Er-xotin munosabatlarida yoshning ahamiyati

Er-xotin munosabatlarida yoshning ahamiyati

Tibbiyotda inson yoshi ikkiga ajratiladi. Biri organizmning biologik yoshi, ikkinchisi esa psixologik yosh. Aytaylik, yoshingiz 40da, ammo o‘zingizni 30 yoshlardek his etasiz. Demakki, ko‘rinishingiz ham shunga mos. Aslida, yosh nisbiy tushuncha. Biroq oilaviy munosabatlarda u muammoga sabab bo‘lsa, albatta yechimini topish zarur. Surishtiruvimizga ko‘ra, aniqlangan holatlarni tahlil qila turib, ayollarga maslahat berishni lozim topdik. Negaligini esa sahifa so‘ngida bilib olasiz.

Tengdosh er-xotin. Munosabatlar bardavomligi uchun nima qilish kerak?

Yoshlikdan bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan sinfdosh yoxud kollej, institutda tanishib, sevishib qolgan juftliksiz. Turmush qurguningizga qadar bir necha yil uchrashib yurib, bir-biringiz haqida to‘liq ma’lumot olgansiz go‘yo. Ammo bir oila bo‘lib yashay boshlagach, tasavvurlaringiz boyiydi. To‘g‘ri, nozik munosabatlarda jiddiy muammongiz yo‘q. Chunki qarashlaringiz o‘xshash. Bu borada yagona to‘siq – bir-biringizni tushunmasligingiz. U “er” maqomini istaydi, siz bo‘lsa, “Qo‘limdan kelganicha harakat qilayapman” “rejimi”ni ma’qul ko‘rasiz. Xo‘sh, “san-man”ingiz yotoqqacha kirib bormasligi uchun nima qilish lozim?

  • U bir vaqtlar ortingizdan ergashib, tuni bilan derazangiz tagida o‘tirib chiqqan oshig‘ingiz bo‘lsa ham, endilikda “lavozi”mi oshgan. Juftingiz u! Shunga yarasha muomalani istaydi. Endi sizni navbatingiz – xushomad qilishu mulozamatni o‘rniga qo‘yishga.
  • “Avval boshqacha edingiz” kabi vajlarni bas qiling! Yosh qizcha emas, ayolsiz endi!
  • Yoshingiz tengligi sabab ayrim mavzularda bir hil fikrlaysiz, ba’zilarida esa aksincha. Agar bu yaqinlik masalasidagi munozara bo‘lsa, juftingizga imkon bering, fikrini tinglang.
  • O‘xshash fikrlashingiz munosabatlarda bir xillikni yuzaga keltirmasin. Rang-baranglik kiritishga harakat qiling. Yo‘qsa, ehtiroslar alangasi so‘nib, “shartli er-xotin refleksi” paydo bo‘lishi mumkin.

1-2-3 yosh farq bo‘lsa…

Psixologlar fikricha, er-xotin o‘rtasidagi bunday yosh tafovuti eng ko‘p uchraydigan holatlardan biri sanaladi. Ammo aynan mana shu oilalarda ehtiros va tushunmovchiliklar tengma-teng yurishi aytiladi. Sabab? Yosh tafovuti bir yilni tashkil qilgan juftliklar ko‘pincha bir-birini tinglashmaydi. Er-xotin orasidagi yosh farqi ikki yil bo‘lganlarda esa bir-biriga yon bosish taqchil. Uch yosh – bunda ko‘pincha er-xotin munosabati ayol xarakteri va bilimdonligiga bog‘liq. Xo‘sh, “shaxsiy” hayotda-chi?

  • Ayol juftidan uyalishi, uning istaklariga qarshi borish mumkin. Erkak esa buning aksini istaydi.
  • Ayol yaqinlik borasida fikrlarini ochiq aytolmaydi. Erkak esa bunga imkon yaratish kerakligini tushunmaydi.
  • Ayol ro‘zg‘or ishlari, bolalar bilan o‘ralashib, “nozik” munosabatlarni ikkinchi o‘ringa surib qo‘yadi. Erkak, unga bu holat tabiiyki yoqmaydi.

Keltirilgan holatlar tahmin bo‘lishi ham mumkin. Ammo farazlarning ro‘yobga chiqishi yoki aksincha xayollarda qolib ketishi o‘zingizga bog‘liq.

8-10 yosh farq bo‘lsa…

Turmush o‘rtog‘ingiz uylangunicha karyera qilgan, “oyoqqa turib” so‘ng oila qurgan yigitlardan. Hayot maktabida savodi chiqqanki, kezi kelganida nasihatlaridan “qoningiz” qaynaydi. O‘zingizni xuddi yosh boladek sezasiz. Alam qilgani yolg‘iz qolganingizda ham bu xis sizni tark etmaydi. Shuni deb, harakatlaringizni nazorat qilasiz, biror ishni noto‘g‘ri bajarishdan cho‘chiysiz. Xo‘sh, nega shunday? O‘ylab ko‘rganmisiz?

  • Orangizdagi yosh tafovuti haqidagi o‘ylar miyangizga zulukdek yopishib olgan. Har o‘ylaganingizda asab torlaringizni siqaveradi. Aslida esa yoshdagi farqqa e’tibor bermaslik kerak. Axir baxt, yoshingizga qarab berilmaydi-ku.
  • Yoringiz oldida uquvsiz ko‘rinishdan qo‘rqasiz. Imkon bering, o‘rgatsin, yo‘lga solsin. Erkaklar buni yoqtirishadi.
  • U bilan ko‘proq suhbatlashing. Ammo turmushdagi muammolar yotoqxonaga kirmasin. Shaxsiy hududda faqat siz va u, demak mavzu ikkingiz haqingizda.
  • Turlanishni o‘rganing! Zeb bering, ko‘rkam bo‘ling, sizni ko‘rib juftingizning ko‘zi quvnasin!

Ayol eridan 3-4 yosh katta bo‘lsachi?

Yuqoridagi vaziyatlarga qaraganda nisbatan kamroq uchrasa-da, bunday oilalarda ham muammolar yo‘q emas. Norozilik ikki tarafdan ham chiqishi mumkin. Erkak o‘ziga nisbatan hurmatsizlikdan nolisa, ayol istaklari amalga oshmayotganidan shikoyat qiladi. Aslida esa o‘zaro uyg‘unlikka erishish kerak, xolos.

  • Umr yo‘ldoshingizning yoshi sizdan kichikligi bois uni rashk qilasiz, ba’zan “Men u istayotgan ayol bo‘lolayapmanmi?” kabi o‘y ham ta’qib qiladi. O‘zingizga ishonchingiz baland bo‘lsa, har qanday tannozni ortda qoldirasiz.
  • Gohida eringiz o‘zini noqulay sezayotgandek tuyuladi. Bundan chiqdi munosabatlaringizga o‘zgartirish kiritish lozim. Yetakchilikni unga topshiring. Ayollik makrini ishga solarsiz-a?!
  • Ayollar organizmiga xos almashinuv jarayonlari hamma qatori sizda ham sodir bo‘ladi. Ammo buning uchun avvaldan “nog‘ora chalish” shart emas. Asabni qanchalik ehtiyot qilsangiz, o‘zgarishlar shunchalik bilinmay kechadi.
  • Bilimdon va ustamon ayol bo‘ling. Toki turmush o‘rtog‘ingiz o‘zini beklardek sezsin. Shunda o‘rtangizdagi yosh farqi ham bilinmaydi.
  • Eng muhimi, yoshingiz haqida o‘ylashni bas qilsangiz, turmushingiz ham, munosabatlaringiz ham osoyishta bo‘ladi.

“Nega bizga ko‘zgu tutasiz, erkaklar-chi?” deya ranjimang. Juftingiz bosh bo‘lsa, siz bo‘yinsiz. Munosabatlarni yo‘lga solishda bosh rol sizniki! Muhimi, ijroni bo‘rttirib yubormang. Har qanday vaziyatda va har qachon juftingizni to‘rga chiqaring. Shunda yutqazmaysiz!

Mutaxassis: Dilmurod ERGASHЕV, androlog-seksopatolog.

Jurnalist: Marjona

Manba


В медицине возраст человека делится на два. Один — это биологический возраст организма, а другой — психологический возраст. Допустим, вам 40, но вы чувствуете себя на 30. Таким образом, ваш внешний вид должен быть таким же. На самом деле возраст понятие относительное. Однако если это вызывает проблемы в семейных отношениях, необходимо найти решение. По нашему запросу, проанализировав выявленные случаи, мы сочли необходимым дать совет женщинам. Вы узнаете почему в конце страницы.

Однополая пара. Что нужно сделать для долговечности отношений?

Вы одноклассник, полюбивший друг друга с детства или пара, познакомившаяся и полюбившая друг друга в колледже или институте. Похоже, вы встречались несколько лет, прежде чем пожениться, и получили полную информацию друг о друге. Но когда вы начнете жить семьей, ваше воображение обогатится. Правильно, у вас нет серьезных проблем с деликатными отношениями. Потому что ваши взгляды совпадают. Единственным препятствием в этом отношении является то, что вы не понимаете друг друга. Он хочет статус «муж», а вы предпочитаете «режим» «я стараюсь изо всех сил». Итак, что нужно сделать, чтобы ваш «сан-мужчина» не залез в постель?

Даже если когда-то он был вашим любовником, который следил за вами и сидел ночью под вашим окном, то теперь он увеличил свое «положение». Это ваш матч! Он хочет, чтобы к нему относились соответственно. Теперь ваша очередь заменить лесть и вежливость.
Хватит говорить: «Раньше ты был другим»! Не юная девушка, теперь женщина!
В силу того, что вы ровесники, у вас на одни темы одинаковое мнение, а на другие противоположное. Если это интимная беседа, дайте партнеру возможность выслушать.
Не позволяйте схожему мышлению создавать единообразие в ваших отношениях. Попробуйте добавить цвета. В противном случае пламя страсти может угаснуть и появиться «условный парный рефлекс».
Если разница в 1-2-3 года…

По мнению психологов, такая разница в возрасте у пары — один из самых распространенных случаев. Но говорят, что страсть и непонимание идут рука об руку в этих семьях. Причина? Пары с годовой разницей в возрасте часто не слушают друг друга. Пара с разницей в два года испытывает недостаток взаимной поддержки. Три года – в этом случае отношения пары часто зависят от характера и знаний женщины. Так что там в “личной” жизни?

Женщина может стыдиться своего партнера, идти против его воли. Мужчина хочет обратного.
Женщина не может открыто выражать свои мысли об интимной близости. И человек не понимает, что надо сделать это возможным.
Женщина занимается домашними делами, детьми, а «нежные» отношения ставит на второе место. Человеку, естественно, не нравится эта ситуация.

Упомянутые случаи можно догадаться. Но от вас зависит, сбудутся предположения или останутся в воображении.

Если разница в 8-10 лет…

У вашего супруга была карьера до брака,от ребят, которые создали семью после того, как «встали на ноги». Он получил образование в школе жизни, так что, когда придет время, у него «кровь» закипит от его советов. Вы чувствуете себя маленьким ребенком. Это чувство не покидает вас даже тогда, когда вы одиноки в боли. Говоря это, вы контролируете свои действия, боитесь сделать что-то не так. Так почему же? Вы думали об этом?

Мысли о разнице в возрасте засели у вас в мозгу, как пиявки. Каждый раз, когда вы думаете об этом, это действует вам на нервы. На самом деле не стоит обращать внимание на разницу в возрасте. Ведь счастье не зависит от твоего возраста.
Вы боитесь выглядеть глупо перед партнером. Пусть учит и направляет. Мужчинам это нравится.
Говорите с ним больше. Но не позволяйте проблемам в браке войти в спальню. В приватной зоне только ты и он, так что тема о вас двоих.
Научись танцевать! Украшайся, будь красивой, пусть глаза твоего партнера будут счастливы видеть тебя!
А если женщина старше мужа на 3-4 года?

Хотя это относительно редко по сравнению с вышеперечисленными ситуациями, такие семьи не без проблем. Недовольство может исходить с обеих сторон. Мужчина жалуется на неуважение к себе, женщина жалуется на то, что ее желания не исполняются. На самом деле необходимо добиться взаимной гармонии.

Поскольку ваш партнер моложе вас, вы ревнуете его, иногда «Я становлюсь той женщиной, которую он хочет?» следует та же мысль. Когда у вас высокая уверенность в себе, вы преодолеете любое искушение.
Иногда ваш муж кажется неудобным. Получается, что вам нужно изменить свои отношения. Отдайте ему лидерство. Будете ли вы использовать трюк женственности?!
Метаболические процессы, свойственные женскому организму, протекают у вас так же, как и у всех. Но для этого не обязательно заранее «бить в барабаны». Чем осторожнее вы будете, тем незаметнее будут изменения.
Будь умной и опытной женщиной. Чтобы ваш супруг чувствовал себя защищенным. Тогда разница в возрасте между вами будет неизвестна.
Самое главное, если вы перестанете думать о своем возрасте, ваш брак и отношения станут более мирными.

«Зачем вы держите перед нами зеркало, мужики?» не обижайся. Если ваша пара — решка, вы — шея. Главная роль в налаживании отношений принадлежит вам! Главное не переборщить. Приводите своего партнера к сети в любой ситуации и в любое время. Тогда вы не проиграете!

Специалист: Дилмурод ЭРГАШЕВ, андролог-сексопатолог.

Журналист: Марьона

[mask_link]Источник[/mask_link]

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz