Vaqtdan unumli foydalanish uchun asosiy 7 qoida

Вақтдан унумли фойдаланиш учун асосий 7 қоида

Agar yaxshi tasarruf qilinsa hamisha yetarlicha vaqt topilishi mumkin.

— Iogann Gyote
Hech kimda ko’proq yoki kamroq vaqt bo’lmaydi. Barchamizga vaqt teng berilgan. Ammo ko’pchiligimizda vaqtdan unumli foydalanish muammosi mavjud va uni to’g’ri rejalashtirishni bilmaymiz. Bu esa insonga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Siz vaqtingiz qanday o’tib ketganligini va kun davomidagi hech narsaga ulgurmay qolganingizni sezmay qolasiz. Bunday holatlarni oldini olish uchun biz sizni vaqtingizni boshqarishning 7 ta qoidasini taqdim etamiz. Vaqtni boshqarish uchun maslahatlar:

1. Daftaringizga vaqtingizni o’g’irlaydigan narsalar haqida yozing.

Agar siz vaqtingizni keraksiz ko’p narsalarga sarflayotgan bo’lsangiz hamda muhim vazifalarni bajarish uchun yetarli vaqtingiz bo’lmasa bu holatni qaytadan ko’rib chiqib uni o’zgartiring.

2. Doimiy ravishda o’z ustingizda ishlang.

Barchamiz uchun murakkab holat bu o’z ustimizda ishlashdir. Har doim ham diqqatni bir joyga to’plab biror bir ishni bajarishni o’zi bo’lmaydi, albatta. O’zingizda foydali ko’nikmalarni shakllantirish uchun biro y davomida shu ish bilan muntazam shug’ullansangiz bu odatga aylanadi. Agarda o’z ustingizda ishlash ko’nikmasini shakllantira olsangiz har qanday to’siqlarni bemalol yengib o’ta olasiz.

3. Kun, hafta, oy va yil uchun ishlaringizni aniq rejasini tuzing.

Bunday reja va bajarilishi shart bo’lgan vazifalar ro’yhati yordamida siz ko’p vaqt sarflanadigan ishlarni sinchkovlik bilan ko’rib chiqib ayni vaqtda hamda keyingi rejalashtirilgan ishlarni aniqlash mumkin.

4. Kitob o’qing.

Siz istalgan joyda, navbatda, jamoa transportida, tabiatda kitob o’qishingiz mumkin. Buning uchun shunchaki sevimli kitobingizni o’zingiz bilan birga olib yurish kifoya.

5. Ishni tasodifiy tarzda tanlang.

Har safar bo’sh vaqtingiz paydo bo’ldi deguncha, rejalashtirilgan ro’yhatingizdagi biror bir vazifani tasodifiy tarzda tanlang. Bu tez qaror qabul qilishga yordam beradi.

6. Dangasalik bilan kurashing.

SHuni yodda tutingki, siz o’tkazib yuborgan vaqt hech qachon qaytib kelmaydi. Vaqtingizdan beunum foydalanmang. Befoyda o’tkazilgan vaqt bu kelajagingizga yomon ta’sir ko’rsatadi.

7. Foydali ishni zavq bilan bajaring.

Uyingizni tozalashingiz kerakmi? Albatta dam olish kunida tozalashni eng yoqimli mashg’ulot deb bo’lmaydi. Agarda tozalash paytida sevimli qo’shig’ingizni tinglab shug’ullansangiz ishingiz ancha maroqli kechadi. yodingizda bo’lsin, o’z ishlarini keyinga qoldiradigan insonlar hech qachon muvaffaqiyat qozonmaydilar.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Комментарии: 3
  1. Аноним

  2. Аноним

    :oops: :oops: :razz: :roll: :sad: :shock: :twisted: :x :smile: :idea: :grin: :idea: :grin: :idea: :lol: :x :shock: :cool: :razz:

  3. Amonim

    :idea: :!:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: