Baxillik va xasislik haqida maqollar

Baxillik va xasislik haqida maqollar

Аshling xatosi yo’q,
Nokasning — atosi.

Аhmoqda aql bo’lmas,
Аqlli baxil bo’lmas.

Baxil avliyo bo’lmas,
Аvliyo baxil bo’lmas.

Baxil bilganin buklar,
Topganin taxlar.

Baxil boyga borguncha,
Karamli toqqa bor.

Baxil borini qiymas,
Yo’q uni topohnas.

Baxil, bo’lmaydi ahil.

Baxil bo’lma, saxiy bo’l,
O’smog’ingga to’g’ri yo’l.

Baxil topsa, bosib yer,
Saxiy topsa, barcha yer.

Baxil to’ymas,
Baxilligini qo’ymas.

Baxil ehsondan qochar,
Xasis mehmondan qochar.

Baxildan bosh bo’lmas,
Аhilga sirdosh bo’lmas.

Baxildan omonat ajab,
Karimdan xiyonat ajab.

Baxildan tosh so’raguncha,
Gadoydan osh so’ra.

Baxilniki doim «yo’q»,
Saxiy yo’q bo’lsa ham to’q.

Baxilning bag’ri qattiq.

Baxilning bog’i ko’karmas,
Ko’karsa ham meva bermas.

Baxilning yerida sunbul ko’karmas.

Baxilning ko’zasidagi suvdan na foyda.

Baxilning mushugi bor,
Sichqon kirmas uyiga.

Baxilning tuzi tatimas.

Baxilning tuynugidan yel kirmas,
Eshigidan — el.

Baxilning shami oqsa,
Ko’zining yoshi oqar.

Baxilning qo’li siqiq,
Qo’lidan ham dili siqiq.

Baxilning qo’lida oy bo’lsa,
Olamni yoritmas.

Baxilning hurmati bo’lmas.

Bermas kelin keliga suv quyar.

Bermasning oshi pishmas,
Pishsa ham qozondan tushmas.

Besh panjangni og’zingga tiqma.

Bir kunga ho’kiz o’lmas,
Ikki kunga egasi bermas.

Birovga bersam — essiz oshim,
Uyda tursa — sasir oshim.

Boy bo’lsang, alak kiy,
Kambag’al bo’lsang — ipak.

Boy topsa, bosib yer,
Botir topsa, barcha yer.

Boyning molini baxil qizg’anar.

Bor bo’lib yemaganning ur tishiga,
Yo’q bo’lib yeyman, deganning ur ichiga.

Bor bo’lsa, ko’rolmaydi,
Yo’q bo’lsa, berolmaydi.

Bo’lib yegan bo’rtib chiqar,
Butun yegan turtib chiqar.

Gul — dasta-dasta,
Gul bermagan nokasta.

Do’nonning toyligi bo’lmas,
Nokasning — boyligi.

Yema, ichma, bo’l baxil,
Boy bo’lmasang, men kafil.

Yemas yerga o’t bitar,
Ichmas yerga suv bitar.

Yemas yerda yumush ko’p.

Yerdan sado chiqsa chiqar,
Baxildan sado chiqmas.

Yetimchadan boy chiqsa,
Аyron bermas icharga.

Tikuvchidan boy chiqsa,
Qaychi bermas bicharga.

Zang temirni kemirar,
Hasad — odamni.

Kambag’alning to’yi to’kin bo’lar,
Boyning to’yi yupun bo’lar.

Ol, desang, suyunar,
Ber, desang, kuyunar.

Ol, desang — hiring-hiring,
Ber, desang — diring-diring.

Olarda — kirar jonim,
Berarda — chiqar jonim.

Olarda — olmon, berarda — bezgak.

Olarda hisobi — to’qqiz,
Berarda sanog’i — o’ttiz.

Olishda: Bismillo,
Berishda: Аstag’furillo.

Olishda: Hoy-hoy,
Berishda: Voy-voy.

Ol-olchining do’sti ko’p,
Ber-berchining do’sti yo’q.

Patirdan qil chiqmas,
Baxildan pul chiqmas.

Pishiq bo’lib netarsan,
Sodda yetar boshingga.

Saxiy bilan baxil bir buloqdan suv ichmas.

Saxiy bilan baxilni eshagining to’qimi bildirar.

Saxiy bo’lmasa, baxil harom o’lar.

Saxiy topsa, o’rtada,
Baxil topsa, xaltada.

Saxiy xor bo’lmas,
Baxil behishtga kirmas.

Saxiyning ishiga baxilning tishi qamashar.

Saxiyning xayriga baxilning boshi og’rir.

Sog’ay desang, suti yo’q,
Qirqay desang, juni yo’q.

Tangrining molini shayton qizg’anar.

Tantiga tanbeh yo’q.

Taqlidchiga tole yor,
Hasadchiga — halokat.

Tegirmonda tug’ilgan sichqonning fe’li keng.

Xasisdan don tilaguncha,
Gadoydan non tila.

Xasisdan tuxum olsang, sarig’i chiqmas.

Xasisning pulidan yulduz yaqin.

Xashak o’ti xonani kuydirar,
Hasad o’ti tanani kuydirar.

Cherchidan podsho bo’lsa,
In’omi igna bo’lar.

Chumsoxga cho’mich tegsa, cho’michda qoqar.

Cho’loqning sayri yo’q,
Xasisning — xayri.

Shabnamga quduq to’lmas,
Dunyoga baxil to’ymas.

Yaxshi topsa, elga yoyar,
Yomon topsa, go’rga yoyar.

Yaxshining ko’ngh — tog’,
Baxilning ko’ngli — dog’.

Yashirib yeganning qorni to’ymas.
O’zi yemas, itga bermas.

O’ziga baxillik qilgan,
O’zgaga saxiylik qilmas.

Qaynananiki — o’rtada,
Kelinniki — xaltada.

Qamish suvga to’ymas,
Xasis — pulga.

Qarnog’i yo’q uyida,
Odami yo’q to’yida.

Qizg’anganing qizil itga yem bo’lar.

Qizg’anchiq buzoq emgan uloqni ko’rolmas.

Qimmati oz — himmati oz.

Qora suv chanqoq qondirmas,
Baxil kishi qo’noq qo’ndirmas.

Haris bo’lgan haqir bo’lar.

Haris qarisa ham, harisligi qarimas.

Hasad ko’chatini ekkan,
Balo mevasini yer.

Hasad o’tini daryo o’chirolmas.

Hasad qilma, havas qil.

Himmat — erdan, arvoh — go’rdan.

Himmati yo’qning hurmati yo’q.

Himmatli ko’kka ko’tarilar,
Himmatsiz yeiga ko’milar.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz