Tikuvchilik asboblari haqida topishmoqlar

Tikuvchilik asboblari haqida topishmoqlar

Tikuvchilik asboblari, chevarchilik asboblari haqida topishmoqlar. Barcha topishmoqlar javobi bilan. Eng sara topishmoqlar to’plami.

1. Ko‘kkina qo‘zim,
Qurt-qurt kavshaydi.

Topishmoqning javobi

(Qaychi)

2. Ana yerda birov o‘layotibdi,
Og‘ziga qo‘lim tiqsam kulayotibdi.

Topishmoqning javobi

(Qaychi)

3. Ikki podsho qon chiqarmay urishadi.

Topishmoqning javobi

(Qaychi)

4. Ikki botir qilichlashar.

Topishmoqning javobi

(Qaychi)

5. Ikki bo‘ri tog‘da o‘ynar, chang chiqarmay,
Ikkisi ham bir bosh yeydi, qon chiqarmay.

Topishmoqning javobi

(Qaychi)

6. Fotima-Zuhra urishadi,
Merosini bo‘lishadi.

Topishmoqning javobi

(Qaychi)

7. Buxorodan kelgan mundi,
Besh og‘ochga mindi.

Topishmoqning javobi

(Angishvona)

8. Bir o‘ra,
Bir o‘ra ichida ming o‘ra.

Topishmoqning javobi

(Angishvona)

9. O‘zi bitta,
Ko‘zi mingta.

Topishmoqning javobi

(Angishvona)

10. Bozordagi mo‘ndi,
Kelib qo‘limga qo‘ndi.

Topishmoqning javobi

(Angishvona)

11. Yalang‘och qochadi,
Yorg‘oqli quvadi.

Topishmoqning javobi

(Igna, angishvona)

12. Bir ko‘zli kampir,
Ko‘ylakka gul tikar.

Topishmoqning javobi

(Igna)

13. Hammaga to‘n tikaman, o‘zpm yalang‘och.

Topishmoqning javobi

(Igna)

14. Yilt etdi,
Qirdan oshdi.

Topishmoqning javobi

(Igna)

15. Yantoq uchi yaltiroq.

Topishmoqning javobi

(Igna)

16. O‘zi bir qarich,
Quyrug‘i o‘n bir qarich.

Topishmoqning javobi

(Igna, ip)

17. O‘zi kichkina, ingichka, kokili uzun.

Topishmoqning javobi

(Igna, ip)

18. O‘zi kumush,
Dumi uzun.

Topishmoqning javobi

(Igna, ip)

19. Kichkina xotin,
Chochvoni uzun.

Topishmoqning javobi

(Igna, ip)

20. Mittigina kelinchak,
Mayin sochi uzunchoq.

Topishmoqning javobi

(Igna, ip)

21. Buvimning lachagi uzundan-uzun.

Topishmoqning javobi

(Igna, ip)

21. Ko‘kkina qo‘zim,
Quvan sudraydi.

Topishmoqning javobi

(Igna, ip)

22. Ko‘kkina echki ipini sudrab suv ichadi.

Topishmoqning javobi

(Igna, ip)

23. Oq eshakka oq tushov,
Ko‘k eshakka ko‘k tushov.

Topishmoqning javobi

(Igna, ip)

24. Uzun ilkim bor,
Kalta qilkim bor,
Jingila bo‘rkim bor.

Topishmoqning javobi

(Ip, igna, angishvona)

25. Iyna,
Iynaning boshi tuyna.
(To‘g‘nag‘ich)
O‘t yemaydi bedanam,
Suv ichmaydi bedanam,
Tilla to‘qim ustida,
Yo‘rg‘alaydi bedanam.

Topishmoqning javobi

(Tikish mashinasi)

26. Tegi ko‘mirchi,
Usti temirchi.

Topishmoqning javobi

(Tikish mashinasi)

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz