Sizni muvaffaqiyatdan to’sib turgan bahonalar

Сизни муваффақиятдан тўсиб турган баҳоналар

Istagan narsangizga erishishingizga xalaqit beradigan narsalardan biri bu sizning sevimli bahonalaringiz va o’zingizni oqlashlaringizdir.

Agar ular bo’lmaganda siz kim bo’lishingiz mumkin? SHunchaki o’ylab ko’ring! Bahonalar sizni zaiflashtiradi. Ular muhim narsalarga e’tiborni qaratishni qiyinlashtiradi. Har safar siz bahonalar o’ylab topganingizda, siz diqqatingiz fokusini, energiyangizni bloklaysiz(to’sasiz), o’rganishni to’xtatasiz. Doim esda saqlang, sizning energiyangiz sizning e’tiboringiz yo’nalgan joyga oqadi.
Odamlar o’z iste’dodlarini, imkoniyatlarini yerga ko’mishda foydalanadigan eng keng tarqalgan bahonalarni keltiramiz:

1-bahona — Men qila olmayman!

    Men yetarli darajada aqlli emasman! Tabiat menga qobiliyat bermagan! Meni mashg’ulotlarga vaqtim yo’q!

Har doim vaqt bor, uni faqat to’g’ri rejalashtirish kerak.

    Mening xotiram yomon.

Bu genetika! Buni qanday bilishingiz mumkin?

    Men bu uchun juda keksaydim.

Eski itga yangi tryuklar o’rgatilmaydi. Agar siz bu bahonani ishlatsangiz, unda siz uchun yaxshi xabarim bor: siz it emassiz!

2- bahona — Gap menda emas

Ota-onam doim ahmoqligimni aytishardi. Menga yordam beradigan odam kerak. Biz salbiy emosiyalarni boshdan kechirganimizda, ko’pincha hamma narsada boshqalarni ayblaymiz. Salbiy dasturlardan ozod bo’ling! Tanlov har doim sizga tegishli. Siz ushbu bahonalardan voz kechasiz yoki javobgarlikni boshqalarga berishda davom etaverasiz.

3-bahona — Bu juda qiyin!

    Men fikrlash tarzimni butunlay o’zgartirishim kerak.

    Ko’p ishlashim kerak.

    O’zgarish qiyin.

Ushbu savollarga javob bering:

    1. Besh yildan keyin hayotingiz qanaqa bo’ladi, agar bahona qilishda davom etsangiz?

    2. Bahonalar bo’lmaganda kim bo’lardingiz? Bu haqda o’ylang va xayolingizga kelgan hamma narsani qog’ozga yozing.

    3. Sizning barcha bahonalaringiz shunchaki bahona ekanligini unutmang! Bu yolg’on! Ularni yangi ijobiy mental ustanovkalar(dasturlar) bilan almashtiring.

    4. Siz uchun nima muhimroq: Baxtli hayot kechirishmi yoki o’z imkoniyatlaringizdan foydalanmaslik uchun bahona topishni davom ettirishmi?

    5. Nima uchun hayotingizni yaxshilashni, sog’ayishni, maqsadga erishishni xohlaysiz? Bu haqda o’ylang va xayolingizga kelgan hamma narsani qog’ozga yozing. Siz o’ylagan sabablar nimada? Bu kuchli turtki yaratadi. Darren Xardi aytganidek, «Bizga iroda kuchi emas, balki motivasiya kuchi kerak».

Biz har doim bahona qidiramiz. Oddiy hayotimizni oqlaymiz. Biz biron bir ajoyib narsani yarata olmasligimizni va javobgarlikni o’z zimmamizga olishni istamasligimizni tasdiqlaymiz. Bahona izlashni to’xtating. Endi buni qilmaslik to’g’risida qat’iy qaror qabul qiling!
Ushbu savolga javob bering: sizning bahonalaringiz va o’zingizni oqlashlaringiz haqiqatmi? Siz ularning haqiqiy ekanligiga 100% aminmisiz? Ular sizning hayotingizni yaxshilaydimi? Axir, siz ulardan kuchli emasmisiz?
SHunchaki ularni boshingizdan chiqarib tashlang! Richard Bax aytganidek:

“Imkoniyatlaringizni himoya qiling, va ular siz bilan qoladi.”

Siz o’z realligingizni o’zingiz yaratasiz! Agar siz to’siqlarga ishonsangiz, unda sizning hayotingiz
to’siqlarga to’la bo’ladi.
Agar bahona izlashni, tanqid qilishni, shikoyat qilishni to’xtatsangiz yangi narsalarni hayratlanarli darajada tezda bilib olasiz va hayotingizni tezda yaxshilaysiz.
Ishoning, hayot ko’z o’ngingizda o’zgara boshlaydi.

Foydalanilgan adabiyot

Maqolani tayyorlashda Sardor Anvarovichning “Asosiy kuch manbai o’zingizda” kitobidan foydalanildi.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: