Bir bor ekan, bir yo’q ekan, o’tgan zamonda bir kambag’al dehqon bor ekan. Uning atigi bir tanobgina eri bor ekan. Dehqon shu erda kechayu kunduz tinmay mehnat qilib kun ko’rar ekan. Bahor kelib qolibdi. Dehqon er hayday boshlabdi.
Erni ikki marta haydab bo’lib, yaqinidagi katta soyning bo’yida salqinlab o’tirsa, osmonda uchib ketayotgan bir laylak yiqilib tushibdi. Dehqon qarasa, laylakning qanoti siniq emish. Dehqon haligi laylakni darrov uyga olib borib, siniq qanotiga taxtakach bog’lab bir qancha vaqt uni boqibdi. Laylak sog’ayib, uchib ketibdi.
Bir kun dehqon chigit ekib yursa, laylak pastlab uchib o’tibdi. Dehqon esa chigitni ekaveribdi. Biroq laylak yana pastlab o’tibdi. Shu o’tishda uch dona tarvuz urug’i tashlab ketibdi.
Bir necha kundan keyin chigit bilai baravar tarvuz urug’i ham unib chiqibdi. Ekinni vaqtida o’tabdi, sug’oribdi, chopibdi. Shunday qilib, hosilni yig’adigan payt ham kelibdi. Bir kuni tarvuzdan uchtasini uzib, uyiga olib ketibdi. Tarvuzlar juda katta ekan. Dehqon o’zining yaqin karindoshlarini va oshna-og’aynilarini mehmon kilib chaqiribdi. Bir mahal tarvuzga pichoq ursa, pichoq sira botmas emish. Uni qo’yib ikkinchisini so’ymoqchi bo’libdi, pichoq o’tmabdi, uchinchisi ham shunday bo’libdi. Dehqon ham, mehmonlar ham hayron bo’lishibdi. Erga bir urib yorib qarasalar ichi to’la tilla emish. Qolgan ikkitasini ham yorib ko’rishibdi. Ularning ichi ham tilla emish. Kambag’al sevinib ketib, hammasini mehmonlarga ulashibdi, ular ham xursand bo’lib, uy-uylariga tarqabdilar. Uch tup tarvuzning har biri o’ntadan solgan ekan. Dehqon qolgan tarvuzlarni ham yig’ib olibdi. Shunday qilib kambag’al dehqon juda boyib ketibdi.
Uning bir boy dehqon qo’shnisi bor ekan. U haligi kambag’al dehqondan: «Sen nima qilib boyiding?» deb so’rabdi.
Dehqon voqeani aytibdi: «Qo’shni, mening erimni o’zingiz bilasiz. Erta bahordan erni haydashga kirishdim. Bir kun charchab, soy bo’yida salqinlab o’tirsam, osmonda uchib ketayotgan bir laylak yiqilib tushdi. Qarasam bir qanoti singan ekan. Rahmim kelib, ko’tarib uyga olib keldim. Qanotini taxtakach bilan bog’lab, dori-darmon bilan parvarish qildim, boqdim. Laylak bir necha kundan keyin tamom sog’ayib uchib ketdi. Kunlardan bir kun er haydab bo’lib, chigit ekib yursam, haligi laylak tepamdan uchib o’tdi. Ishimni qilaverdim. Bir ozdan keyin laylak orqasiga qaytdi. Qaytishda pastlab uchib erga uch dona tarvuz urug’i tashlab o’tdi. U urug’lar erdan unib chiqdi. Uni g’o’zalarim bilan baravar parvarish qila berdim. Tarvuzlarni so’ysam, ichidan tilla chiqdi. Shunday qilib boyib ketdim», — debdi.
Buni eshitgan boy dehqon: «Zora men ham shunday oltinlarni qo’lga kiritsam», deb soyga borib turibdi. Bir vaqt boy nariroqda bir laylakni ko’ribdi. U sekin borib, poylab turib laylakning oyog’iga tayoq otibdi. Laylakning oyog’i sinib, ucholmay qolibdi. Boy darrov uni tutib, uyga olib kelibdi, oyog’iga taxtakach bog’lab, parvarish qilibdi. Bir necha kundan keyin laylakning oyog’i tuzalib uchib ketibdi. Boy dehqon har kuni dalaga chiqib, laylakni kutaveribdi. Kunlarning birida uning tepasidan tanish laylak o’ta turib ikki dona urug’ tashlab ketibdi. Urug’i ko’karib chiqib tarvuz solibdi. Tarvuz pishishi bilan boy dehqon hamma qarindosh-urug’ini mehmonga chaqiribdi. Tarvuzga pichoq urgan zamon ichidan katta-katta qovoq arilar chiqib, o’tirganlarni talay boshlabdi. Boy tura solib ularni haydamoqchi bo’lganda, arilar uni boshi demay, yuzi demay chaqib tashlayveribdi. Oradan sal o’tgach, boyning kallasi, burni, lablari shishib ketibdi. Buning alamiga chidolmay, o’zini katta suvga tashlab cho’kib ketibdi.
Kambagal dehqon halollik bilan murodiga etibdi, boy dehqon o’z qilmishiga yarasha jazosini tortibdi.
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Жил-был бедный крестьянин. У нее только один муж. Фермер зарабатывает здесь себе на жизнь, работая днем и ночью. Наступила весна. Крестьянин начал пахать землю.
Дважды вспахав землю, он сидел на берегу большого ручья неподалёку, когда с неба упал аист. Когда фермер посмотрел, крыло аиста было сломано. Фермер немедленно отнес аиста домой, привязал кусок дерева к сломанному крылу и некоторое время нянчил его. Аист выздоровел и улетел.
Однажды, когда крестьянин сеял семена, мимо пролетел аист. А крестьянин сеет семена. Однако аист снова полетел вниз. Во время этого перехода были выброшены три кусочка арбузных семечек.
Через несколько дней вместе с косточкой проросла арбузная косточка. Он вовремя сажал посевы, поливал их, ухаживал за ними. Итак, пришло время сбора урожая. Однажды он сорвал три арбуза и принес их домой. Арбузы очень большие. Фермер пригласил в гости своих близких родственников и двоюродных братьев. Если один раз проткнуть арбуз, нож не утонет. Он попытался убить второго, но нож не прошел, и третьего тоже. И фермер, и гости были удивлены. Если вы упадете на землю и посмотрите на нее, она полна золота. Два других тоже были открыты. Они также полны золота. Бедняк обрадовался и поделился всем с гостями, которые тоже обрадовались и разошлись по домам. У каждого было по десять арбузов. Фермер также собрал оставшиеся арбузы. Так бедный фермер стал очень богатым.
У него есть богатый сосед-фермер. Он спросил бедного фермера: «Как ты разбогател?» он спросил.
Фермер рассказал историю: «Сосед, ты знаешь моего мужа. Я начал пахать землю ранней весной. Однажды, когда я устал и охлаждался у ручья, в небе упал аист. Я увидел, что одно крыло сломано. Я сжалился над ним и привел его домой. Я обвязал ему крыло доской, лечил лекарствами, кормил. Через несколько дней аист полностью выздоровел и улетел. Однажды, когда я пахал землю и сеял семена, на меня пролетел аист. Я делал свою работу. Через некоторое время аист обернулся. На обратном пути он слетел вниз и уронил на землю три арбузных семечка. Эти семена проросли из земли. Я позаботился об этом с помощью хлопка. Когда я разрезала арбузы, вышло золото. Вот так я разбогател», — сказал он.
Услышав это, богатый крестьянин пошел к ручью со словами: «Хотел бы я получить такое золото». Однажды богатый человек увидел вдали аиста. Он пошел медленно и, затаившись, метнул аисту палку в ногу. У аиста была сломана нога, и он не мог летать. Богач тут же поймал его, привел домой, перевязал ногу и позаботился о нем. Через несколько дней нога аиста зажила и улетела.Богатый крестьянин каждый день ходил в поле и ждал аиста. Однажды над ней пролетел знакомый аист и уронил два семечка. Семя стало синим и превратилось в арбуз. Как только арбуз созрел, богатый фермер пригласил всех своих родственников к себе в гости. Когда он проткнул арбуз, вылезли большие тыквенные пчелы и стали уничтожать сидящих там людей. Когда он попытался их прогнать, пчелы ужалили его не только в голову, но и в лицо. Через некоторое время у богача распухли голова, нос и губы. Не выдержав боли, он бросился в большую воду и утонул.
Бедный крестьянин честно достиг своей цели, а богатый получил наказание за свой поступок.
[/spoiler]