Yog‘och kosa yoxud ekkaningni o‘rasan… – Islomiy hikoya

Yog‘och kosa yoxud ekkaningni o‘rasan... - Islomiy hikoya

Bir  o‘g‘ilning qaramog‘ida qolgan keksa otasi bor edi. O‘g‘il ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeyayotganida qo‘llari qaltiraydigan qari otasining izzat va hurmatini bajo keltirmas edi. Bir kuni bechora otaning qo‘llari qaltirab, osh suzib berilgan chinni kosani tushirib, sindirib qo‘ydi. Buni ko‘rgan kelini achchiq gap aytib otaning ko‘nglini sindirdi. O‘g‘il esa otasini hovli etagidagi zax xonaga ko‘chirdi.

Kelin endi qaynotasiga eski yog‘och kosada taom beradigan bo‘ldi. Bundan ko‘ngli ozor topgan qariya vafot etib ketgan kampirini eslab, zor-zor yig‘lardi. Uning yolg‘iz yupanchi va suyanchig‘i besh yoshli nabirasi edi. Bola bobosining yoniga kelib o‘tirar, ma’sum so‘zlari, yoqimli qiliqlari bilan bobosining ko‘nglini ovlab, uning g‘am va alamlarini bir oz bo‘lsa-da yengillatardi.

Shu zaylda bir necha kunlar o‘tdi. Kunlarning birida bola qo‘liga pichoq olib bir yog‘ochni yo‘nib o‘tirganida otasi ishdan kelib: “O‘g‘lim, nima qilayapsan?”, deb so‘radi.

Bola ishidan bosh ko‘tarmagan holda javob berdi: “Dadajon, oyim eski yog‘och kosada bobomga ovqat beradilar. Men ham yog‘och kosa yasayapman, katta bo‘lganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman…”

Tohir Malikning “Odamiylik mulki” kitobidan.

Manba: islom.ziyouz.com


У мальчика был старый отец, которого оставили заботиться о нем. Сын не пользовался честью и уважением своего старика-отца, у которого были тусклые глаза и дрожали руки, когда он ел. Однажды у бедного отца тряслись руки, он уронил фарфоровую миску, в которой подавался суп, и разбил ее. Увидев это, невестка разбила сердце отца, сказав горькие слова. Сын переселил отца в маленькую комнату в конце двора.

Теперь невеста подает еду своему свекру в старой деревянной миске. Опечаленный этим старик, вспомнил свою умершую старуху и горько заплакал. Его единственным утешителем и опорой был пятилетний внук. Мальчик сядет рядом с дедушкой, завоюет сердце деда своими невинными словами и приятными поступками и хоть немного облегчит его печали и боли.

После этого прошло несколько дней. Однажды, когда мальчик рубил дрова с ножом в руке, отец пришел с работы и спросил: «Сынок, что ты делаешь?»

Мальчик ответил, не отрываясь от работы: «Дедушка, мама, деда кормят в старой деревянной миске. Я тоже делаю деревянную миску, и когда я вырасту, я буду кормить тебя этой миской…»

Из книги «Человеческая собственность» Тахира Малика.

Источник: islam.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: