Yo’l haqida topishmoqlar

Yo’l haqida topishmoqlar

Yo’l haqida sara topishmoqlar. Barcha topishmoqlar javobi bilan. Eng sara topishmoqlar

1. Bir arqonim bor,
Uchi-quyrug‘i yo‘q.

Topishmoqning javobi

(Yo‘l)

2. Uzun opam uyga sig‘mas.

Topishmoqning javobi

(Yo‘l)

3. Tog‘dan baland,
Patakdan past.

Topishmoqning javobi

(Yo‘l)

4. Uzun-uzun ulama.
Uchiga yetgan bormikan,
Yo‘lda yotgan sopolni
Olib otgan bormikan.

Topishmoqning javobi

(Yo‘l, ot tuyog‘ining izi)

5. Otgan tayog‘im otgancha ketar.

Topishmoqning javobi

(Yo‘l)

6. Uzun-uzun ulama,
Uchiga yetib bo‘lama?
Erda yotgan ilonni
Ilib otib bo‘lama?

Topishmoqning javobi

(Yo‘l, arava izi)

7. Uzun ichak,
Uchi tugunchak.

Topishmoqning javobi

(Yo‘l, bozor)

8. Uzun ichak,
Beli tugunchak.

Topishmoqning javobi

(Yo‘l, ko‘prik)

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz