Muvaffaqiyat va o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlash uchun transformasiya qilish, ya’ni timsollarni almashtirish usulini ko’rib chiqamiz.
Hayotimizdagi har qanday holat bizning shuuriy ongimizda biror timsol, tasvir ko’rinishida o’z izini qoldiradi. Bu esa hayotimizga barbod etuvchi yoki bunyod etuvchi ta’sir ko’rsatishi mumkin. Agar biror holatga bog’liq tasvir Sizda yoqimsiz hislarni chaqirsa, uni o’zgartirish kerak bo’ladi. Buning uchun esa sodda va o’ta samarali usul mavjud. Bu usul “Timsolni almashtirish” deb nomlanadi. Bu haqda NLD (Neyro Lingvistik Dasturlash) ga doir adabiyotlarda batafsil yozilgan. Quyida bu usulni bizning holat uchun, ya’ni o’zingizga bo’lgan ishonchni oshirishda qanday qo’llashni ko’rsatib o’tamiz.
Har safar o’zingizga bo’lgan ishonchning pastligi haqida o’ylaganda kayfiyatingiz tushib ketadi va siz sun’iy ravishda o’zingizni kuchsizlantirasiz. Bu holat sizdagi katta miqdordagi energiyaning bekordan-bekorga sarflanishiga sabab bo’ladi. YUqorida aytib o’tganimizdek bizning miya bir vaqtning o’zida faqat bitta o’y bilan band bo’la oladi. Uning bu xususiyatidan samarali foydalanish mumkin. Timsollarni almashtirish usuli yordamida miyamizning ushbu xususiyatidan unumli foydalanishni o’rganib olamiz.
Timsollarni almashtirish usulni qo’llash natijasida o’z quvvatingizni o’zingizga bo’lgan ishonchni yanada oshirishga, yanada kuchaytirishga ishlata boshlaysiz. Buning oqibatida o’ziga bo’lgan ishonchi yuqori insonga aylana borasiz. SHuning uchun bu usulni diqqat bilan o’zlashtirib oling va qo’llang.
Timsollarni almashtirish usuli bir necha qadamdan iborat.
1- Qadam. Ishga tushiruvchi timsolni aniqlash.
Dastlab ishga tushurivchi timsolni aniqlang. Bu nima degani? Bu ishonsizligingiz haqida o’ylaganda o’y- xayollaringizda paydo bo’ladigan yoqimsiz manzara, tasvir. Bu tasvir nimalardan iborat ekanligini o’zingiz uchun aniqlab oling. Bu shunday tasvirki, o’zingizga bo’lgan ishonchsizligingiz haqida o’ylagan zahoti xayolingizda eng birinchi bo’lib paydo bo’ladi. Ishga tushiruvchi, ya’ni sizda o’ziga bo’lgan ishonchsizlik kayfiyatini uyg’otuvchi tasvirni aniqlaysiz. So’ngra bu tasvirni xayolan kichraytirib va xiralashtirib boring, toki yo’q bo’lib kesin.
2- Qadam. O’zingiz xohlayotgan, intilayotgan tasvirni yaratish.
Tasavvuringizda kelajakdagi timsolingizni yarating. Unda Siz o’ziga bo’lgan ishonchi yuqori insonga aylanib ulgurgansiz.
Bunda Siz o’zingiz havas qilgan insondagi kabi, yoki undan ham zo’r sifatlar bilan sifatlangan holda turibsiz. Har bir harakatingizda o’zingizga bo’lgan ishonch ufurib, barq urib turibdi.
O’ylab ko’ring va tasavvur qiling bu holatda Siz o’zingizni qanday tutayotgan bo’lardingiz. Bu timsolingizga e’tibor bilan qarang. YUzingiz, ko’z qarashlaringiz, mimikangiz qanday ko’rinishda? Bu timsolda Siz qanday nafas olyapsiz? Qanday yangi his- tuyg’ularni boshdan kechirayotgan bo’lardingiz, o’zingizga nimalarni gapirayotgan bo’lardingiz. Atrofdagi insonlar sizga qanday munosabatda bo’lishmoqda? Bu timsolni yanada yorqinroq, yanada jozibali, o’ziga tortuvchi qiling. O’zingizga o’zingiz: Ha, mana shunday bo’lishimni istayman! deya oladigan darajada jozibali, yoqimli bo’lsin.
Bu timsolni, bu tasvirni o’zingizga haqiqatdan ham yoqadigan bo’lguncha, Sizni o’ziga juda kuchli jalb qiladigan bo’lguncha rostlang, o’zgartiring. So’ng bu tasvirni yanada yorqinlashtiring.
Bu timsol, bu tasvir Siz harakat qiladigan asosiy yo’nalish bo’lib xizmat qiladi.
3- Qadam. Timsollarni (tasvir) almashtirish (transformasiya qilish).
Keling endi ishonchsizlik kayfiyatini uyg’otayotgan tasvirni yangisiga, yoqimlisiga, o’ziga bo’lgan ishonch tuyg’ularini chaqiruvchi tasvirga, timsolga almashtiramiz.
Qarshingizda oppoq ekranni tasavvur qiling. Pastki chap (yoki o’ng) burchakka yangi tasvirni joylashtiring. Uni kichkina va qoramtir qiling. Tasavvuringizdagi ekranning qolgan qismini Sizda o’zingizga bo’lgan ishonchsizlik kayfiyatini uyg’otuvchi tasvir egallaydi. Biz uni shartli ravishda “Ishga tushiruvchi timsol” deb nomlagan edik.
Endi buyruq berilishi bilan darhol yangi tasvirning o’lchami va yorqinligini oshiring, toki “Ishga tushiruvchi timsol”ni butunlay qoplab olsin. eski tasvir, ya’ni “Ishga tushiruvchi timsol” esa xiralshib yo’q bo’lib kesin.
Buni siz tez bajaring, 1-3 sekund ichida. Tasvirlar almashib, yangi tasvir katta, tiniq va yorqin bo’lgan zahoti o’zingizni boshqa narsaga chalg’iting. Nazaringizni bir buyumdan boshqasiga olib o’ting. So’ng yana ichki holatingizga qayting va hamma amalni yana takroran bajaring.
YAna e’tiboringizni boshqa narsaga chalg’iting. Xuddi shunday ravishda 5 – 7 marotaba takrorlang.
Bunda avtomatik, ya’ni o’z-o’zidan bajariladigan darajaga erishish lozim. O’zingizga bo’lgan ishonchsizlik haqidagi o’y-fikrlaringizning o’zi darhol Sizning yangi timsolingizni, o’ziga ishonchi yuqori bo’lgan timsolingizni va unga mos hislarni chaqirsin.
4 – Qadam. Tekshirish
Endi o’sha “Ishga tushirish timsolini” eslang. Uni ushlab turishga harakat qiling.
Nima sodir bo’lyapti?
Agar hammasi to’g’ri bajarilgan bo’lsa, eski tasvir yo’q bo’lib ketadi va uning o’rniga avtomatik ravishda sizning yangi ajoyib timsolingiz, tasviringiz paydo bo’ladi.
“Timsolarni almashtirish” usuli juda samarali bo’lib, nafaqat sizni bezovtalik, qo’rquv, xavotir kabi hislardan xalos etadi, balki ichingizdagi barcha nrasani – fikrlashingizni, o’zingizni tutishni Siz istayotgan natija sari yo’naltiradi.
Bundan tashqari o’zingizga bo’lgan ishonchsizlik hissi tufayli besamar yo’qotayotgan energiyangiz o’zingizga qayta boshlaydi. Siz buni aniq his qilasiz.
Maqolani tayyorlashda SHuhrat eshmurodovning “O’ziga ishongan inson bo’lish sirlari” kitobidan foydalanildi.
Давайте рассмотрим метод трансформации, то есть замены символов, для укрепления успеха и уверенности в себе.
Любая ситуация в нашей жизни оставляет свой след в нашем сознании в виде символа, образа. Это может иметь разрушительное или созидательное влияние на нашу жизнь. Если образ, связанный с ситуацией, вызывает у вас неприятные чувства, необходимо его изменить. Для этого есть простой и очень эффективный метод. Этот метод называется «Swap Symbol». Об этом подробно написано в литературе по НЛД (нейролингвистическому программированию). Ниже мы покажем вам, как использовать этот метод для нашей ситуации, то есть для повышения уверенности в себе.
Каждый раз, когда вы думаете о своей низкой уверенности в себе, вы будете чувствовать себя подавленным и искусственно ослаблять себя. Эта ситуация приводит к тому, что большое количество вашей энергии тратится впустую. Как мы упоминали выше, наш мозг может быть занят только одной мыслью за раз. Эту функцию можно эффективно использовать. С помощью метода замены символов мы учимся эффективно использовать эту особенность нашего мозга.
В результате применения метода замены символов вы начнете использовать свою силу для дальнейшего повышения и укрепления уверенности в себе. В результате вы станете человеком с высокой уверенностью в себе. Поэтому изучайте и используйте этот метод осторожно.
Метод замены символов состоит из нескольких шагов.
Шаг 1. Идентификация значка запуска.
Сначала определите значок запуска. Что это значит? Это неприятная сцена, образ, который возникает в вашем сознании, когда вы думаете о своем неверии. Узнайте сами, из чего состоит этот образ. Это первое изображение, которое приходит на ум, когда вы думаете о своей неуверенности. Вы определяете триггер, то есть образ, который вызывает у вас настроение неуверенности в себе. Затем мысленно сжимайте и размывайте это изображение, пока оно не исчезнет.
Шаг 2. Создайте образ, который вы хотите и к которому стремитесь.
Создайте свой будущий аватар в своем воображении. Тогда вы стали человеком с высокой уверенностью в себе.
В этом вы обладаете теми же или даже лучшими качествами человека, которым вы восхищаетесь. Ваша уверенность в себе сияет в каждом вашем движении.
Подумайте и представьте, как бы вы вели себя в этой ситуации. Посмотрите внимательно на этот ваш символ. Как выглядит ваше ЛИЦО, глаза, мимика? Как вы дышите на этом изображении? Какие новые эмоции вы бы испытали, что бы сказали себе. Как окружающие относятся к вам?Сделайте этот символ ярче, привлекательнее, привлекательнее. Скажите себе: Да, это то, кем я хочу быть! Пусть он будет максимально привлекательным и приятным.
Настраивайте и меняйте этот символ, этот образ, пока он вам действительно не понравится, пока он вас очень сильно не привлечет. Затем сделайте это изображение ярче.
Этот символ, этот образ служит основным направлением, в котором вы движетесь.
Шаг 3. Изменение (преобразование) символов (изображения).
Теперь заменим образ, вызывающий настроение недоверия, на новый, приятный, на образ, вызывающий чувство уверенности в себе.
Представьте перед собой белый экран. Поместите новое изображение в нижний левый (или правый) угол. Сделайте его маленьким и темным. Остальную часть экрана в вашем воображении занимает образ, вызывающий чувство неуверенности в себе. Мы предварительно назвали его «Значок запуска».
Теперь по команде сразу увеличьте размер и яркость нового изображения, чтобы оно полностью закрывало «Значок запуска». и старый значок «Значок запуска» исчезает.
Делайте это быстро, в течение 1-3 секунд. Как только образы изменятся и новый образ станет большим, четким и ярким, отвлекитесь. Перемещайте взгляд с одного предмета на другой. Затем вернитесь в свое внутреннее состояние и повторите процесс.
Переключите свое внимание на что-нибудь другое. Повторите то же самое 5-7 раз.
В этом случае необходимо выйти на автоматический, то есть самоисполняющийся уровень. Пусть ваши мысли о неуверенности в себе немедленно вызовут ваше новое «я», ваше самоуверенное «я» и соответствующие ему эмоции.
4 – Шаг. Проверять
Теперь вспомните эту «Значок запуска». Попробуй удержать.
В чем дело?
Если все сделано правильно, старое изображение исчезнет, а на его месте автоматически появится ваш новый удивительный образ, образ.
Метод «замены символов» очень эффективен и не только избавляет вас от чувства беспокойства, страха и беспокойства, но и направляет все внутри вас — ваше мышление, ваше поведение — на желаемый результат.
Кроме того, к вам начинает возвращаться энергия, которую вы зря тратите из-за чувства неуверенности в себе. Вы определенно чувствуете это.
Используемая литература
При подготовке статьи использовалась книга Шухрата Эшмуродова «Секреты уверенного в себе человека».