Muvaffaqiyat keltiruvchi amallar, muvaffaqiyat yo’llari

Муваффақият йўллари

Muvaffaqiyatga erishish, muvaffaqiyatli inson bo’lish har kimning orzusidir. Ushbu maqolada muvaffaqiyatga eltuvchi amallar bilan tanishamiz.

Muvaffaqiyat va muvaffaqiyasizlik egizak tushunchalardir. Muvaffaqiyatli insonlar fe’l-atvorini tahlil qilsak, ularda faqatgina aqlning yoki ruhning o’zi ustun emasligiga guvoh bo’lamiz. YA’ni, ongi va qalbi har jihatdan yuksak, bir-biriga munosib bo’lgan insonlarda farovon yashash imkoni doimo yuqori bo’lgan. Ular har qanday vaziyatda ham ma’lumotni tarozining ikki pallasi bo’lgan idrok va qalb chig’irig’idan o’tkazadilar.

Kishi doim oldiga maqsad qo’yib yashaydi. Aslida ichki dunyoni rivojlantirish, o’z-ozini shakllantirish harakatlari bo’lsagina hayotda ideal va muvaffaqiyatli inson bo’lish mumkin. Bu borada quyidagi amallarga rioya etish darkor.

1-qoida: Topgan pulingizning 20 foizini jamg’arib boring.

Muvaffaqiyatli kishilar o’z kelajaklarini ta’minlay oladilar. O’z maoshingizning 20 foizini to’plab borishingiz bu sizga o’z biznesingiz uchun zahira bo’lish bilan birga o’zingizga bo’lgan ishonchni ham oshiradi. Qoidaning sharti siz bu to’playotgan pulingizni butunlay unutishingiz darkor. Amalda sizga oz ko’rinayotgan ushbu jamg’arma oylar va yillar davomida katta mablag’ga aylanib yangi biznes uchun asos bo’ladi. Mashhur va ishbilarmon yozuvchi Robert Kiyosaki “Kishi agar oyligining ma’lum qismini saqlab qo’yish imkoniga ega emas ekan u boy bo’lolmaydi. Kishilar boy bo’lish va o’z ravnaqlari uchun har doim topgan pullaridan foiz olib qo’yishlari kerak.”

2-qoida: O’z ustingizda ishlang.

Nima kasb bilan shug’ullanayotganligingizdan qat’iy nazar ishingiz va o’z ustingizda ishlab rivojlantirib boring. Ko’pgina oshpazlar ovqat pishirishdan oldin ishni masalliq to’rg’ashdan boshlagan. O’z ustida ishlab oshpaz ustalar ishini o’rganib brogan odamgina ko’tarilib maqsadiga yetishi mumkin. Agar kasbi nuqtai nazaridan o’sishga intilish bo’lmas ekan muvaffaqiyat haqida gap-so’z bo’lishi mumkin emass

3-qoida: O’z-o’zidan qoniqmaslik qoidasi

Kishi hasad bilan emas, havas bilan maqsadga erishadi. O’z imkoniyatlaringizni boshqalarga nisbatan past deb o’ylamang. Sizda ham muvaffaqiyatli kishilarga berilgan 24 soat vaqt bor. Qanday yutuqqa erishganingizdan qat’iy nazar to’xtab qolishni o’ylamang. Harakat qilgan kishiga omad ham kulib boqadi, lekin omad zinapoyalarida qolib ketmasdan faqat yuqoriga qarab intiling.

4-qoida: Pozitiv fikrlang

Hayotda aptimist bo’lgan kishilargaa muvaffaqiyat kalitlari ochiladi. Qurilish maydoni bo’layotgan joyda ketib borayotgan bir o damning oyog’iga g’isht tushib kesa u pisimist bo’lsa “Nega men baxsizman, nega kulfatlar faqat men bilan o’ralashib yuradi, nega aynan men baxsiz tasodiflarga mubtaloman” deb fikrlasa, aptimist odam “Omadim bor ekan, yaxshiyam palakat g’isht oyog’imga tushdi, boshimga tushganida nima bo’lardi, yaxshiyam omadli insonmanda” deya fikrlaydi. Har narsadan bir hikmat chiqarishni o’ylang. Boshingizdan turli qarama-qarshi fikrlarni chiqarib tashlab voqealarning ijobiy tomonlarini yaratishga intiling.

5-qoida: O’zingizga qulay bo’lgan muhitni yarating

YAshash joyingizda o’zingiz uchun qulay bo’lgan atmosferani yaratishga intiling. Kishi o’zini qanchalik erkin va yengil his qilsa muvaffaqiyatli fikrlar o’zi ergashib keladi. O’zingizga xush kayfiyat bag’ishlovchi narsalarga urg’u bering. Siz kayfiyatingizni ko’tarmas ekansiz muvaffaqiyat sizdan qochishga intiladi.

6-qoida: Sog’lom turmush tarziga rioya eting

Tongi badantarbiya mashqlari, uxlashdan oldin kechki sayr, ko’p piyoda yurish kishi tanasini doimo sog’lom va baquvvat bo’lishini ta’minlaydi. Tanangizni chiniqtirib boring, gigiyena talablariga rioya etib o’zingizni pok saqlang. Kishi tanasi va ruhi sog’lom bo’lsa muvaffaqiyat o’zi yaqinlashadi.

7-qoida: Ovqatlanishni to’g’ri tashkil eting

Muvaffaqiyat qozonish uchun ovqatni nima dahlia bor deysizmi? Tog’ri ovqatlanish organizmning lanjlanishi, loqaydlik, erinish aynan shu narsadan kelib chiqadi. Qorinning o’ta to’qligi yoki ochligi negative fikrlashga olib keladi. Nonushta, tushlik va kechki ovqatni vaqtida istemol qilish zaruriy tavsiyalardan biridir.

Muvaffaqiyat tushunchasini har kim o’zicha tushunadi va tasavvur qiladi. Kishi nimaga intilsa u narsa o’ziga yaqinlashib keladi. Faqat kelishi kerak bo’lgan narsaga sharoit yaratib berilsa bas. Muvaffaqiyatga erishish uchun bundan tashqari muvaffaqiyatli insonlar hayotini, fikrlash tarzini o’rganishingiz, shaxsiy rivojlanishga e’tibor qaratishingiz, o’z vaqtingizning qattiqqo’l boshqaruvchisiga aylanishingiz, kechirimli bo’lishingiz va muvaffaqiyatli damlarga chin dildan ishonishingiz zarur bo’ladi. Xulosa o’rnida Konfusiyning ushbu hikmatli so’zini keltirishga qaror qildik:

“G’alaba qozonish irodasi, muvaffaqiyatga erishish istagi, sizning to’liq salohiyatingizga intilish .. — bular shaxsiy mukammallikka eshikni ochadigan kalitlardir.”

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Комментарии: 1
  1. munisa

    kitob ajoyib ekan inson hayoti davomida kerakli bolgan tafsiyalar berilgan :idea: :idea: :idea: :smile: :smile:

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: