Ko’prik haqida topishmoqlar

Ko’prik haqida topishmoqlar

Ko’prik haqidagi sara topishmoqlar javobi bilan.

1. Uzun ichak,
Beli tugunchak.

Topishmoqning javobi

(Yo‘l, ko‘prik)

2. Tap-tap etar,
Ustidan karvon o‘tar.

Topishmoqning javobi

(Ko‘prik)

3. Hil-hil tuyam,
Bag‘ri ho‘l tuyam.

Topishmoqning javobi

(Ko‘prik)

4. Ko‘k ustida ustunli uy,
Uy ustida hayot.

Topishmoqning javobi

(Ko‘prik)

5. Otasi ko‘taram,
Onasi yo‘rg‘a.
O‘g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.

Topishmoqning javobi

(Ko‘prik, suv, baqa, baliq)

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz