Salaflarcha ehtirom — Islomiy hikoya

Salaflarcha ehtirom - Islomiy hikoya

Janoza namozini o‘qib bo‘lgach, Zayd ibn Sobit (r.a.)ga xachirlarini olib kelishdi. U kishi endi minmoqchi bo‘lganlarida, Ibn Abbos (r.a.) kelib, xachirning uzangisidan ushladilar. Shunda Zayd (r.a.):

– Ey Rasululloh (s.a.v.)ning amakivachchasi, qo‘ying! – dedilar.

Ibn Abbos (r.a.) javob berdilar:

– Olimlar va ulug‘ kishilarga shunday muomala qilishga buyurilganmiz.

Bu so‘zdan keyin Zayd ibn Sobit (r.a.) u zotning qo‘llaridan o‘pib, dedilar:

– Biz ham Rasululloh (s.a.v.)ning ahli baytlariga ehtirom ko‘rsatishga amr etilganmiz!

“Irfon” taqvimining 2010 yil, 2-sonidan olindi.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz