Abulmajd Sanoiy hikmatlari, eng sara hikmatlar to’plami

Abulmajd Sanoiy (1045-1141) — Movarounnahrning mashhur shoiri, «Hadiqat ul-haqoyiq», «Sayr ul-ibod ilal maod» asarlari bor.


Zoriqma xasislar suhbat-noniga,
Ishonma nokasning ahd-paymoniga.

Egrilik hosili qabohat erur,
To‘g‘rilik hosili saodat erur.

Beg‘araz o‘git misoli qanddir,
G’arazli o‘git oyoqqa banddir.

Do‘stim qolsin, desang mangu do‘st bo‘lib,
So‘zlagin sen ta’bu odatin bilib.

Bu juda yaxshi so‘z, sen ham os quloq,
Nodon do‘stdan ko‘ra dushman yaxshiroq.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz