Maxatma (Moxandas) Gandi hikmatlari, eng sara hikmatlar to’plami

Maxatma (Moxandas) Gandi (1869-1948) — Hindistonning taniqli davlat arbobi va mutafakkiri.


Jazolashdan ko‘ra kechirmaklik mardlikdir. Ojiz odam kechirolmaydi. Afv etish kuchlilar fazilatidir.

Dovyuraklik boshqa yaxshi fazilatlarning o‘sishi uchun albatta zarur. Axir mard bo‘lmay turib, adolat izlash yoki muhabbatni ardoqlab asrash mumkinmi?

Ko‘pchilik qonuni vijdon ishida ketmaydi.

O’z tilini idora qilolmagan odamda haqiqat bo‘lmaydi.

Men umrim davomida ixlosmandlarimga qaraganda tanqidchi do‘stlarimdan, ayniqsa ularning tanqidi muloyim va do‘stona suxan bilan izhor etilganida ko‘proq foyda olganman.

Qo‘rqoq sevgi izhor qilolmaydi, bu mard kishining ishi.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: