Deyl Karnegidan hayot uchun eng kerakli qoidalar to’plami

Дейл Карнеги

Buyuk psixolog yozuvchi Deyl Karnegi ijodi bilan tanishmagan kitobxon kam bo’lsa kerak. Hozirda jahonda kitoblari tiraji bo’yicha eng ko’p bosilib chiqadigan yozuvchilardan biri shubhasiz Deyl Karnegidir. Uning deyarli barcha kitoblari kitobxonlar qalbini zabt etishga ulgurgan. CHunki De. Karnegi asarlari barcha davr uchun ham birdek qadrli va shunday bo’lib qolaveradi. Kishilarga muomala qilish va do’stlar orttirish, bezovtalik va og’ir damlardan qanday xalos bo’lish, muoffaqiyat qozonish sirlari va boshqa hayotda eng zarur maslahatlar beruvchi Deyl Karnegi kitobini o’qigan kitobxon bu fikrning to’g’ri ekanligini guvohi bo’ladi.
YOzuvchinig o’z asarlariga qarata aytgan bir fikrini esga olaylik: «Qo’lingizdagi ushbu kitobni dastlabki 40 betini shoshmasdan o’qib chiqing, Agar u sizga hech ham naf bermasa uni istagan tomonga uloqtirib yuboring». Demak bu fikrlardan ko’rinadiki, D. Karnegining o’zi ham kitoblarini har bir kitobxonlar tomonidan yuksak baho berilishiga ishongan. Uning kitoblarini o’qib chiqqanlar esa haqiqatan ham uning asarlari eng zarur kitoblar ekanligiga amin bo’lishadi hamda o’zi uchun eng aziz kitob bo’lib qolishiga ishonishadi.
Quyida uning asarlarida bitilgan eng zarur va qimmatli maslahatlarni, muomala qilish va do’stlar ottirish, bezovtalik va og’ir damlardan qanday xalos bo’lish, muoffaqiyat qozonish sirlarini mujassam etgan qoidalarni keltirmoqdamiz.
Sizlarga qulay bo’lishi uchun mavzu matnlarini ixcham qilib bermoqdamiz. Har bir mavzuga bosganingizda matnlari paydo bo’ladi. Mavzuga qayta bosilganda yana yashirin holga qaytadi. Hayot uchun zarur qoidalar bilan tanishib o’z hayotingizga tadbiq etishingizga tilak bildirib qolamiz.

YOqimtoy bo’lishning olti qoidasi

1-qoida. O’zgalar bilan samimiy sitqidildamn qiziqib ko’ring;
2-qoida. Muomila paytida tabassum qiling;
3-qoida. yodingizda bo’lsin,kishining o’z nomi har qanday tilda ham eng shirin va muhim tovushlar yig’indisi hisoblanadi;
4-qoida. Ajoyib tinglovchi bo’ling. Boshqalarni o’zi to’g’risida gapirishlariga qiziqtiring. ;
5-qoida. Suhbatdoshingiz qiziqadigan mavzuda gapirishga harakat qiling.
6-qoida. Suhbatdoshingizni o’z qadr qimmatini anglashga, o’zining izzat nafsoniyatini baland tutishga ishontiring, bu ishni chin yurakldan samimiy ado eting.

O’zgalarni nuqtai nazaringizga jalb etuvchi o’n ikki qoida

1-qoida. Bahs-tortishuvda ustun kelishning yagona usuli undan voz kechishdir;
2-qoida. Subatdoshingiz fikriga hurmat bajo keltiring. Hech kimga hech qachon «sen nohaqsan» demang;
3-qoida. Agar nohaq bo’lsangiz, bunga tez va qat’iy ravishda iqror bo’ling;
4-qoida. Gap boshidanoq do’stona ohangni qo’llang;
5-qoida. Hamsuhbatingizni darrov «ha» deb javob berishga majbur eting;
6-qoida. Ko’proq vaqt hamsuhbatingiz gapirsin;
7-qoida. Mayli,hamsuhbatingiz bu fikr o’ziga tegishli deb o’ylasin;
8-qoida. Voqea — hodisalarga sitqidildan hamsuhbatingiz nuqtai nazari bilan qarang;
9-qoida. Boshqqalarning fikr va xohishlariga xayrixoh munosabatda bo’ling;
10-qoida. Ularni yuksak his tuyg’ular, motivlarga davat eting;
11-qoida. O’z g’oyalaringizni jiddiylashtirib,ularni samarali bo’lishga erishing;
12-qoida. Da’vat qiling, jonli harakat qilishga undang.

Odamlarniong izzat nafsoniyatiga tegmasdan, ularga ta’sir etishning to’qqiz qoidasi.

1-qoida. Ishni hamsuhbatingizni maqtashdan va uning yaxshi jihatlarini samimiy e’tirof etishdan boshlang;
2-qoida. O’zgalarning xatosini to’g’ridan to’g’ri emas, balki bilvosita ko’rsating;
3-qoida. Dast avval o’z kamchilik, nuqsonlaringiz haqida gapiring, so’ngra hamsuhbatingizni tanqid qilishga kirishing;
4-qoida. Hamsuhbatingizga buyruqlar berish o’rniga unga savollar bering;
5-qoida. Odamlarga o’z obro’ — e’tiborlarini saqlab qolishga imkon bering;
6-qoida. Odamlarning juda kichik bo’lsa ham muoffaqiyatini e’tirof eting, maqullang, hamda har bir yutug’ini qayd eting. «Baholashda samimiy va maqtovda bag’ri keng bo’ling»;
7-qoida. Odamlarga yaxshi obro’ e’tiborga sazovor bo’lishlari uchun imkon yarating, toki ular buni oqlashga harakat qilishsin;
8-qoida. Rag’batlantirishga urining. SHunday tasavvur uyg’otingki, xatoga yo’l qo’ygan kishi xatosini yengil tarzda to’grilaydigan, tuzalgan deb his esin; odamlarni yengil deb ishga urinishiga undang;
9-qoida. SHunga erishingki, odamlar siz tavsiya etgan ishlarni bajarganlaridan xursand bo’lishsin.

Oilaviy hayotingizni baxtli qilishga undovchi yetti qoida.

1-qoida. Hech qachon xarxasha qilmang, ayb torpishga urinmang;
2-qoida. Umr yo’ldoshingizni o’zgartirmaslikka harakat qiling;
3-qoida. Hech qachon tanqid qila ko’rmang;
4-qoida. bir — biringizga chin yurakdan o’zingizni minnatdorchiligingizni bildirib turing;
5-qoida. Bir-biringizga mumkin qadar mo’jaz e’tiborga molik belgilar ko’rsating;
6-qoida. Sermulozamat, sertakalluf bo’ling;
7-qoida. Oila, er-xotinlik hayotida oid nozik munosabatlar bilan bog’liq maroqli kitob mutolaa qiling.

OILAVIY XAYOT: UNI YANADA BAXTGA BURKOVCHI YETTI QOIDA

1. Oilaviy baxtni tezroq go’rga tiqish yo’li

Bundan yetmish besh yil muqqaddam Napoleon Bonapartning jiyani Napoleon III dunyodagi eng sohibjamol ayol — grafinya Tebskaya, Mariya yevgeniya Ignasiya Avgustina de Montixoni sevib qoldi va unga uylandi. Uning maslahatchilari, bu xonim hech kimga ma’lum bulmagan ispan grafining qiziq deb oyoq tirab oldilar. Ularga javoban Napoleon: «Xo’sh, nima bo’pti?» deb e’tiroz bildirdi. Uning nazokati, yoshligi, jozibadorligi, chiroyi Napoleonni beqiyos huzur-halovat og’ushiga g’arq etgan edi. U taxt tepasida turib, butun millatga qarata: «Men o’zimga noma’lum bo’lgan ayolni sevdim, unga izzat- ikrom ko’rsataman va boshimga ko’taraman», deya jar solgan edi.
Napoleon va uning qallig’ida hamma narsa:sog’liq, boylik,hokimiyat, shon-sharaf, guzallik, sevgi-muhabbat, bir-birini sidqidildan sevish, oliy darajadagi ishqiy munosabatlar uchun tegishli barchasi mavjud edi. Xech qachon muqaddas nikoh gulxani bunchalik nur sochib lovullamagan edi.
Ammo, nadomatlar bulsinki, muqaddam olov sal utmay miltillab qoldi va o’chdi. Bu harorat so’ndi, undan faqat burqsigan kul qoldi, xolos. Napoleon yevgeniyani malika qilmoqchi edi, ammo go’zal Fransiyada hech narsa — uning mehr-muhabbati ham, azamat toj-taxti ham uning eriga bo’lgan xarxashasini aslo to’xtata olmadi.
Rashqdan ko’zi ko’r bo’layozgan, shubha-gumonlar yuragini kemirib yotgan juvon uning farmonlarini mutlaqo mensimas, uni bir zum bo’lsin ko’zdan yiroqlashishiga qo’ymas edi. Davlat ishlari bilan band erining kabinetiga he yo’q be yo’q bostirib boraverardi. Uning muhim muzoqaralarini barbod qilishga urinar edi. U boshqa ayolga ketib qoladi, degan doimiy xavotir og’ushida yashar edi.
Evgeniya ba’zan singlisining huzuriga yugurib borar, eridan zorlangani-zorlangan edi: u norozi bo’lib shikoyat qilar, yig’lar, chinqirar hamda tahdid qilardi. Erining kabinetiga bostirib kirib, qichqirar va uni haqoratlashdan ham qaytmas edi. Bir olam saroyu koshonalarga ega bo’lmish Fransiya imperatori o’z-o’zi bilan bir lahza yolg’iz qolishga xilvat burchak topolmas edi. Bularning bari tufayli yevgeniya nimaga ega bo’ldi? Hech narsaga. Men ye. A. Reynxardtning «Napoleon va yevgeniya. Bir imperiyaning tragikomediyasi» nomli g’oyat maroqli kitobidan iqtibos keltiraman: «Ish shu darajaga yetib bordiki, Napoleon ko’zi yarim tunda yumshoq shlyapani bostirib kiyib, yashirincha yoniga o’zining eng yaqin do’stlaridan birini ergashtirgancha xilvat eshikdan chiqib, singib ketar edi. Xakiqagan ham uni qaerdadir kutayotgan go’zal xonim huzuriga jo’nar yoki buyuk shaharni ko’chalarida shunchaki tentirar edi, shunday ko’chalardan yurar ekan, faqat ertaklarda eshitgani qo’ldan ketgan imkoniyatlar havosidan nafas olar edi».
Evgeniya o’zining tizginsiz xarxashalari tufayli ana shunga ega buldi. To’g’ri, u Fransiya taxtida kerilib o’tirdi, uning dunyodagi eng chiroyli ayol ekanligi ham aniq. Ammo imperatorga xos unvon ham, go’zallik ham, zahar-zaqqumga to’lgan tinim bilmas xarxashalari ham muhabbatni saqlab qololmadi. yevgeniya, bechora ayol o’zining so’ngsiz rashqi va xarxashasi girdobiga o’ralashib qoldi.
Eng bexato nishonga uruvchi harakatdagi makru hiylalar orasida bir zamonlar do’zax iblislari tomonidan yaratilgan, muhabbatni poymol etuvchi, o’lim keltiruvchi illatlardan biri xarxasha hisoblanadi. Bu usul hech qachon adashmaydi. Xuddi qirol kobrasi kabi hamisha zaharlab, doim joyida o’ldiradi.
Graf Tolstoyning xotini bu achchiq haqiqatni juda kech tushundi. U o’limi oldidan qizlarini chaqirib: «Otangizning o’limiga men sababchi bo’ldim», deya iqror bo’lgan edi. Qizlari uning gapiga javob berolmay, har ikkisi ham o’kirib yuborishdi. Ularning onasi rostini aytayotgan edi. Ular onasining nihoyasi yuq shikoyatu javrashlari, tinim bilmas tanqidlari, doimiy davom etgan xarxashalari otasining umriga zomin bo’lganini bilardilar.
SHu bilan birga graf Tolstoy va uning xotini har jihatdan juda baxtli bo’lishlari mumkin edi. U barcha davrlarning eng buyuk yozuvchilaridan biri hisoblanadi. Uning ikki buyuk shoh asari — «Urush va tinchlik» va «Anna Karenina» sayyoramizning adabiyot osmonida o’chmas yulduz bo’lib yarqirab turaveradi.
Tolstoy shu darajada mashhur ediki, muxlislari uning har bir qadamini kechayu kunduz ta’qib etib, og’zidan chiqqan har bir so’zigacha yozib olishgan. Barcha so’zi, hatto: «Mayli, men endi uxlayman» , degan shunchaki gapi ham yozib olingan. Endi rus hukumati uning to’la asarlar to’plamini bosib chiqarmokda- unda adib qachonlardir yozib qoldirgan har bir iboragacha kiritiladi, Tolstoy asarlari 100 jilddan oshib ketadi.
uzoq davom etadiganday ko’rindi. SHu sababli ular tiz cho’kib, yaratganga iltijo qilishar, marhamatini darig’ tutmasligini yolvorib munojot qilardilar.
SHundan keyin g’alati bir holat ro’y berdi. Tolstoy asta-sekin o’zgardi va butunlay boshqa kishiga aylandi. U dastlab o’zi yaratgan buyuk asarlardan uyaldi, o’zini publisistik maqolalar yozishga bag’ishladi, ularda tinchlikni targ’ib qildi, urush va nochorlikni qattiq qoraladi.
Bu inson bir kuni iqror bo’lib, yoshligida gunoh ishlar qilgani, hatto odam o’ldirganigacha aytib, Iso ta’limotini izchil urganishga kirishdi. U o’ziga qarashli barcha yerlarni boshqalarga bo’lib berdi va kambag’allarday hayot kechirdi: dalada ishladi, o’tin yordi, pichan o’rdi, o’zi uchun poyafzal tikdi, xonasini o’zi supurdi, yog’och idishda ovqat yedi va barcha dushmanlarini yaxshi ko’rishga o’zini majbur eta oldi.
Lev Tolstoy hayoti fojiadan iborat edi va bu fojianing asosiy sababchisi uning nikohi edi. Tolstoyning xotini hashamatni sevar, u esa undan nafratlanar edi, xotini shon-shuhrat va martaba istagida kuyib-yonar, Tolstoy uchun esa buning sariq chaqachalik ahamiyati yo’q edi. Sofya Andreevna pul, mol-davlat ketidan quvar, Tolstoy esa, aksincha, boylik hamda xususiy mulkka ega bo’lishni gunoh deb bilardi.
Bordi-yu, eri e’tiroz bildirguday bo’lsa, u jazavaga tushib, o’zini yerga tashlar, og’ziga qoradori solingan shishachani yaqinlashtirib, o’zimni o’ldiraman, deb qasam ichar, o’zimni quduqqa tashlayman, deb qo’rqitar edi.
Ular hayotidagi bir voqea menga butun insoniyat hayotidagi ta’sirli bir sanani eslatadi. Men avval ta’kidlaganimdek, bu juftlik turmush qurgan dastlabki paytlarda nihoyatda baxt bilan masrur edilar. Ammo oradan qirq yil o’tgach, Tolstoy endi zo’rg’a chidar edi. Ba’zan oqshomlari g’am-anduhga limmo-lim keksa xotini qalbi ozgina bo’lsa-da, iliq orom istab, choli oldida tiz cho’kar, qbundan ellik yil muqaddam mehr-muhabbat tuyg’ulari bilan to’lib- toshgan va unga bag’ishlangan satrlarini kundalikdan topib, ovoz chiqarib o’qib berishini iltijo qilib so’rardi. Tolstoy ajoyib, baxt-iqbolga to’liq, aslo qaytmas kunlar haqidagi satrlarni o’qiganida, har ikkisi ham kuyib yig’lardi. Hayot haqiqati ularning xayoliy romantik ko’z yoshlaridan qanchalik farq qilar, qanchalik o’zgacha tusda edi! Va, nihoyat Tolstoy sakson ikki yoshga kirib, qartayib qolgan paytda oilaviy hayotidagi fojiani ortiq hazm qila olmasligiga ko’zi yetdi va 1910 yilning qor-qirovli, sovuq oktyabr kechasida o’zining xotinidan uzoqqa qochdi—qorong’i zulmatga, qayga ketganini bilmay, anglamay.
Oradan o’n bir kun o’tgach, Tolstoy kichik temir yo’l stansiyasida o’pka shamollashidan vafot etdi. Uning o’lim oldidagi yagona vasiyati dafn marosimiga xotinini qo’ymasliklarini tayinlash bo’ldi.
Grafinya Tolstoyning uchi oxiri yo’q, xarxashasi, arzu dod va jazavasiga berilgan baho ana shundan iborat edi.
Balki, kitobxon bu ayolning rozilik uchun asosi bordir, degan xayolga borar. Ma’qul fikr. Ammo buning ishga aloqasi yo’q. Gap boshqa fikrga borib taqaladi: bu xarxashalar unga yordam berdimi yoki bundan battar ahvolni yana do’zax azobiga aylantirdimi?
«Men haqiqatan ham ahmoqona ish qilgan ekanman», — degan xulosaga keldi grafinya Tolstaya, ammo, afsuski, endi kech bo’lgandi.
Avraam Linkolnning hayotidagi ulkan fojia uning nikohi, oilasi edi. E’tibor bering, uni o’ldirishgani emas, balki uning nikohi sababchi edi. Linkolnning yigirma uch yillik hayotini safdoshi, huquqshunos Gordon «oilaviy hayotning achchiq mevalari» deb atagan, azobni tortgan Linkoln But tomonidan otilgandan so’ng o’zining o’ldirilganini dam anglamagan edi. Deyarli chorak asr Linkoln xonim erini tinim bilmay egovlab, uning jonini xalqumiga keltirgan edi.
Bu ayol poyoni yo’q norozilikni eri ustiga yog’dirar, uni tinim bilmay tanqid qilgani-qilgan, go’yo uning fikricha, erida hammasi risoladagidek emas edi. Erining yurishi, qadam bosishi beso’naqay emish, u oyoqlarini lapanglatib yurarmish, dindularga o’xshab bukchayadi, deb ham ayb topardi. Uning qaddi — qomatida egiluvchanlik ko’rinmaydi, harakatlarida nazokat yetishmaydi, deb zorlangani-zorlangan edi. Ayol pansionda o’ziga madam Mantel o’rgatganidek, qadam tashlashni, qaddi-qomatni tutishni jig’ibiyroni chiqib talab qilishdan charchamas edi.
Unga erining quloqlari burchagi boshi tomonga qarab ketgani ham aslo yoqmasdi. Bir kuni esa burni tekis bulmagani uchun Linkolnga ta’na toshlarini otgan edi. Pastki jahi turtib turadi, o’zi esa sil kasaliga yo’liqqan bemorday ko’rinadi, oyoq va qo’llari haddan ziyod uzun, boshi esa kichkina, deb zorlangandi.
Avraam Linkoln va Meri Todd Linkoln hamma jihatdan: tarbiya ko’rganlik, kelib chiqshi, mijozi, dunyoqarashga moyilligi bilan bir-birlariga mutlaqo qarama-qarshi edilar. Ular doimiy ravishda bir-birini ko’rishsa, zardalari qaynab ketar edi.
Bizning avlodimizga mansub mashhur linkolnshunos, marhum senator Albert J. Beverij shunday deb yozgan: «Linkoln xonimning quloqni teshib yuborguday chinqiroq ovozini ko’chaning narigi betidan bemalol eshitish mumkin edi. Kimki ularga yaqin o’tirgan bo’lsa, uning to’xtovsiz qahru g’azabga to’lib-toshganini har kuni bilar edilar. Meri Todd xonimning darg’azab bo’lib, jahl otiga minishi faqat so’zda ifodalansa ham bir navi edi, bizgacha uning aqlga sig’maydigan qiliqlari to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlar yetib kelgan». SHunga o’xshash voqealardan biri bilan tanishing. To’ydan keyin ko’p o’tmay Linkoln va uning xotini Springfildga — shifokorning bevasi, pensionerlarga qarashga majbur bo’lgan Jeykob Erli xonimning huzuriga ko’chib o’tishadi. Qaysidir kuni janob Linkoln va xotini nonushta qilib o’tirishar ekan, Linkoln nimadir qildi, shekilli, bu xotinini g’azablantirib yubordi. Linkoln aniq nima qildi, hozir hech kim bilmaydi. Ammo Linkoln xonim g’azabdan quturib ketdi-yu, issiq qahvani erining betiga sepib yubordi. Bu pensionerlarning ko’z o’ngida sodir bo’ldi.
Linkoln xotiniga lom-mim demadi. U kamsitilgan holda sukut saqlab o’tirar ekan, erli xonim nam sochiq bilan uning yuzlarini artar edi.
Linkoln xonimning rashqi shu darajada telbalardek, shunchalik shiddatli va shunchalik chidab bo’lmas darajada ediki, eriga nisbatan ochiqdan- ochiq ko’rsatgan uyatsiz tomoshalari, yurakni ezib yuboradigan xunuk qiliqlari, mana, 75 yildan buyon, hozir ham uni eshitgan kishilarni hayratga solib, og’zini lang ochirib qo’yadi. Nihoyat u aqldan ozdi, ehtimol, uning o’zini tutishi, xulq-atvori ana shu aqlsizlik asosida tug’ilganmikan, deb o’ylashga majbur qiladi.
Linkolnni xotinining butun xarxashalari, gina-quduratlari hamda telbalarcha hatti-harakatlari zarracha bo’lsin o’zgartirdimi? Ba’zi jihatlardan qaraganda, ha, o’zgartirdi. Unga nisbatan muayyan his-tuyg’ularini qisman o’zgartirdi. Uni baxtsiz nikoh to’g’risida pushaymon qilishga majbur etdi. Undan imkoni boricha o’zini olib qochadigan bo’ldi.
Springfildda o’n bir advokat yashar va bari uchun ish yetarli edi. SHuning uchun ular graflikda o’tadigan sud majlislarida ishtirok etish uchun sudya Devid Devisga ergashib, uning ortidan u shahardan bu shaharga otliq yo’l yurishardi. SHu tarzda mahalliy sud yig’ilishlarining barchasida ishtirok etib, sakkizta sud okrugida bo’lishar edi. Boshda advokatlar ko’pincha ayyorlik qilib, har shanba kuni Springfildga qaytishni istamay, hafta oxirini o’z oilalari bilan o’tkazar edilar. Ammo Linkoln mutlaqo bunday qilmasdi. U uyiga qaytishga qo’rqar, uch oy bahorni, uch oy kuzni Springfildga qadam bosmay, turli raz’ezdlarda yashashni afzal bilar edi.
U yildan-yilga xuddi shunday qilardi. Ko’pincha qishloq joylardagi mehmonxonalarda sharoit juda yomon edi. SHunga qaramay, u barcha noqulayliklarga tobu toqat bilan chidar, Linkoln xonimning doimiy xarxashasi va qahr-g’azabining alanga olishidan ko’ra bu ancha rohatbaxsh ko’rinardi.
Linkoln xonim, malika yevgeniya va grafinya Tolstayaning erlari bilan munosabatlari ana shunday oqibatga duchor qildi. Xotinlarning xulq-atvori ular hayotiga faqat fojialarni olib keldi, bu esa juda qimmatga tushdi.
Nyu-Yorkdagi ichki oilaviy munosabatlar ishi bo’yicha sudda o’n bir yil ishlagan Bessi Xamburgerning aytishicha, ko’rilgan mingta ishdan erkakning uydan chiqib ketishiga yagona sabab xotinning xarxashasi ekan. «Boston post» gazetasining yozishiga qaraganda, biror ayol o’zining oilaviy baxtiga qabr qazir ekan, asta-sekin uni chuqurlashtirib boraveradi.
SHunday qilib, oilaviy hayotingizni baxtli saqlamoqchi ekansiz, birinchi qoidani qattiq tuting:
Xarxasha qilmang, xarxashaning aslo keragi yo’q!!!

2. Seving va o’zgalarning ham sevishiga imkon bering

Dizraeli shunday degan edi: «Ehtimol, men o’zimning hayotimda juda ko’p xatolarga yo’l qo’ygandirman, ammo, baribir, sevgi asosida oila qurmayman».
U aynan shunday qildi. O’ttiz besh yoshgacha buydoqligicha yurdi, keyin o’zidan o’n besh yosh katta, sochlari qordek oqargan badavlat beva xotinga uylanmoqchi bo’ldi. Bu muhabbat tufayli bo’lganmidi? O yo’q. Beva Dizraeli uzini yaxshi ko’rmasligini juda yaxshi bilardi. Puli ko’pligi uchun o’ziga uylanmoqchi bo’lganini anglar edi! SHuning uchun bitta shart qo’ydi: ayol bir yil davomida uni sinab, fe’lini o’rganadi. Nihoyat mazkur muddat oxirida ayol Dizraeliga turmushga chiqdi.
Anchayin maza-matrasi yo’q, anchagina manfaatparastlikdan iborat bo’lib jaranglaydigan voqea, shunday emasmi? Qanday paradoksdan iborat bo’lmasin, Dizraelining oilaviy hayoti, baribir, barcha bema’ni, irqit voqea-hodisalarga o’ralashgan, eru xotinlikdan mutlaqo farq qiluvchi yorqin muvaffaqiyatga qurilgan edi.
Dizraelining chekiga tushgan bu boy-badavlat xotin yoshlik, navqironlik, go’zallik hamda alohida ajralib turadigan aqlga ega emas edi, albatta. Suhbatlarda u adabiyot va tarix sohasidagi nodonlikdan iborat gap-so’zlari bilan kulgili xatoliklarga yo’l qo’yganini bilmay qolardi. Masalan, u «rimliklar oldin paydo bo’lganmi yoki yunonlar», der, buni bilmas edi. YAsan-tusan bobidagi didi ajabtovur bo’lsa-da, uyni mebellar bilan jihozlashdagi tasavvuri nihoyatda g’alati va past darajada edi. SHunga qaramay, u oilaviy hayotda muhim o’rin tutgan erkaklar bilan muomala qilish, eru xotinlik munosabatida daho, haqiqiy daho edi. U o’zining aql- zakovatini hech qachon Dizraelining yetukligiga qarama-qarshi qo’ymasdi. Er toqatni toq qilib yuboradigan va jonni sug’urib oladigan, puxta-pishiq va ziyrak gersog xotinlarning tortishuvlaridan toliqib kelganida, uyda Meri Enning yengil-elpi sergapligi uni horg’inlikdan qutqarib, kuch-quvvatini tiklashga yordam berar edi. Uy unga mamnunlik va ruhiy halovat oladigan yagona maskan bo’lib, u Meri-Enning sidqidildan sevishidan lazzat topardi. Dizraelining bu yerda keksarayotgan xotini bilan o’tkazgan damlari hayotidagi eng baxtiyor damlaridan iborat edi. Bu ayol uning eng yaqin do’sti, tengdoshi hamda maslahatchisi edi. U har kuni quyi palatadan uyiga qarab shoshar ekan, kunduzi nimalar bo’lganini xotiniga aytib berish uchun hamma gapni ko’nglidan birma-bir o’tkazar edi. U nimagaki qo’l urmasin, bariga Meri- Enning qo’llab-quvvatlashini his etar, axir u eri muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga mutlaqo ishonmas, bu hol esa shu qadar katta ahamiyatga ega edi.
Uttiz yil davomida Meri-Enn faqat Dizraeli uchun, faqat uning o’zi uchun yashadi. Eri uning hayotini shunchalik yengillashtirgani, hatto boyligini ham uning uchun qadrlar edi. Bunga javoban er uni o’zining qahramoniga aylantirgan edi. Er uning vafotidan so’ng graf unvoniga sazovor bo’ldi. SHu bilan birga u xotini oddiy fuqaro ekanligida qirolicha Viktoriyadan rafiqasini perlar sulolasiga kiritishni iltimos qilib, uni ko’ndirgan edi. Nixoyat 1868 yilda xotini Vikontessa Bikonsfild unvoniga erishdi.
Odamlar nazarida u qanchalik nodon va yengiltak ko’rinsa-da, er uni biror marta bo’lsin tanqid qilgani yo’q. Uning sha’niga biror marta bo’lsin, piching ishlatgan emas, bordi-yu, biror kishi rafiqasining ustidan kulmoqchi bo’lsa, uning himoyasi uchun shiddat bilan tashlanar edi. Meri-Enn mukammallikdan uzoq bo’lib, kamchiliklardan xoli bo’lmasa hamki, o’ttiz yil davomida eri bilan faxrlanib yurishini biror martayam tilidan qo’ygan emas. Bu nimaga olib keldi? «Biz o’ttiz yil er-xotin edik, — deydi Dizraeli, — ammo biror marta u bilan zerikkanim yo’q» (shu bilan birga kimdir Meri-Enn tarixni bilmasa- da, nodon bo’lib qolmadi, degan gapni aytgan edi).
O’z navbatida Dizraeli ham hech qachon Meri-Enn uning hayotidagi eng qimmatbaho topilma ekanligini aslo yashirgan emas. Buning natijasi qanday edi? Meri-Enn o’z oilasining yaqin do’stlariga erini ta’riflab: «Mening hayotim shu inson tufayli boshdan-oyoq bitmas-tuganmas baxtga to’lib-toshgan edi», derdi.
Ular o’zaro hazillashishni yaxshi ko’rishar edi. «Bilasanmi, — derdi Dizraeli, — men, axir senga pullaring tufayli uylangan edim». Meri-Enn jilmayib javob berardi: «Bu ishni yana takrorlashga to’g’ri kelganda, endi menga sevgi tufayli uylanar eding-a, shunday emasmi?»
U xotinining gapini ma’qullar edi. Yo’q, Meri- Enn hamma jihatdan mukammallik da’vo qilgan emas. SHu bilan birga u o’z-o’zi bilan ovora bo’lib qolishiga Dizraeli aqlli bo’lgani uchun yo’l qo’ya olmasdi.
Genri Jeyms shunday deb ta’kidlagan edi: «Boshqa odam bilan munosabat o’rnatishdagi birinchi uzlashtiriladigan omil, bu ularning baxtli bo’lishiga xalaqit bermaslikdir, ular ham biz xohlagan narsani istashadiki, bu bizning baxtli bo’lishimizga xalaqit bermaydi, bunga ular o’zimiz xohlagan usulda yondashadilar».
Bu aytilgan takrorlashga arziydigan gapdir: «Bashqa odamlar bilan munosabat o’rnatishdagi birinchi omil, bu ularning baxtli bo’lishiga xalaqit bermaslikdir, ular ham shuni istashadi. »
«Birga yagona oilada o’samiz» nomli kitobida Leland Foster Vud shunday degan edi: «Muvaffaqiyatli nikoh mos kishini topish layoqatidan ancha ustundir; shu bilan birga bu o’zi ham aynan shunday odam bo’lish qobiliyati demakdir».
SHunday qilib, siz oilaviy hayotingizni baxtli saqlash niyatida ekansiz, ikkinchi qoidani mahkam tuting.
O’z umr yo’ldoshingizni o’zgartirmaslikka harakat qiling.

3. O’zingizni boshqacha tutsangiz, ajralish uchun Rinoga yo’l olishga majbursiz

Ijtimoiy hayotda Dizraelining eng ashaddiy dushmani buyuk Gladson edi. Bu ikki arbob o’rtasida davlatni boshqarish bilan bog’liq barcha muammoli masalalarda o’ziga xos fikrlari bilan kelishmovchilik ro’y bersa-da, ular uchun bitta umumiy jihat bor edi: har ikkalasi ham shaxsiy hayotda baxtga belangan edilar.
Uilyam va Ketrin Gladson ellik to’qqiz yil birga yashashdi, salkam oltmish yil baxt bilan iligan o’zaro vafodorlik bag’rida umrguzaronlik qilishdi. Mening ko’z oldimda Angliya bosh vazirlarining eng munosibi bo’lgan Gladson o’z rafiqasining qo’lidan ushlagan holda, u bilan qo’shiq kuylab kamin oldida raqsga tushgani nihoyatda yoqimli tuyuladi: Juldurvoqi er va shumtaka xotin — SHodlik va g’amda ham birgamiz hamon. Jamoat ishlarida shafqatsizligi bilan nom chiqargan Gladson hech qachon uydagilar sha’niga tanqidiy so’zlarni aytmagan. U ertalab nonushtaga tushar ekan, oilaning boshqa a’zolari hali uxlab yotganini payqab, ularga nisbatan noroziligini nihoyatda xushmuomalalik bilan izhor etish usulini topgan edi. U ovozini ko’tarib, uyni ajib g’amgin bir qo’shiq bilan to’ldirib yuborar, shu orqali Angliyadagi yumushga nihoyatda andarmon bir kishi yaqinlarini nonushta uchun kutib o’tirganini guyo eslatmoqchi bo’lardi. Odamlarga nisbatan muomalaga usta, e’tiborli bo’lgan bu shaxs oilaviy muhitda tanqid qilishdan o’zini butunlay tiygan edi.
Ekaterina II ham o’zini xuddi shunday tutgan. U dunyodagi eng yirik imperiyalardan birini boshqargan edi. yekaterina II o’ziga tobelardan millionlab kishilarning hayoti va o’limiga farmoyish bera oladigan qudratga ega edi. U siyosat maydonida ba’zan o’zini shafqatsiz hukmdor sifatida namoyon etar, samarasiz urushlar olib borar, o’nlab dushmanlarini otishga hukm qilardi. SHu bilan birga oshpazning kuydirib qo’ygan gushtini lom-mim demay, ishtaha bilan paqqos tushirar edi. Kulimsiraganicha sabr-toqat bilan tanovul qilar ekan, bundan o’rtacha amerikalik erkak ibrat olsa bo’ladi.
Buzilgan bebaxt oilalar bo’yicha Amerikada dong qozongan obro’li shaxslardan biri Doroti Diksning fikriga ko’ra, ellik foizdan oshiq nikoh muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topadi. Bularning asosiy sabablaridan biri — romantik ko’z yoshi to’kib ajralish bilan yakun topgan omillardan bittasi — tanqid, bir tiyinga qimmat, yurakni zada qiladigan tanqid hisoblanadi.
Bordi-yu, bolalaringizni tanqid qilishga to’g’ri kelib qolsa… men sizga aytsam, ularni aslo tanqid qilmang. Men bu ishning yaqiniga ham yo’lamayman. Tanqidga mukkasidan tushib ketishdan oldin Amerika jurnalistikasining mumtoz asarlaridan biri «Otaning pushaymoni»ni o’qib chiqing. U dastavval «Peplz xoum jornel»ning bosh maqolasi sifatida dunyo yuzini ko’rdi. Muallifning ruxsati bilan biz uni ixcham shaklda bu yerga keltiramiz.
«Otaning pushaymoni» samimiy yurak to’lqinlari avjga chiqqan daqiqalarda yozilgan ixcham asarlardan biri bo’lib, ko’pchilik kitobxonlarning hissiyotlariga «jiz» etib tegib ketadi. SHu sababli u doimiy ravishda qayta-qayta bosilaverish uchun manba bo’lib xizmat qilgan. «U ilk bor bundan o’n besh yil muqaddam bosilgan bo’lib, shundan buyon yuzlab jurnal va firma nashriyotlarida, shuningdek, mamlakatning barcha burchaklaridagi gazetalarda chop etildi, — deb xabar beradi uning muallifi U. Livingston Larned. Ko’plab chet el tillarida ham bosilib chiqqan. — Mening o’zim shaxsan minglab odamlarga uni maktablar, cherkov va kafedralarda o’qib berishga ijozat berdim. Turli radiodasturlar uni son-sanoqsiz eshittirishlarda istifoda etdilar. Undan kollejlarning davriy nashrlari va o’rta maktablarning jurnallari ham foydalandi. Bundan ajablanmaslik kerak. Ba’zan uncha katta bo’lmagan asar ham aql bovar qilmaidigan darajada muvaffaqiyat qozonadi. Mazkur maqola ham shubhasiz, ana shunday mavqega erishdi .
Bir maktubga e’tibor qaratsak:
Sitata:
U. Livingston Larned
Otaning pushaymoni
«Quloq sol, o’g’lim. Bu so’zlarni sen uxlayotgan paytda aytyapman; sening jajji qo’llaring chakkang tagida, sarg’ish sochlaring esa terlagan peshonangda yoyilgan Men xonangga yolg’iz o’zim, bildirmasdan kirib oldim. Bir necha daqiqa avval kutubxonada gazeta o’qib o’tirar ekanman, meni pushaymonlikning og’ir to’lqini shiddat bilan qamradi. Men sening karavotchang tepasiga o’z aybimni his etgan holda keldim.
Mana, men nimalarni o’yladim, o’g’lim. Men o’zimning yomon kayfiyatimni sening ustingga go’yo to’kib yubordim. Sen kiyinayotganda, seni so’kib, haqorat qildim, sen maktabga otlanayotgan eding, yuzingni ho’l sochiq bilan artib turganding. Men seni poyafzalimni tozalamaganing uchun qattiq koyidim. Kiyimingdan nimanidir olib, polga tashlaganingda, nihoyatda jahlim chiqib baqirib yubordim.
Nonushta ustida ham men senga yopishib oldim. Sen choyni polga to’kib yubording. Ovqatni ochko’zlik bilan tanovul qila boshlading. Barmoqlaringni stol ustiga qo’yding. Non ustiga yog’ni ko’proq surtib yubording. SHundan so’ng sen o’ynash maqsadida tashqariga chiqib ketayotganingda, men poezdga chiqish uchun shoshayotgan edim. Menga burilib qarab, qo’lingni silkitding va: «Dada, xayr, ko’rishguncha!» deding. Men esa qovog’imni uyganimcha: «Elkalaringni to’g’rila», deb javob berdim.
So’ngra kun oxirida bari yana qaytadan boshlandi. Yo’lakdan uyga borar ekanman, sen sharchalar bilan tizzalab uynaganingni payqab qoldim. Paypog’ingda teshiklar bor edi. Men seni urtoqlaring oldida kamsitdim, oldimga tushib uyga yurishga majbur etdim. Paypoqlar juda qimmat turadi, agar sen shaxsiy pulingga olganingda bu nihoyatda yoqimli bo’lar edi! Anglayapsanmi, o’g’lim, bu gaplarni men, sening otang aytyapti!
Esingdami, keyin sen kutubxonaga kirding. U yerda men o’qib o’tirar edim. Sen ohista qadam qo’yding, menga xalaqit berayotganingni aytdim, sen esa gangib, eshik yonida to’xtab qolding. «Senga nima kerak o’zi?» deb keskin so’radim men.
Sen hech narsa demading, ammo birdan chopib kelib, bo’ynimdan quchoqlab olib, o’pa ketding. Sening qo’lchalaring meni mehr-muhabbat bilan qisar, xudovandi karimning ko’nglingga solgan bu mehri mening ehtiyotsizlik bilan yul qo’ygan munosabatimni ham butkul yuvib yuborgan, adoyi tamom qilgandi. SHundan so’ng sen jajji oyoqchalaringni bir-bir bosib, zinadan yuqoriga chiqib ketding.
Mana shundan keyin mening qo’llarimdan gazeta sirg’alib tushib ketdi, butun vujudimni dahshatli, ko’ngilni aynitadigan bir qo’rquv qoplab oldi. Bu odatlar meni qanday ahvolga solib qo’ydi o’zi? Xarxasha odati, hadeb koyimok,—kichkina bo’lganing uchun mening senga bergan mukofotim ana shu edi. Seni yaxshi ko’rmayman, deyishim mumkin emas, ammo gap shundaki, men yoshlik chog’ingdan ko’p narsani kutganman va seni shaxsan o’zimning yillarim bilan o’lchabman.
Sening tabiatingda esa sog’lom, go’zal, samimiy jihatlar shunchalik ko’pki, bu jajji ko’ngling ulkanligidan dalolat beradi, u hov anovi tepaliklar ortidagi tonggi nurlarga o’xshaydi. Bu sening beixtiyor menga birdan shiddat bilan bag’rimga o’zingni otganingda namoyon bo’lgan edi. Sen uyquga ketishdan oldin meni o’pish uchun kirgan eding. Bugun bundan boshqa hech narsaning ahamiyati qolmadi, o’g’lim! Men qorong’ida karavoting tepasiga kelib, ming bir hijolatga tushib, oldingda tiz cho’kaman!
Bu juda zaif holda gunohni yuvish demakdir. Bilaman, sen uyg’onganingda, bu gaplarning barini aytganimda ham tushunmas eding, o’g’lim. Ammo ertaga men haqiqiy ota bo’lmoqchiman! Men sen bilan do’st bo’laman, qiynalsang, ranjisang, birga qiynalaman, kulsang, men ham birga kulaman. Achchig’im chiqqanida, birorta achchiq so’z chiqadigan bo’lsa, tilimni tishlab olaman. Men: «U hali bola-ku, sening bolang», degan gapni xudi qasamyod kabi tinmay takrorlayman».
Men seni fikran voyaga yetgan erkak o’rnida ko’rganimdan qo’rqib ketdim. Hozir esa, seni ko’rib turganimcha, o’g’lim, karavoting tepasida horg’in turar ekanman, tushunaman, sen ham kichkintoysan-ku. Kechagina onang qo’lida eding, boshing esa uning yelkasida edi. Men sendan haddan ziyod talab etganman, senga haddan ortiq talab qo’yganman».
SHunday qilib oilaviy hayot baxtini saqlay desangiz, uchinchi qoidani eslang: Aslo tanqid qila ko’rmang

4. Barchani baxtiyor qilishning tezkor yo’li

Los-Anjelesdagi oilaviy munosabatlar instituti direktori Pol Popenou shunday dedi: «Ko’pchilik erkaklar o’ziga xotin tanlar ekan, o’zlariga ro’zg’orni eplaydigan juvonni emas, balki maftunkor, o’ziga bino qo’yish bilan ovunishni, o’zining kalondimog’ligi bilan maxliyo bo’lganni axtarishardi. SHuning uchun bir kuni idora boshlig’i bo’lmish ayolni nonushtaga taklif ilishadi. Bu juvon o’zining yo’ldoshiga hali xotirasining bir chekkasida qolgan «zamonaviy falsafada asosiy oqimlar» haqidagi ma’ruzalarning parchalarini taqdim etadi, shuningdek, o’z-o’ziga pul to’lashni ham talab qilib, turib oladi. Natijada bu ayolning ertasi kuni yolg’izlikda nonushta qilishiga to’g’ri keladi. Bunga qarama-qarshi ravishda oliy ma’lumoti bo’lmagan mashinistka (nusxa ko’chiruvchi) nonushtaga taklif qilinar ekan, o’zining yo’ldoshi yuragiga o’t yoqadigan nigoh tashlaydi va xumor bo’lib, shunday deydi: «Endi esa menga yana o’zingiz haqingizda nimadir hikoya qilib bering». Buning natijasi qanday bo’ladi? Yigit do’stlariga: «U haddan ziyod chiroyli emas, ammo men bunday ajoyib hamsuhbatni uchratmagan edim», deydigan bo’ladi.
Erkaklar xotinlarga ularning bashang ko’rinishlari, chiroyli kiyinishlarini yuqori baholashlarini ko’rsata olishlari kerak. Barcha erkaklar ayollarni kiyim-kechak qanchalik qiziqtirishlarini butunlay unutishadi va bu sohada o’zlariga hisob berib o’tirishmaydi. Masalan, erkak va ayol, ya’ni eru xotin ko’chada boshqa erkak va ayolni uchratib qolishsa, ayol erkakka deyarli e’tibor bermaydi, odatda ular ayol qanday kiyinganiga qaramaydilar.
Mening buvim bir necha yil muqaddam 98 yoshida vafot etdi. O’limidan sal oldin biz unga yarim asrdan sal ko’proq vaqt avval olingan fotosuratini ko’rsatdik. Buvimning xiralashgan ko’zlari rasmga deyarli o’tmadi, ammo bergan yagona savoli shunday edi: «Men qanday ko’ylak kiygan ekanman?» Ana, xolos! To’shakka yotib qolgan, o’lim ostonasidagi qarib-qartaygan, deyarli bir asrga yaqin yashagan, xotirasi deyarli o’chib ketayozgan ayol, hatto o’zining qizlarini tanimaydigan darajada yotgan bo’lsa-da, shuncha vaqt o’tishiga qaramay, qanday ko’ylak kiyganiga qiziqib o’tirsa! Men buvim ushbu savolni berganida, karavoti yonida turar edim. Bu ahvol menda o’chmas taassurot qoldirdi.
Ushbu satrlarni o’qiyotgan erkaklar bundan besh yil muqaddam qanday kostyum yoki ko’ylak kiyganlarini mutlaqo eslay olmaydilar, buni eslab o’tirishga tirnoqcha qiziqmaydilar ham. Ammo xotinlar bunday emas va, biz, erkaklar, shuni anglashimiz kerak. Jamiyatning oliy tabaqasiga mansub bolalar bir raqs kechasida bir necha bor xonimlarning ko’ylak hamda shlyapalariga qoyil qolganliklarini aytish bilan aslo charchamaydi. Ellik milliondan ortiq fransuzlar esa xato qilishi aslo mumkin emas!
Men to’plagan gazeta qirqimlari orasida bir voqeani hikoya qiluvchi parcha bor, bilaman, u ko’pam arzimaydi. SHunga qaramay, bir haqiqatni ayon ko’rsatadi, shuning uchun uni takrorlayman.
Unda aytilishicha, bir dehqon ayol og’ir mehnatdan so’ng o’zining eri oldiga katta bog’lam pichanni qo’yadi. U aqlan ozganing yo’qmi, deb achchiqlanib so’raganida, u shunday deb javob berdi: «Bunga e’tibor berib o’tirishingizni men qaerdan bilay? Men siz uchun yigirma yildan beri ovqat tayyorlayman, ammo biror marta bir og’iz shz aytib, pichan yemayotganingizni bildirganingiz yo’q!» Moskva va Peterburgning haddan oshgan oqsuyak aslzodalari juda shinam yo’singa ega edilar. CHor Rossiyasida jamiyatning yuqori tabaqasi orasida ajoyib tushlikdan so’ng oshxonadan oshpazni chaqirib kelib, uni mazali ovqat tayyorlagani uchun tabriklash odati bor edi.
Nima uchun siz o’zingizning xotiningizga shunday e’tiborni lozim ko’rmaysiz? Kelgusi safar u shirin qilib jo’ja qovursa, ana shu gapni unga albatta ayting. Pichan yemayotganingizni unga yaxshilab tushuntirib qo’ying, uni qadrlashingizni bildiring. yoki texaslik Gvinan aytganidek, «kichkina qizchaga gulduros qarsaklar yog’diring».
Siz shuni amalga oshirmoqchi bo’lsangiz, bu siz uchun qanchalik baxt-iqbol keltirishini unga tushuntirishdan aslo hayiqmang. Dizraeli Angliya sazovor bo’lgan buyuk davlat arbobi edi, shu bilan birga u «xotini oldida qanchalik qarzdor ekanligini» bildirishdan aslo uyalgan emas».
YAqin kunlarda bir jurnalni ko’zdan kechira turib, Eddi Kantor bilan o’tkazilgan intervyuga duch keldim:
«Men dunyoda bir inson— o’zimning xotinim oldida burchliman, — deydi Eddi Kantor. — Kichkinaligimda u mening eng yaxshi do’stim edi; u to’g’ri yo’lga tushib olishimga yordam berdi. Biz turmush qurganimizdan keyin u har bir dollarni iqtisod qilar va uni yana ishga tikardi. U mening boyligimni to’plashga harakat qildi. Beshta havas qilguday farzandimiz bor. Va u menga doimo uyda shinam sharoit yaratib berishga urinadi. Bordi-yu, men kim bo’lgan bo’lsam, bari u tufayli yuzaga kelgan».
Xollivudda nikohlanish tavakkaliga ko’chgan bo’lib, unga, hatto Lloydning sug’urta jamiyati ham qo’lini cho’zmagan bo’lardi; shunga qaramay, u yerda eru xotin Baksterlar oilasi eng baxtli nikoh sirasiga kiradi. O’tmishda Uinifred Brayson deb tovlanib turgan artistlik mavqeidan butunlay voz kechdi. SHu bilan birga bu qurbon berish uning oilaviy baxtini xiralashtirib qo’ymaslik uchun tinim bilmay g’amho’rlik qildi. «U sahnadagi muvaffaqiyatlari uchun sazovor bo’ladigan gulduros qarsaklardan mahrum bo’ldi, ammo mening qarsaklarimga ishonishi uchun men zo’r berib urindim, — deydi Uorner Bakster. — Agar erkak o’zining ayolidan baxt topishga muyassar bo’ladigan bo’lsa, bu baxtli e’tirof etilish hamda muhabbat tuyg’usi tufayli topishi kerak. Bu e’tirof va muhabbat haqikiy bo’lsa, ular ayolning baxti garovi bo’lib xizmat qiladi». Xuddi shunday.
SHuning uchun agar siz o’zingizning oilaviy hayotingizni saqlab qolishni istasangiz, to’rtinchi, eng muhim qoidaga rioya qiling:
Bir-biringizga chin yurakdan o’zingizning minnatdorchiligingizni bildirib turing.

5. Xonimlar uchun: bu juda ko’p narsani anglatadi

Xotirlash kunlaridan boshqa kunlarda gullar muhabbat ramzi hisoblanadi. Ular ayniqsa, mavsumda arzon turadi, ba’zan ko’cha burchaklarida ham sotishadi. Ammo erkaklardan qanchasi uyga sariq nargis guldastasini keltirishini hisobga oladigan bo’lsak, ularni xuddi orxideya kabi qimmat deyish mumkin, shuningdek, ularni bulutlar bilan burkangan Alp chuqqilarida o’sadigan edelveyslar kabi juda qiyin qo’lga kiritish mumkin.
Unga ozgina gul keltirish uchun xotiningizni shifoxonaga yotishini kutishingiz kerakmi? Nega ertaga kechqurun unga bir necha atirgul olib kelolmas ekansiz. Siz tajriba o’tkazishni yoqtirasiz. SHuni bajarishga bir urinib ko’ring, nimalar ro’y berishini keyin ko’rasiz.
Brodveyda juda band bo’lishiga qaramasdan Jorj M. Koen odatda har kuni ikki marta onasiga qo’ng’iroq qilar, bu onaning o’limigacha davom etgan edi. Siz har safar qo’ng’iroq qilganida, onasi uchun juda muhim yangilik bor edi, deb o’ylayapsizmi? Yo’q, uncha katta bo’lmagan e’tiborga molik bu belgilar insonga siz haqiqatan ham uni yaxshi ko’rishingizni, uni o’ylashingizni hamda uning uchun yoqimli nimadir qilmoqchi ekanligingizni va uning baxt-saodati hamda rohat-farog’ati ko’nglingizga juda aziz va yaqin ekanligini anglatadi.
Ayollar sanalarga, ya’ni tug’ilgan kunlar va turli yillarni qutlashni nihoyat yaxshi ko’rishadi, nima uchun aynan shunday, bu hamisha ayollarning mahfiy sirlaridan biri bo’lib qoladi. O’rtacha odam ko’pgina sanalarni eslamay, butun umr yashashi mumkin, ammo ayrimlari quyidagi sanalarni albatta bilmog’i kerak: 1492 va 1776 (1492 yil Xristofor Kolumb tomonidan Amerikaning kashf etilishi va 1776 yilda Mustaqillik deklarasiyasining e’lon qilinishi) va xotinining tug’ilgan yili, to’ylari bo’lib o’tgan yili. Har ehtimolga ko’ra, u oldingi ikki sanani nishonlamay o’tishi mumkin, ammo keyingilaridan shunchaki o’tib keta olmaydi! Qirq ming oilaviy janjalni ko’rib chiqqan, ikki ming eru xotinni yarashtirgan CHikago sudyasi Dojozef Sabbat shunday deydi: «Ko’p hollarda oilaviy kelishmovchiliklar negizida arzimaydigan narsalar yotadi. Masalan, eri ishga ketayotganida, qo’lini silkitib xayrlashish odati qanchadan-qancha ajralib ketishga sababchi bo’lgan».
Robert Brauning va Elizabet Barret Brauning o’rtasidagi birgalikdagi turmush bizga ma’lum bo’lgan eng ibratli munosabat ediki, u mehr-muhabbatni ardoqlash uchun uncha katta bo’lmagan sovg’a-salom va e’tibor jalb etish uchun hamisha vaqt topar edi. U o’zining bemor xotiniga shunchalik g’amho’rlik ko’rsatgan ediki, bundan mutaassir bo’lgan xotini bir kuni singillariga: «Men endi tabiiy ravishda mabodo farishta emasmikanman, deb o’ylab qoldim», deb yozgan edi.
Ko’pgina erkaklar uncha katta bo’lmagan har kungi ana shu e’tiborga molik belgilarni mutlaqo yetarli darajada baholashmaydi. «Pektoriel revu» nomli jurnalda bosilgan bir maqolada Geynor Meddoks shunday deb yozgan edi: «Amerikacha oila bir necha yangi dardga muhtoj bo’lib qolgan. Masalan, ertalab to’shakda nonushta qilish ana shunday zaifliklardan biri bo’lib, ayol zimmasiga juda ko’p narsani yuklashi kerak. Ayol uchun to’shakdagi nonushta, bu erkak uchun xususiy klubning aynan o’zginasidir».
Oxir-oqibatda bu qator ranj-alamdan iborat epizodlar emas, albatta. Eng alamli tomoni shundaki, ko’pgina juftliklar bu vaziyat bilan hisoblashishmaydi. Edna Sent-Vinsent Milley bu fikrni lo’nda qilib, o’zining she’rlaridan birida ifodalagan edi: «Kunlarim purg’amdir, ketdi muhabbatim ham,
Kundan-kun kam-kamdan, u topdi barham».
Bu misralarni esda caqlash juda zarurdir. Rinoda sudlar haftaning olti kunida ham nikohlarni bekor qilishadi. YA’ni har o’nta nikohdan bittasi bekor qilinadi. Bu nikohlardan qanchasi, sizningcha, haqiqiy fojiaga uchragan? Javobgarlikni zimmamga olib aytamanki, favqulodda juda kam. Agar siz o’sha yerda har kuni ishtirok etishingizga to’g’ri kelsa, bu sho’rlik badbaxt erkak va ayollarning ko’rsatmalarini tinglab tursangiz, ularning muhabbati kundan-kunga barham topganini tushunar edingiz.
Endi qalamtaroshingizni keltiring-u, navbatdagi iqtibosni kesib oling. Uni shlyapangizning ichki tomoniga yoki oynaga yopishtirib qo’ying. Har kuni ertalab soqol olayotganda, ko’rasiz:
«Bu yo’ldan men faqat bir marta o’taman. SHunday ekan, men hozirdan biror xayrli ish qilaman yoki qandaydir insoniy tirik jon uchun xayr- saxovat ko’rsataman. Mayli, men bunday fursatni qoldirmayin va uni bajarmasdan qoldirmayin, illo, bu yo’ldan hech qachon yana aslo o’tmayman»
SHunday qilib, agar siz o’z oilaviy baxtli hayotingizni saqlamoqchi bo’lsangiz, beshinchi qoidaga rioya qiling:
Bir-biringizga iloji boricha mo’’jazgina e’tiborga molik belgilar ko’rsating

6. Baxtli bo’lishni xohlasangiz, ushbu qoidani hech qachon unutmang

Uolter Damrosh Amerikaning mashhur notiqlaridan biri, o’z vaqtida prezidentlikka nomzodi ko’rsatilgan Jeyms J. Bleynning qiziga uylangan edi. SHundan so’ng ular bir necha yil muqqaddam SHotlandiyada Endryu Karnegi bilan uchrashishdi. Damrosh shaxsiy hayotidan nihoyatda baxtiyor edi.
Buning siri nimada?
«Umr yo’ldoshimga ehtiyotkorlik bilan bir qatorda, — deydi Damrosh xonim, — to’ydan keyingi o’zaro nazokatli munosabatni o’rtaga qo’yaman. Agar yosh kelinlar o’z erlariga xuddi boshqalar bilan munosabatda bo’lganlaridek xushmuomala bo’lishganida turmush boshqacha kechardi! Har qanday erkak urushqoq xotindan bezor bo’lib qochadi».
Qo’pollik ham xuddi rak shishi kabi mehr — muhabbatni kemirib ketaveradi. Har birimiz juda yaxshi bilamizki, biz o’z yaqin kishilarimizga nisbatan begona kishilarga xushmuomala munosabatda bo’lamiz.
Biz yot kishining gapini shartta kesib, «YO xudoyo, yana o’sha eski gapni hikoya qilmoqchi bo’lyapsanmi?» deb qichqirishni xayolimizga ham keltirmaymiz. YAqin do’stlarimizga kelgan pochtani ularning ruxsatisiz ochmaymiz yoki shaxsiy sirlariga burnimizni suqishni o’ylab ham ko’rmaymiz. Faqat oilamiz a’zolari, ya’ni bizga eng yaqin va qadrdon odamlarnigina arzimas sabablar uchun haqorat qilishga haddimiz sig’adi.
YAna Doroti Diksdan iqtibos keltiraman: «Juda qiziq ammo shunisi, haqiqatan ham bizga yoqimsiz, Haqoratli, yuragimizni parchalaydigan narsalar oiladagilar tomonidan sodir etiladi».
Xenri Kley Rizner: «Xushmuomalalik qalbning shunday bir fazilatiki, unda buzilgan kichkina omborcha e’tiborga olinib, diqqat qaratilmaydi, balki omborcha tashqarisidagi hovli gullariga e’tibor beriladi», deb ta’kidlagan edi.
Xushmuomalalik mashina motoriga moylash qanchalik zarur bo’lsa, nikohga ham shu darajada juda kerakdir.
Kitobxonga «ertalabki nonushta uchun yakka hokim» timsolini yaratishi bilan yoqib qolgan adib Oliver Uendell Xolms kim bo’lsa bo’lgandir-u, ammo u o’zining uyida mutlaq hokim emasdi. U shunchalik sermulohaza va o’zini qo’lga oladigan kishi bo’lgan ediki, noxush va og’ir holatga tushishga to’g’ri kelsa, o’z dilgirligini oilaning boshqa a’zolaridan yashirishga urinar edi. Mening o’zimga-ku, bu holatning o’zi og’ir bo’lib turibdi, boshqalarni ham undan qiynalishiga majbur etishning nima keragi bor, deb aytardi Xolms.
Oliver Uendell Xolms xuddi shunday tutar edi o’zini. Oddiy odamlar to’g’risida shunday deb bo’larmikan? Xizmat joyida ahvol yomon, u bitimni barbod qildi yoki boshliqdan hayfsan oldi, deylik. Uning boshi qaqshab og’riydi yoki, aytaylik 17 dan 15 daqiqa o’tganda jo’naydigan poezdga kechikdi. U bunga chiday olmay, alamini oiladagilardan oldi.
Gollandiyada uyga kirishdan avval poyafzalni ostonada qoldirishadi. Qasam ichib aytamanki, biz gollandiyaliklardan o’rganib, uyga kirishdan oldin ishga taalluqli barcha mashmashalarni uloqtirib yuborishimiz kerak.
Uilyam Jeyms bir paytlar esse yozib, uni «Insoniy so’qirlikning ayrim turi to’g’risida» deb nomlagan edi. Siz uni kutubxonaga alohida kirib, o’qib chiqsangiz, kifoya. Jeyms shunday deb yozadi: «Mazkur risolada insoniy so’qirlik to’g’risida gap boradi. Bu so’qirlik tirik mavjudotlardan bizning o’zimizni ajratib turadigan his-tuyg’ulardan iborat bo’lib, undan barchamiz shikast topganmiz».
«So’qirlik, biz undan shikastlanganmiz». Ko’pchiligimiz mijoz yoki ishga aloqador sheriklar bilan keskin gaplashganimizda, uyga kelib xotinga o’shqirmasdan qolmaymiz. Gap shundaki, ishdagi munosabatlardan ko’ra, oilaviy shaxsiy hayot bir necha bor muhim va zaruratdir.
Oilaviy hayotda baxtli bo’lgan kishi yolg’izlikda yashagan dahodan afzal. Buyuk rus yozuvchisi Turgenev butun boshli sivilizasiyali dunyoga mashhur bo’lgan, e’tirof etilgan. Bu adib yonida bir ayol bo’lib, uni tushlikka kechikmasin deb bezovtalanganida, o’zining barcha qobiliyati va yozgan kitoblaridan voz kechishga shu zahoti tayyor edi.
Qanday imkoniyatlar nikohni baxt-saodatga burkaydi? YUqorida qayd qilganimizdek, Doroti Dike, deyarli butun nikohlarning yarmidan ko’pi muvaffaqiyatsiz deb hisoblasa, doktor Pol Popenou boshqacha deb o’ylaydi. U shunday degan edi: «Inson biror korxonada bir ishni qo’lga olganga nisbatan nikohda muvaffaqiyatga erishish uchun eng yaxshi imkoniyatlarga ega bo’ladi. Baqqollik do’konlarida savdo bilan mashg’ul bo’lgan do’kondorlarning yetmishdan ortiq foizi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Erkak va ayollarning nikohga kirgan yetmish foizi esa muvaffaqiyat qozonadi».
Doroti Dike bularning barini quyidagicha qisqa xulosalaydi:
«Nikoya, bilan taqqoslaganda, — deb ta’kidlaydi u, — tug’ilish bizning hayotimizda bir lavhani tashkil etsa, o’lim muqarrar hodisa hisoblanadi.
Birorta ayol, erim ishxonasidagi ishi yoki o’zining kasbiy muvaffaqiyatini ta’minlash uchun qo’llagan tadbirlarini oilaviy hayotni mustahkamlash uchun nega tatbiq etmaydi, deb bosh qotirib o’tirmaydi.
SHu bilan birga oilasida tinch-totuv yashayotgan ayol va hotirjam oilaviy hayot inson uchun million dollardan afzaldir, yuz erkakdan birortasi ham o’zining oilasida qanday qilib muvaffaqiyatni tanlash kerak, deb muhim hisoblangan ana shu narsani o’z holiga tashlab qo’yadi, sharoit unga yutuq keltiradimi yoki yutqazadimi, unga baribir. Ayollar eri nima uchun unga e’tibor bermay qo’yganini aslo tushungisi kelmaydi, axir baxmal qo’lqop bilan muomala qilish mushtdan afzal-ku!
Har bir erkak yaxshi biladiki, u agar xotiniga shirin so’z yoki erkalash bilan muomala qilsa, eri nimani xohlasa, shuni tayyorlashga hoziru nozir bo’ladi. U biladi, xotinini maqtab, sha’niga bir necha arzimas shirin so’z ishlatib, xushomadga yaqin gap aytsa, u yaxshi beka, unga katta yordam qilayotganini qistirib o’tsa, xotinini har bir sentni iqtisod qilishga majbur etadi. Har bir erkak yaxshi biladiki, u xotiniga, agar o’tgan yilgi ko’ylagingni kiysang, haddan ziyod chiroyli, bejirim bo’lasan, desa, u bu ko’ylakni Parijning so’nggi urfdagi libosiga jon-jon deb almashtirgan bo’lardi.
Har bir ayol shuni yaxshi biladiki, eri bularning barini xotini orqali olingan ma’lumotlar tufayli bilgan maqsadiga erishish uchun nimalar qilishi lozimligini o’zi o’rgatgan. Ammo eri undan qachon achchiqlanishi, g’azablanishini bilmaydi, chunki hademay u bilan janjallashib qoladi, buning uchun bemaza ovqatni yeyishga majbur bo’ladi, so’ng hademay xotin erining pulini sovurishga kirishadi. Er esa unga yangi ko’ylak olib beradi, undan ozgina foydalanish, u istaganday unga yondashmoq uchun bularning barini ado etadi».
SHunday qilib, agar siz oilaviy baxt- saodatingizni asramoqchi bo’lsangiz, oltinchi qoidaga rioya qiling:
Sertakalluf, sermulozamat bo’ling.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Комментарии: 3
  1. Sitora

    Juda ajoyib. Anchagina ma’lumotlarni va odamlar bilan muloqot qilish bo’yicha yo’l yo’riqlarni o’rganib oldim.

    1. Mirzobek

      Assalom aleykum Sitora ha albatta juda ham mano mazmunli gap men òrganib oldim. :idea:

  2. Аноним

    :idea: :idea: :idea:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: