Mavlono va bo‘ri po‘stini — Islomiy hikoya

Mavlono va bo‘ri po‘stini - Islomiy hikoya

Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlari bir kuni ko‘chadan uyga qaytsalar, o‘g‘illari mahzun, g‘amgin holda o‘tirardi. Nimaga bu holda o‘tirganini sababini so‘raganlarida, o‘g‘illari:

— Hech gap yo‘q — deb, javob beribdi.

Mavlono hovliga chiqibdilar. Tashqarida bo‘rining po‘stini osig‘liq turardi, uni olib ustilariga yopdilar va qo‘llarini tepaga ko‘tarib, uvvilay boshladilar. Otasining bu holini ko‘rgan o‘g‘il, kulib yuboribdi. Mavlono:

— Ko‘rdingmi o‘g‘lim? — debdilar. — Dunyoda g‘amu tashvish, dardu hasratlar ham mana shunga o‘xshaydi. Bo‘ri aslida juda qo‘rqinchli, yirtqich hayvon. Lekin sen, po‘stinning orqasida (ichida) otang turganini bilganing uchun, qo‘rqmading va kulding. Shunday ekan, dunyoda qanday g‘amu kulfat, tashvishu dard bo‘lsa ham ularning ortida Alloh turganini bilgin va Unga ishongin!

Turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz