Мультифолликулярными считаются более 10 фолликулов в яичниках. Если при УТТ (УЗИ) исследовании яичников обнаруживается более 10 фолликулов и пузырей, это называется полифолликулярностью, и в таком случае ставится диагноз поликистозной болезни.

Однако наличие большого количества фолликулов не всегда свидетельствует о формировании кисты. Именно такая ситуация может наблюдаться у женщины при нервном напряжении и стрессе, при которой замедляется созревание доминантного фолликула и снижается вероятность оплодотворения яйцеклетки. Кроме того, следующие факторы также могут вызвать увеличение фолликулов:

Низкое количество фолликулов в яичниках

В этом случае женщина не может забеременеть. Чтобы это определить, необходимо пройти обследование УТТ (УЗИ). Обследование проводят на 7 день менструального цикла, причина – недостаток гормонов. Результат проверки может быть следующим:

7-16 фолликулов – есть вероятность беременности;
4-6 – шансов на беременность мало;
Меньше 4 — нет шансов на беременность.
Два доминантных фолликула в одном яичнике

Под влиянием гормональных препаратов, применяемых для лечения бесплодия, созревание фолликулов может увеличиваться, и в одном яичнике образуются два доминантных фолликула. Чаще всего это состояние наблюдается в левом яичнике.В этом случае при оплодотворении двух зрелых яйцеклеток велика вероятность рождения близнецов.

Фолликулярная недостаточность

Неполное созревание фолликулов приводит к бесплодию. Причинами этого могут быть:

Преждевременный климакс – естественный или вследствие хирургического вмешательства;
Дисфункция яичников;
Проблемы с овуляцией;
Низкое количество эстрогенов;
Дефекты эндокринной системы;
Воспалительные заболевания органов малого таза;
Гипофизарная патология.

Кроме того, стресс, депрессия и нервное напряжение также могут привести к отказу фолликулов.

Изменения в самом фолликуле включают:

Их отсутствие вообще;
Арест в зрелости;
Недостаточный размер;
Задержка созревания;
Незрелость в целом.

Ikid.uz
[/spoiler]

This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.

More information...

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: