Kelin-kuyov haqida maqollar

Kelin-kuyov haqida maqollar

Kelin — yomon, nevara — shirin.

Kelin qiz bo’lmas,
Kuyov — o’g’il.

Kelin qildim deb kerilma,
Ishga buyursa, erinma.

Ishga buyursa, erinsang,
O’g’lingning ko’ziga ko’rinma.

Kelining yaxshi bo’lsa, o’g’lingdan ko’r,
O’g’ling yomon bo’lsa, keliningdan ko’r.

Kelinning so’zi ketmonday botar,
Bolaning so’zi botmonday botar.

Kuyov quvsa, eshik bog’in tut,
O’g’il quvsa, to’r boshiga o’t.

Kuyovdan nevara qolar,
Nevaradan evara qolar.

Kuyovni o’g’il bil, kelinni — qiz.

Kuyovning xo’rdasidan o’g’ilning yuvindisi yaxshi.

Kuyovnikida quyruq yegandan,
O’g’ilnikida yumruq ye.

Men kuyarman bolamga,
Bolam kuyar bolasiga.

Onasiz kelin — yuvvosh,
Onali kelin — bebosh.

Tulpordan tuyoq qolar,
Shunqordan qiyoq qolar.

Onali kelin — qarqara,
Onasiz kelin — tasqara.

O’g’ling boqsin, kelining sog’sin.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz