Koʻpchilik onalar farzand dunyoga keltirishni va uni oʻz koʻkrak suti bilan oziqlantirishni orzu qiladilar. Ammo, 2-3 oy oʻtgach bolakay koʻkrak soʻrgʻichini koʻrganda qichqirib yigʻlashi, emishni butunlay xohlamasligi mumkin. Bunga sabab nima?
Bunday holat koʻkrakni inkor etish deyiladi va bunday holatlarda sunʼiy oziqlantirishga oʻtish kerak boʻladi. Ammo bolakay ona sutidan oladigan kerakli moddalar ayniqsa, immun tizimiga foydali boʻlgan mahsulotlardan mosuvo boʻladi.
Emishdan bosh tortish fiziologik hamda psixologik boʻlishi mumkin.
Chaqaloq emmasa. Sababini qayerdan izlash kerak?
Bolakay koʻkrak sutidan bosh tortsa bilingki, uni ona organizmi qaysidir jihatdan qoniqtira olmayapti. Bolakaylar asab tizimi shu darajada mukammal rivojlangan boʻladiki, ona organizmi bolaga mos kelmasligini koʻkrak sutini emmasligi bilan ifoda etadi, boshqacha qilib aytganda bolakay onasidan “xafa” boʻladi.
Odatda bolakayning koʻkrak emishni inkor qilishi – bolakay bilan ona orasida muloqotning zaif boʻlishi haqida “signal” beradi, bolangizga koʻproq eʼtibor qarating!
Normal holatda bolakaylar organizmi oʻzi uchun muhim boʻlgan ozuqadan hech qachon bosh tortmaydilar, bu ularda instinkt sifatida rivojlangan. Hozirgi kunda onalar bolakaylarining sut emishdan bosh tortgan vaqtlarida darhol sunʼiy ozuqani maxsus idishchalarda berishga oʻtadilar, bu esa notoʻgʻri qaror. Ammo, ona-bola orasidagi muammoni yechimi sunʼiy ozuqa emas, bu holat vaziyatni yanada qiyinlashtiradi.
Koʻkrak sutidan bosh tortish: bolaning yoshiga nisbatan normal holatlar
Bolakay yoshi 3-4 oyga yetganida uning koʻrish oʻtkirligi, qoʻllari harakati murakkablashib boradi. U atrof-olamni tanib olishga, uni oʻrganishga harakat qila boshlaydi. Shu yoʻl bilan u yangi qobiliyatlarni oʻrganib boradi. U barcha narsalarni mazasini totib koʻrishga harakat qiladi. Shuning uchun bunday oylarda bolakay onasining koʻkragini ogʻziga olib borish oʻrniga u bilan oʻynashga harakat qiladi.
Onalar esa bolakaylarini emizish vaqtida biror bir tovush yoki yorugʻlik tushgan tomonga qiziqib qarashlarini emishdan bosh tortayabdi deb qabul qiladilar. Ammo, bunday holat oʻtkinchi boʻlib, onalar bolakaylarini emizish vaqtida yangicha sharoit yaratib berishlari zarur boʻladi, yaʼni bolakay emish vaqtida atrof-olamni ham kuzatib tura oladigan va bir vaqtning oʻzida onasini emadigan holatda boʻlishini taʼminlash kerak.
Bola emmasligining fizik sabablari
Baʼzida bolakaylar koʻkrak suti emishdan bosh tortishiga fizik omillar ham sabab boʻladi. Masalan, ich kelishidan oldingi diskomfort va bezovtalik holatlari, ichaklar spazmi. Bunday vaziyatda bolakaylar yigʻlaydi, xarxasha qiladi, injiqlik qiladilar.Onalardan talab etiladigan narsa shunchaki bolakaylarida diskomfort holatlari oʻtib ketgunga qadar kutish, tagliklarni almashtirish yoki oziqlantirish rejimini oʻzgartirishdir.
Koʻp holatlarda bolakaylar emish vaqtida noqulay holatda boʻladilar, natija ularda boʻyin mushaklari ogʻrishi yoki bolakaylarda tomoq yoʻllarida shamollash natijasida ogʻriq boʻlishi ham emishdan bosh tortishiga sabab boʻladi. Onalar diqqat bilan vaziyatni toʻgʻri baholay olishlari va bolakay oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratib berishlari zarur.
Eʼtibor bering! Bolakaylarning koʻkrak sutidan bosh tortishlarining asosiy sabablari tishlarining chiqa boshlashi, shamollash, otit, tugʻruq jarohatlari, mushaklar tonusi bilan bogʻliq patologiyalar (gipotoniya, distoniya), ogʻiz boʻshligʻi anomaliyalari boʻlishi mumkin.
Koʻkrak sutidan bosh tortish: xulq-atvor bilan bogʻliq sabablar
Bunday holat odatda bola hayotining 3, 9 oyligi va 1,5 yoshlik vaqtida kuzatiladi. Koʻkrak sutidan butkul bosh tortish bola hayotining 2-3 yoshlarida boʻlishi normal holat hisoblanadi, ammo bola 1 yoshgacha boʻlgan muddatda ona sutidan bosh tortsa buning sababi bolaga beriladigan qoʻshimcha ovqatlardan oladigan yetarlicha kaloriyadir.
Sunʼiy ozuqalar bolakaylarga tabiiy ona sutidan koʻra “mazaliroq” tuyuladi va ular koʻkrak sutidan koʻra sunʼiy ozuqa isteʼmol qilishni xohlaydilar. Bundan tashqari onada kuzatiladigan oʻzgarishlar – koʻkrak soʻrgʻichlar hajmi kichrayishi, koʻkrakdan oʻziga xos hid kelishi, onaning kosmetik vositalardan foydalanishi ham bolakaylarning koʻkrak sutidan bosh tortishlariga sabab boʻladi.
Baʼzida bolalar jadal oʻsishi va onada ajraladigan sut miqdorining kamayishi, bolakay ona sutini emish vaqtida biroz qiynalishi sababli ham maʼlum bir muddatda koʻkrak sutidan bosh tortishi mumkin.
Chaqaloq koʻkrak sutidan bosh tortishining onaga bogʻliq omili
Onalarda roʻy beradigan stress, charchash va uyquga toʻymaslik sababli koʻkrak bezlarida sut kam ajraladi. Yoki aksincha ona koʻkrak bezlarida sut koʻp miqdorda ajralishi natijasida ham bolakayning emishida qiyinchilik tugʻdiradi va bunday vaziyatda bolakaylar sut emishdan bosh tortadi. Onalar uchun tavsiya quyidagilar:
Dam olish, tinchlanish va iliq suyuqliklar qabul qilish laktatsiyani ragʻbatlaydi;
Koʻkrak sutini sogʻib tashlash ortqicha ajralgan sutdan xalos boʻlishga olib keladi, bola uchun qulay holat bu soʻrgʻichlarning yuqoriga qarab turishi yaʼni onaning yotgan holatda emizishga harakat qilish lozim.
Baʼzida oral kontraseptiv vositalar qabul qilish yoki hayz siklining boshlanishi ham koʻkrak suti mazasiga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ona isteʼmol qilayotgan mahsulotlar, qabul qiladigan dori preparatlari ham sutning taʼmini oʻzgartiradi.
Soʻrgʻichlar shakli ham muhim ahamiyatga ega, oldinga choʻzilgan va kattalashib ketgan soʻrgʻichlar bolakay ogʻzi boʻshligʻiga moslashmaydi va bolakaylar sut emishdan bosh tortadilar.
Bola koʻkrak sutidan bosh tortishi: soʻrgʻichli idishchalar
Koʻkrak sutidan bosh tortishning yana bir sababi soʻrgʻichli idishchalarda sunʼiy ozuqa berish va bolaning bunga oʻrganib qolishi boʻladi.
Bolakaylarning xarxashasi, injiqligi, ularga boʻlgan eʼtibor ayrim payt onalarni charchatadi, bunday vaziyatda ular osongina yoʻlni tanlaydilar ular sunʼiy ozuqani soʻrgʻichlari boʻlgan idishchalarga solib bera boshlaydilar, tabiiyki bunday ozuqa bolakayga yoqib tushadi va u onasining koʻkragini olmay qoʻyadi. Buning sababi ikki xil boʻlishi mumkin – fiziologik va psixologik.
Fiziologik – bolakay ona koʻkragini emishda noqulay holatda boʻlishi mumkin, ammo soʻrgʻichlari boʻlgan idishchani har qanday holatda oʻziga qulay qilib soʻrishi mumkin. Bola koʻkrak soʻrgʻichlaridan soʻrayotgan vaqtda lunj mushaklari koʻproq energiya sarflasa, soʻrgʻichlardan sut soʻrayotganda aksincha osongina ozuqani qabul qilib oladi.
Psixologik – bolakay biroz injiqlik qilishi sababi uni ona sutidan mosuvo qilish, unda onaga boʻlgan mehrni biroz susaytiradi. Psixologlarning taʼkidlashicha ona koʻkragidan emas, balki soʻrgʻichli idishchalarda ozuqa qabul qilib voyaga yetgan bolalarda oʻziga ishonmaslik, qoʻrqoqlik kabi xislatlar koʻproq shakllanar ekan.
Bolakaylarning koʻkrak sutidan bosh tortishini oldini olish maqsadida qoʻshimcha ozuqani soʻrgʻichli idishchalarda emas, balki qoshiqchalar yordamida berish tavsiya etiladi, shunday qilinsa, bolakay “sunʼiy” soʻrgʻichlarga oʻrganib qolmaydi.
Bola (chaqaloq) emmasa, nima qilish kerak?
Eng avvalo bunday holat sababini aniqlash va bartaraf etish lozim. Ona va bolakay oʻrtasida psixologik bogʻliqlikni tiklash kerak. Buning uchun quyidagi tavsiyalar yordam beradi:
Tun va kun tartibini toʻgʻri tuzish, bolakay xohishiga koʻra emizish;
Bolakayni koʻproq qoʻlda olib yurish, uni quchoqlash, oʻpish va erkalash;
Bolakayni yengilgina massaj qilish;
Bolakay uyquga ketishidan avval uni choʻmiltirish, toza havoda sayr qilish;
Bolakay uchun qulay boʻlgan holatda emizish.
Bolakay qachon uni emizish kerakligini barchamizdan koʻra yaxshiroq “biladi”, shu sababli kichkintoyingiz sut emishni xohladimi kunning qaysi qismi va siz qayerda boʻlishingizdan qatʼiy nazar uning istagini bajo keltirishga harakat qiling, yaʼni uni emizing.
Ikid.uz
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Многие мамы мечтают родить ребенка и выкормить его собственным грудным молоком. Однако через 2-3 месяца ребенок может кричать и плакать при виде соски, может вообще не хотеть сосать. Что является причиной этого?
Такая ситуация называется отказом от груди и в таких случаях необходимо переходить на искусственное вскармливание. А вот необходимые вещества малыш получает с молоком матери, особенно полезные для иммунной системы.
Фото: Google Фото
Отказ от грудного вскармливания может быть физиологическим или психологическим.
Не ребенок. Где искать причину?
Если ребенок отказывается от грудного молока, знайте, что материнский организм не в состоянии его чем-то удовлетворить. Детская нервная система прекрасно развита до такой степени, что материнский организм выражает свою несовместимость с ребенком тем, что не сосет грудное молоко, иными словами, ребенок «разочарован» в матери.
Обычно отказ ребенка от груди – это «сигнал» о плохой коммуникации между ребенком и матерью, уделяйте больше внимания своему ребенку!
В нормальных условиях дети никогда не откажутся от важной для их организма пищи, это развилось как инстинкт. В наше время мамы сразу же переходят на вскармливание малышей искусственной пищей в специальных контейнерах, когда те отказываются от груди, что является плохим решением. Однако решение проблемы между матерью и ребенком не искусственное питание, что еще более осложняет ситуацию.
Отказ от грудного молока: нормальные условия для детского возраста
Когда ребенок достигает возраста 3-4 месяцев, его острота зрения и движения рук усложняются. Он начинает пытаться узнавать окружающий мир, изучать его. Таким образом он осваивает новые навыки. Он пытается попробовать все на вкус. Поэтому в такие месяцы ребенок старается играть с маминой грудью, а не брать ее в рот.
Матери соглашаются с тем, что их дети отказываются от груди, если они с любопытством смотрят в сторону звука или света во время кормления грудью. Однако такая ситуация является временной, и матерям необходимо создавать новые условия при грудном вскармливании своих малышей, то есть необходимо обеспечить, чтобы малыш мог следить за окружающей средой во время грудного вскармливания и в то же время был в состоянии сосать грудь матери. .
Физические причины, по которым ребенок не сосет грудь
Иногда физические факторы также вызывают отказ младенцев от грудного молока. Например, дискомфорт и беспокойство перед запорами, спазм кишечника. В такой ситуации дети плачут, суетятся, капризничают.Все, что требуется от матерей, это дождаться, пока пройдет дискомфорт ребенка, сменить подгузники или изменить режим кормления.
Во многих случаях дети находятся в неудобном положении во время грудного вскармливания.в результате у них болят мышцы шеи, а у детей болит горло от простуды, что также заставляет их отказываться от сосания груди. Матерям необходимо уметь внимательно оценивать ситуацию и создавать комфортные условия для питания ребенка.
Обращать внимание! Основными причинами отказа детей от грудного молока могут быть прорезывание зубов, простудные заболевания, отиты, родовые травмы, патологии, связанные с мышечным тонусом (гипотония, дистония), аномалии полости рта.
Отказ от грудного вскармливания: поведенческие причины
Это состояние обычно наблюдается в возрасте 3, 9 месяцев и 1,5 года жизни ребенка. Вполне нормально, если ребенок полностью отказывается от грудного молока в 2-3 года, но если ребенок отказывается от грудного молока до 1 года, это связано с тем, что ребенок получает достаточно калорий из прикорма.
Младенцы находят смесь «вкуснее», чем натуральное грудное молоко, и предпочитают смесь грудному молоку. Кроме того, наблюдаемые у матери изменения — уменьшение размеров сосков, специфический запах, исходящий из груди, использование матерью косметических средств также вызывают отказ детей от грудного молока.
Иногда дети могут отказываться от грудного молока в течение определенного периода времени из-за быстрого роста и уменьшения количества молока, выделяемого матерью, и у ребенка могут возникнуть определенные трудности при сосании грудного молока.
Материнские детерминанты отказа младенцев от грудного молока
Из-за стресса, переутомления и недосыпа, которые возникают у матерей, молока в молочных железах становится меньше. Или, наоборот, в результате выделения большого количества молока из молочных желез матери возникает затруднение при сосании ребенка, и в такой ситуации ребенок отказывается сосать молоко. Рекомендации для мам следующие:
Отдых, расслабление и теплое питье стимулируют лактацию;
Сцеживание грудного молока приводит к избавлению от лишнего молока, удобное положение для ребенка – это когда соски обращены вверх, то есть нужно стараться кормить грудью, когда мама лежит.
Иногда прием оральных контрацептивов или начало менструального цикла также влияет на вкус грудного молока. Продукты, которые ест мать, и лекарства, которые она принимает, также меняют вкус молока.
Форма сосков также имеет значение, удлиненные и увеличенные соски не помещаются в рот ребенка, и малыши отказываются сосать грудь.
Отказ ребенка от грудного молока: бутылочки с сосками
Еще одна причина отказаться от грудного молока – давать искусственную пищу в бутылочках с сосками и ребенок к ней привыкает.
Детские капризы, капризы и внимание к ним иногда утомляют мам.в такой ситуации они легко выбирают путь, начинают подкладывать искусственное питание в бутылочки с сосками, естественно такое питание заведет малыша и он перестанет брать мамину грудь. Этому может быть две причины – физиологическая и психологическая.
Физиологический – малышу может быть неудобно сосать грудь матери, но бутылочку с сосками ему в любом случае удобно сосать. Мышцы легких расходуют больше энергии, когда ребенок сосет из сосков, но, с другой стороны, при сосании молока из сосков он легко получает пищу.
Психологическая – причина того, что ребенок немного капризничает, заключается в том, что отлучение его от материнского молока ослабляет его любовь к матери. Психологи утверждают, что у детей, которые растут, получая пищу из бутылочек с сосками, а не из материнской груди, в большей степени развиваются такие черты, как неуверенность в себе и трусость.
Чтобы малыши не отказывались от грудного молока, рекомендуется давать прикорм не в бутылочках с сосками, а ложечками, чтобы малыш не привыкал к «искусственным» соскам.
Что делать, если ребенок (младенец) не родился?
В первую очередь необходимо выявить и устранить причину такой ситуации. Необходимо восстановить психологическую связь между матерью и ребенком. В этом помогут следующие рекомендации:
Правильная организация ночного и дневного режима, грудного вскармливания в соответствии с пожеланиями ребенка;
Чаще носить ребенка на руках, обнимать, целовать и ласкать его;
Слегка помассируйте ребенка;
Купание ребенка перед сном, прогулка на свежем воздухе;
Кормление грудью в удобном для ребенка положении.
Малыш «знает» лучше всех нас, когда пора кормить грудью, поэтому неважно, в какое время суток и где вы находитесь, если ваш малыш хочет сосать грудь, постарайтесь исполнить его желание, то есть покормите его грудью.
Читать:
Ikid.uz
[/spoiler]