Abu Yazid Bastomiy hikmatlari, eng sara hikmatlar to’plami

Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Abu Yazid Bastomiy (vafoti 261/874) — Sharqning taniqli tasavvuf shayxlaridan, Mansur Xalloj va Ibn Arabiyga ta’sir ko‘rsatgan.


Tiriklik — ilm bilan bo‘lur, rohat — ma’rifatda bo‘lur va lazzat -Xudoning zikrida bo‘lur.

Oqil va donolar bilan suhbatdosh bo‘ling. Ilmingiz har qancha ko‘p bo‘lsa ham, o‘zingizni ilmsiz hisoblab, yana ilm o‘rganishga kirishing.

Allohning avliyo bandalarini sev, ularning ko‘nglini olishga urin! Chunki Alloh taolo har kuni u oriflarning qalbiga uch yuz oltmish marta nazar soladi. Bu nazarlar davomida Alloh seni ham u yerda ko‘rsin.

Har gal “La ilaha illalloh” kalimasini zikr etishdan oldin og‘zimni yetmish marta mushku gulob kabi xushbo‘y narsalar bilan yuvaman.

Alloh bilan birga bo‘lmoq — farz, dunyodan ayrilmoq — sunnatdir.

Nafs shunday sifatki, botildan bo‘lakka yurmas va solih amallar tarafiga hargiz mayl qilmas.

Har kishi Xudoni bilsa, Xudoning yodidan o‘zgaga og‘zi ochilmas.

Oriflik — Allohni tanimoqdir, Allohni tanimoq — fikr yuritmoq va ixlosli bo‘lmoqdir.

Hammadan yomoni semizlik va to‘qlikdir.

Xaloyiq ikki ishdan halokatga yuz tutar: birinchisi — maxluqotning hurmatini saqlamaslikdan, ikkinchisi — Alloh bergan ne’matning shukronasini bilmaganidan.

O’z nafsini faromush qilgan Allohni yod qilgan bo‘lur.

Eng yaxshi kishining ikki qo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi, u bir qo‘li bilangina emas, ikki qo‘li bilan yaxshilik qiladi.

Manmanlik qilmang, o‘zingizni boshqalardan yuqori tutmang. To‘g‘ri so‘zlang, to‘g‘ri ishlang, ochko‘zlik va harislikdan uzoqda bo‘ling.

Gina-adovatdan uzoq bo‘l, kuching yetmaydigan ishga kirishma. So‘z yurituvchi, chaqimchilarning so‘zlariga ishonma. Chunki ular fitna-fasod yo‘lini izlab yuruvchi yaramas odamlardir.

Manba: islom.ziyouz.com


Абу Язид Бастами (умер в 261/874 г.) — один из известных суфийских шейхов Востока, оказавший влияние на Мансура Халладжа и Ибн Араби.

Жизнь в знании, наслаждение в просвещении, наслаждение в воспоминании о Боге.

Будьте собеседником с умными и мудрыми людьми. Независимо от того, сколько у вас знаний, считайте себя необразованным и начинайте учиться заново.

Люби святых рабов Божиих, старайся угодить им! Потому что Всевышний Аллах заглядывает в сердца этих ученых триста шестьдесят раз в день. Пусть Бог увидит вас там во время этих взглядов.

Каждый раз, когда я полоскаю рот семьдесят раз ароматными вещами, такими как мускус и роза, прежде чем произнести слово «Ля иляха иллаллах».

Быть с Богом — долг, быть отделенным от мира — сунна.

Нафс – это такое качество, что он не уклоняется от лжи и никоим образом не склоняется к праведным делам.

Если все знают Бога, Божьи уста не будут открыты ни для кого другого.

Мудрость — это знать Бога, знать Бога — значит думать и быть искренним.

Хуже всего ожирение и обжорство.

Человечеству грозит гибель из-за двух вещей: во-первых, это неуважение к творению, а во-вторых, незнание благодарности за благословение, данное Богом.

Кто забывает свое эго, тот помнит Аллаха.

У лучшего человека обе руки, он делает добро обеими руками, а не одной.

Не будь высокомерным, не ставь себя выше других. Говорите правильно, поступайте правильно, держитесь подальше от жадности и алчности.

Держитесь подальше от обид, не занимайтесь работой, на которую у вас нет сил. Не верьте словам сплетников. Потому что они озорные люди, которые ищут способ напакостить.

Источник: islam.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: