Abu Shukur Balxiy (915-X asr oxiri) — forsiyzabon o‘zbek shoiri, fors-tojik dostonchiligiga asos solgan.
Bilimim shu joyga yetib keldikim, bilimsizligini endi tushundim.
Tavba qilmoq kerak odatda bir bor,
Zahar yutib bo‘lmas ikki qur zinhor.
Ikki narsa dildagi g‘am ofati: do‘st diydori, dono kishi suhbati.
Sinamay birovni do‘st tutsang, nolima shu do‘stdan qon yutsang.
Kulfatda bilaylik do‘stu dononi,
Qalqon bo‘lajak u sinalgan oni.