Qiz bolalarda vulvit kasalligi sabablari va davolash sirlari

Qiz bolalarda vulvit kasalligi sabablari va davolash sirlari

Qiz bolalarda vulvit – tashqi jinsiy aʼzolar shilliq qavatining oʻtkir yoki qaytalanuvchi yalligʻlanishi. Vulvit qiz bolalarda jinsiy aʼzolar sohasida qichishish va achishish, jinsiy lablar, uni oʻrab turgan terining shishi va giperemiyasi, hamda jinsiy yoʻllardan turli xil ajralmalar kelishi bilan namoyon boʻladi. Qiz bolalarda vulvit kasalligi diagnozi umumiy koʻrik, vulvoskopiya va vaginoskopiya, surtma mikroskopik tekshiruvi, jinsiy aʼzolardan kelayotgan ajralma bakterial tekshiruvi va boshqalarga asoslangan holda qoʻyiladi. Vulvit davosida mahalliy vannalar qabul qilish, UBN (ultra binafsha nurlanish) jinsiy aʼozlar sohasida, turli xil mazlar qoʻllash, tizimli davoda esa yalligʻlanish jarayonini keltirib chiqaruvchi omilga qarshi kurashish kabi chora tadbirlar oʻtkaziladi.

Qiz bolalarda vulvit – tashqi jinsiy aʼzolar yalligʻlanish jarayoni boʻlib, bunda uyatli lablar, klitor, siydik chiqaruv kanalining tashqi qismi hamda qinning kirish darvozasida muammolar kelib chiqadi. Bolalarda ayniqsa, qin va vulva sohasida yalligʻlanishning birgalikda kechishi koʻp kuzatiladi (vulvovaginit). 1 yoshdan 8 yoshgacha boʻlgan qiz bolalar orasida vulvit va vulvovaginit ginekologik kasalliklar ichida eng koʻp qayd etiladigan patologiya hisoblanadi. Bolalar ginekologiyasida yalligʻlanish bilan kechadigan kasalliklar barcha patologiyalarning 65-70 % qismini tashkil etadi. Qaytalanuvchi vulvit va vulvovaginit qiz bolalarda kelajakda hayz siklining buzilishi, jinsiy hayot, farzand koʻrish qobiliyati kamayishiga sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, uzoq davom etuvchi yalligʻlanish jarayoni gipotalamo-gipofizar-tuxumdon tizimida ham oʻzgarishlarga olib keladi.

Qiz bolalarda vulvit kelib chiqish sabablari

Kichik yoshdagi qiz bolalarda vulvit kelib chiqishi – ularning jinsiy aʼzolari anatomik-fiziologik oʻziga xosligi bilan bogʻliq. Eng avvalo, yangi tugʻilgan qiz bolalar jinsiy yoʻllari steril holda boʻlishini qayd etib oʻtish lozim. Qiz bola dunyoga kelganidan soʻng 5-7 kun oʻtib jinsiy aʼzolarda shartli-patogen mikroflora paydo boʻladi. Bola hayotining 1 yilida qin muhiti kuchsiz ishqoriy yoki neytral (pH 7,0) boʻladi, surtma olib tekshirilaganda leykotsitlarning mikroflora bilan aralash holda aniqlanadi. Jinsiy yetilish boshlanadigan yoshda (8-9 yosh) qinda laktobakteriyalar kelib joylashadi, qin epiteliysi glikogen ishlab chiqara boshlaydi, qinda kislotali muhit kelib chiqadi (pH 4,0-4,5). Qiz bola hayz koʻrishni boshlagandan soʻng, jinsiy aʼzolar mikroflorasi katta yoshdagi ayollar kabi boʻladi.

Jinsiy yoʻllarga infeksiya tushishi mahalliy himoya funksiyani pasayishi (immunoglobulin A, lizotsim, fagotsitar, koplement tizim sintezi kamayadi), terining bakteriosit xususiyati susayishiga olib keladi.

Qiz bolalarda vulvit kelib chiqishida infeksiyalar – nospetsifik (shartli-patogen aerob va anaerob flora, viruslar, zamburugʻ va sodda hayvonlar) yoki spetsifik (gonokokk, xlamidiya, mikobakteriya, sil tayoqchasi, boʻgʻma tayoqchasi va boshqalar) boʻlishi mumkin.

Spetsifik infeksiya kichik yoshlarda turli xil yoʻllar bilan jinsiy yoʻllarga kirishi mumkin: xoʻjalik-maishiy yoʻl (gigiyenaga rioya qilinmaganda, umumiy foydalanilgan vositalar orqali), yangi tugʻilgan qiz bolalarda esa platsenta (yoʻldosh) orqali tugʻruq jarayonida, ona jinsiy yoʻllari zararlangan boʻlsa yuqishi mumkin.

Gijjalar invaziyasi sababli qiz bolalarda vulvit kelib chiqishi ham koʻp uchraydi (enterobioz), bundan tashqari yot jismlar (chang, qum, hasharotlar) kirishi, ikkilamchi infeksiya taʼsirida organizm himoya funksiyasining pasayishi (masalan, boʻgʻma, surunkali tonzillit, kariyes va boshqalar) natijasida ham vulvit yuzaga chiqishi mumkin.

Zamburugʻlar taʼsiri natijasida kelib chiqadigan vulvit koʻp hollarda – uzoq muddat davom etuvchi antibiotik davo, gipovitaminoz, immun tanqis holatlar, endokrin tizimidagi oʻzgarishlar (birinchi navbat qandli diabet) oqibatida rivojlanadi. Qiz bolalar jinsiy aʼzolari – gripp, gerpes, paragripp, adenovirus, sitomegalovirus, papillomavirus va boshqa viruslar taʼsirida ham yalligʻlanishi mumkin. Kam hollarda allergik (atopik) vulvit ham uchraydi, bunda organizm ayrim mahsulotlarga (sitrus mevalar, shokolad va boshqalar), gigiyenik sovun va yuvuvchi vositalar, hamda tagliklarga sezgirligi oshib ketadi. Koʻkrak yoshidagi qiz bolalarda esa dermatit ham jinsiy aʼzolarni zararlanishiga sabab boʻladi.

Vulvit kasalligi kelib chiqishiga moyil qiz bolalarda jinsiy aʼzolarda baʼzi anomaliyalar uchraydi – siydik chiqaruv teshigining pastda joylashishi, jinsiy oriqning torligi, tashqi jinsiy aʼzolar tugʻma nuqsonlari kabi. Bundan tashqari vulvit kelib chiqishida doimiy tagliklar kiyib yurish, tor kiyimlar kiyish, jinsiy aʼzolar gigiyenasiga rioya qilmaslik va qiz bolani notoʻgʻri choʻmiltirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Kichik yoshdagi qiz bolalar jinsiy aʼzolar shilliq qavatlari juda nozik va jarohatlanishga moyil boʻlganligi sababli, koʻp marotaba jinsiy aʼzolarni yuvish, ayniqsa sovun yordamida tozalash epiteliy qoplamalarini jarohatlab qoʻyishi, mahalliy immunitet funksiyasining pasayishi va vulvit rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Qiz bolalarda vulvit klassifikatsiyasi

Vulvit kechishi boʻyicha: oʻtkir (1 oy davom etuvchi), oʻtkir osti (3 oygacha davom etuvchi) va surunkali (3 oydan ortiq davom etuvchi) shakllariga boʻlinadi.

Kelib chiqish sababiga koʻra: infeksion va noinfekison boʻlishi mumkin.

Infeksion vulvit oʻz navbatida: nospetsifik (shartli-patogen mikroflora taʼsirida rivojlanuvchi) va spetsifik (gonoreya, xlamidiya, trixomanada, gerpetik, ureoplazma, boʻgʻma, sil tayoqchalari taʼsiri natijasida) kabi shakllarga boʻlinadi.

Birlamchi infeksion vulvit: yot jismlar kirishi, gijjalar invaziyasi, onanizm, qandli diabet, ichak disbakteriozi, allergik kasalliklar, viruslar taʼsiri oqibatida shakllanadi. Maktab yoshigacha boʻlgan qiz bolalarda koʻpincha nospetsifik etiologiyali, surunkali kechuvchi vulvit uchraydi.

Qiz bolalarda vulvit belgilari

Kichik yoshdagi qiz bolalarda oʻtkir vulvit belgilariga jinsiy lablar va klitorning shishi, hamda qizarishi kiradi. Bu jarayon jisniy sohadagi teriga, soʻngra va oraliqqa ham oʻtib ketishi mumkin. Qiz bolalarni jinsiy sohalarda qichishish, achishish, ayniqsa peshob ajratgan vaqtda bu belgilarning kuchayishi bezovta qiladi. Kichik yoshdagi qiz bolalar bu kabi holatlarda bezovta va injiq boʻlib qoladi.

Kattaroq yoshdagi qiz bolalar esa jinsiy sohasini doimo qichishi va qoʻllari bilan tegishi, hamda diskomfort his qilishiga shikoyat qilishlari mumkin. Ayniqsa, vulvitning spetsifik shakllarida jinsiy aʼzolar shilliq qavatlarida eroziyalar va yaralar paydo boʻladi.

Qiz bolalarda vulvit va vulvovaginitga xos boʻlgan belgilardan yana biri – jinsiy aʼzolarda keladigan ajralmalardir. Ajralmalar turli xil xarakterga ega boʻlishi mumkin: koʻpincha ajralma shaffof boʻladi, kam hollarda yiringli va qonli boʻlishi ham mumkin. Ichak tayoqchalari keltirib chiqargan yalligʻlanish jarayonida ajralma rangi sargʻish-yashil, hamda najas hidi kelib turishi mumkin, kandidoz vulvitda ajralmalar – oqish, quyuq, tvorogsimon xususiyatga ega boʻladi.

Ayrim holatlarda vulvit umumiy simptomatik belgilar bilan namoyon boʻlishi ham mumkin – tana harorati oshishi, limfa tugunlarining kattalashishi, bolaning injiqligi, uyqu buzilishi, qoʻzgʻaluvchanlik, yigʻloqilik ham kuzatilishi mumkin.

Qiz bolalarda surunkali vulvitda shish va giperemiya kamayadi, ammo qichishish va jisniy yoʻllardan keladigan ajralmalar saqlanib qoladi. Qaytalanuvchi vulvit koʻpincha asoratlar shakllanishiga olib keladi: qin atreziyasi, uretrit, sistit, bachadon boʻyni eroziyasi, imbibitsiya (vulva rangining oʻzgarishi) kabi patologiyalar.

Vulvit kasalligi diagnostikasi

Qiz bolalarda vulvit pediatr tomonidan aniqlanishi mumkin, ammo keyingi tekshiruvlar va davo muolajalari bolalar ginekologi tomonidan amalga oshiriladi. Vulvit kelib chiqish sababini aniqlab olish uchun anamnez yigʻish (yondosh kasalliklar) va shikoyatlarg eʼtibor qaratish lozim.

Jinsiy aʼzolar koʻruvida – jinsiy lablar shishi va giperemiyasi, shilliq qavat qalinlashishi hamda jinsiy aʼzolardan kelayotgan ajralamalar aniqlanadi. Instrumental tekshiruvlardan – vulvoskopiya va vaginoskopiya usullari aniq tashxis qoʻyishda muhim rol oʻynaydi. Ayniqsa, qinga kirib qolgan yot jismlarni olishda vaginoskopiya usulining ahamiyati katta.

Vulvit keltirib chiqaruvchi omilni aniqlash uchun – qindan surtma olinadi va ajralmani bakteriologik va mikroskopik tekshiruvlardan oʻtkaziladi. Qoʻshimcha sifatida umumiy peshob va qon analizi, qondagi qand miqdori, IgE ga sezuvchanligi, peshob bakteriologik ekmasi, najas gelmentologik tekshiruvi ham oʻtkaziladi.

Zaruriyat tugʻilsa qiz bolalar boshqa mutaxassis tekshiruvlaridan ham oʻtishlari mumkin: bolalar endokrinologi, allergolog, gastroenterolog va boshqalar.

Qiz bolalarda vulvit davosi

Qiz bolalarda vulvit davosida asosiy oʻrinni – yalligʻlanishni bartaraf etish va kasallik sababini yoʻqotish oʻynaydi. Katta eʼtibor jinsiy aʼzolar gigiyenasiga qaratiladi: dorivor oʻsimliklar eritilgan oʻtiruvchi vannalar qoʻllash ( romashka, kalendula), tashqi jinsiy aʼzolarni antiseptik vositalar bilan yuvib turish ( margansovka eritmasi, furatsillin) kabi muolajalar buyuriladi. Achishish va qichishish hissini kamaytirish maqsadida yalligʻlanishga qarshi maz, shamchalar va sedativ vositalar qabul qilinadi.

Qiz bolalarda bakterial vulvit davosida antibiotiklar, zamburugʻlarga qarshi – mahalliy va umumiy zamburugʻga qarshi vositalar qoʻllaniladi.

Umumiy immunitetni mustahkamlash maqsadida polivitaminlar, immunomodulyatorlar, eubiotiklar ham buyuriladi. Kuchli qichishish va allergik reaksiyalarga qarshi antigistamin preparatlar qabul qilish mumkin.

Fizioterapiya muolajalaridan – UBN bilan jinsiy aʼzolarni nurlash, ultrafonoforez, dorsenvalizatsiya kabi muolajalar yaxshi samara beradi.

Qiz bolalarda vulvit profilaktikasi

Vulvit profilaktikasida katta eʼtibor – yosh onalarga farzandlari jinsiy aʼzolari gigiyena qoidalarini oʻrgatish, hamda qiz bolalarning oʻzlariga ham gigiyena chora tadbirlarini tushuntirishga qaratiladi. Qiz bolalar hojatidan soʻng va yotishdan oldin doimo jinsiy aʼzolarni yuvish va quritish, bunda oldindan orqa tarafga yuvishga eʼtibor berish lozim. Bolalar sovuni ( pH 7,0) dan haftada 2-3 martadan ortiq foydalanish tavsiya etilmaydi. Qiz bolalar alohida shaxsiy buyumlardan foydalanishlari kerak (sochiq, mochalka va boshqalar).

Qiz bolalar tor va sunʼiy matolardan tayyorlangan ichki kiyimlar kiymasligi, gigiyenik tagliklarni tez-tez almashtirib turishi, ovqatlanish ratsionida vitaminlarga boy boʻlgan mahsulotlardan isteʼmol qilishi va yondosh kasalliklarni oʻz vaqtida davolashga eʼtibor qaratish zarur.

Ikid.uz
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
У девочек вульвит представляет собой острое или рецидивирующее воспаление слизистой оболочки наружных половых органов. У девочек вульвит проявляется зудом и жжением в области половых органов, отечностью и гиперемией половых губ, окружающей их кожи, различными выделениями из половых путей. Диагноз вульвита у девочек ставят на основании общего осмотра, вульвоскопии и вагиноскопии, микроскопии мазка, бактериологического исследования выделений из половых органов и др. При лечении вульвита при системном лечении проводят такие мероприятия, как прием местных ванн, УБН (ультрафиолетовое облучение) в области половых органов, применение различных мазей, борьба с фактором, вызывающим воспалительный процесс.

У девочек вульвит представляет собой воспалительный процесс наружных половых органов, который вызывает проблемы с половыми губами, клитором, наружной частью уретры, входом во влагалище. У детей, особенно в области влагалища и вульвы, часто наблюдается воспаление суставов (вульвовагинит). Вульвит и вульвовагинит являются наиболее распространенными гинекологическими заболеваниями у девочек в возрасте от 1 года до 8 лет. В детской гинекологии воспалительные заболевания составляют 65-70% всех патологий. Рецидивирующие вульвиты и вульвовагиниты у девочек могут вызывать нарушения менструального цикла, половой жизни, снижение способности к деторождению в будущем. Кроме того, длительный воспалительный процесс также вызывает изменения в гипоталамо-гипофизарно-яичниковой системе.

Причины вульвита у девочек

Происхождение вульвита у молодых девушек связано с анатомо-физиологическими особенностями их половых органов. В первую очередь следует отметить, что половые органы новорожденных девочек стерильны. Условно-патогенная микрофлора появляется в половых органах через 5-7 дней после рождения девочки. На 1-м году жизни ребенка среда влагалища слабощелочная или нейтральная (рН 7,0), при взятии мазка обнаруживаются лейкоциты вперемешку с микрофлорой. В возрасте, когда начинается половое созревание (8-9 лет), во влагалище оседают лактобактерии, эпителий влагалища начинает вырабатывать гликоген, влагалище становится кислым (рН 4,0-4,5). После начала менструации у девочки микрофлора половых органов схожа с таковой у взрослых женщин.

Инфекция в половых путях приводит к снижению местной защитной функции (снижается синтез иммуноглобулина А, лизоцима, фагоцитарной, системы комплемента), снижается бактериоцитарное свойство кожи.

У девочек вульвит вызывают инфекции — неспецифические (условно-патогенная аэробная и анаэробная флора, вирусы, грибы и простейшие животные) или специфические (гонококки, хламидии, микобактерии, туберкулезная палочка,палка и т.д.) может быть.

Специфическая инфекция может попасть в половые пути у детей раннего возраста различными путями: бытовым (при несоблюдении гигиены, через общеупотребительные средства), а у новорожденных девочек может передаваться через плаценту (через плаценту) во время родов, если половые пути матери повреждены.

У девочек чаще развивается вульвит на фоне глистной инвазии (энтеробиоз), кроме того, вульвит возникает также в результате заноса инородных тел (пыль, песок, насекомые), снижения защитной функции организма вследствие вторичного инфицирования (например, подагра, хронический тонзиллит, кариес и др.).

Грибковый вульвит чаще развивается в результате длительного лечения антибиотиками, гиповитаминозов, иммунодефицитов, изменений со стороны эндокринной системы (первичный сахарный диабет). Половые органы девочек могут воспаляться из-за гриппа, герпеса, парагриппа, аденовируса, цитомегаловируса, папилломавируса и других вирусов. В редких случаях встречается и аллергический (атопический) вульвит, при котором организм становится более чувствительным к некоторым продуктам (цитрусовые, шоколад и др.), гигиеническому мылу и моющим средствам, подгузникам. Дерматит также вызывает поражение половых органов у девочек грудного возраста.

У девочек, склонных к вульвиту, отмечаются некоторые аномалии половых органов, такие как низкое расположение уретры, узость половых органов, врожденные дефекты наружных половых органов. Кроме того, в происхождении вульвита также имеют значение постоянное ношение подгузников, ношение тесной одежды, несоблюдение гигиены половых органов и неправильное купание девочки.

Поскольку слизистые оболочки половых органов молодых девушек очень нежные и подвержены травмам, частое мытье половых органов, особенно мытье с мылом, может травмировать эпителиальную выстилку, снизить местную иммунную функцию и привести к развитию вульвита. .

Классификация вульвита у девочек

Вульвиты подразделяют на: острые (длительностью 1 мес), подострые (длительностью до 3 мес) и хронические (длительностью более 3 мес).

По причине возникновения: может быть инфекционной и неинфекционной.

Инфекционный вульвит, в свою очередь, подразделяется на: неспецифический (развивающийся под влиянием условно-патогенной микрофлоры) и специфический (обусловленный влиянием гонореи, хламидиоза, трихоманиаза, герпетической, уреоплазменной, зобной, туберкулезной палочек).

Первичный инфекционный вульвит: формируется вследствие проникновения инородного тела, глистной инвазии, онанизма, сахарного диабета, дисбактериоза кишечника, аллергических заболеваний, вирусов. Девочки до школьного возраста чаще болеют хроническими вульвитами неспецифической этиологии.Признаки вульвита у девочек

Симптомы острого вульвита у молодых девушек включают отек и покраснение половых губ и клитора. Этот процесс может распространяться на кожу в области половых органов, а затем туда-сюда. Девочек беспокоит зуд и жжение в области половых органов, особенно когда эти симптомы усиливаются при мочеиспускании. Молодые девушки становятся беспокойными и капризными в таких ситуациях.

Девочки постарше могут жаловаться на постоянный зуд и дискомфорт в области половых органов. Особенно при специфических формах вульвита на слизистых оболочках половых органов появляются эрозии и язвы.

Еще одним симптомом вульвита и вульвовагинита у девочек являются выделения из половых органов. Выделения могут быть разного характера: чаще всего выделения прозрачные, в редких случаях могут быть гнойными и кровянистыми. При воспалительном процессе, вызванном кишечной палочкой, цвет выделений может быть желто-зеленым, может появиться запах кала.

В ряде случаев вульвит может проявляться общими симптоматическими признаками – также могут наблюдаться повышенная температура тела, увеличение лимфатических узлов, капризы ребенка, нарушения сна, возбуждение, плач.

У девочек с хроническим вульвитом отек и гиперемия уменьшаются, но сохраняются зуд и выделения из влагалища. Рецидивирующий вульвит нередко приводит к формированию осложнений: таких патологий, как атрезия влагалища, уретрит, цистит, эрозия шейки матки, имбибиция (изменение цвета вульвы).

Диагностика вульвита

У девочек вульвит может быть диагностирован педиатром, но дальнейшее обследование и лечение проводит детский гинеколог. Для того чтобы установить причину вульвита, необходимо собрать анамнез (сопутствующие заболевания) и обратить внимание на жалобы.

При осмотре половых органов выявляют отечность и гиперемию половых губ, утолщение слизистой оболочки, выделения из половых органов. Инструментальные исследования – методы вульвоскопии и вагиноскопии играют важную роль в постановке точного диагноза. Метод вагиноскопии особенно важен для удаления инородных тел, попавших во влагалище.

Для выявления фактора, вызывающего вульвит, берут мазок из влагалища и отделяемое подвергают бактериологическому и микроскопическому исследованиям. Дополнительно проводят общий анализ мочи и крови, уровень сахара в крови, чувствительность к IgE, бактериологический посев мочи, гельминтологическое исследование кала.

При необходимости девочки могут проходить осмотры других специалистов: детского эндокринолога, аллерголога, гастроэнтеролога и др.Лечение вульвита у девочек

Основная роль в лечении вульвита у девочек заключается в устранении воспаления и устранении причины заболевания. Большое внимание уделяется гигиене половых органов: назначаются такие процедуры, как применение сидячих ванночек с растворенными лекарственными растениями (ромашка, календула), промывание наружных половых органов антисептическими средствами (раствор мангансовки, фурациллин). Противовоспалительные мази, свечи и седативные средства принимают для того, чтобы уменьшить чувство жжения и зуда.

При лечении бактериального вульвита у девочек применяют антибиотики, противогрибковые препараты – местные и общие противогрибковые средства.

С целью укрепления общего иммунитета также назначают поливитамины, иммуномодуляторы, эубиотики. При сильном зуде и аллергических реакциях можно принимать антигистаминные препараты.

Хороший эффект дают такие физиотерапевтические процедуры, как облучение половых органов УБН, ультрафонофорез, дорсенвализация.

Профилактика вульвита у девочек

В профилактике вульвитов большое внимание уделяется обучению молодых матерей правилам гигиены половых органов их детей, разъяснению мер гигиены самим девочкам. Девочки всегда должны мыть и вытирать половые органы после дефекации и перед сном, уделяя внимание мытью спины в первую очередь. Не рекомендуется использовать детское мыло (pH 7,0) чаще 2-3 раз в неделю. Девушки должны пользоваться отдельными личными вещами (полотенце, полотенце и т.д.).

Девушкам необходимо не носить нижнее белье из тесных и искусственных тканей, часто менять гигиенические подгузники, употреблять в рационе продукты, богатые витаминами, уделять внимание своевременному лечению сопутствующих заболеваний.

Ikid.uz
[/spoiler]

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: