Raxit – 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydigan patologik holat. Bu kasallikning boshqacha nomi – “angliyaliklar kasalligi”, oldingi vaqtlarda Angliya mamlakatida ko‘p uchraganligi tufayli shunday nom olgan. Raxit kelib chiqishiga sabab D vitamin yetishmasligi, D vitamini organizmda kalsiy va fosfor almashinuvida ishtirok etadigan komponentdir. Bu kasallikni o‘rganish juda ham ahamiyatlidir, chunki raxit kasalligi og‘ir ko‘rinishlarda kechishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa emizikli bolalarda raxit kelib chiqish sabablari va belgilari haqida yosh onalar yaxshi ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Axir, onalar birinchi bo‘lib bolalaridagi simptomlarini sezishadida.
Raxit – emizikli va 2 yoshli bolalar orasida eng keng tarqalgan kasalliklardan biri. Kasallikning rivojlanishida organizmda kalsiy va fosfor minerallari yetishmasligi yotadi. Raxitning asosiy belgisi suyak tizimi tomonidan kelib chiqadigan o‘zgarishlardir. Raxit – bu o‘sayotgan organizmda uchraydigan kasallik. Ko‘pchilik fikricha raxit faqatgina ijtimoiy turmush sharoiti past bo‘lgan bolalarda uchraydi deb o‘ylashadi. Ammo, bu xato fikr, raxit kasalligi har qanday sharoitda o‘sayotgan bolalarda uchrashi mumkin, chunki yuqorida aytib o‘tganimizdek raxit intensiv o‘suvchi organizmlarda uchraydigan kasallik.
Kasallikning rivojlanishi nima bilan bog‘liq?
Raxit kasalligida D vitamini iste’mol qilinayotgan mahsulot tarkibida yetishmaydi. Bundan tashqari, bolalar terisida bu vitaminning sintezlanishi buzilishi yoki kamayishi natijasida ham kasallik rivojlanadi. Ichki organlar tomonidan jigar va buyrakda ketayotgan moddalar almashinuvi buzilishlari hisobiga kalsiy va fosfor almashinuvi izdan chiqsa ham raxit kelib chiqadi.
Emizikli va yosh bolalarda raxit kelib chiqishi sabablari
Emizikli bolalarda raxit kelib chiqishida ularning ushbu kasallikka moyilligi muhim rol o‘ynaydi. Bunda bolakayning sog‘lig‘i va onaning hayot tarzi tomonidan yuzaga keladigan kamchiliklar ahamiyat kasb etadi.
Ona tomonidan quyidagi omillar emizikli va yosh bolalarda raxit kelib chiqishiga olib keladi:
- Onaning yosh bo‘lishi (18 yoshdan kichik) hamda katta yoshda ona bo‘lish (35 yoshdan keyin);
- Homiladorlikning og‘ir kechishi (toksikoz, gestoz);
- Turli xil ichki kasalliklar (endokrin tizimi tomonidan kamchiliklar, oshqozon ichak tizimi tomonidan kamchiliklar);
- Homiladorlik vaqtida vitamin va mikroelementlar yetishmovchiligi;
- Kam harakatli hayot tarzi va ultrabinafsha nurlari bilan yetarlicha to‘yinmaslik;
- Tug‘ish jarayoni asoratlari;Salbiy ekologik-ijtimoiy holatlar.
Bola tomonidan raxitga olib keluvchi omillar:
- Bolaning muddatidan oldin tug‘ilishi (chala tug‘ilganlik);
- Bolakayning yil oxirida tug‘ilishi (ya’ni quyosh nuri kam bo‘lgan paytda);
- Tug‘ilganda bolaning vazni 4 kg.dan ortiq bo‘lishi;
- Bolaning birinchi yilida, ayniqsa uch oyligida haddan ortiq semirishi;
- Bolani barvaqt sun’iy ovqatlantirish va sigir suti bilan boqish;
- Ochiq havoda kam sayr qilish;
- Bolaning kam harakatliligi, bunda faqatgina bolakayning o‘ziga xosligi emas onalarning aybi ham bor (bolalar gimnastikasi, massaj va o‘yinlar o‘ynamaslik);
- Asab tizimining perinatal shikastlanishlari;
- Teri va ichki a’zolar kasalliklari (jigar, buyrak va ichaklar);
- Bolaning respirator va ichak infeksiyalari bilan tez-tez kasallanishi;
- Ba’zi bir dori preparatlarini qabul qilish (fenobarbital, diakarb va boshq.);
- Terining giperpigmentatsiyasi.
D vitamin yetishmasligi sababli kelib chiqqan raxitda qanday patologik holatlar kuzatiladi?
Raxit kasalligida organizmda D vitamini yetarlicha miqdorda bo‘lmaydi. Buning oqibatida ichaklarda kalsiy va fosfor elementlari so‘rilishi kamayadi. Buyraklar tomonidan fosfatlar, aminokislotalar va limon kislotasining ajralishi ko‘payadi.
D vitaminining qonda yetishmasligi tufayli qalqonoldi bezlarning funksiyasi kuchayib ketadi, ya’ni paratgormon miqdori qonda ortadi. Paratgormon esa qonda kalsiy miqdorini ta’minlab turadi. Chunki qondagi kalsiy muhim elektrolit hisoblanib, qonda uning miqdori yetarlicha miqdorda bo‘lishi kerak. Kalsiy nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi, yurakning normal ishlashi, qonning ivishida ishtirok etadi. Qonda esa kalsiy normal miqdorda bo‘lishi uchun organizm kalsiyni suyaklardan oladi. Bu esa bolalarda raxit kasalligining belgisi, suyaklarning yumshashiga olib keladi.
Qo‘shimcha ravishda fosfor so‘rilishi ham buziladi, chunki fosfor kalsiy bilan bog‘langan holda so‘riladi. Buning natijasida fosfatlar buyrakdan ajralib chiqishi ko‘payadi va organizmda fosfor yetishmovchiligi kelib chiqadi. Paratgormon esa qonni fosfor bilan to‘yintirish uchun suyaklardan fosforni ola boshlaydi. Shunday mexanizm ostida bolalarning suyak tizimi tomonidan kamchiliklar kelib chiqadi.
Bolalarda raxit bosqichlari
Emizikli va yosh bolalarda raxit kasalligi kechishi bir necha bosqichlar bilan kechadi.
- Boshlang‘ich davr. bu davr 2 haftadan 2-3 oygacha davom etadi;
- Avj olish davri. Bu davrning davomiyligi bir necha oylarni tashkil etishi mumkin. Uning kechishi davo muddati boshlanganiga bog‘liq bo‘ladi;
- Tuzalish davri (rekonvelesensiya). Bir necha oy davom etadi;
- Asoratlar davri. Raxit kasalligi o‘tgandan keyin ba’zi simptomlar bir umrga qolib ketishi mumkin. Asosan bu kamchiliklar suyak-mushak tizimi tomonidan kuzatiladi.
Bolalarda raxit belgilari
Raxitning ilk belgilari emizikli bolalarning bir-ikki oyliklarida namoyon bo‘la boshlaydi. Uch-olti oyliklarga kelib agar davo choralari ko‘rilmasa, belgilar aniq va yaqqol yuzaga chiqadi, ya’ni klinik belgilar “gullaydi”.
Emizikli bolalarda raxitning ilk belgilari
Emizikli bolalarda raxit kasalligi belgilari quyidagilar:
- Bolakay qo‘rqoq, qo‘zg‘aluvchan, yorug‘likka yoki baland tovushga salbiy ta’sir etadigan bo‘lib qoladi;
- Onalar bolakaylarning uyqusi buzilganini sezadilar (bezovta uxlaydi, tez tez uyg‘onib ketadi);
- Ko‘p terlash, ishtahaning pasayishi, teri turgorligi (elastikligi) va mushaklar tonusi pasayganligi, ich qotish alomatlari namoyon bo‘lishi;
- Emizikli bolalarda raxitning ilk belgilaridan biri sochlarning tepa qismidan to‘kilishidir (ba’zida sog‘lom chaqaloqlarda ham bunday holat uchrab turadi);
- Suyak tizimi tomonidan liqildoqlar cheti yumshoq va egiluvchan bo‘lib qolishi, kech bitishi;
- Agar kasallikning erta bosqichlarida rentgenologik tekshiruv o‘tkazilsa, suyaklar tomonidan hech qanday kamchilik aniqlanmasligi mumkin. Qonning bioximik tekshiruvida kalsiyning fiziologik miqdori va fosfor miqdorining kamayishi yoki normada bo‘lishi aniqlanadi. Ishqoriy fosfotazaning qondagi miqdori ortib ketadi;
- Siydik analizida uning tarkibida fosfatlar aniqlanadi. Raxitning maxsus tekshiruvi Sulkovich sinamasi musbat natija beradi.
Bolalarda raxitning avj olish davridagi belgilari
Raxit kasalligi avj olish davrida quyidagi simptomlar bilan kechadi:
- Suyaklaning yumshash simptomi aniq va sezilarli daraja bo‘ladi (kalla chanog‘i bitishmalari nozik, tepa suyagi kengayishi, ularning yumshashi);
- Suyaklar egiluvchan bo‘lib qolishi, ularga bosim berilganda, holat o‘zgarganda o‘z shaklini yo‘qotishi;
- Raxitning belgilaridan yana biri umurtqa pog‘onasining egriliklari va qiyshayishlari;
- Ko‘krak qafasi shaklining o‘zgarishi (qo‘ng‘iroqsimon ko‘krak qafasi, to‘sh suyagining ichkariga botib kirishi, bochkasimon ko‘krak qafasi va boshqalar.);
- Chanoq suyagining egriliklari (yassi chanoq);
- Oyoqlarning egriliklari: O – simon oyoq va X – simon oyoq;
- Bolakay yurishi hisobiga oyoqlariga zo‘riqish tushishi natijasida egriliklar paydo bo‘lishi yaqqol namoyon bo‘ladi.
- Suyaklarda bo‘rtiqlar hosil bo‘ladi: 7-10 qovurg‘alarning to‘sh suyagiga birikkan joyida “tasbehsimon” to‘sh suyagi, barmoq falangalarida “tizilgan marvarid”, naysimon suyaklar epifiz qismida “bilakuzuk” simptomlari namoyon bo‘ladi;
- Sut tishlarining kechikib va nosimmetrik ravishda chiqishi;
- Kalla suyagining noto‘g‘ri rivojlanishi natijasida baland “olimpiya peshonasi, do‘ng peshona” peshona suyagi kuzatilishi;
- Juda ko‘p terlash, mushak tonusining susayishi;
- Mushaklar tonusining pasayishi natijasida ich qotishi va qorin dam bo‘lishi, buning oqibatida qorinning “baqa qorni” ko‘rinishida bo‘lishi;
- Bo‘g‘imlarning harakatchanligi ortishi;
- Emotsional jihatdan bola qo‘zg‘aluvchan, nerv-psixik jihatdan ortda qolishi va respirator infeksiyalar bilan tez tez kasallanish kuzatiladi;
- Qonning bioximik analizida kalsiy va fosfor miqdorining sezilarli darajada pastligi, ishqoriy fosfotazaning haddan ortiq ortishi;
- Suyaklarning rentgenologik tasvirida raxitning yaqqol belgilari ya’ni suyak mineralizatsiyasining yetishmovchiligi: osteoporoz, naysimon suyaklarning o‘rta qismi kengayishi, suyak tasvirlarining xiralashganligi ko‘rinadi.
Raxitning tuzalish bosqichidagi belgilar
Raxitning tuzalish bosqichida belgilar sekin astalik bilan yo‘qoladi. Bolaning ahvoli yaxshilashadi, uning kayfiyati ko‘tarilgan, xotirjam, nerv-psixik jihatdan rivojlanishi normal holatga qaytadi. Bundan tashqari, bolakaylarni ich qotishi qiynamaydi, mushaklar tonusi tiklanadi, ko‘p terlash o‘tib ketadi, uyqu ham normallashadi. Qon analizida kalsiy va fosfor miqdori normal ko‘rsatkichlarda bo‘ladi. Suyaklarning rentgenologik tasvirida suyaklar o‘sish zonasining zichlashganligi ko‘rinadi.
Raxitning qanday belgilari bir umrga qolib ketishi mumkin?
Raxit kasalligining eng so‘ngi bosqichi, uning asoratlaridir. Bunday asoratlar bolaning 2-3 yoshidan boshlanadi va ular “qoldiq belgilar” deb nomlanadi. Insonning yoshlik paytida raxit kasalligini boshdan o‘tkazganligini quyidagi belgilar orqali bilib olish mumkin:
- Suyaklar deformatsiyasi;
- Yassi oyoqlik;
- Umurtqa pog‘onasining egriliklari, skolioz;
- Chanoq suyagining shakli o‘zgarishi;
- Bunday bolalar tishlari kariesga beriluvchan bo‘ladi;
- Bo‘y o‘sishda ortda qolish;
- Ko‘ruv o‘tkirligining pasayishi (miopiya).
Raxit kasalligi darajalari va kasallikning kechishi
Emizikli bolalar va yosh bolalarda raxit kasalligi darajalari ham bor. Raxitning uchta darajasi farqlanadi: yengil, o‘rta,og‘ir. Uning darajasi kasallik belgilarining qanchalik darajada namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi. Raxit kasalligining bolalarda kechishi bo‘yicha: o‘tkir, o‘tkir osti yoki qaytalanuvchi (retsidivlanuvchi) kechishi farqlanadi.
Raxitning o‘tkir kechishida yuzaga chiquvchi belgilar tez namoyon bo‘ladi. Bunday kechuvchi raxitning asosiy belgisi suyaklarning yumshashidir. Belgilar odatda olti oylikkacha bo‘lgan davrda yuzaga chiqadi.
Raxit kasalligining o‘tkir osti kechishida kasallik belgilari sekin astalik bilan namoyon bo‘ladi. Suyaklarda bo‘rtiqlar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Raxit kasalligining bunday kechishi ko‘proq olti oylikdan so‘ng kuzatiladi. O‘tkir osti kechishidagi raxit o‘tkir shakliga ham o‘tishi mumkin. Bunga sabab bolalardagi qandaydir o‘tkir kasallik boshlanishidir.
Qaytalanuvchi (retsidivlanuvchi) raxit belgilari doimiy bo‘lmaydi. Bunda kasallikning tuzalish bosqichi qaytalanish, ya’ni belgilarning namoyon bo‘lish bosqichiga o‘tadi. Bunga sabab bolaning noto‘g‘ri parvarishi, uning oziqlanish turi, yondosh kasalliklar, davoning samarasizligi bo‘la oladi. Qaytalanuvchi raxitning asosiy belgisi suyaklarning normal qattiqligi tiklangan holda yana yumshab qolishidir.
Raxitning yengil darajasi
Raxit kasalligining yengil darajasida yaqqol namoyon bo‘ladigan nevrologik simptomlar yuzaga chiqadi (ko‘p yig‘lash, qo‘z’g‘aluvchanlik, uyquning buzilishi). Suyak tizimi tomonidan kuzatiladigan kamchiliklardan katta liqildoqlar chegaralarining yumshashi kelib chiqishi mumkin.
Raxitning o‘rta og‘ir darajasi
Raxit kasalligining o‘rta og‘ir darajasida suyak tizimi tomonidan o‘zgarishlar kuzatiladi. Lekin, bunday o‘zgarishlar faqatgina uch-to‘rt suyaklarda paydo bo‘ladi.
Raxitning og‘ir darajasi
Raxit kasalligining o‘gir darajasida klinik simptomlarning aniq va yaqqol namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi: kalla chanog‘i suyaklarining yumshashi, egarsimon burun suyagi, suyaklarning kuchli deformatsiyasi, mushaklarning sezilarli darajadagi gipotoniyasi, nerv-psixik rivojlanishdan ortda qolish, ichki organlar kasallikka beriluvchanligi ortishi, og‘ir anemiya va boshqalar.
Ikkinchi qism: Raxit kasalligini davolash va oldini olish usullari (2-qism)
Ikid.uz
Рахит – патологическое состояние, возникающее у детей до 2 лет. Другое название этой болезни — «болезнь англичанина», она получила свое название потому, что в прошлом была распространена в Англии. Причиной рахита является недостаток витамина D, витамин D является компонентом, участвующим в обмене кальция и фосфора в организме. Изучение этого заболевания очень важно, ведь рахит может протекать тяжело и вызывать негативные последствия. Молодые матери должны хорошо знать причины и симптомы рахита, особенно у детей, находящихся на грудном вскармливании. Ведь именно матери первыми замечают симптомы у своих детей.
Рахит – одно из наиболее распространенных заболеваний среди детей грудного и 2-летнего возраста. Развитие болезни кроется в недостатке в организме минеральных веществ кальция и фосфора. Основным признаком рахита являются изменения, вызванные костной системой. Рахит – болезнь растущего организма. Многие думают, что рахит возникает только у детей с низким социальным статусом. Однако это заблуждение, рахит может возникнуть у детей, растущих в любых условиях, ведь как мы уже упоминали выше, рахит – это заболевание, возникающее у интенсивно растущих организмов.
Каково развитие болезни?
При рахите в потребляемом продукте наблюдается недостаток витамина D. Кроме того, заболевание развивается в результате нарушения или снижения синтеза этого витамина в коже детей. Рахит возникает даже при нарушении обмена кальция и фосфора из-за нарушения обмена веществ внутренних органов в печени и почках.
Причины рахита у младенцев и детей раннего возраста
В развитии рахита у детей, находящихся на грудном вскармливании, большую роль играет их предрасположенность к этому заболеванию. В этом случае важное значение приобретают здоровье ребенка и недостатки, вызванные образом жизни матери.
Рахит у грудных и детей раннего возраста вызывают со стороны матери следующие факторы:
Быть молодой мамой (до 18 лет) и стать мамой в более старшем возрасте (после 35 лет);
Тяжелая беременность (токсикоз, гестоз);
Различные внутренние заболевания (недостаточность эндокринной системы, недостаточность желудочно-кишечного тракта);
Недостаток витаминов и микроэлементов при беременности;
малоподвижный образ жизни и недостаточная насыщенность ультрафиолетовыми лучами;
Осложнения родов Негативные экологические и социальные условия.
Факторы, приводящие к рахиту у ребенка:
Преждевременное рождение ребенка (преждевременные роды);
Рождение ребенка в конце года (то есть когда мало солнечного света);
Масса тела ребенка при рождении более 4 кг;
Чрезмерное ожирение ребенка первого года жизни, особенно в трехмесячном возрасте;
Раннее искусственное вскармливание и вскармливание ребенка коровьим молоком;
мало прогулок на свежем воздухе;
Низкая подвижность ребенка,это не только уникальность ребенка, но и вина матери (не заниматься гимнастикой, массажем и играми для детей);
Перинатальные травмы нервной системы;
Заболевания кожи и внутренних органов (печени, почек и кишечника);
частые заболевания ребенка респираторными и кишечными инфекциями;
прием некоторых препаратов (фенобарбитал, диакарб и др.);
Гиперпигментация кожи.
Какие патологические состояния наблюдаются при рахите, вызванном дефицитом витамина D?
При рахите в организме не хватает витамина D. В результате снижается всасывание элементов кальция и фосфора в кишечнике. Повышается экскреция фосфатов, аминокислот и лимонной кислоты почками.
Из-за недостатка витамина D в крови повышается функция щитовидной железы, то есть увеличивается количество паратгормона в крови. А паратгормон поддерживает количество кальция в крови. Поскольку кальций в крови считается важным электролитом, его количество в крови должно быть достаточным. Кальций участвует в возбудимости нервной системы, нормальной работе сердца, свертывании крови. Чтобы иметь нормальное количество кальция в крови, организм берет кальций из костей. Это вызывает размягчение костей, признак рахита у детей.
Кроме того, всасывание фосфора ухудшается, поскольку фосфор всасывается в связанном виде с кальцием. В результате увеличивается выделение фосфатов из почек и возникает дефицит фосфора в организме. А паратгормон начинает забирать фосфор из костей, чтобы насытить кровь фосфором. При таком механизме костная система детей неполноценна.
Стадии рахита у детей
Течение рахита у детей грудного и раннего возраста проходит несколько стадий.
Начальный период. этот период длится от 2 недель до 2-3 месяцев;
Период бума. Продолжительность этого периода может составлять несколько месяцев. Его продолжительность зависит от начала периода лечения;
Восстановительный период (реконвалесценция). Длится несколько месяцев;
Время хлопот. Некоторые симптомы могут остаться на всю жизнь после того, как рахит прошел. Эти недостатки в основном наблюдаются со стороны опорно-двигательного аппарата.
Симптомы рахита у детей
Первые признаки рахита начинают проявляться в течение одного-двух месяцев у детей, находящихся на грудном вскармливании. К трем-шести месяцам, если не принимать меры по лечению, признаки проявятся четко и отчетливо, то есть клинические признаки «зацветут».
Ранние признаки рахита у детей раннего возраста
Симптомы рахита у детей на грудном вскармливании следующие:
Ребенок становится пугливым, возбужденным, негативно действует на свет или громкий шум;
Матери замечают, что сон их детей нарушен (спит беспокойно, быстро просыпается);
Обильное потоотделение, снижение аппетита, снижение тургора (эластичности) кожи и мышечного тонуса, явления запоров;Одним из первых признаков рахита у грудных детей является выпадение волос на макушке (иногда это бывает даже у здоровых малышей);
Костная система приводит к тому, что края ногтей становятся мягкими и податливыми, отрастают поздно;
Если провести рентгенологическое исследование на ранних стадиях заболевания, дефект костей может не обнаружиться. При биохимическом исследовании крови обнаруживают пониженное или нормальное физиологическое количество кальция и фосфора. Количество щелочной фосфатазы в крови увеличивается;
Фосфаты обнаруживаются в анализе мочи. Специальное обследование на рахит, проба Сульковича, дает положительный результат.
Симптомы рахита у детей во время вспышки
Во время обострения рахита возникают следующие симптомы:
Явный и заметный симптом размягчения кости (стыки черепа тонкие, теменная кость разрастается, размягчается);
Кости становятся гибкими, теряют форму при воздействии на них давления, при изменении положения;
Еще одним признаком рахита является искривление позвоночника;
Изменения формы грудной клетки (колоколообразная грудная клетка, вдавленность грудины, бочкообразная грудная клетка и др.);
Искривления таза (плоский таз);
Изгибы ветвей: О-образная ветвь и Х-образная ветвь;
В результате нагрузки на ноги при ходьбе ребенка, очевидно, появляются искривления.
В костях образуются бугорки: «четки» грудины в месте соединения 7-10 ребер с грудиной, «шипованные жемчужины» в фалангах пальцев, «браслеты» появляются в эпифизарной части желобчатых костей;
Прорезывание молочных зубов в позднем и симметричном развитии;
В результате неправильного развития черепа наблюдается высокий «олимпийский лоб, пухлый лоб» лобная кость;
Чрезмерная потливость, снижение мышечного тонуса;
Запор и абдоминальный покой в результате снижения мышечного тонуса, вследствие чего живот имеет вид «лягушачьего брюха»;
Повышенная подвижность суставов;
Эмоционально ребенок возбужден, отстает в нервно-психическом отношении, часто болеет респираторными инфекциями;
В биохимическом анализе крови достоверно низкий уровень кальция и фосфора, чрезмерное повышение щелочной фосфатазы;
На рентгенограмме костей видны явные признаки рахита, т.е. недостаточность минерализации костей: остеопороз, расширение средней части трубчатых костей, нечеткость изображения костей.
Симптомы в восстановительной фазе рахита
В период заживления рахита симптомы постепенно исчезают. Состояние ребенка улучшается, у него повышается настроение, он спокоен, нормализуется нервно-психическое развитие. Кроме того, дети не страдают запорами, восстанавливается тонус мышц,уходит обильное потоотделение, нормализуется и сон. В анализе крови количество кальция и фосфора в пределах нормы. На рентгенограмме костей видно утолщение зоны роста кости.
Какие симптомы рахита могут остаться на всю жизнь?
Последней стадией рахита являются его осложнения. Такие осложнения начинаются в возрасте 2-3 лет и называются «остаточными признаками». Узнать, что человек перенес рахит в молодости, можно по следующим признакам:
Деформация костей;
Плоскостопие;
Искривления позвоночника, сколиоз;
Изменения формы таза;
Такие детские зубы подвержены кариесу;
Задержка роста;
Снижение остроты зрения (близорукость).
Степени рахита и течение болезни
Существуют также степени рахита у младенцев и детей раннего возраста. Различают три степени рахита: легкую, среднюю и тяжелую. Его уровень определяется степенью выраженности симптомов заболевания. По течению рахита у детей различают острое, подострое или рецидивирующее течение.
Симптомы острого рахита проявляются быстро. Основным признаком такого преходящего рахита является размягчение костей. Симптомы обычно появляются в возрасте до шести месяцев.
В острой фазе рахита симптомы заболевания проявляются постепенно. Проходит с появлением бугорков на костях. Такое течение рахита наблюдается чаще после полугода. Подострый рахит также может переходить в острую форму. Причиной этого является начало какого-то острого заболевания у детей.
Симптомы рецидивирующего (рецидивирующего) рахита не являются постоянными. При этом стадия выздоровления болезни переходит в стадию рецидива, то есть стадию проявления симптомов. Причиной этого может быть неправильный уход за ребенком, тип его питания, сопутствующие заболевания, неэффективность лечения. Основным признаком рецидивирующего рахита является то, что кости вновь становятся мягкими, при этом восстанавливается нормальная жесткость.
Легкая степень рахита
При легкой степени рахита появляются явные неврологические симптомы (много плача, возбуждение, нарушения сна). Размягчение краев крупных связок может быть вызвано наблюдаемыми дефектами костной системы.
Рахит средней степени тяжести
Изменения в костной системе наблюдаются при среднетяжелой степени рахита. Однако такие изменения проявляются только в трех-четырех костях.
Тяжелый рахит
При тяжелой степени рахита для него характерно четкое и явное проявление клинических симптомов: размягчение костей черепа, седловидная форма носовой кости, выраженная деформация костей, значительный гипотонус мышц, заторможенность нервно-мышечной деятельности. психическое развитие,повышенная восприимчивость внутренних органов к болезням, выраженная анемия и др.
Часть вторая: Лечение и профилактика рахита (Часть 2)
Ikid.uz