Arava va arava g’ildiraklari haqida topishmoqlar

Arava va arava g’ildiraklari haqida topishmoqlar

Arava va arava g’ildiraklari haqidagi sara topishmoqlar javobi bilan.

1. Kunduzi yuradi, yuradi,
Oqshomi ikki oyog‘ini
Osmonga tiklab turadi.

Topishmoqning javobi

(Arava)

2. Yurganda shaqirlab kuladi,
To‘xtaganda jim turadi.

Topishmoqning javobi

(Arava)

3. Bir eshagim bor hangi,
Quloqlari dangi,
O‘t yemaydi,
Suv ichmaydi.

Topishmoqning javobi

(Arava)

4. Jonsiz, bezabon,
Qayish chaynab yutolmas,
Ketida ikki yumaloq,
Yugurib sira yetolmas.

Topishmoqning javobi

(Arava)

5. To‘rt aka-uka bir-biriga yetolmaydi.

Topishmoqning javobi

(Arava g‘ildiraklari)

6. Akasi ukasini quva olmaydi.

Topishmoqning javobi

(Arava g‘ildiraklari)

7. Ikki arqonim bor,
Yig‘ib ololmayman.

Topishmoqning javobi

(Yo‘l, arava izi)

8. Uzun-uzun ulama,
Uchiga yetib bo‘lama?
Erda yotgan ilonni
Ilib otib bo‘lama?

Topishmoqning javobi

(Yo‘l, arava izi)

9. To‘rt og‘ayni yo‘lga chiqdi,
Ikkisi olda borayotir,
Ikkisi orqada borayotir,
Orqada borayotganlari
Oldidagilardan qolmayotir.

Topishmoqning javobi

(Arava g‘ildiraklari)

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz