Homiladorlikda bosh ogʻrishi (sefalgiya) bilan 40 % ga yaqin boʻlajak onalar duch kelishadi. Sefalgiya belgilari homiladorlikning birinchi uch oyligida boshlanishi tabiiy holat, lekin homiladorlikning keyingi bosqichlarida bosh ogʻrigʻi tez-tez takrorlanib turishi jiddiy patologiyalardan darak beradi.
Homiladorlarda sefalgiya sabablari
Bosh ogʻrigʻining kasalliklar natijasida emas, oʻz-oʻzidan kelib chiqishi – birlamchi sefalgiya deyiladi. Birlamchi sefalgiya– homiladorlikning erta va kechki toksikozlari natijasida kelib chiqadi. Ikkilamchi sefalgiya esa biror bir surunkali kasallik yoki homiladorlik asoratlari sifatida namoyon boʻladi.
Birlamchi sefalgiyaning sabablari
Tuxum hujayraning urugʻlanishidan soʻng, ayol organizmida gormonal qayta qurilish kuzatiladi. Bundan maqsad homilani saqlab qolish va uning rivojlanishini taʼminlashdir. Ayol organizmi zoʻriqishi ikki barobar ortadi, bu esa bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladi.
Gormonlar miqdorining oʻzgarishi
Homiladorlik vaqtida progesteron sintezlanishi koʻpayadi, buning natijasida silliq mushaklar tonusi pasayadi, bundan maqsad bachadon mushaklari qisqarishi kamayadi va homila tushish xavfi yoʻqolishidir. Qon tomirlar tonusiga ham taʼsir qiladi va gipotoniyaga olib keladi, bu esa holsizlik, tez charchash va bosh ogʻrishi bilan namoyon boʻladi.
Eʼtibor bering: gormonal qayta qurilish hisobiga kelib chiqqan bosh ogʻrigʻi, faqatgina homiladorlikning birinchi oylarida kuzatiladi va bu toksikoz holati bilan tushuntiriladi.
Aylanayotgan qon hajmining koʻpayishi
Homiladorlik vaqtida eng muhim boʻlgan organizmning adaptatsion mexanizmlardan biri, umumiy aylanayotgan qon hajmining oshishidir. Bundan maqsad ayol tugʻruq vaqtida yoʻqotadigan qon oʻrnini toʻldirishdir. Umumiy qon hajmi homiladorlikning erta davrlaridan koʻpaya boshlaydi. Buning natijasida progesteron gormoni taʼsirida qon tomirlar kengayadi va qon bosimi pasayadi. Past qon bosimi esa bosh ogʻrishiga sabab boʻladi.
Tashqi qoʻzgʻatuvchilarga sezuvchanlikning oshib ketishi
Bu holat ham gormonlar oʻzgarishi bilan tushuntiriladi. Baland tovushlarga, turli xil hidlarga, kuchli yorugʻlikka taʼsirida bosh ogʻrishi kelib chiqishi mumkin.
Progesteron gormoni homilador ayol kayfiyatiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Ular juda emotsional labil boʻlib qolishadi. Kichik stresslar ham ayol kishining yigʻisi va qoʻzgʻaluvchanligini oshirib yuborishi, buning natijasida esa bosh ogʻrigʻi ham namoyon boʻlishi mumkin.
Ob-havoga boʻlgan sezuvchanlik
Homilador ayollarda progesteron miqdori ortganligi sababli, ayollar ob-havoga boʻlgan sezuvchanlikning oshib ketishiga ham olib keladi. Kichik darajadagi bosim, havo harorati oʻzgarishi ham homiladorlikda bosh ogʻrishiga olib kelishi mumkin.
Mikroiqlim
Odatda insonlar mikroiqlimga juda sezuvchan boʻlishadi. Masalan, bugʻli xonalarda, tutunli xonalarda va kislorod yetishmaydigan tiqilinch xonalarda boʻlganlarida bosh ogʻrishi kuzatiladi. Ayniqsa, homiladorlarda bu holat juda ham kuchayib ketadi.
Umurtqa pogʻonasining oʻzgarishi
Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklaridan boshlab boʻlajak ona umurtqa pogʻonalariga ogʻirlik tushishi orta boshlaydi. Buning natijasida umurtqalardagi qon aylanishi buziladi va bosh miyaga kislorod yetib borishi kamayadi va sefalgiya kelib chiqadi.
Ovqatlanish tartibining oʻzgarishi
Homiladorlikning erta bosqichlarida ayollar oʻz ratsionidan choy va kofe ichishni cheklaganliklari uchun gipotonik holatlar ham kuzatiladi. Keyinchalik homilador ayollarda bosh ogʻrigʻi kofein, tiramin, natriy xlorid, fenilamin koʻp saqlovchi mahsulotlar isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadi. Shu sababli homilador ayollar shokolad, choy, kofe, kakao, sitrus mevalari, tuzlangan mahsulotlar, yongʻoq, oʻtkir pishloq kabi mahsulotlarni isteʼmol qilishni kamaytirishlari zarur. Bundan tashqari, homilador ayollar dudlangan, konservalangan, yarimfabrikat mahsulotlarni butunlay cheklashlari kerak. Bunday mahsulotlar tarkibida koʻplab boʻyoqlar, konservantlar, taʼm kuchaytirgichlar koʻp boʻlib, bular nafaqat oshqozon ichak tizimiga, balki bosh miyaga ham salbiy taʼsir etib sefalgiyaga sabab boʻladi.
Suvsizlanish va och qolish
Gipoglikemiya (och qolish) bosh miyada gipoksiyaga sabab boʻladi va homiladorlikda bosh ogʻrishi yuzaga keladi. Suvsizlanish esa qon tomirlar spazmiga sabab boʻlib, gipoksiya kelib chiqadi va ayol kishi bosh ogʻrish hissini sezadi.
Kam uxlash yoki keragidan ortiqcha uxlash homilador ayol organizmiga taʼsir etadi, uning natijasida holsizlik, lanjlik va charchash kabi holatlar kelib chiqib, ayol bosh ogʻrigʻi bilan qiynaladi.
Boshqa sabablar
Aqliy mehnatning koʻpligi, jismoniy mehnatning ortiqchaligi, kompyuter qarshisida uzoq muddat oʻtirish, sovuq ovqatlar isteʼmol qilish ham bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladi.
Ikkilamchi sefalgiya sabablari
Homiladorlik davrida ayol kishi turli xildagi surunkali kasalliklarning xuruj qilishi mumkin. Bu holat bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladi, masalan:
Migren
Migrenning asosiy belgisi boshning yarmidagi sohalarda (koʻz, peshona, chakka) doimiy ogʻriqdir. Ogʻriq davomli, loʻqqilovchi, boshni harakatlantirganda kuchayadigan, ishtahaning pasayishi, uyquning buzilishi, qoʻzgʻaluvchanlik ortishi, koʻngil aynishi/qusish bilan namoyon boʻladi. Migren kelib chiqish sababi toʻliq oʻrganilmagan, ammo nasliy omil ham katta rol oʻynaydi. Belgilar yuzaga chiqishi yuqoridagi sanab oʻtilgan holatlarda kuchayadi (och qolish, suvsizlanish, aqliy yoki jismoniy zoʻriqish, stress, ob havo oʻzgarishi va shu kabilar).
Agar migren kasalligi homiladorlikdan avval ayol kishini bezovta qilmagan boʻlsa, migrenga xos belgilar homiladorlik boshlangandan keyin namoyon boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashish shart. Chunki bu kabi ogʻriqlar jiddiy kasalliklardan darak berishi mumkin, masalan bosh miyaga qon quyilishi yoki serebral qon tomirlar trombozi.
Kechki toksikoz (gestoz)
Homiladorlikning eng ogʻir asoratlaridan biri, homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlanadi va uchlik simptomi bilan namoyon boʻladi: proteinuriya, arterial gipertenziya va shishlar paydo boʻlishi. Arterial qon bosimi oshishi natijasida qon tomirlar torayadi, bosh miyaga oziqaviy moddalar va kislorod kam yetib boradi, natijada bosh ogʻrigʻi kelib chiqadi. Gestozning ogʻir koʻrinishi – preklampsiyada sefalgiyadan tashqari, homilador ayollar koʻruvning yomonlashganligi, koʻz oldida “uchqunlar”, burun bitishi va uyquchanlikka shikoyat qiladilar. Preklampsiyani davolamanmasa, qisqa muddat ichida eklampsiyaga oʻtadi (sudorgi, talvasa, hushdan ketish) va bu homila hamda ayol kishi hayoti uchun xavfli holat hisoblanadi.
Gipertonik kasallik
Homiladorlikdan oldin gipertonik kasallik tashxisi qoʻyilgan hollarda, gormonlar oʻzgarishi hisobiga bu kasallikning kechishi yanada kuchayadi. Gipertonik krizlar takrorlanish chastotasi ortadi, ogʻriq loʻqqilovchi xarakterida boʻlib, ensa sohasida paydo boʻladi. Kuchli bosh ogʻrigʻi bilan birgalikda burundan qon ketish, koʻngil aynishi yoki qayt qilish, diplopiya kabi holatlar kelib chiqadi.
Ortiqcha tana vazni
Semirish hamda gestoz hisobiga kelib chiqadigan yashirin shishlar natijasida tana vazni ortishi, qon tomirlar spazmiga sabab boʻladi va buning natijasida qon bosimi oshadi. Bu esa sefalgiyaga olib keladi.
Boʻyin osteoxondrozi
Boʻyin umurtqalarining zararlanishi hisobiga bosh miyaga oʻtadigan arteriyalar siqilib qoladi, natijada miyada gipoksiya kelib chiqib bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladi.
Bundan tashqari, koʻpgina kasalliklar natijasida ham kuchli bosh ogʻrigʻi kuzatiladi:
- Qon tomirlar distoniyasi;
- Meningit;
- Bosh miyaga qon quyilishi; (insult yoki travma natijasida);
- Homiladorlikdagi anemiya;
- Glaukoma;
- Bosh miya oʻsma kasalliklari;
- Sinusit;
- Buyrak kasalliklari;
- Tishlar bilan bogʻliq muammolar.
Homiladorlikda bosh ogʻrishi qanchalik xavfli?
Homilador ayollar quyidagi belgilar namoyon boʻlishi bilan darhol shifokorga murojaat etish kerak:
- Ogʻriq xarakteri oʻzgarsa (simillovchi, kuchsiz ogʻriq kuchli, loʻqillovchi ogʻriq xarakterini olsa);
- Uyqudan uygʻonganda paydo boʻladigan sefalgiya;
- Ogʻriq boshning aynan bir sohasida kuzatilsa;
- Boshqa nevrologik simptomlar yuzaga chiqsa (koʻruv oʻtkirligi pasayishi, eshitishdagi muammolar, hid bilish buzilishi, teri sezuvchanligi ortishi, qoʻl va oyoqlarning uvishishi;
- Ogʻriq hamda qon bosimi ortishi yoki pasayishi, tanadagi shishlar;
- Ogʻriqning doimiy kuchayib borishi.
Homiladorlikda bosh ogʻrigʻini davolash
Homiladorlarning deyarli yarmidan koʻpida bosh ogʻrigʻi uchrashini hisobga olib, homilador ayollar bir qator usullardan foydalanishlari mumkin:
Ovqatlanish tartibini qayta tuzish
Homilador ayollar shirin gazli ichimliklar, yarimfabrikatlar, dudlangan mahsulotlar va fast-foodni cheklashlari kerak. Bundan tashqari, yogʻli ovqatlar, ziravorlar, achchiq mahsulotlar, achchiq choy va kofeni ham vaqtinchalik isteʼmol qilishni kamaytirishlari lozim. Ovqat harorati ham optimal boʻlishi (15-60 gradus oraligʻida) boʻlishi, muzdek va juda issiq holda ham ovqat isteʼmol qilmasliklari zarur. Kun davomida tez-tez kam kamdan ovqatlanish (5-6 marta), ochlik hissi paydo boʻlishi bilan yengil tanovvul qilib olish maqsadga muvofiq (pecheniye, mevalar, yogurt).
Sogʻlom hayot tarziga rioya etish
Homiladorlik vaqtida chekish va spirtli ichimliklar ichish mutlaqo mumkin emas. Tamaki mahsulotlari gipoksiyaga sabab boʻlib, homila rivojlanishini ortda qolishiga olib keladi, hamda ayolda bosh ogʻriqlarini chaqiradi. Toza havoda sayr qilish, homiladorlar uchun davolovchi gimnastika mashqlarini bajarish tavsiya etiladi.
Mikroiqlimni nazorat qilish
Homilador ayol koʻproq boʻladigan xonalarni tez-tez shamollatib turishlari kerak. Dim, issiq, bugʻli xonalarda uzoq vaqt boʻlmaslikka harakat qilish kerak. Bundan tashqari, baland tovush va kuchli yorugʻlikdan ham himoyalanish lozim.
Kunduzgi uyqu
Agar kun tartibi, ish tartibi toʻgʻri kelsa, homilador ayollar kun davomida 1-1,5 soat uxlab olishlari lozim. Bu miyaning dam olishiga va sefalgiyaning oldini olishda yordam beradi.
Jismoniy va aqliy zoʻriqishdan saqlanish
Iloji boricha stress, mojarolardan qochish kerak. Tungi uyqu kamida 8 soat boʻlishi, ish joyida doimo bir xil holatda boʻlmasdan, har 30 daqiqada yengil jismoniy mashqlar qilish kerak.
Homiladorlikda bosh ogʻriganda birinchi yordam
Dori preparatlarisiz homiladorlik vaqtida bosh ogʻrigʻi vaqtida, ogʻriqni bartaraf etish uchun quyidagi chora tadbirlar oʻtkazilsa boʻladi:
- Qisqa muddatli dam olish. Homilador ayollar biroz dam olishlari, iloji boʻlsa 20-30 daqiqaga mizgʻib olishlari lozim. dam olish xonasi tinch, shamollatilgan va nimqorongʻu boʻlishi kerak.
- Boshni massaj qilish. Boshning chakka sohasini, tepa sohani va boʻyinni yengil massaj qilish bosh ogʻrigʻidan bartaraf etishning samarali usuli hisoblanadi.
- Aromaterapiya. Aromalampani aromatik oʻsimliklarning moylari bilan toʻldirish va uni yoqib qoʻyish kerak. Arterial qon bosim pasayganda apelsinli, greypfruktlar, arterial bosim oshganda limonli, yalpizli moylardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu kabi moylarni salqinroq suv shimdirilgan sochiqqa tomizish va boshning ogʻrib turgan sohasiga joylashtirish yaxshi samara beradi.
- Dorivor oʻsimliklardan fitochoylar ichish. Arterial qon bosim pasayganda yoki och qolganda fitochoydan ichish kerak, masalan na’matak, yalpiz kabi oʻsimliklardan tayyorlangan damlamalar ogʻriqni bartaraf etishda yordam beradi. Boshning ogʻriqli sohalariga karam suvidan dokaga shimdirilgan holda kompresslar qoʻyish ham ogʻriqni oladi.
- Suv bilan muolajalar. Efir moylari va foydali tuzlar qoʻshilgan suvda vannalar qabul qilish ham ogʻriq hissini kamaytiradi, ayolni tinchlanishiga yordam beradi.
Diqqat! Suvdagi muolajalar faqatgina ginekolog mutaxassis tavsiyasiga binoan olib boriladi!
Dori preparatlari
Nomedikomentoz muolajalar natija bermaganda, dori preparatlaridan foydalanish ogʻriq hissini bartaraf etishda katta yordam beradi.
Diqqat! Har qanday dori preparatlarini qabul qilishda homiladorlik vaqtida qarshi koʻrsatmalar va nojoʻya taʼsirlari bor. Shu sababli dori preparatlarini tanlashda va ularning dozalari haqida faqatgina shifokor-ginekolog maʼlumot beradi, uni qanday muddatda qabul qilish kerakligini aytadi va doimo nazorat ostida boʻladi.
Sefalgiyada homiladorlar uchun dori preparatlar:
Parasetamol – istimani tushuruvchi taʼsir koʻrsatadi, shu bilan birga bosh ogʻrigʻini ham bartaraf etadi. Parasetamol ayol uchun ham homila uchun ham xavfsiz hisoblanadi. Homiladorlik vaqtida bolalar panadoli (tarkibi parasetamol) qabul qilish tavsiya etiladi.
No–shpa. Spazmolitik preparat, qon tomirlarni kengaytiradi va qon bosimi pasayadi, natijada bosh ogʻrishi kamayadi.
Homiladorlik vaqtida quyidagi dori prepratlarini qabul qilish umuman mumkin emas:
- Atsetil salitsil kislota;
- Sitramon (kofein va asetil salitsil kislota saqlaydi);
- Analgin;
- Baralgin;
- Spazgan;
- Pentalgin;
- Askofen;
- Ergotamin.
Bu preparatlarning nojoʻya taʼsirlari juda salbiy boʻlib, homilada tugʻma anomaliyalar, platsentadan qon ketib qolishi, tugʻruq jarayonida koʻp qon yoʻqotish xavfini oshirib yuboradi.
Eng muhimi shuni unitmangki, organizmningizda har qanday oʻzgarish, shu jumladan bosh ogʻrishiga ham befarq boʻlmay shifokor koʻrigidan oʻtishingiz lozim! Zero, sogʻlom onadan sogʻlom bola dunyoga keladi. Salomat boʻling!
Ikid.uz
Около 40% будущих мам испытывают головную боль (цефалгию) во время беременности. Симптомы цефалгии начинаются в первые три месяца беременности, но частые головные боли на поздних сроках беременности свидетельствуют о серьезных патологиях.
Причины цефалгии у беременных
Первичная цефалгия – головная боль, возникающая сама по себе, а не в результате заболеваний. Первичная цефалгия обусловлена ранним и поздним токсикозом беременности. Вторичная цефалгия проявляется как хроническое заболевание или осложнение беременности.
Причины первичной цефалгии
После оплодотворения яйцеклетки в женском организме наблюдается гормональная перестройка. Целью этого является сохранение плода и обеспечение его развития. Удваивается нагрузка на женский организм, что вызывает головные боли.
Изменения количества гормонов
При беременности увеличивается синтез прогестерона, в результате чего снижается тонус гладкой мускулатуры, целью которого является уменьшение сокращения мышц матки и риска невынашивания беременности. Он также влияет на тонус сосудов и приводит к гипотонии, которая проявляется слабостью, быстрой утомляемостью и головными болями.
Обратите внимание: головные боли, вызванные гормональной перестройкой, наблюдаются только в первые месяцы беременности и объясняются состоянием токсикоза.
Увеличение объема циркулирующей крови
Одним из важнейших адаптационных механизмов организма при беременности является увеличение общего объема циркулирующей крови. Целью этого является замена крови, которую женщина теряет во время родов. Общий объем крови начинает увеличиваться с ранних сроков беременности. В результате под действием гормона прогестерона расширяются сосуды и снижается артериальное давление. Низкое кровяное давление может вызвать головную боль.
Повышенная чувствительность к внешним раздражителям
Это состояние также объясняется гормональными изменениями. Воздействие громких звуков, различных запахов, сильного света может вызвать головную боль.
Гормон прогестерон также влияет на настроение беременной женщины. Они становятся очень эмоционально лабильными. Даже небольшие стрессы могут усилить плаксивость и возбуждение женщины, в результате чего могут появиться и головные боли.
Чувствительность к погоде
По мере повышения уровня прогестерона у беременных женщины также становятся более чувствительными к погоде. Небольшие перепады давления и температуры также могут вызывать головные боли при беременности.
Микроклимат
Обычно люди очень чувствительны к микроклимату. Например, головные боли наблюдают в парных, накуренных и многолюдных помещениях с недостатком кислорода. Особенно у беременных эта ситуация намного сильнее.Изменения в позвоночнике
Со второго и третьего триместров беременности начинает увеличиваться нагрузка на позвоночник будущей мамы. В результате нарушается кровообращение в позвонках, снижается доставка кислорода к мозгу и возникает цефалгия.
Изменение пищевых привычек
На ранних сроках беременности также наблюдаются гипотонические состояния, поскольку женщины ограничивают употребление чая и кофе из своего рациона. В дальнейшем головные боли у беременных вызываются употреблением продуктов, содержащих кофеин, тирамин, хлорид натрия, фениламин. Поэтому беременным женщинам следует уменьшить потребление таких продуктов, как шоколад, чай, кофе, какао, цитрусовые, маринованные продукты, орехи, острый сыр. Кроме того, беременным женщинам следует полностью ограничить копчености, консервы, полуфабрикаты. В таких продуктах много красителей, консервантов и усилителей вкуса, которые негативно влияют не только на желудочно-кишечный тракт, но и на головной мозг, вызывая цефалгию.
Обезвоживание и голодание
Гипогликемия (голодание) вызывает гипоксию в головном мозге и вызывает головные боли у беременных. Обезвоживание вызывает спазм сосудов, возникает гипоксия, женщина чувствует головную боль.
Слишком мало или слишком много сна влияет на организм беременной женщины, в результате чего появляются такие состояния, как слабость, вялость и быстрая утомляемость, женщина страдает от головных болей.
Другие причины
Много умственной работы, чрезмерная физическая работа, длительное сидение за компьютером, употребление холодной пищи также вызывают головные боли.
Причины вторичной цефалгии
Во время беременности женщина может страдать от различных хронических заболеваний. Это состояние вызывает головные боли, такие как:
Мигрень
Основной симптом мигрени – постоянная боль в половине головы (глаза, лоб, виски). Боль постоянная, пульсирующая, усиливается при движении головы, снижении аппетита, нарушении сна, повышенном возбуждении, тошноте/рвоте. Причина мигрени до конца не выяснена, но большую роль играет и наследственный фактор. Появление симптомов усугубляется перечисленными выше состояниями (голодание, обезвоживание, умственное или физическое перенапряжение, стресс, перемена погоды и др.).
Если мигрень не беспокоила женщину до беременности, если симптомы мигрени появились после беременности, необходимо обратиться к врачу. Ведь такие боли могут свидетельствовать о серьезных заболеваниях, таких как кровоизлияние в мозг или тромбоз сосудов головного мозга.
Вечерний токсикоз (гестоз)
Одно из самых серьезных осложнений беременности,начинается во второй половине беременности и проявляется тройным симптомом: протеинурией, артериальной гипертензией и появлением отеков. В результате повышения артериального давления сосуды сужаются, к головному мозгу поступает меньше питательных веществ и кислорода, в результате чего возникают головные боли. Кроме цефалгии при гестозе беременные жалуются на плохое зрение, «искры» перед глазами, насморк, сонливость. Если преэклампсию не лечить, она вскоре перейдет в эклампсию (судороги, судороги, обмороки), а это опасная ситуация для жизни плода и женщины.
Гипертоническая болезнь
В тех случаях, когда гипертоническая болезнь диагностирована до беременности, течение этого заболевания отягощается из-за гормональной перестройки. Увеличивается частота рецидивов гипертонических кризов, боль носит пульсирующий характер и появляется в области затылка. Наряду с сильной головной болью возникают носовые кровотечения, тошнота или рвота, двоение в глазах.
Избыточная масса тела
Увеличение массы тела в результате ожирения и скрытых отеков, вызванных гестозом, вызывает спазм сосудов и, как следствие, повышение артериального давления. Это приводит к цефалгии.
Остеохондроз шеи
Вследствие повреждения шейных позвонков происходит сдавление артерий, ведущих к головному мозгу, в результате чего возникает гипоксия в головном мозге, вызывающая головные боли.
Кроме того, сильные головные боли наблюдаются в результате многих заболеваний:
сосудистая дистония;
Менингит;
Кровоизлияние в мозг; (в результате инсульта или травмы);
Анемия при беременности;
глаукома;
Опухолевые заболевания головного мозга;
Синусит;
Заболевания почек;
Стоматологические проблемы.
Насколько опасны головные боли при беременности?
Беременным женщинам следует немедленно обратиться к врачу при появлении следующих симптомов:
При изменении характера боли (если пульсирующая, слабая боль принимает характер сильной, пульсирующей боли);
Головная боль при пробуждении;
Если боль наблюдается ровно в одной области головы;
При появлении других неврологических симптомов (снижение остроты зрения, проблемы со слухом, нарушения обоняния, повышенная чувствительность кожи, онемение рук и ног;
Боль и повышение или понижение артериального давления, отек тела;
Постоянно усиливающаяся боль.
Лечение головной боли при беременности
Учитывая, что почти у половины беременных возникают головные боли, беременным можно использовать ряд методов:
Реструктуризация плана питания
Беременным женщинам следует ограничить сладкие газированные напитки, полуфабрикаты, копчености и фаст-фуд. Кроме того, им следует временно сократить потребление жирной пищи, специй, острых продуктов, пряного чая и кофе.Температура пищи должна быть оптимальной (от 15 до 60 градусов), нельзя есть холодную или очень горячую пищу. В течение дня желательно есть реже (5-6 раз), а при появлении чувства голода перекусывать (печенье, фрукты, йогурт).
Ведение здорового образа жизни
Категорически нельзя курить и употреблять алкоголь во время беременности. Табачные изделия вызывают гипоксию, задерживают развитие плода, вызывают головную боль у женщин. Рекомендуется совершать прогулки на свежем воздухе, выполнять лечебную гимнастику для беременных.
Контроль микроклимата
Помещения, где беременная проводит больше времени, следует чаще проветривать. Следует стараться не находиться длительное время в сырых, жарких, парных помещениях. Кроме того, необходимо защитить от сильного шума и сильного света.
Дневной сон
Беременные женщины должны спать 1-1,5 часа днем, если график и режим работы правильный. Это помогает расслабить мозг и предотвратить цефалгию.
Избегание физических и умственных нагрузок
По возможности следует избегать стрессов и конфликтов. Вы должны спать не менее 8 часов ночью, делать легкие физические упражнения каждые 30 минут, не находясь постоянно в одном и том же положении на работе.
Первая помощь при головной боли во время беременности
При головной боли при беременности без лекарств можно предпринять следующие меры для снятия боли:
Короткий отпуск. Беременным женщинам следует немного отдохнуть, по возможности вздремнуть 20-30 минут. комната отдыха должна быть тихой, проветриваемой и полутемной.
Массаж головы. Легкий массаж висков, макушки и шеи – эффективное средство от головной боли.
Ароматерапия. Аромалампу следует наполнить маслами ароматических растений и зажечь. Масло апельсина и грейпфрута рекомендуется использовать при снижении артериального давления, а масло лимона и мяты перечной — при повышении артериального давления. Нанесение этих масел на полотенце, смоченное прохладной водой, и размещение их на пораженном участке головы хорошо работает.
Питьевые фиточаи из лекарственных растений. При снижении артериального давления или при голодании следует пить травяной чай, например, отвары, приготовленные из таких растений, как наматак и мята, помогают снять боль. Прикладывание компрессов, смоченных капустным соком, к болезненным участкам головы также облегчает боль.
Лечение водой. Прием ванн в воде с эфирными маслами и полезными солями также уменьшает болевые ощущения и помогает женщине расслабиться.
Внимание! Процедуры в воде проводятся только по рекомендации гинеколога!
Лекарства
Когда немедикаментозное лечение не помогает,использование лекарств помогает облегчить боль.
Внимание! Любое лекарство имеет противопоказания и побочные эффекты при беременности. По этой причине только гинеколог дает информацию о выборе препаратов и их дозировках, рассказывает, как долго нужно принимать и всегда находится под контролем.
Медикаментозные препараты для беременных при цефалии:
Парацетамол оказывает жаропонижающее действие, а также снимает головную боль. Парацетамол безопасен как для женщины, так и для плода. Детский панадол (содержащий парацетамол) рекомендуется принимать во время беременности.
Но-шпа. Спазмолитический препарат, который расширяет кровеносные сосуды и снижает кровяное давление, что приводит к уменьшению головной боли.
Категорически нельзя принимать во время беременности следующие препараты:
Ацетилсалициловая кислота;
Цитрамон (содержит кофеин и ацетилсалициловую кислоту);
Анальгин;
Баралгин;
Спазган;
Пенталгин;
Аскофен;
Эрготамин.
Побочные эффекты этих препаратов весьма негативны и повышают риск врожденных аномалий у плода, кровотечений из плаценты, обильной кровопотери при родах.
Самое главное не забывать, что к врачу нужно идти, не оставляя безразличия к любым изменениям в организме, в том числе и к головным болям! Ведь здоровый ребенок рождается от здоровой матери. Будьте здоровы!
Ikid.uz