Ashurali Joʻrayev haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Ashurali Joʻrayev haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Ashurali Joʻrayev 1956 yil 8 avgustda Navoiy viloyati Karmana tumani, Jaloyir qishlogʻida ishchi oilasida tugʻildi. Bobur nomidagi oʻrta maktabni bitirgach, ikki yil davomida Toshkent Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida yigʻuvchi-slesar boʻlib ishladi. 1974–78 yillarda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat Madaniyat (hozirgi Toshkent davlat Sanʼat va madaniyat) institutining kutubxonashunoslik fakultetida, shuningdek, institut qoshidagi umumiy-ijtimoiy fakultetning jurnalistika boʻlimida ham tahsil oldi.

A. Joʻrayev oʻqish bilan birga, 1976 yildan Toshkent texnologiya bilim yurtida kechki tarbiyachi boʻlib xizmat qildi. 1983–1996 yillarda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida boʻlim mudiri lavozimida ishladi. Gazetada uning oʻsha davrdagi ekologik fojialar haqidagi koʻplab maqolalari eʼlon qilindi. Ayniqsa, uning oʻzbek teatri, kino va musiqa sanʼati haqida yozgan maqola va ocherklari, tanqidiy chiqishlari va suhbatlari mutaxassislar tomonidan eʼtirof etilib, oʻquvchilar tiliga tushdi.

Shundan soʻng masʼul lavozimlarda xizmat qildi, “Mushtum” jurnali va “Afandi” gazetasida (1997–2007), “Gulxan” jurnalida (2007–2013) bosh muharrir vazifalarida ishladi. 2013 yil 1 apreldan buyon “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatadi.

A. Joʻrayevning “Dastlabki toʻqnashuv” nomli ilk hikoyasi 1976 yilda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Neʼmat Aminovning “Oq yoʻl”i bilan “Guliston” jurnalida bosildi.

Yozuvchi bugungi kunda “Toshbaqalar poygasi” (1986), “Yurak boʻronlari” (1989), “Oʻq uzgan kim?” (1994), “Senga koʻngil bersam” (1999), “Dil gavhari” (2001), “Tanimading-a” (2005), “Maysalar uygʻongan tong” (2012), “Sahifaga sigʻmagan satrlar” (2014), “Esar Jayhun shamollari” (2015) kabi kitoblar muallifi. Uning “Yurak boʻronlari” nomli qissa va hikoyalar kitobi respublika Yoshlar ittifoqi mukofoti bilan taqdirlangan. Shuningdek, unga 1999 yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” unvoni berilgan.

Ashurali Joʻrayev Oʻzbekiston Yozuvchilar, Teatr arboblari va Jurnalistlar ijodiy uyushmalari aʼzosi.

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Ашуралы Джораев родился 8 августа 1956 года в селе Джалоир Карманинского района Навоийской области в рабочей семье. После окончания средней школы имени Бабура два года работал сборщиком-слесарем на Ташкентском заводе сельскохозяйственного машиностроения. В 1974-78 годах учился на библиотечном факультете Ташкентского государственного института культуры имени Абдуллы Кадири (ныне Ташкентский государственный институт искусств и культуры), а также на факультете журналистики общесоциального факультета института.

Параллельно с учебой А. Джораев работал вечерним преподавателем в Ташкентском технологическом университете с 1976 года. В 1983-1996 годах работал заведующим отделом в газете «Литература и искусство Узбекистана». В газете публиковались многие его статьи об экологических трагедиях того времени. В частности, его статьи и очерки об узбекском театре, кино и музыке, его критические выступления и интервью получили признание специалистов и стали популярны у читателей.

После этого занимал ответственные должности, работал главным редактором журнала «Муштум» и газеты «Эфанди» (1997-2007 гг.), журнала «Гюльхан» (2007-2013 гг.). С 1 апреля 2013 года работает первым заместителем директора издательства «Узбекистан».

Первый рассказ А. Джораева под названием «Первое столкновение» был опубликован в журнале «Гулистон» в 1976 году вместе с «Ак йол» народного писателя Узбекистана Немата Аминова.

В настоящее время писатель работает над «Черепашьими гонками» (1986), «Сердечные бури» (1989), «Кто стрелял?» (1994); Он является автором таких книг, как «Ветры Джейхуна» (2015). Его сборник рассказов и рассказов «Сердечные бури» отмечен премией Республиканского союза молодежи. Также в 1999 году ему было присвоено звание «Заслуженный журналист Узбекистана».

Ашурали Джораев является членом Творческого объединения писателей, театральных деятелей и журналистов Узбекистана.

Из книги «Узбекские писатели» (С. Мирвалиев, Р. Шокирова. Ташкент, издательство литературы и искусства им. Гафура Гулома, 2016).

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: