Ismoil Jurjoniy haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Ismoil Jurjoniy haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Zayniddin Abul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy ulugʻ olim va zamonasining eng mashhur tabiblaridan biri hisoblanar edi.

XII asrning mashhur tarixchisi Zahiridsin Abul Hasan Bayhaqiy oʻzining “Tatima sifon al-hikma” (“Donolik xazinasiga qoʻshimcha”) asarida Ismoil Jurjoniy haqida shunday yozadi: “Men u kishini 531 hijriy (1136 milodiy) yilda Saraxsda keksalik chogʻlarida koʻrgan edim. Yer yuzining adolatpesha hukmdori Xorazmshoh Otsiz ibn Muhammad uni bir necha muddatga Xorazmga taklif etgan edi. Xorazmda boʻlgan vaqtida u “Al-Xuffayi al-aʼloiy” (“Poyalarning yuqori qismi”), “At-Tibb al-mulukiy”, “Kitob az-zahiraye Xorazmshohiy”, “Kitob al-ahrod” (“Hasad tufayli kelib chiqadigan kasalliklar”), “Kitob yodgor” (“Esdalik kitobi”), “Kitob fi rad alal falosafa” (“Faylasuflarga qarshi raddiya kitobi”), qozi Abu Said Shoriʼiyga bagʻishlab “Kitob tadbir yaum va laylat” (“Kecha bilan kunduzning almashinishi haqida kitob”), “Kitob vasiyatnoma” va boshqa tabobat hamda falsafaga doir asarlar yozdi. Uning yozgan asarlari sevib oʻqilganidan tez orada jahonga mashhur boʻldi. Muhtaram kishilardan eshitishimcha, u kishi ochiq chehrali, xushmuomala, tabiatan saxovatli shaxs ekanlar” (172-bet).

Ismoil Jurjoniy 1042 yilda Jurjon shahrida tugʻilgan boʻlsa ham, umrining koʻp qismini Xorazmda oʻtkazganligidan Zayniddin Abul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy deb ulugʻlanar edi.

Jurjoniy Xorazmshoh Kutbiddin Muhammad ibn Anushtagin (1097–1127) va uning oʻgʻli Alouddavla Otsiz (1127–1156) saroyida xizmat qildi. Jurjoniy oʻz davrida qadimgi yunon tabobati vakillari Galen, Gippokrat, shuningdek, oʻzidan oldin oʻtgan Abu Bakr Roziy va ayniqsa, ibn Sino asarlarini chuqur oʻrgandi.

Tabobat ilmidan tashqari boshqa ilm sohalarida ham mashhur boʻlganligidan unga oyiga ming dinordan maosh tayin qilingan edi. Ismoil Jurjoniy oʻzining tabobatga bagʻishlangan eng yirik… asari “Zahiraye Xorazmshohiy”ni 1110 yilda yozib tugatdi va uni Xorazmshoh Kutbidsinga bagʻishladi. Otsizning buyrugʻiga koʻra, bu asarning qisqartirilgan nusxasini 1113 yilda “Al-Xuffayi al-Aʼloiy” nomi bilan yozib tugatdi. Asar hammaga tushunarli fors, tilida yozilgan boʻlib, harbiy yurishlar va sayohatlarda ham har kim etigi qoʻnjiga solib yurishiga (etigxuff) qulaylik yaratish maqsadida shunday qilindi.

“Zahiraye Xorazmshohiy” oʻn kitobdan iborat boʻlib, keyinchalik unga “Dorisozlikka oid kitob” (“Qorabodin”) qoʻshildi.

Birinchi kitob umumiy nazariy masalalarga bagʻishlangan boʻlib, unda tabiat va koinot haqidagi qarashlar bayon etiladi. Inson organizmining birlamchi aʼzolarini tashkil etgan unsurlar, mijoz, toʻrt suyuqlik, badanning har bir qismining nimalarga qodirligi haqidagi taʼlimot va shu munosabat bilan tabobatning fan sifatidagi vazifalari haqida gapiriladi.

Ikkinchi kitobda sogʻliq va kasalliklar haqidagi taʼlimot, ularning turlari, namoyon boʻlish belgilari, tomir urishiga qarab kasallikni aniqlash toʻgʻrisida soʻz yuritiladi.

Uchinchi kitob sogʻliqni saqlash, bunda atrof-muhitning taʼsiriga, yaʼni havo, maskan, suv, oziq-ovqat, ichimlik, uyqu, bedorlik, harakat va osoyishtalikka bagʻishlangan. Bu kitobda bolalar, qari-yalar, safardagilar uchun alohida-alohida qoidalar bayon etilgan.

Toʻrtinchi kitobda kasallikni kanday kechishi mumkinligini belgilash, qaysi paytlarda eng ogʻir holatlarga tushib qolish, ulardan qutulish muammolari haqida gap boradi.

Beshinchi kitobda bezgak kasalining paydo boʻlish sabablari, uning belgilari, davolash tarzi bayon etilgan.

Oltinchi kitobda inson aʼzoyi badanining har xil joylarida paydo boʻladigan kasalliklar, ularni davolash usullari tahlil etilgan.

Yettinchi kitob rak kasalliklariga, yaralar, shishlar, suyak chiqishlari va sinishlariga bagʻishlangan.

Sakkizinchi kitobda pardoz-andozlar, oʻziga oro berishlar xa-qida gap boradi.

Toʻqqizinchi kitobda zaharlar va unga qarshi davolash usullari haqida hikoya qilinadi.

Oʻninchi kitob davosizlikka bagʻishlangan. “Zahiraye Xorazmshohiy” oʻz vaqtida omma orasida keng tarqalgan tabobat sohasidagi eng mashhur asar boʻlganligidan jahon kutubxonalarining koʻpchiligida uning qoʻlyozmalari hamon saqlanib kelinmoqda. XII asr muallifi vatandoshimiz Aruziy Samarqandiy bu asarni buyuk olimlar Jolinus, Roziy, ibn Sino va boshqalarning shu sohadagi kitoblari qatoriga qoʻygan. Bu asar hatto yahudiy tiliga tarjima qilingan edi. XVI asrda esa Abul Fadl Muhammad ibn Idris Daftariy uni turk tiliga tarjima qilgan.

Maʼlumki, Sharq olimlarigina emas, balki XVIII asr oxirigacha yashagan Ovroʻpo olimlari ham barcha borliqning asosida toʻrt unsur, yaʼni tuproq, suv, havo va olov yotadi deb bilishgan. Ismoil Jurjoniy ham inson tanasi mazkur toʻrt unsurdan tashkil topganini, u sababsiz kasallikka chalinmasligini qayd etadi. Kasallik sababi esa, yuqorida zikr etilgan bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan toʻrt unsur muvozanatining buzilishindan kelib chiqadi. Shuning uchun ham Jurjoniy tabobatni malaka hosil qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritiladigan fan deb hisoblaydi.

Ismoil Jurjoniy fikricha, isbot vatafakkur vositasidahosil qilingan narsa ilm deb ataladi. Ilm ham oʻz navbatida ikki xil boʻladi: nazariy va amaliy. Nazariy ilmlarga adabiyot, mantiq, riyoziyot kirsa, amaliy ilmlar oʻz ichiga mexanika, tikuvchilik va boshqa qoʻl ishlari, hunarmandchilikni qamrab oladi. “Tabobat ilmi esa, ayni holda ham nazariy va ham amaliy ilmlardan tashkil topadi”. Tabobat ilmidan kuzatilgan maqsad tanani butunliqda – sogʻlom-liqda ushlab turishga tibbiy tadbirlar qoʻllash yoʻli bilan erishmoqdir. Bunday holat bemor kishilarning va ularni davolovchi tabiblarning vujudga kelishiga sabab boʻladi. Tabiblar esa, tabi-atning barcha siru asroridan boxabar boʻlishlari lozim.

Maʼlumki, tabiatning eng buyuk moʻjizasi – bu insondir. Shuning uchun ham bu moʻjizaning nimadan tarkib topganini bilish – uni davolashning kalitidir.

Ismoil Jurjoniy fiqricha, hayvonot olamining ham oʻz mizo-ji bor, ammo insondagi mizojgina moʻtadildir. Bunday natijaga Ovroʻpo olimlari XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlaridagina erishdilar. Ular butun inson badanida boʻladigan kimyoviy jarayonlar, uning ona qornida paydo boʻlishidan boshlangan oʻzgarishlar, tugʻilgandan keyingi hayotiy yoʻli: chaqaloqligi, oʻspirinligi, yoshligi, keksaligi, qarilik va oʻlim bilan yakunlanadigan hayotiy bosqichlaridagi har bir hujayralarning paydo boʻlishi, zavolga yuz tutishi, bir tomondan asab tizimining daholati sababli yuz bersa, ikkinchi tomondan, badan aʼzolariga maʼlum mijoz (temperament)ga ega boʻlgan harmonlarning aralashishi oqibatida yuz berishini aniqladilar. Harmonlarning kishi jismiga, ruhiyatiga tasiri oshkora bilinib turadi.

Gʻariza (instinkt) va hayajon, feʼlu atvor va mizojlar harmonlar taʼsiri vositasida namoyon boʻladi. Hozirgi paytda issiq, sovuq, nam va quruq mizojli insonlarning boʻlishligi ishonchli dalillarga asoslangan ilmiy haqiqat sifatida tan olingan. Chunki ularning manbai asab tizimi, ichki harmonlar amaliyotida ekanligi isbotlangan.

Ismoil Jurjoniy kishilar mizoji ularning umrlari davomida oʻzgarib turishligini va oʻlimining tabiiyligini ilmiy jihatdan sodda va ravon tidda tushuntirdi. Insonlar umrini u toʻrt davrga boʻladi:

Birinchi davr – tugʻilish, oʻsish va parvarishlash bosqichi boʻlib, 15–16 yoshgacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi.

Ikkinchi davr – yoshlik va yetuklik boskichi boʻlib, 30 yoshgacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi. Bundan keyin jismonan oʻsish va ulgʻayish davri boshlanadi. Baʼzilarda oʻsish va ulgʻayish yoshi 35 yoki 40 yoshgacha ham davom etishi, shu yoshgacha boʻlgan umrni yoshlik davri deb hisoblash mumkin.

Uchinchi davr – moʻysafidlik bosqichi, bu davrda inson to 60 yoshga yetguncha yoshlik quvvatidan bahra olib yashashi mumkin boʻladi.

Toʻrtinchi davr – kishi umrining qarilik davri boʻlib, bunda quvvatning susayish holati kuzatiladi va bu jarayon umrning oxirigacha davom etadi. Qarilikning fazilati shundaki, bazilar 60 yosh yashaydi, baʼzilar esa yana oʻspirinlik, yoshlik va moʻysafidlik yillari qancha davom etgan boʻlsa, oʻshanga teng keladigan vaqtgacha yashab, 120 yoshga kirishi mumkin.

Kishilar bolalik davrlaridan to yetuklik yoshiga yetgunlariga qadar issiq va nam mizojga, yetuklik yoshidan soʻng esa issiq va quruq mizojga ega boʻladilar; 35 yoshdan keyin bunday holat kamayadi.

Ismoil Jurjoniyning koinot va inson haqidagi ilmiy mulo-hazalari voqelikdan olingan manbalar asosida shakllangan boʻlib, u insonning tabiiy ehtiyojlari cheksizligidan kelib chiqadi va ularni qondirishni aqliy yoʻl bilan chegaralashni yagona chora sifatida targʻib etadi.

Uning fikricha, haqiqiy lazzat jismoniy huzur-halovatda, toʻkin-sochin hayot kechirishda emas, balki aqliy va maʼnaviy kamolotga erishishdadir. Narigi dunyodagi behisht, jannat huzur-halovatlarini ruhiy, aqliy orom olishlikda deb tushunadi. “Zahiraye Xorazmshohiy” asarini tugatgandan soʻng Jurjoniy Marv shahriga keladi. Bu paytda Marv shahri Sulton Sanjarning poytaxti hisoblanar edi. Sulton Sanjar unga katta iltifot va izzat-ikrom qoʻrsatganligi sababli Jurjoniy umrining oxirigacha shu yerda yashadi. Bu yerda hadis ilmida Abul Qosim Qoʻshayriy bilan muloqatda boʻldi, tabobat sohasida esa mashhur tabib ibn Abi Sodiq bilan hamkorlik qildi. Bundan tashkari Iroq, Fors va Xuziston tabiblari bilan, ibn Sinoning baʼzi shogardlari bilan hamsuhbat boʻldi. Umrining oxirigacha Marv madrasalarida bir necha fanlardan dars berdi. Yoqut Hamaviyning “Mujam ul-buddon” asarida keltirilishicha, Ismoil Jurjoniy Marvda hijriy 531 (1136) yilda vafot etdi.

Ismoil Jurjoniyning ilmiy merosidan foydalanish keyingi asrlarda ham samarali davom etdi.


“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Зайниддин Абул Фазаил Исмаил ибн Хусейн аль-Джурджани аль-Хоразми считался великим ученым и одним из самых известных врачей своего времени.

Захиридсин Абул Хасан Байхаки, известный историк XII века, писал об Исмаиле Джурджани в своем труде «Татима сифан ал-хикма» («Прибавление к сокровищнице мудрости»): «Я видел его в 531 году хиджры (1136 год нашей эры) в Сарахс в старости. Несправедливый правитель мира хорезмшах Атсыз ибн Мухаммед приглашал его в Хорезм на несколько периодов. Во время пребывания в Хорезме им были написаны «Аль-Хуфайи ал-Алай» («Верхняя часть стеблей»), «Ат-Тибб ал-Мулукий», «Китаб аз-Захирай Хорезмшахий», «Китаб ал- Ахрод» («Болезни, вызванные ревностью»), «Китаб Ядгор» («Книга воспоминаний»), «Китаб фи рад алал фалосафа» («Книга опровержения философов»), «Китаб тадбир яум ва лайлат» («Книга о смене дня и ночи»), посвященный Кази Абу Саиду Шари’и»), написал «Книгу заветов» и другие труды по медицине и философии. Его работы были любимы и вскоре стали всемирно известными. Насколько я слышал от уважаемых людей, это человек с открытым лицом, вежливый и великодушный по натуре» (с. 172).

Хотя Исмаил Джурджани родился в городе Джурджан в 1042 году, его почитали как Зайниддина Абул Фазаила Исмаила ибн Хусейна аль-Джурджани аль-Хоразми, поскольку большую часть своей жизни он провел в Хорезме.

Джурджани служил при дворе хорезмшаха Кутбиддина Мухаммада ибн Ануштагина (1097–1127) и его сына Алоуддавла Отсиза (1127–1156). В свое время Джурджани глубоко изучил труды Галена, Гиппократа, представителей древнегреческой медицины, а также прошедшего до него Абу Бакра Рази и особенно Ибн Сины.

Так как он был известен не только в медицине, но и в других областях науки, ему дали ежемесячное жалованье в тысячу динаров. Свой самый большой труд по медицине «Захирайе Хорезмшахи» Исмаил Джурджани написал в 1110 году и посвятил его Хорезмшаху Кутбидсину. По приказу Осиза он закончил писать сокращенную версию этого труда в 1113 году под названием «Аль-Хуфайи ал-Алай». Произведение написано на понятном всем персидском языке и сделано это для того, чтобы всем было удобно носить сапоги (этигхуфф) во время военных походов и путешествий.

«Захирайе Хорезмшахи» состоит из десяти книг, позже к ней была добавлена ​​«Книга о лекарствах» («Карабодин»).

Первая книга посвящена общетеоретическим вопросам, в которой изложены взгляды на природу и мироздание. В связи с этим обсуждаются элементы, из которых состоят первичные органы человеческого тела, клиент, четыре флюида, учение о том, на что способна каждая часть тела, и задачи медицины как науки.

Вторая книга посвящена учению о здоровье и болезнях, их видам, признакам проявления и диагностике болезней по пульсу.

Третья книга — здравоохранение,он посвящен воздействиям окружающей среды, то есть воздуху, укрытию, воде, еде, питью, сну, бодрствованию, движению и спокойствию. Эта книга содержит отдельные правила для детей, пожилых людей и путешественников.

Четвертая книга посвящена проблемам определения того, как болезнь может передаваться, когда она попадает в наиболее тяжелые случаи и как от них избавиться.

В пятой книге описаны причины малярии, ее симптомы и методы лечения.

В шестой книге анализируются болезни, проявляющиеся в разных частях тела человека, и методы их лечения.

Седьмая книга посвящена раку, ранам, отекам, костным наростам и переломам.

Восьмая книга посвящена макияжу и украшениям.

Девятая книга посвящена ядам и лекарствам.

Десятая книга посвящена целительству. Поскольку «Захирайе Хорезмшахи» была самым известным произведением в области медицины, получившим в свое время широкое распространение среди населения, ее рукописи до сих пор хранятся в большинстве библиотек мира. Наш соотечественник Арузий Самарканди, автор XII века, поместил это произведение среди книг великих ученых Джолинуса, Рази, Ибн Сины и других в этой области. Это произведение было даже переведено на идиш. В 16 веке Абул Фадл Мухаммад ибн Идрис Дафтари перевел его на турецкий язык.

Известно, что не только восточные ученые, но и европейские ученые, жившие до конца 18 века, считали, что все сущее основано на четырех элементах, т. е. на земле, воде, воздухе и огне. Исмаил Джурджани также отмечает, что человеческий организм состоит из этих четырех элементов, и он не болеет без причины. Причиной болезни является нарушение баланса четырех противоположных элементов, упомянутых выше. Вот почему Джурджани считает медицину наукой, которую можно освоить путем формирования навыков.

По словам Исмаила Джурджани, то, что создается с помощью доказательств и размышлений, называется знанием. Наука, в свою очередь, бывает двух видов: теоретическая и практическая. Теоретические науки включают литературу, логику и математику, а прикладные науки включают механику, портняжное дело и другие ремесла. «Медицинская наука состоит как из теоретических, так и из практических наук». Цель, наблюдаемая в медицинской науке, состоит в том, чтобы с помощью медицинских мер добиться сохранения тела в целости и сохранности. Такая ситуация вызывает появление больных людей и врачей, которые их лечат. Врачи должны знать все тайны природы.

Известно, что человек – величайшее чудо природы. Поэтому знание того, из чего сделано это чудо, является ключом к его лечению.

По словам Исмаила Джурджани, в животном мире тоже есть свои мизо-дзи, но только мизодзи у людей умеренные.Европейские ученые добились такого результата только в конце 19 — начале 20 века. Это химические процессы, происходящие во всем организме человека, изменения, начинающиеся с его появлением в утробе матери, образ жизни после рождения: появление и разрушение каждой клетки на стадиях жизни младенчества, отрочества, юности, старости, старости и заканчивая смертью, с одной стороны, нервной системы, если это происходит вследствие вмешательства, с другой стороны, они обнаружили, что это происходит из-за вмешательства гармоний, которые имеют определенный клиент (темперамент ) к частям тела. Влияние гормонов на организм и психику человека хорошо известно.

Инстинкт и азарт, характер и настроение проявляются под влиянием гармонии. В настоящее время тот факт, что у людей бывает горячая, холодная, влажная и сухая кожа, признан научным фактом, основанным на достоверных доказательствах. Потому что доказано, что их источник в практике нервной системы, внутренней гармонии.

Исмаил Джурджани научно просто и доходчиво объяснил, что личность человека меняется в течение жизни и естественность его смерти. Он делит человеческую жизнь на четыре периода:

Первый период – это стадия зарождения, роста и поддержания, которая включает период до 15-16 лет.

Второй период – этап юности и зрелости, включающий период до 30 лет. После этого наступает период физического роста и развития. У некоторых людей рост и созревание могут продолжаться до 35-40 лет, и жизнь до этого возраста можно считать периодом молодости.

Третий период – стадия зрелости, во время которой человек сможет наслаждаться энергией молодости до достижения им 60-летнего возраста.

Четвертый период – старческий период жизни человека, в котором происходит упадок энергии и этот процесс продолжается до конца жизни. Прелесть старости в том, что некоторые люди доживают до 60 лет, а некоторые могут дожить до 120 лет, дожив до своих подростковых лет, юности и зрелости.

С детства до зрелого возраста у людей горячая и влажная кожа, а после полового созревания у них горячая и сухая кожа; После 35 лет это состояние уменьшается.

Научные суждения Исмаила Джурджани о мироздании и человеке формируются на основе источников, взятых из реальности.

По его словам, настоящее удовольствие не в физическом комфорте, полноценной жизни, а в достижении умственной и духовной зрелости. Утешения рая на том свете он понимает как духовный и душевный покой. Закончив произведение «Захирайе Хорезмшахи», Джурджани приезжает в город Марв. В то время город Марв считался столицей султана Санджара.Джурджани жил здесь до конца своей жизни, потому что султан Санджар оказал ему большие милости и почести. Здесь он имел беседу с Абул Касимом Кошайри в области хадисов, а в области медицины сотрудничал со знаменитым врачом Ибн Аби Садыком. Кроме того, он имел беседу с врачами Ирака, Персии и Хузестана, а также с некоторыми учениками Ибн Сины. До конца жизни он преподавал несколько предметов в медресе Марва. Согласно труду Якута Хамави «Муджам уль-буддан», Исмаил Джурджани умер в Марве в 531 (1136) году хиджры.

Эффективное использование научного наследия Исмаила Джурджани продолжалось и в последующие столетия.

Взято из книги «Духовные звезды» (Издательство «Общественное наследие» имени Абдуллы Кадири, Ташкент, 1999 г.).
[/spoiler]

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: