Ekstremal turizm uchun eng munosib joylar haqida

Ekstremal turizm uchun eng munosib joylar haqida

Odatda, ko’pchilik sportning ekstremal turlari bilan shug’ullanishga hayiqishadi. Turistik tashkilotlarning ma’lum qilishlaricha, ekstremal turizm rivojlangan mamlakatlarga tashrif buyuradigan sayyohlarning aksariyat qismi erkaklar ekan. Bugungi maqolamizda sizni ekstremal turizm uchun eng munosib maskanlar bilan tanishtiramiz!

Skaydayving – Bled (Sloveniya)

Bled- Slobeniyaning chekka hududida joylashgan va oilaviy hordiq olish uchun ayni muddao bo’lgan tog’ kurortidir. Ekstrim ishqibozlari bu yerda ham zerikib qolmasliklari aniq. Moviy rangli ko’l va uning atrofidagi qalin o’rmonlarni qush parvozi balandligidan turib tomosha qilishga nima deysiz? Buning uchun parashyutdan sakrab ko’rish kerak bo’ladi, xolos. Ushbu tajriba butun umrga yodingizda qolishi aniq.

 

Ekstremal turizm uchun eng munosib joylar haqida
Paraplanerizm – Pontevedra (Ispaniya)

Yerdan bir necha metr balandlikda parvoz qilish va jazirama Ispaniyaning yashil rangga burkangan hududlarini hotirjam tomosha qilish – shunchaki orzu emas. Buni har bir inson o’zida sinab ko’rishi mumkin. Paraplanda uchish- parashyutda sakrashga jurati yetmagan, ammo hudud go’zalliklarini yuqoridan tomosha qilishni istagan insonlarga juda ma’qul keladi.

Ispaniyaning shimoli- g’arbiy qismida joylashgan Pontevedra provinsiyasi mazkur sport turi bilan shug’ullanish mumkin bo’lgan eng ajoyib joylardan biri. Hududning ob-havo sharoitlari yaxshi mutahassislar ham katta tajribaga ega. Murabbiy bilan birga mashq qilish orqali mustaqil ravishda parvoz qilishga tayyor bo’lasiz.

 

Ekstremal turizm uchun eng munosib joylar haqida
Bandji-jamping – Makao (Xitoy)

Yuqoridan pastga erkin parvoz qilish — asabi bo’shlar uchun mo’ljallangan mashg’ulot emas. Ammo u sizga butun umrga tatiydigan taassurotlarni hadya qila oladi. Bvandji-jamping – alpinistlar ashyolari bilan baland maydondan pastga sakrash hisoblanadi. Birinchi o’n yoki yuz metrda shunchaki parvo qilib borasiz, keyin esa zanjir bilan joyingizda qolasiz. Buning uchun eng ajoyib maskanlardan biri balandligi 300 metr keladigan Makao minoirasi hisoblanadi. Moviy dengiz va shahar manzaralari 7 soniya davomida ko’zlaringiz qarshisida butunlay boshqa bir olamni aks ettirib beradi.

 

Ekstremal turizm uchun eng munosib joylar haqida
Qoyaga chiqish- Gorj-dyu-Verdon darasi (Fransiya)

Bu alpinizmning biroz o’zgacharoq ko’rinishi bo’lib, Provansdagi Gorj-dyu-Verdon darasi buning uchun eng qulay joylardan biri hisoblanadi. Jarayon davomida tabiatning bor go’zalligi- moviy rangli daryo, oppoq qoyalar va daraxtlarning yashil yaproqlarini kuzatishingiz mumkin.

 

Ekstremal turizm uchun eng munosib joylar haqida
Tog’ velosipedi – Islandiya

Tog’ yo’laklari bo’ylab velosiped uchish ham asablari baquvvat insonlar uchun mo’ljallangan mashg’ulot. Tezlik, keskin qiyaliklar va betakror manzara sizga yangi taassurotlarni hadya qiladi.

Islandiya o’lkasida mazkur sport turi bilan shug’ullanish uchun imkoniyatlar yetarlicha. Ammo mashq qilish uchun ta’qiqilangan tog’ yo’llarini tanlay ko’rmang.

 

Ekstremal turizm uchun eng munosib joylar haqida

Обычно многие люди любят заниматься экстремальными видами спорта. По данным туристических организаций, большинство туристов, посещающих страны с развитым экстремальным туризмом, составляют мужчины. В сегодняшней статье мы [mask_link][/mask_link] познакомим вас с наиболее подходящими местами для экстремального туризма!

Прыжки с парашютом – Блед (Словения)

Блед – горный курорт, расположенный на окраине Словении и прекрасное место для семейного отдыха. Любителям экстрима здесь точно не будет скучно. Как насчет вида с высоты птичьего полета на голубое озеро и окружающие его густые леса? Все, что вам нужно сделать, это прыгнуть с парашюта. Этот опыт обязательно останется в вашей памяти на всю жизнь.

Параглайдинг — Понтеведра (Испания)

Лететь в нескольких метрах над землей и спокойно наблюдать за зелеными просторами жаркой Испании – это не просто мечта. Каждый может попробовать это на себе. Параглайдинг очень подходит для людей, у которых не хватает смелости прыгнуть с парашютом, но хочется увидеть красоту региона с высоты.

Провинция Понтеведра, расположенная в северо-западной части Испании, является одним из самых замечательных мест для занятий этим видом спорта. Погодные условия в этом районе хорошие, а специалисты имеют большой опыт. Потренировавшись с инструктором, вы будете готовы к самостоятельному полету.

Банджи-джампинг — Макао (Китай)

Прыжки с парашютом не для слабонервных. Но он может подарить вам впечатления, которые останутся на всю жизнь. Бванджи-джампинг – это прыжок с высоты с помощью альпинистского снаряжения. Первые десять или сто метров ты просто заботишься, а потом остаешься на месте с цепью. Одним из самых эффектных мест для этого является 300-метровая башня Макао. Голубые виды на море и город на 7 секунд отразят совершенно другой мир перед вашими глазами.

Скалолазание — Ущелья дю Вердон (Франция)

Это немного другой вид альпинизма, и ущелья Вердон в Провансе — одно из самых подходящих мест для него. В процессе можно наблюдать красоту природы — голубую реку, белые скалы и зеленые листья деревьев.

Горный велосипед — Исландия

Велопрогулки по горным тропам — тоже занятие для людей с крепкими нервами. Скорость, крутые склоны и уникальные пейзажи подарят вам новые впечатления.

Возможностей для занятий этим видом спорта в Исландии достаточно. Но не пытайтесь выбирать для тренировок запретные горные тропы.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz