Abu Bakr Siddiq hikmatlari, eng sara hikmatlar to’plami

Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Abu Bakr Siddiq (572-634) — Payg‘ambarimizning (s.a.v.) eng yaqin sahobalari va qaynotalari, to‘g‘ri yo‘ldagi to‘rt xalifaning birinchisi, ilk Islom bilan sharaflanganlardan.


To‘g‘ri harakat qilsam, menga ergashing. To‘g‘ri yo‘ldan chiqsam, meni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ying.

Qabrga tayyorgarliksiz kirgan kishi kemasiz dengizga tushgan odamga o‘xshaydi.

Dunyo — mo‘minlarning bozori, kecha va kunduz — sarmoyalari, go‘zal amallar — tijorat mollari, jannat — foydalari, jahannam esa zararlaridir.

Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o‘tkazmoqdasiz. Agar qo‘lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o‘tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo‘ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga soling, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo‘lmang. Tezroq bo‘ling, g‘aflatda qolmang… Yashayotgan kishilarga emas, o‘lganidan so‘ng ular ortda qoldirayotgan go‘zal narsalarga havas qiling!

Dunyo ila oxirat ikki oilasi bor kishiga o‘xshar. Inson birini rozi qilarkan, ikkinchisini ranjitadi.

Mol ziqnalarning, qurol qo‘rqoqlarning, rahbarlik zaiflarning qo‘liga tushsa, ishlar buziladi.

Bir joyda axloqsizlik yoyilsa, Alloh (yaxshi-yomonni ayirmay) barchaga birday balo yuboradi.

Hech bir musulmon o‘zidan boshqa musulmonni haqir va kichik deb bilmasin, chunki kichik ko‘ringan musulmon Allohning nazarida kattadir.

Manba: islom.ziyouz.com


Абу Бакр Сиддик (572-634) — ближайший сподвижник и тесть Пророка (с.а.с.), первый из четырех халифов на правильном пути, среди тех, кто удостоился первого Ислама.

Следуй за мной, когда я поступаю правильно. Если я собьюсь с пути, веди меня.

Человек, который входит в могилу неподготовленным, подобен человеку, который выходит в море без корабля.

Мир — рынок верующих, день и ночь — их инвестиции, добрые дела — товар, рай — польза, ад — вред.

О люди! Вы проводите свои дни и ночи в жизни, и вы не знаете, когда она закончится. Если можешь, проведи эту жизнь в праведных делах. Сделать это можно только с помощью Всевышнего Аллаха. Перед смертью отнимет возможность работать, пользуйтесь своими возможностями и спешите делать добрые дела. Ведь есть люди, которые забывают свою жизнь и оставляют свои дела другим. Не будь как они. Спешите, не будьте беспечны… Завидуйте не живым людям, а тем прекрасным вещам, которые они оставляют после себя после смерти!

Мир и загробная жизнь подобны человеку, у которого две семьи. Когда человек радует одного, он делает больно другому.

Если богатство попадет в руки скряг, оружие — в руки трусов, а лидерство — в руки слабых, все будет разрушено.

Если безнравственность распространится в одном месте, Аллах (не различая добра и зла) пошлет всем одно и то же бедствие.

Ни один мусульманин не должен считать мусульманина, кроме себя самого, незначительным и маленьким, потому что мусульманин, который кажется маленьким, велик в глазах Бога.

Источник: islam.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: