Abu Turob Naxshabiy — o‘rta asr tasavvuf shayxlaridan.
Haq taolo har zamonda olimlarni o‘shal zamona xalqining amallariga munosib so‘zlar bilan gapirtirib qo‘yadi.
Sizlar ikki narsani talab qilursizlar, ammo topmaysizlar: birinchisi -shodlik va xushvaqtlik, ikkinchisi — rohat va orom. Bu ikkalasi jannatda bo‘lur.
Vaqtiki banda ibodatda sodiq bo‘lsa, ibodat vaqtida huzur-halovat topadi.
Xudo yo‘liga kirgan kishiga ozuqsizlik oziqdir.
Qanoat deb yemak-ichmakni Alloh taolodan olmoqqa aytiladi.
Tavakkul shuki, o‘zingni qullik va bandalik daryosiga tashlagaysan va ko‘nglingni Allohga tashlagaysan — agar bersa, shukr qilasan, agar olsa, sabr etasan.
Faqir ulki, uning ovqati — nima topsa, o‘sha bo‘ladi, libosi avratini yopishga yetadi, makoni qaerda o‘ltirgan bo‘lsa, o‘sha yerdir.
Manba: islom.ziyouz.com
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Абу Тураб Нахабий — один из средневековых суфийских шейхов.
В каждую эпоху Высшая Истина заставляет ученых говорить словами, достойными деяний людей той эпохи.
Вы ищете две вещи, но не находите их: первую — радость и счастье, вторую — удовольствие и покой. Эти двое будут на небесах.
Пока слуга верен в молитве, он обретет покой во время молитвы.
Недостаток пищи – это пища для того, кто вступает на путь Бога.
Говорят, что он получает пищу и питье от Бога как удовлетворение.
Таваккуль заключается в том, что вы бросаетесь в реку рабства и рабства и отдаете свое сердце Богу — если Он даст, вы будете благодарны, а если Он возьмет, вы будете терпеливы.
Для бедняка его пища — это то, что он находит, его одежды достаточно, чтобы прикрыть его интимные места, а его место — там, где он убивает.
Источник: islam.ziyouz.com
[/spoiler]
This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.
More information...