Ahmoqlar va ahmoqlik haqida maqollar

Ahmoqlar va ahmoqlik haqida maqollar

Ahmoq ahmoq emas,
Ahmoqni alimoq qilgan ahmoq.

Ahmoq ahmoqni topar.

Ahmoq boshdan aql chiqmas,
Aql chiqsa ham, ma’qul chiqmas.

Ahmoq do’st yovdan yomon.

Ahmoq kalla oyoq og’ritar.

Ahmoq oyog’idan horiydi.

Ahmoq otdan tushsa ham,
Egardan tushmas.

Ahmoq og’asini tanimas,
To’qmoq tog’asini tanimas.

Ahmoq so’zlar, aqlli tinglar.

Ahmoq to’qmoq yig’ar.

Ahmoq elchi ikki tarafni buzar.

Ahmoq o’z oyog’idan horiydi.

Ahmoq o’zi bilmas,
Bilganning so’ziga kirmas.

Ahmoq o’zi so’zlab, o’zi kular.

Ahmoq o’zin bildirar,
To’garagin kuldirar.

Ahmoq o’zini maqtar,
Tentak — qizini.

Ahmoq — o’ynashda,
Yaxshi — o’ylashda.

Ahmoq horimas,
Ko’sa qarimas.

Ahmoqda or bo’lmas,
Dengizda — guzar.

Ahmoqdan so’rama, o’zi aytar.
Ahmoqdan — chaqmoq.

Ahmoqlarga bosh bo’lguncha,
Donolarga yosh bo’l.

Ahmoqni urma, so’kma — gapga sol.

Ahmoqniki — og’zida,
Podshoniki — g’aznada.

Ahmoqning aqli tushdan keyin kirar.

Ahmoqning aqli — to’pig’ida.

Ahmoqning ahmoqligi ham bosh og’ritadi, ham oyoq.

Ahmoqning javobi — sukut.

Ahmoqning joni azobda.

Ahmoqning katta-kichigi bo’lmas.

Ahmoqning oldingi tishi qimirlar.

Ahmoqning orqasida bir dasta yantog’i bo’lmas.

Ahmoqning sirini och,
Urishsa, qoch.

Ahmoqning shox-u butog’i bo’lmas.

Ahmoqning o’z bilgani,
Gapirmasa, o’lgani.

Ahmoqning o’zi bilmas,
O’zgani ko’zga ilmas.

Ahmoqqa aytgan bilan gap uqmas,
Xarsangga qoqqan bilan mix o’tmas.

Ahmoqqa — kaltak, donoga — ishorat.

Ahmoqqa salom berdim,
Besh tanga tovon berdim.

Ahmoqqa son tegmas,
Sepdan ishton kiyar.

Ahmoqqa To’ytepa bir tosh.

Ahmoqqa — to’qmoq.

Ahmoqqa Quva bir tosh.

Betamizda uyat yo’q,
Ahmoqda — niyat.

Dono bilan yursang, dono bo’lasan,
Ahmoq bilan yursang, rasvo bo’lasan.

Dono — donoga yor,
Ahmoq — do’stga zor.

It yalog’ida band bo’lmas,
Ahmoq qulog’ida — pand.

Ma’rakaga ahmoq aralashsa,
Buzilmay qolmas.

Oltmish yashar ahmoqdan
Olti yashar dono yaxshi.

So’zlovchi ahmoq bo’lsa,
Tinglovchi dono kerak.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz