Bo‘z bola — O‘zbek xalq ertagi

Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Bor ekanu yo‘q ekan,
Och ekanu to‘q ekan.
Bo‘ri bakovul ekan,
Tulki yasovul ekan,
Qarg‘a qaqimchi ekan,
Chumchuq chaqimchi ekan.
Ko‘chmanchilik zamonda
Atoqli boy bor ekan.
Sevib olgan yoridan
Sevinchog‘i yo‘q ekan.
Davlat desang hisobsiz,
Yilqi, qo‘yi sanoqsiz.
Shuncha davlatda, esiz,
Bir o‘g‘ilga zor ekan.

Boy bolasi yo‘qligidan kecha-kunduz qayg‘urib, yegan-ichganida halovat yo‘q ekan. Ziyorat qilmagan mozori, aziz-avliyolari qolmabdi. Oxirida xotin ikkiqat bo‘lib, bir o‘g‘il tug‘ibdi, oydek bola ekan. Boy suyunganidan ikki kecha-kunduz to‘y-tomosha qilib butun yurtga osh beribdi. To‘yga yig‘ilganlar bolaga Bo‘z bola deb ot qo‘yibdilar. Bo‘z bolaning beshik to‘yi kuni onasi dunyodan ko‘z yumibdi. Boy bir yaxshi enaga topib kelib, bolani o‘z uyida boqtiribdi. Shu kunlarda bir yaxshi ko‘radigan davlat boshi echkisi tug‘ib, u echkining bolasi o‘lgan ekan. Bo‘z bolani shu echki suti bilan boqibdilar. Echki har kuni daladan o‘tlab-o‘tlab kelib, sut berib ketar ekan. Shu sut bilan bolani boqishar ekan. Bo‘z bola tez kunda ulg‘ayib, katta bo‘lib, tili chiqibdi. Bo‘z bola ikki yashar bo‘lganda boy ikkinchi xotin olibdi. O’gay ona keyinroq bir o‘g‘il tuqqandan keyin Bo‘z bolaga hasad qila boshlabdi. Bolani yaxshi yuvib-taramay, ozoda qilib qo‘ymay, bir chekkada, eski ko‘rpada yotqizib, uning qorni ochib non desa, urishib-ziriqtirib, bir tomonga uloqtirib xo‘rlabdi. O’gay ona Bo‘z bolani yo‘q qilib, boyning davlatiga o‘z bolasini ega qilmoq fikriga tushibdi.
Bo‘z bola yoshi ulg‘aygach, maktabga kiribdi. U har kuni maktabdan kelganda otasi uni yoniga olib o‘qitib ko‘rib, shirin gaplar bilan uning ko‘nglini ko‘tarar ekan. O’gay ona uni ko‘rolmay o‘z bolasini boyga tiqishtirib: «Qoch, kap-katta bola bo‘lib, otang yonida o‘tirgani uyalmaysanmi? Mana, ukang ota tizzasida o‘tiraman, deb talpinyapti», deb turtkilar ekan. Shunday bo‘lsa ham otasining yana Bo‘z bolani erkalatganini ko‘rib xotinining g‘ashi kelib, uni juda yomon ko‘rar ekan.
Bo‘z bola har doim ukasini ko‘tarib unga mehribonlik qilgani uchun ukasi uni yaxshi ko‘rar ekan. Oradan uch-to‘rt yil o‘tgandan keyin Bo‘z bolani boqqan echki juda ham ajoyib bir chiroyli bola tug‘ibdi. Uni Bo‘z bola «meniki», deb qulog‘ini tishlab, o‘z qo‘li bilan boqibdi. Ona echki har kuni ikki-uch mahal kelib, bolasini emizib, dalaga o‘tlagani chiqib ketarkan. Echkicha bo‘lsa Bo‘z bola bilan o‘ynashib yurar ekan. Bo‘z bola echkichani so‘zga o‘rgatibdi. O’gay onasidan xo‘rlanganda echkisi bilan so‘zlashib, qayg‘usini tarqatar ekan. O’gay ona Bo‘щ bolani g‘ar qancha xo‘rlasa ham u indamas ekan. O’gay ona bunga chidolmay chora izlay boshlabdi. Uning basharasi burishgan bir kampir onasi bor ekan. U makr-hiylaga juda usta ekan. O’gay ona unga maslahat solibdi.
Kampir aytibdi:
— Ering savdoga ketganda, har kuni Bo‘z bola non so‘raganda, unga kuygan kulcha ber, o‘z o‘g‘lingga bo‘lsa yog‘liq non ber. Anna shunaqa qilsang Bo‘z bola sendan arazlab biror tomonga ketib qoladi, yoki otasiga chaqadi. Shunda sen aybni Bo‘z bolaga qo‘yib, shallaqilik qilib tursang, eringning achchig‘i chiqadi. Shunda ering bolani biror tomonga yuboradi. Sen Bo‘z boladan qutulasan-qolasan.
Eri savdoga ketgan kundan boshlab o‘gay ona kampirning aytganlarini bajaribdi. Bo‘z bola onasining ishiga nima qilarini bilmay xafa bo‘lib, boqqa chiqib o‘tirsa, echkichasi ґynoqlab oldiga kelibdi.
Echki Bo‘z bolani xafa ko‘rib:
— Ha, Bo‘z bolakay, nega buncha xafasiz? – debdi. Bo‘z bola unga:
— Ey, qo‘ysang-chi, so‘raganing bilan biror narsani uddasidan chiqsang ekan, men senga aytsam, qo‘y, nima qilasan so‘rab, — debdi.
Echki bo‘lsa:
— Akajon, menga so‘zlang, balki men biror chorasini ko‘rarman, bo‘lmasa yanyaa boshqa yo‘l toparmiz, — debdi.
Echkisining bunday dono so‘zlaganiga Bo‘z bola hayron qolibdi va unga o‘gay onasining to shu choqqacha xo‘rlab kelganini, ayniqsa, otasi savdoga ketgandan keyin har kuni maktabdan kelganida bittadan kuygan kulcha bera boshlaganini, o‘z bolasiga yog‘liq non berib, uni juda xo‘rlayotganini so‘zlab yig‘labdi. Echki unga dildorlik qilib:
— Qo‘ying, kuygan kulchani menga bering, men sizga yaxshi ovqat topib beraman, — debdi.
Bo‘z bola nonni echkisiga to‘g‘rab beribdi, echki nonni yeb olib, duo o‘qibdi. Bo‘z bola qarasa, oldida bir tovoq osh turgan emish. Bo‘z bola oshni yeb qornini to‘yg‘azibdi.
Mana shunday qilib, har kuni kuygan nonni echkiga berib, o‘zi yo‘qdan keladigan oshni yeb, o‘ynab-kulib yura beribdi.
Bu voqeani bir kun o‘gay ona ko‘rib qolib, o‘z onasiga so‘zlabdi.
Kampir bir oz o‘ylab turib:
— Buning ishi oson, sen ering kelar kuni o‘zingni kasallikka solib yot, ering so‘rasa: «Menga jin tegibdi», degin. Folbin: «Bo‘z bolaning echkisini so‘yib xudoyi qilsang yaxshi bo‘lasan» dedi, degin. Ering so‘zingni qaytarmaydi-da, echkini so‘yadi, shunda sen qutulasan-qo‘yasan, — debdi.
Xotin eri kelgan kuni onasi aytgandek qilib yig‘lab, eriga zorlanib so‘zlabdi, eri darrov qassobni chaqirib echkini so‘yishga buyuribdi. Go‘shtini xudoyi qilib, kallasini somonxonaga ko‘mdiribdi. Bo‘z bola maktabdan kelib ko‘rsa, echkisi yo‘q. Ukasidan so‘rasa, ukasi:
— Otam keldilar, onam kasal bo‘ldi, echkingizni so‘ydirib xudoyi qildik, kallasini somonxonaga ko‘mdik, — debdi.
Bo‘z bola qarasa voqea ukasi aytganday. Bo‘z bola ukasiga:
— Endi bizga bu yurt harom bo‘ldi. Onamga ham, otamga ham ayt, endi mendan butunlay qutuldilar, men ketdim, —deb jo‘nabdi. Chunki echkisi bir kun ilgari Bo‘z bolaga: «Ertaga otang keladi, onang meni so‘ydirib xudoyi qiladi. Meni so‘ydirgandan so‘ng sen bu yerda turma. Onang senga ziyon qiladi, boshqa tomonga ket», degan ekan.
Bo‘z bola ketayotgan ekan, ko‘chada ikki jonajon o‘rtog‘i uchrab:
— Yo‘l bo‘lsin? — debdi.
Bo‘z bola ularga hamma voqeani aytib, endi men bu yerda turmayman, xayr, ketdim, — debdi. Ikki o‘rtog‘i: «To‘xta, bo‘lmasa biz ham sen bilan birga boramiz, biz ham senga o‘xshash o‘gay ona qo‘lida ezilganlardan, sen qayga borsdng biz ham shunda boramiz», deb birga jo‘nashnbdi. Bo‘z bolaning otasi kichik o‘g‘li, akam ketib qoldi, deb yig‘lab kirganiii bilib ketidln yugurib chiqib, chaqiribdi, bolalar qaramay keta beribdilar. Otasi Bo‘z bolaga, bo‘lmasa biror narsa olib ket, deb shuni aytibdi:

Bo‘z bolaxon, Bo‘z bola,
Bo‘zlarda bitgan lola.
Qo‘tondagi qo‘ylardan —
Haydab ketgin Bo‘z bola.
Bo‘z bolaxon, Bo‘z bola,
Bo‘zlarda bitgan lola.
Yilqidagi otlardan —
Mina ketgin, Bo‘z bola.
Bo‘z bolaxon, Bo‘z bola,
Bo‘zlarda bitgan lola.
Bo‘g‘chadagi to‘nlardan —
Kiya ketgin, Bo‘z bola.
Bo‘z bolaxon, Bo‘z bola,
Bo‘zlarda bitgan lola.
G’aznadagi pullardan —
Ola ketgin, Bo‘z bola.

Bo‘z bolaning juda ham achchig‘i chiqib:

Qo‘tondagi qo‘ylaring,
O’n oshingga so‘yilsin.
Yilqidagi otlaring,
Ma’rakangga so‘yilsin.
Bo‘g‘chadagi to‘nlaring,
Tovutingga yopilsin.
G’aznadagi pullaring,
Tovutingdan sochilsin,

deb otasining so‘ziga qaramay, badar keta beribdi. Uch o‘rtoq uch og‘aynidek yura beribdilar. Yo‘l yurishibdi, yo‘l yurishsa ham mo‘l yurishibdi.

Qumlar bosib, cho‘l kezib,
Daryo kechib, tog‘ oshib,
Uch og‘ayni yurdilar,
Gurunglashib, o‘ynashib.

Yurib-yurib bir daraxtzorga borishibdi. Bir oz ovqatlanib, dam olib o‘tirishgan ekan, bir daraxt shoxida bir lochinni ko‘rishibdi. Uni tutib olib keta berishibdi. Yo‘lda tog‘ orasida bir tozi it yurgan ekan, uni ham tutib olishibdi.
Yo‘lda qush bir tomonga qarab intilibdi, qarasalar bir to‘da kaklik yurgan ekan, qush shu kakliklarga intilgan ekan. Itni yuborib, kakliklarei uchirib, qushni solishibdi. Qush kakliklardan birini olib davra solib ko‘tarilib keta beribdi. It ham qushning ketidan ketaveribdi. Bular ham qush bilan it ketidan «max-max»lashib quvib keta beribdilar. Qush borib-borib bir yerga qo‘nibdi. Qush tushgan joyga borsalar, bir ulug‘ daryo labida xonlar saroyiga o‘xshash bir imorati oliy bor emish. Qush esa shu imoratning kungirasiga qo‘nibdi. Qushni chaqirsalar sira qaramabdi. O’zi kelar, deb bir daraxt tagiga o‘tirib, ovqatlanib, yaslanib uxlab qolishibdi. Bulardan birining uyqusi kelmay o‘tirgan ekan, saroydan bir qiz chiqibdi, uning qo‘lida oltin obdasta bor ekan, u qiz daryodan suz olib turib yotganlarga qarab, Bo‘z bolaning chiroyiga mahliyo bo‘lib qo‘lidagi oltin obdastasini daryoga tushirib yuboribdi.
Qiz kelib, uyg‘oq yigitdan:
— Sizlar kimsizlar, qaydan kelasizlar, qayga borasizlar, bu yotgan ofatijon kim? — deb so‘rabdi.
Unga yigit butun boshidan o‘tgan, kurgan-kechirganlarini so‘zlab, yotgan yigit o‘rtog‘i Bo‘z bola ekanini aytibdi va:
— Sen o‘zing kimsan, bu kimning joyi? — deb so‘rabdi. Qiz:
— Bu saroy shu yurtning xoni Oytug‘dixonning qizi Oyparcha begimning maxsus saroyi, men uning cho‘risiman. Xon bugun-erta qizini uzatadi, men Oyparcha begimning sochlarini yuvmoq uchun suvga chiqqan edim. Sizlarni ko‘rib, esim og‘ib, obdastamni suvga tushirib yubordim. Endi Oyparcha begimga nima javob beraman?! — deb yig‘labdi.
Yigitning qizga rahmi kelib, yechinib suvga sho‘ng‘ib, oltin obdastani topolmabdi. Qiz esa yig‘lab-yig‘lab saroyga kirib ketibdi.
Oyparcha begim cho‘rini koyib, kech qolganining sababini so‘rab, obdasta bilan suvni talab qilibdi. Cho‘ri ko‘rganlarini so‘zlab, Bo‘z bolaning chiroyini xon qiziga maqtabdi, Oyparchaning shavqi ortib, qiziqib daryo tomonga qaratib qurilgan eshikchani ochib qarasa: aytganidek uch yigit yotibdi. Ular biri biridan chiroyli, hammasidan ham cho‘ri qiz aytgandek o‘rtada yotgan Bo‘z bola juda ham chiroyli. Ko‘ra solib ishq o‘ti yuragiga tegib, «voh» deb o‘zini tashlabdi. Cho‘ri qiz gulob sepib Oyparchani o‘ziga keltiribdi. Xon qizi cho‘ridan ikki olma keltirmoqni so‘rabdi. Cho‘ri ikki qizil olma keltirib beribdi. Oyparcha mo‘ljallab turib, olmani Bo‘z bolaga irg‘itib, uyg‘otibdi.
Bo‘z bola uyg‘onib qarasa, yuqori eshikchada bir qizil gul ochilib-kulib, yuz noz-karashma bilan buralib turibdi. Bu qanday qiz ekan yoki tushimmikan, deb ko‘zini uqalab qarab tursa, qiz bir qizil olmani Bo‘z bola tomon irg‘itib, eshikni bekitib, yana ochib qarabdi. Bo‘z bola ham bir ko‘rishdayoq oshiqi beqaror bo‘lib, yonidan ro‘molchasini olib, hilpiratib, yuragiga bosibdi, ya’ni xon qiziga: «men seni sevaman, yaqinimga kel», degan ishoratiga «men ham seni sevaman», deb yurak alangasini ishora bnlan ma’lum qilibdi, irg‘ib o‘rnidan turib, saroy tagiga borib, uning kim ekanini so‘rabdi.
Ikkalasi bir-birining kim ekanligini so‘rashganidai keyin, xon qizi:
— Meni otam bir sevmagan xonzodaga bermoqchi, sen istasang boshqa tomonlarga qochib ketamiz, — debdi. Bo‘z bola:
— Mening ikkita o‘rtog‘im bor, ularni nima qilamiz? — debdi.
Qiz:
— Ular ketimizdan borarlar, sen kechqurun el uxlagan chog‘da shu yerga kel, men ikki ot bilan seni kutaman, birga qochamiz, — debdi.
Bo‘z bola «xo‘p» deb o‘rtoqlari yoniga qaytib, voqeani ularga aytib, kechqurun el uxlagan chog‘da do‘stlari bilan xayrlashib, saroy tomon borsa, qiz otlar bilan tayyor bo‘lib, kutib turgan ekan. Ikkalasi otlarga minishib, saroy va yurti bilan xayrlashib, ota-onasi bilan xayr-ma’zurni nasiya qilib, hayyo-hayt, deb yo‘lga tushibdi.

Ikkala yor jo‘nadi,
Sahrolarni changitib,
Quvalashib, o‘ynashib,
Tog‘larda ot sakratib.
Ikkala yor jo‘nadi,
El uyquga kirganda.
Quchoqlashdi, o‘pishdi,
Oy mo‘ralab turganda.

Shu yurganlaricha yo‘l yurib, yo‘l yurishsa ham mo‘l yurib, besh kechayu besh kunduz deganda baland bir qo‘rg‘onga yetibdilar, egaigidan kirib qarasalar, xonlar saroyidek oliy imoratlaru ichida hech kim yo‘q. Tavakkal qilib tushib qarasalar, uylar bezog‘lik, paloslar solingan, odam bolasidan hech zot yo‘q. U yon-bu yon qarasalar, yo‘qotilgan qush bilan it shu yerda ekan. Hayron bo‘lib, qush va itga ovqat beribdilar, itning boshini silabdilar. Har ikkalasi u yoq-bu yoqni qarab, hamma yoqni o‘zlariniki qilib olishibdi.
Bugun o‘n kun bo‘ladi deganda, haligi qolgan ikki o‘rtoqlari ham yetib kelishib, Bo‘z bolani shu qo‘rg‘ondan topishib, hammalari har kun galma-gal ov qilib shu qo‘rg‘onda umr o‘tkazib yurishibdi.
Endigi so‘zni xon tomondan eshiting. Xon qizini turkman xonining o‘g‘liga bergan ekan. Bular qochgan kunning ertasiga turkman xonining o‘g‘li asasa-yu dabdaba bilan qizni kelin qilib tushirib olib ketmoqqa kelibdi. Eshitsa, xon qizi bir noma’lum kishi bilan qochgan yoki o‘zi qochgan. Xon har tomonni qidirtirib kishilar yuboribdi. Kuyov hayron bo‘lib, qo‘shin tushirib yota beribdi.
Qidiruvchilar bir qancha kunlar sarson bo‘lib, oxiri yo‘llari Bo‘z bola turgan qo‘rg‘onga to‘g‘ri kelib qoladilar. Qarasalar: xon tomonidan qamoq qilinib qo‘ygan qo‘rg‘ondan tutun chiqmoqda. Hayron bo‘lib, bu yerga kim kelib, xondan qo‘rqmay joy qilgan ekan, deb kirib qarasalar, qiz qochgan kuni xonnipg otxonasidan yo‘qolgan otdan biri turibdi. Ular birga kelgan kampirni ichkari kirgizibdilar. Kampir sekin qaytib chiqib: «Xon qizi shunda ekan», debdi. Yasovullar bosib kirib, Bo‘z bolani tutib, tut yog‘ochga bog‘lab, xon qizini behush qilib otga o‘ngarib ketmoqchi bo‘lganlarida, Bo‘z bola yig‘lab yigitlarga qarab shunday debdi:

Tog‘dan kelgan botirlar,
Yaxshi yigit shotirlar,
Yorim olib ketmanglar,
Bizga zulm etmaganlar!
Shunqorimni soldirib,
Burgutlarga oldirib,
Tutga bog‘lab qoldirib,
Meni tashlab ketmanglar!
Birga elting bo‘lmasa,
Yo o‘ldiring bo‘lmasa,
Yigit bo‘lib, ot minib,
Nomardlikni qilmanglar!

Yigitlardan birining achchig‘i chiqib:
— Xon qizini o‘g‘irlab kelib, yana tilingni tiymaysan, — deb qilich bilan bir uribdi, qizni olib jo‘nashibdi.
Kechqurun ikki o‘rtog‘i ovdan qaytib kelsalar, Bo‘z bolani o‘ldirib, Oyparchani o‘g‘irlab ketibdilar. Bo‘z bola uchun yig‘lab, o‘ligini tutdan yechib olib, o‘tirib maslahat qilib, o‘rtog‘imizning o‘ligini begona joylarda qoldirmaymiz, deb otga ortib jo‘nashibdi. Yura-yura adashib Oytug‘dixonning shahariga kelib qolishibdi. Endi, xon bilib qolmasin, deb Bo‘z bolaning o‘ligini bir yerga ko‘mib, ustiga qovoq ekib, uning atrofini obod qilib, chayla tikib, ikkalasi darvesh kiyimini kiyib, shunda, o‘rtoqlarining boshidan duoyi takbir qilib o‘tirishibdi.
Xon qizini saroyga keltirgandan keyin, qiz otasiga:
— Men endi er qilmayman, — debdi.
Xon noiloj, kuyovni qancha sarpolar bilan aldab, zo‘rg‘a jo‘natibdi. Oyparcha o‘z saroyidan boshqa yerlarga chiqmay, Bo‘z bola ishqida kecha-kunduz yig‘lab yotib olibdi. Doim ishi, biror yurtdan bir darvesh yoki jahongashtalardan kelib qolsa, ularni gapga solib, Bo‘z boladan darak so‘rar ekan. Chunki, u Bo‘z bolaning o‘lganini ko‘rmagan, hali tirik deb gumon qilar ekan. Darveshlar kelsa kuylatib, ko‘rgan-kechirganlaridan so‘ylatib, shuning bilan ovunar ekan. Bir kuni uning bir cho‘risi Bo‘z bola tomonidan o‘tib qolib, uning darvesh o‘rtoqlarini g‘amli-alamli kuylab o‘tirganlarini eshitib, Oyparchaga so‘zlab beribdi. Oyparcha darrov kishi yuborib, o‘sha ikki darveshni keltirib, gapirib, kuylab bermoqlarini so‘rabdi. Darveshlar darhol Oyparchani tanib, o‘rtoqlari Bo‘z bola eslariga tushib, ko‘z yoshi qilib yuraklaridan kuylabdilar:

Tuya ketar tog‘ oshib,
Bo‘talog‘i ergashib,
Hech jahonda bormidi,
Bo‘z boladek bo‘z yigit.
Qo‘ylar kelar ma’rashib,
Qo‘zichog‘i ergashib,
Hech jahonda bormidi,
Bo‘z boladek bo‘z yigit.

Oyparcha ko‘nglida qidirganidan darak topganiga suyunib darveshlarga bir kurak oltin berib, yana aytmoqlarini so‘rabdi. Darveshlar oldingidan ham dardliroq qilib yig‘lab, kuylashibdi:

Bo‘z bolaning gavdasi,
Tut yog‘ochga osildi.
Nomard yigit qo‘lida,
Boshi qo‘ydek kesildi.
Bo‘z bolaxon, bo‘z yigit,
Sara yigit, er yigit.
Hech jahonda bormidi,
Bo‘z boladek bo‘z yigit?!

Buni eshitib, Oyparcha begim behush bo‘lib yiqilib, bir ozdan so‘ng hushiga kelib, qon-qon yig‘lab, darveshlardan Bo‘z bolaning o‘ligi qaerda ekanini so‘rabdi. Darveshlar o‘zlarini tanitib, o‘likning o‘zlari turgan joyda ekanini aytibdilar. Oyparcha begim darrov arava qo‘shdirib borib, go‘rini ochib, Bo‘z bolaning o‘ligi ustiga o‘zini tashlab, oh urib jon beribdi. Oytug‘dixon buni eshitib kelib qarasa, qizi o‘lib yotibdi. Qilgan ishlariga pushaymon bo‘lib, yig‘lab-yig‘lab, Bo‘z bolani o‘ldirganlarga g‘azab qilibdi. Keyin Bo‘z bola bilan Oyparcha begim ustilariga maqbara qilib, qizining azasi bilan umr o‘tkazibdi.


Есть или нет
Он голоден и сыт.
Волк есть волк,
Когда лиса злится,
Ворона есть ворона,
Воробей кусается.
Кочевничество в наше время
Есть известный богач.
С того места, где он влюбился
Нет радости.
Состояние бессмысленно
Есть бесчисленное множество овец и коз.
Знаете, во многих странах
Мальчику тяжело.

Горевал богач день и ночь об отсутствии сына, и не радовался, когда тот ел и пил. Нет могил и святых, которые не были бы посещены. В конце концов женщина забеременела и родила сына, ребенка размером с луну. Богач пировал два дня и накормил супом всю страну. Собравшиеся на свадьбу назвали мальчика Боз бола. В день колыбельной свадьбы серого ребенка скончалась его мать. Богатый мужчина нашел хорошую няню и вырастил ребенка в своем доме. Недавно возлюбленная главы государства родила козленка, и козленок умер. Этим козьим молоком вскормили серого ребенка. Каждый день коза приходила с поля пастись и давать молоко. Во время кормления ребенка этим молоком. Серый мальчик быстро подрос, стал большим, и язык у него высунулся. Когда седому мальчику было два года, он взял богатую вторую жену. Позже, после того как мачеха родила сына, она приревновала Серого мальчика. Не вымыв и не причесав ребенка как следует, он уложил его в угол, на старое одеяло, вскрыл ему живот, бил, швырял набок, унижал. Мачеха решила погубить седого мальчика и завести собственного ребенка в стране богачей.
Когда седой мальчик подрос, он пошел в школу. Каждый день, когда он приходил домой из школы, отец брал его на занятия и подбадривал ласковыми словами. Мачеха, не видя его, сунула ребенка за пазуху и сказала: «Беги, тебе не стыдно быть большим мальчиком и сидеть рядом с отцом?» Вот твой брат умоляет сесть на колени твоего отца». Тем не менее, увидев, как отец снова ласкает мальчика Серого, его жена рассердилась и очень возненавидела его.
Серый мальчик всегда брал брата на руки и был к нему добр, поэтому брат его любил. Через три-четыре года коза, вскормившая Серого мальчика, родила очень красивого детеныша. Серый Мальчик кормил его собственноручно, кусая за ухо и говоря: «Мой». Козочка приходила по два-три раза в день, кормила козленка и выходила в поле пастись. Коза играла с серым мальчиком. Серый мальчик научил козла говорить. Когда его унижала мачеха, он разговаривал со своей козой и распространял свое горе. Как ни оскорбляла мачеха Боща, она молчала. Мачеха не выдержала и стала искать выход. У него старая мать с перекошенным лицом. Он очень хорош в обмане. Мачеха посоветовала ему.
Старуха сказала:
— Когда ваш муж ходит по магазинам, каждый день, когда Серый мальчик просит хлеба, давайте ему подгоревший пирог, а вашему сыну дайте жирный хлеб. Анна, если ты это сделаешь, серый мальчик убежит от тебя или укусит своего отца.Тогда, если вы свалите вину на Серого мальчика и будете вести себя небрежно, ваш муж обидится. Потом ваш муж отправляет ребенка куда-то. Вы избавитесь от Серого Мальчика.
С того дня, как муж ушел по делам, мачеха выполняла приказы старухи. Серый мальчик грустил, потому что не знал, что делать с маминой работой, и когда он вышел в сад, к нему с блеянием пришла коза.
Коза увидела Серого мальчика грустным и сказала:
— Да, Серый Мальчик, почему ты такой грустный? — он сказал. Серый мальчик сказал ему:
«Эй, а если ты спросишь, если тебе удастся что-то сделать, я скажу тебе, что делать», — сказал он.
В случае с козой:
«Брат, поговори со мной, может быть, я найду решение, иначе мы найдем другой путь», — сказал он.
Серый Мальчик удивился, что его коза так мудро говорит, и сказал ему, что мачеха до сих пор унижала его, особенно то, что после того, как отец ушел торговать, она стала давать ему каждый день по подгоревшей лепешке, когда он приходил домой из школе и плакала, говоря, что он ее унижает. Коза трахает его дилдо:
«Дай мне подгоревший пирог, я найду тебе хорошей еды», — сказал он.
Серый мальчик дал хлеба своей козе, коза ела хлеб и молилась. Когда серый мальчик посмотрел, перед ним стояла тарелка с супом. Серый мальчик съел суп и набил желудок.
Таким образом, он каждый день отдавал подгоревший хлеб козе, ел похлебку, приготовленную из ничего, играл и смеялся.
Однажды мачеха увидела это происшествие и рассказала матери.
Старуха задумалась на некоторое время:
— Это легко, ты делаешь себя больной в день, когда твой муж придет, а когда он спросит, скажи: «В меня вселился бес». Скажи гадалке: «Ты хорошо поступишь, поклонившись серому ребенку, зарезав его козла». «Ваш муж не откажется от вашего слова, но он убьет козу, чтобы вам это сошло с рук», — сказала она.
В день приезда мужа жена плакала, как велела ей мать, и с силой говорила мужу, и муж тут же позвал мясника и велел зарезать козу. Он превратил свою плоть в бога и зарылся головой в стог сена. Когда серый мальчик приходит домой из школы, у него нет козы. Когда он спросил своего брата, он сказал:
«Мой отец приехал, моя мать была больна, мы зарезали твою козу и закопали ее голову на сеновале», — сказал он.
Серый мальчик посмотрел на историю так, как сказал его брат. Серый мальчик сказал своему брату:
— Теперь эта страна для нас запрещена. «Скажи моим матери и отцу, что теперь они полностью избавились от меня, меня больше нет», — сказал он. Потому что коза сказала Бозу накануне: «Завтра придет твой отец, и твоя мать зарежет меня и сделает из меня бога». Не оставайся здесь после того, как меня убьют. «Твоя мать причинит тебе вред, иди на другую сторону», — сказал он.
Пока седой мальчик гулял, на улице его встретили два лучших друга:
«Хороший способ?» он сказал.
Серый мальчик рассказал им всю историю и сказал: «Я больше не останусь здесь, я ухожу». Двое его друзей сказали: «Стой, а то мы пойдем с тобой, мы тоже среди тех, кого угнетает такая мачеха, как ты, ты пошел на горе, мы тоже туда пойдем». Отец седого ребенка — его младший сын,Когда она вошла, плача, что брата нет, она выбежала и позвала, но дети ушли, не глядя. Отец сказал Серому мальчику, возьми что-нибудь другое:

Серый мальчик, Серый мальчик,
Тюльпан, выросший в кустах.
От овец в Котоне —
Прогони Серого мальчика.
Серый мальчик, Серый мальчик,
Тюльпан, выросший в кустах.
Коней в жару —
Уходи, Серый мальчик.
Серый мальчик, Серый мальчик,
Тюльпан, выросший в кустах.
Из тонов в детской —
Уходи, Серый мальчик.
Серый мальчик, Серый мальчик,
Тюльпан, выросший в кустах.
Из денег в казне —
Возьми, Серый Мальчик.

Серый мальчик был очень огорчен:

Твоя овца в загоне,
Пусть зарежут к десяти часам.
Твои кони в жару,
Пусть ваша кампания будет убита.
Твоя одежда в детской,
Закройте свой сайт.
Твои деньги в казне,
Распространяйте его со своего сайта.

он ушел, несмотря на слова отца. Трое товарищей шли как трое братьев. Они ходят, если и ходят, то много ходят.

Гуляя по пескам, блуждая по пустыне,
Перейди реку, поднимись на гору,
Три брата шли,
Ревёт и играет.

Они подошли к роще деревьев. Пока они ели и отдыхали, они увидели сокола на ветке дерева. Они поймали его и увезли. По дороге среди гор шла борзая, и ее тоже поймали.
По дороге птица смотрела в одну сторону, а когда посмотрели, там была группа куропаток, и птица искала этих куропаток. Сослали собаку, нагнали тараканов и убили птицу. Птица взяла одну из куропаток и кружила над ней. Собака тоже следует за птицей. Они также преследовали птицу и собаку «макс-макс». Птица куда-то приземлилась. Если они идут к тому месту, где упала птица, говорят, что там есть здание, похожее на дворец ханов на берегу большой реки. И птица приземлилась на крышу этого здания. Когда позвали птицу, он не посмотрел. Они сели под деревом, поели, легли и уснули. Пока один из них сидел там, из дворца вышла девушка с золотым одеянием в руке, она посмотрела на тех, кто лежал, набирая воды из реки, и влюбилась в красоту седого мальчика и уронила золотую мантию в руке в реку.
Девушка подошла и спросила проснувшегося мальчика:
— Кто ты, приходишь ли ты в строй, ходишь ли ты в горе, кто эта лживая беда? он спросил.
Молодой человек рассказал ему все, через что он прошел, что он сделал, и сказал ему, что его друг Серый Мальчик, и:
«Кто ты, чье это место?» он спросил. Девочка:
— Этот дворец — особый дворец Ойпарча бека, дочери хана этой страны Айтугдихан, а я ее служанка. Хан отдаст свою дочь сегодня рано, я пошел к воде, чтобы помыть голову Ойпарча-бека. Увидев тебя, я потерял сознание и бросил свою одежду в воду. Что я отвечу Ойпарча Бегу?! воскликнул он.
Юноша сжалился над девушкой, снял с себя одежду и нырнул в воду, но золотой одежды не нашел. Девушка вошла во дворец в слезах.
Ойпарча Бегим оставила свою служанку,Он спросил, почему он опоздал, и вежливо потребовал воды. Горничная рассказала ей о том, что видела, и похвалила красоту седого мальчика перед дочерью.Ойпарча заволновалась и с любопытством отворила дверь, которая была устроена лицом к реке: по ее словам, там лежали трое юношей. Одна из них красивее другой, а лежащий посредине серый мальчик, как сказала служанка, красивее их всех. Огонь любви коснулся его сердца, и он сказал «вау». Служанка посыпала розами и принесла ей Ойпарчу. Ханская дочь попросила служанку принести два яблока. Горничная принесла два красных яблока. Полумесяц бросил яблоко в Серого Мальчика и разбудил его.
Когда серый мальчик просыпается, он видит красный цветок, распустившийся на верхней двери, улыбающийся и кокетливо корчащий лицо. Он протирал глаза, соображая, что это за девушка или сон ли это, девушка бросила в Серого мальчика красное яблоко, закрыла дверь и снова открыла ее. Седой мальчик влюбился с первого взгляда, взял с бока платок, взмахнул им и прижал к сердцу, то есть ханский жест дочери: «Я люблю тебя, подойди ко мне поближе»,» Я тоже тебя люблю», — объявил он жестом пламени своего сердца, встал, пошел во дворец и спросил, кто он такой.
Когда они оба спросили друг друга, кто они такие, дочь хана сказала:
«Мой отец хочет отдать меня принцу, который меня не любит. Если хочешь, мы можем сбежать в другие места», — сказал он. Серый мальчик:
«У меня есть два друга, что мы будем с ними делать?» он сказал.
Девочка:
«Они уйдут за нами, приходи сюда вечером, когда все спят, я буду ждать тебя с двумя лошадьми, мы убежим вместе», — сказал он.
Седой мальчик вернулся к своим друзьям, рассказал им историю, простился с друзьями вечером и ушел во дворец, когда все легли спать Девушка была готова с лошадьми и ждала. Оба они сели на лошадей, простились с дворцом и страной, простились с родителями и отправились в путь.

Обе стороны ушли,
пыль пустыни,
гоняться и играть
Конные прыжки в горах.
Обе стороны ушли,
Когда Эль ложится спать.
Они обнимались, целовались,
Когда луна убывает.

Пока они путешествуют, они путешествуют много, и пять ночей и пять дней едят в высокой крепости. Если бы они отважились спуститься и посмотреть, дома были украшены, стены были, а человека не было. Он огляделся и увидел, что потерянная птица и собака были там. Удивленные, они покормили птицу и собаку и погладили собаку по голове. Оба смотрели туда и сюда и принимали все за свое.
Когда было сказано, что сегодня будет десять дней, два оставшихся товарища прибыли и нашли серого мальчика в этой крепости, и все они поочередно каждый день охотились и проводили свою жизнь в этой крепости.
Теперь послушай слова хана. Хан отдал свою дочь за сына туркменского хана.На следующий день после их бегства сын туркменского хана с большой пышностью и пышностью взял девушку в жены. Он слышал, что ханская дочь сбежала с неизвестным или сбежала одна. Хан послал людей на поиски повсюду. Жених удивился и лег спать.
Искатели бродили несколько дней, и наконец их путь пришел к форту, где стоял Серый Мальчик. Видят: из крепости, где был заточен хан, идет дым. Они были удивлены, увидев, кто пришел сюда и сделал место, не боясь хана, и нашли одну из лошадей, которая была потеряна из конюшни ханнипга в день побега девушки. Они впустили старуху, которая пришла с ними. Старуха медленно вернулась и сказала: «Это ханская дочь». Когда ворвались дикари, схватили серого мальчика, привязали его к тутовому дереву, сбили с ног ханскую дочь и попытались посадить его на лошадь, серый мальчик заплакал и сказал юношам:

Герои с гор,
Молодцы ребята,
Не бери половину
Те, кто нас не угнетал!
я положил на него руку
Орлам,
Привязанный к тутовому дереву,
Не оставляй меня!
Если вы не соберетесь вместе,
Или убить, или еще
Быть молодым человеком верхом на лошади
Не будьте беспечны!

Один из парней рассердился:
«Хан украл твою дочь, и ты больше не будешь молчать», — сказал он, ударив его мечом, взял девушку и ушел.
Когда двое друзей вечером возвращаются с охоты, они убивают серого мальчика и крадут луну. Плача по седому мальчику, он снял его мертвое тело с тутового дерева, сел и посовещался, сказав, что мы не оставим труп нашего товарища в незнакомых местах. Юра заблудился и пришел в город Айтугдихан. Теперь, чтобы хан не узнал, Боз похоронил тело серого мальчика, посадил на него тыкву, благоустроил окрестности, сшил чайлу, и оба они оделись в дервишские одежды, а потом сели молиться над головы своих товарищей.
После того, как хан привел свою дочь во дворец, девушка сказала отцу:
«Я больше не женюсь», — сказал он.
Хан неохотно отослал жениха с множеством уловок. Луна не уходила из своего дворца в другие земли, но день и ночь плакала в любви к седому мальчику. Это всегда было его работой, когда дервиш приезжал из страны или гвардии мира, он начинал с ними разговаривать и спрашивал мальчика Боза о его личности. Поскольку он не видел смерти мальчика Грея, он подозревал, что тот еще жив. Когда приходили дервиши, они пели и рассказывали об увиденном. Однажды одна из его служанок проходила мимо Боз Бола, услышала скорбное пение его друзей-дервишей и рассказала об этом Ойпарче. Ойпарча немедленно послал кого-нибудь за этими двумя дервишами и попросил их выступить и спеть. Дервиши сразу узнали Ойпарчу, вспомнили своего товарища Боза Болу и со слезами на сердце запели:

Верблюд идет через гору,
Стадо последовало,
никогда не существовало в мире
Мальчик серый, как седой ребенок.
Овцы блеют
Ягненок последовал за ним,никогда не существовало в мире
Мальчик серый, как седой ребенок.

Ойпарча обрадовалась, найдя то, что искала, дала дервишам лопату золота и попросила рассказать еще раз. Дервиши плакали еще больнее прежнего и пели:

Тело серого ребенка,
Шелковица висела на дереве.
В руках известного молодого человека,
Он был обезглавлен, как овца.
Серый мальчик, серый парень,
Сара — молодой человек, муж — молодой человек.
никогда не существовало в мире
Парень серый, как седой ребенок?!

Услышав это, Бегум Ойпарча упала без сознания, через некоторое время очнулась, сильно заплакала и спросила дервишей, где тело Серого мальчика. Дервиши представились и сказали, что мертвое тело находится там же, где и они. Бегум Ойпарча тотчас поехала с телегой, открыла могилу, бросилась на мертвое тело серого ребенка и умерла со вздохом. Айтугдихан услышал это и пришел увидеть свою дочь мертвой. Раскаявшись в содеянном, он плакал, плакал и злился на тех, кто убил серого мальчика. Тогда Боз Бола и Ойпарча Бегим построили над ними мавзолей и жили с оплакиванием дочери.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: