Mehnat va ish qurollari haqida topishmoqlar

Mehnat va ish qurollari haqida topishmoqlar

Mehnat va ish qurollari haqida topishmoqlar. Barcha topishmoqlar javobi bilan. Eng sara topishmoqlar to’plami.

Savagich haqida topishmoqlar

1. To‘rda turgan to‘rt yigit,
To‘rtovi ham mard yigit.

Topishmoqning javobi

(Cho‘p savag‘ich)

2. Bizning uyda to‘rt kampir,
To‘rtovi ham mard kampir.

Topishmoqning javobi

(Savag‘ich)

3. Qorong‘i uyda ko‘p polvon olishadi.

Topishmoqning javobi

(Cho‘p savagich)

Urchuq haqida topishmoqlar

4. Oqqina kuchuk xov-xov etdi,
Qorni to‘yib ag‘nab ketdi.

Topishmoqning javobi

(Urchuq)

5. Guv-guv etadi,
Marg‘ilon ketadi.

Topishmoqning javobi

(Urchuq)

6. Charchamas kampir ko‘rdim, yolg‘iz oyoq,
Og‘ziga tashlab olgan cho‘pdan tayoq.
Yurgan sari belbog‘ini qavatlaydi,
Beribdi unga go‘zallikni ayamayoq,

Topishmoqning javobi

(Urchuq)

7. G‘uv-g‘uv etar,
Qorni to‘ysa yumalab ketar.

Topishmoqning javobi

(Urchuq)

Halloji haqida topishmoqlar

8. Bir yog‘iga qor yog‘adi,
Bir yog‘iga do‘l yog‘adi.

Topishmoqning javobi

(Halloji)

9. Ikki qo‘chqor urishar,
Qumalogi tushar.

Topishmoqning javobi

(Halloji)

Moki haqida topishmoqlar

10. U yoqqa o‘tadi qizgina,
Bu yoqqa o‘tadi qizgina,
Qulogiga halqa taqib,
Shildirab o‘tadi qizgina.

Topishmoqning javobi

(Moki)

11. G‘oz qaqillab o‘tar,
Qanoti sharqillab o‘tar.

Topishmoqning javobi

(Moki)

Ketmon haqida topishmoqlar

12. Urdim, gup etdi,
Er tagiga kirib ketdi.

Topishmoqning javobi

(Ketmon)

13. Sen urmasang, u urmas.

Topishmoqning javobi

(Ketmon)

14. Yugurib, chaqqon o‘tadi,
Tagidagin o‘ldirib ketadi.

Topishmoqning javobi

(Ketmon)

15. Uzi jonsiz,
Ishga polvon.

Topishmoqning javobi

(Ketmon)

arra haqida topishmoqlar

16. G‘it-g‘it deydi, ishlaydi,
Erga kukun tashlaydi.

Topishmoqning javobi

(Arra)

17. Qora tuya qaltiraydi,
Qobirg‘asi yaltiraydi.

Topishmoqning javobi

(Arra)

18. Og‘zi yo‘q,
Tishi ko‘p.

Topishmoqning javobi

(Arra)

Ombur haqida topishmoqlar

19. Tushgan yerini uzar.

Topishmoqning javobi

(Ombur)

20. Kelib og‘zini ochar,
Tishlab olib qochar.

Topishmoqning javobi

(Ombur)

Omoch haqida topishmoqlar

21. Yer tagida oy yurar.

Topishmoqning javobi

(Omoch)

22. Er ostida boy boradi.
Qulog‘ida loy boradi.

Topishmoqning javobi

(Omoch)

23. Er tagida quyruq boradi.

Topishmoqning javobi

(Omoch)

24. Ketaveradi, ketaveradi,
Tog‘day joyni buzib keladi.

Topishmoqning javobi

(Omoch)

Chig‘iriq haqida topishmoqlar

25. O‘zi yerning tagida,
Kuchi yerning ustida.
O‘ttiz ikki og‘ayni,
Bir-birining ustida.

Topishmoqning javobi

(Chig‘iriq)

26. Yigirma besh og‘ayni,
Bir-birining izida.

Topishmoqning javobi

(Chig‘iriq)

27. Egiladi, bukiladi,
Mevalari to‘kiladi.

Topishmoqning javobi

(Chig‘iriq)

28. Yozda yurar,
Qishda yotar.

Topishmoqning javobi

(Chig‘iriq)

29. Mening kuchugim hovullaydi,
Qorni to‘q bo‘lsa aylanadi.

Topishmoqning javobi

(Chig‘iriq)

Juvoz haqida topishmoqlar

30. Bir qushim bor ajoyib,
Don cho‘qiydi yeyolmaydi,
Qanot qoqadi, ucholmaydi.

Topishmoqning javobi

(Juvoz)

31. Qorong‘i tomning ichida
Polvon akam ikki oyoq bilan tepadi.

Topishmoqning javobi

(Juvoz)

Tegirmon haqida topishmoqlar

32. Qorong‘i saroyda buzoq shiqirlab og‘zidan ko‘pik sochadi.

Topishmoqning javobi

(Tegirmon)

33. Er ostida g‘olton guldiraydi.

Topishmoqning javobi

(Tegirmon)

34. Qat-qat mening cho‘ntagim,
Qatlama mening cho‘ntagim,
Etti yerdan to‘y qelsa,
To‘ymas mening cho‘ntagim.

Topishmoqning javobi

(Tegirmon)

35. Ko‘p yeydi, tez yeydi,
Mayda chaynaydi.
O‘zi yuta olmaydi,
O‘zgalarni to‘ydiradi.

Topishmoqning javobi

(Tegirmon)

36. U nimadir, quv yog‘ochdan og‘zi bor,
U nimadir, o‘rtasida mag‘zi bor,
U nimadir, yelkasida og‘zi bor,
U nimadir, suv ostida qimirlar.

Topishmoqning javobi

(Tegirmon)

37. Tomda turib karnay chaldim,
Tovushi Qo‘qonga ketdi.

Topishmoqning javobi

(Tegirmon duti)

38. Bir jumbog‘im bor boshdan,
Joni temir, toshdan.
Zuhra xola, yuguravering,
Usta tosh o‘ldi ochdan.

Topishmoqning javobi

(Tegirmon)

turli mehnat qurollari haqida topishmoqlar

39. Sariboy akam saqtali,
Ikki oti no‘xtali.

Topishmoqning javobi

(Charx)

40. Biznikida bitta kishi,
Og‘zida qirqta tishi.

Topishmoqning javobi

(Jun tarog‘i)

41. Metalim matti,
Qulog‘i qatti.
Qulog‘iga qattiq tepdim,
Yalpayib yotdi.

Topishmoqning javobi

(Bel)

42. Tushgan yerini kesar.

Topishmoqning javobi

(Tesha)

43. Boradir, boradir,
Oyog‘ini ko‘tarib yotadir.

Topishmoqning javobi

(Zambil)

44. Oqqina tovuq somon sochar.

Topishmoqning javobi

(Panshaxa)

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz