Zavqiy haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Zavqiy haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Zavqiy – XIX asr ikkinchi yarimi va XX asrning birinchi choragida yashab ijod etgan yirik ijodkorlardan biridir. Zavqiy taxallusi bilan shuhrat qozongan Ubaydullo Qoʻqon shahrida Usta Solih maxsidoʻz oilasida tugʻildi. Yoshligidanoq Usta Solih uning tarbiyasiga jiddiy ahamiyat beradi, moddiy qiyinchiliklarga qaramay avval mahalliy maktabda, soʻng Madrasai Oliy va Madrasai Chalpakda oʻqitadi.

Madrasa taʼlimi va shaxsiy tinimsiz mutolaa Ubaydullo isteʼdodini kamol topishiga, fors va arab tillarini egallashiga, Sharq adabiyotining buyuk namoyandalari ijodiy meroslarini chuqur oʻrganishiga mustahkam zamin boʻladi. Madrasada oʻqib yurgan davrida birinchi sheʼriy mashqlarini yozgan Zavqiy tez orada Qoʻqon adabiy muhitining Muqimiy, Muhyi, Furqat kabi ilgʻor shoirlari davrasiga kelib qoʻshildi, ular bilan mustahkam ijodiy hamkorlik oʻrnatdi.

Zavqiy to umrining oxiriga qadar maxsidoʻzlik hunarini tashlamadi. Avvaliga madrasa hujralaridan birida, keyinchalik bozor rastasida ochgan kichik doʻkonida kosibchilik bilan ota-onasigaqarashdi, oʻz oilasini tebratdi. Bu hunar ayni zamonda Zavqiyning mehnatkash xalq bilan doimo hamnafas yashab, oddiy kishilarning turmush sharoiti va orzu-intilishlaridan bevosita xabardor boʻlishida juda qoʻl kelgan.

Zavqiy XIX asrning 70–80-yillaridayoq xalqchil shoir sifatidauzil-kesil shakllanib, davr adabiy hayotida qoʻrinarli oʻrin egalladi, sheʼriyat muxlislari orasida shuhrat topdi. Oʻz ijodiy faoliyatini ishqiy gʻazal, muxammaslar yozishdan boshlagan Zavqiy tez orada ijtimoiy mavzularda, davrning dolzarb muammolariga diqqatini qaratdi, mehnatkash xalq hayotidan, shahar va qishloqning ezilgan tabaqasi turmushidan lavhalarni badiiy tahlil etishga kirishdi. Mustamlaka voqeligiga va ijtimoiy hayotdagi salbiy hodisalarga tanqidiy baho yondoshuv, shaxslar faoliyati va tabiatidagi yaramaslik, pastkashlik, nopoklik, firibgarlik kabi belgilariga hajviy munosabat shoir asarlarining yetakchi gʻoyaviy mazmuni darajasiga koʻtarildi. Davr milliy adabiyotimizda Muqimiy bosh boʻlgan hajviy yoʻnalishning keng taraqqiy topishida koʻplab hajviy asarlar yozgan Zavqiyning xizmatlari juda katta boʻldi.

Shoirning ijtimoiy mavzudagi va hajviy ruhdagi qator asarlarida chor mustamlakasiga aylantirilgan oʻlka hayotining eng dolzarb muammolari, jumladan, mavjud jamiyatdagi insoniy haq-huquq va moddiy boyliklarga egalik jihatidan keskin tabaqalanish mavjudligi hamda uning naqd oqibatlari haqida jiddiy mulohazalar, qatʼiy xulosalar bayon etiladiki, bunday asarlar davr adabiyotimizda yangilik boʻdsi.

“Zamona kimniki?” deb yuritiluvchi muxammasida Zavqiy ilgʻor ijtimoiy-siyosiy qarashlarini badiiy yuksak misralarda nihoyatda taʼsirchan va keskin bayon etadi. Chor mustamlakasi maʼmuriyati va mahalliy zoʻrovonlar hukmron boʻlgan mavjud tuzumda shoirning qatʼiy fikricha:

Davlagu izzu sharaflar mardi bodunyoniki!

…Bu zamona gʻarch kavush kiygan silliq salloniki!

…Davru davron hama joyda hokimu mirzoniki!

Xuddi shu muxammasda shoir “Xoh kosib, xoh dehqon qaygʻa borsa bagʻri qon!”, “Bekasu bechora soʻziga kishi bermas javob. Shu sababdan bevayu bechoralar bagʻri kabob!” deya jamiyatdagi ezilgan tabaqaning ayanchli hayotini haqqoniy tasvirlaydi.

Mustamlaka etilgan jamiyatdagi hukmron adolatsizlikni haqqoniy tasvirlash mavzusi Zavqiyning yana bir qator sheʼrlarida ham (“Kajdor zamona”, “Ajab zamona”, “Abdurahmon shayton” va boshqa) xuddi shunday xalqchil ruhda tahlil etilgan.

Zavqiyning “Muncha koʻp” radifli hamda “Ajab zamonadur, ahbob, bosh qotib qoddi” misrasi bilan boshlanuvchi muxammaslari XIX asr boshlari sheʼriyatimizdagi eng oʻtkir ijtimoiy asarlar jumlasiga kiradi.

Zamonasidagi adolatsizlik, huquqsizlik, mashaqqatli hayot xalqchil shoir qalbini larzaga soladi, xususan mehnat ahlining cheksiz azob-uqubatga, kulfat-xorlikka mahkum etilganligidan qatʼiy norozilik tigʻday oʻtkir misralardan oʻquvchi ongiga koʻchadi, unda ham oʻsha tuzumga nisbatan nafrat, oʻsha nochor ommaga nisbatan achinish va xayrixohlik tuygʻularini shakllantiradi.

Taʼkidlash lozimki, “Muncha koʻp!” radifli muxammasida savol ohangidan koʻra qatiy tasdiq, xitob ohangi ustivor:

Zolim falak bisotida ozor muncha koʻp!

Inson sharafli nomida xor muncha koʻp!

Har koʻchalarda qashshoq ila zor muncha koʻp!

Tarxi jahon binosida badkor muncha koʻp!

Hoʻqand aro baloga giriftor muncha koʻp!

Zavqiy ijodiy merosida qishloqlar holati, dehqon ahli hayoti mavzui ham katta oʻrin tutadi. Bu aslo bejiz emas. Gap shundaki, Zavqiy Fargʻona vodiysi boʻylab yakka oʻzi, baʼzan esa Muqimiy bilan hamrohliqda bir necha bor sayohatlar uyushtiradi. Bunday safarlar qishloqning ahvoli, dehqon ahli turmushi bilan, ularning ogʻir mehnatlari va nochor kun kechirishlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini bergan. Bu taassurotlar esa Zavqiyning qator asarlarida oʻzining badiiy ifodasini topgan.

Bu turkumda “qishu yoz, kechayu kunduz mehnatda kuyib ishlayotgan”, “gʻamli kuyuk kulchasini ham umrida toʻyib yemagan”, “oriq, rangi sariq, qorni ochliqdan shishgan” dehqonlarning ayanchli turmushlari ularga toʻla xayrixohlik, hamdardlik ruhida kuchli achinish bilan tasvirlangan. “Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi”, “Suv janjali”, “Shohimardon sayohati” sheʼrlari shu turkumga kiradi.

1898 yilda uyushtirilgan ana shunday sayohati chogʻida Zavqiy Andijon qoʻzgʻolonini bostirish bahonasida chor maʼmuriyatining butun xalq boshiga balolar keltirib, ayovsiz jazo choralarini koʻrganiga, qanchadan-qancha kishilarni dorga osib, taʼqib-tazyiqni kuchaytirganiga, koʻplab qishloqlarni toʻpga tutib yer bilan yakson qilganiga jonli guvoh boʻldi. Xuddi shu taassurotning badiiy mevasi sifatida “Eshon” radifli sheʼr maydonga keldi.

“Fargʻona adabiy muhitida kamol toptan Muqimiy, Furqat, Zavqiy… kabi ulugʻ maʼrifatchilarning millatimiz maʼnaviy xazinasiga qoʻshgan hissalari ham beqiyosdir”

Islom Karimov

Shoir bu xalq qoʻzgʻolonining asl mohiyatini, uning asosiy maqsadini toʻgʻri tushuna olmadi. Samimiy kuyunch bilan “Qancha odam oʻldilar, koʻp xalq boʻldilar asir!” deb yozgan Zavqiyni birinchi galda mustamlaka maʼmuriyati koʻrgan jazo tadbirlari oqibatida odsiy xalq ahvolining yanada ogʻir boʻlganligi, qishloq-shaharlarning esa xonavayron etilgani (“Xonavayron boʻldi bir ming manzilu maʼvo!”) larzaga soladi. Taassufki, Zavqiy bularning hammasiga xalq qoʻzgʻolonining rahbarini aybdor deb biladi.

Shu munosabat bilan Zavqiy tarjimai holi va ijodining hali toʻla oʻrganilmagan sahifalari ham oz emasligini aytib oʻtish oʻrinli. Katta ijod yoʻlini bosib oʻtgan shoirning adabiy merosi afsuski, to hanuz toʻla aniqlanib toʻplanmagan. Uning oʻz asarlarini devon holiga keltirgani toʻgʻrisida ogʻzaki maʼlumotlar uchraydi, ammo bu devon ilmga maʼlum emas. Jiddiy ijtimoiy-siyosiy voqealar silsilasi yuz bergan murakkab davrda yashab ijod etgan shoirning dunyoqarashida va unga toʻla muvofiq holda ijodiy merosida esa ziddiyatli oʻrinlar oz emas.

1900 yil avvalida Zavqiy haj safariga otlangan togʻasi Muhammad Siddiqqa hamroh boʻlib qator mamlakatlarni bosib, Makka va Madinani ziyorat qiladi. Uning taassuroti “Hujjoji Makka ahliga chunu charo demang” misrasi bilan boshlanuvchi sheʼrida oʻz badiiy ifodasini topgan. Zavkiyning asrimiz boshlarida yaratgan ijtimoiy yoʻnalishdagi asarlari jumlasidan “Voqeai qozi saylov” deb nomlangan hajman kattagina masnaviysi alohida diqqatga sazovor. Xalqchil shoir mustamlaka maʼmuriyatining qattiq nazorati ostida oʻtkaziladigan qalbaki “saylov”larning puch mohiyatini, undagi poraxoʻrlik va hiyla-nayranglarni, shuningdek, (saylanuvchi) shaxslarning jirkanch basharalarini, iflos qilmishlarini oʻquvchi qoʻzi oldida ishonarli fosh etadi.

Qahatlik boʻldi bu Fargʻonamizda,

Topilmas parcha non vayronamizda –

bayti bilan boshlanuvchi masnaviyda esa birinchi jahon urushining mustamlakalardagi ogʻir hayotning yanada ayanchli bir holga kelgani, ochlik va vabo kasalining mehnatkash omma boshiga yangi-yangi kulfatlar solgani haqqoniy boʻyoqlarda tasvirlangan. Bu asar xalq harakatlari kabi ijtimoiy-siyosiy mavzuning toʻla xalqchil ruhda yoritish bobida Zavqiy katta yutuqlarga erishganini isbotlovchi hujjatdir. Shoir dunyoqarashidagi bunday gʻoyalarning qatʼiy shakllanishida asrimiz boshlarida milliy ozodlik gʻoyalarini, ilm-maʼrifat targʻibotini bayroq qilib koʻtargan jadidchilik harakatining taʼsiri beqiyosdir. Jadidchilik gʻoyalarini toʻla qabul qilgan shoir oʻz amaliyijtimoiy faoliyati bilan ham ilm-maʼrifatni, yangi usuddagi maktab maorifni targʻib qildi, fan-texnikani egallashga, zamona bilan hamqadam boʻlishiga daʼvat etdi. Bu jihatdan shoirning “Fursat gʻanimat, ahbob, millatga koʻz ochaylik” misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi alohida diqqatga sazovor.

1916 yilda yozilgan deb taxmin etilgan “Ajab ermas” radifli muxammas, faqat Zavqiy ijodida emas, balki XX asr boshlaridagi butun oʻzbek ijtimoiy-siyosiy sheʼriyatida katta hodisa boʻldi. Bunda shoir mustamlaka asorati ostida ezilayottan ona yurtning kulfatli kunlari unut boʻlishi haqida soʻz ochadi, ogʻir iqtisodiy hayot kechirayotgan xalqning baxtli taqdiri haqida, boʻlajak katta ijtimoiy oʻzgarishlar xususida bashorat qiladi.

Oʻtib bir qarn aqronim jahon obod koʻrgaysiz!

Jahon ahlini zolim zulmidan ozod koʻrgaysiz!

Giriftori alam ermas – hammani shod koʻrgaysiz!

Ubaydullo Zavqiy adabiyotimiz tarixidan faqat ijtimoiy-siyosiy va hajviy sheʼrlar muallifi sifatidagina emas, balki, ayni zamonda, isteʼdodli yumorist va noziqdid lirik ijodkor sifatida ham oʻrin olgan. Uning turmush ikir-chikirlari, kundalik hayotda uchrovchi nosozliklar va kishilar tabiatidagi salbiy odatlar ustidan begʻaraz kulgi, yengil masxara qoʻzgʻovchi, iliq tabassum va shirin hazil bilan qorishiq “Taʼrifi kalish”, “Otim”, “Fonus”, “Sigirim”, “Pashshalar” kabi yumorlari oʻquvchilarda yaxshi kayfiyat, quvnoqlik uygʻotadi, ayni zamonda ziyraklikka undaydi.

Zavqiy yaratgan ishqiy gʻazal va muxammaslarning koʻpchiligi esa oʻsha davrdayoq hofizlar ijrosida xalq qoʻshiqlari qatorida katta shuhrat tutgan. Xususan, “Yuzungni koʻrsatib avval oʻzingga bandalar qilding”, “Yer kelur zamona yoʻq, kelmasa-kelmasin, netay? , “Kulbam aro, ey maxliqo, bir yoʻl xirom aylab keling” misralari bilan boshlanuvchi asarlari hayot shavqi va goʻzalliklaridan bahramandlikka undaydi, sevgisadoqatni ulugʻlaydi, insoniy his-tuygʻularni, nozik kechinmalarni nihoyatda taʼsirchan tarzda ravshan ifodalaydi.


“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.


Завкий — один из великих художников, живших и творивших во второй половине 19 века и первой четверти 20 века. Убайдулла, получивший известность по прозвищу Завки, родился в семье Уста Салиха Макшидоза в городе Кокан. С юности Уста Салих придает большое значение своему образованию, несмотря на финансовые трудности, он преподает сначала в местной школе, затем в медресе Олий и медресе Чалпак.

Медресе и постоянное личное чтение станут для Убайдуллы прочной основой для развития своего таланта, овладения персидским и арабским языками, глубокого изучения творческого наследия великих деятелей восточной литературы. Завкий, написавший свои первые поэтические упражнения во время учебы в медресе, вскоре влился в круг передовых поэтов коканской литературной среды, таких как Мукими, Мухий, Фуркат, и установил с ними прочное творческое сотрудничество.

Завки не бросил ремесло макшидизма до конца жизни. Сначала в одной из комнат медресе, а позже в небольшой лавке, которую он открыл при базарном прилавке, он присматривал за родителями и содержал семью. В то же время это умение очень пригодилось Завки, который жил в согласии с трудящимися и непосредственно знал об условиях жизни и стремлениях простых людей.

Завкий стал популярным поэтом в 70-х и 80-х годах XIX века, занял видное место в литературной жизни того времени, получил известность среди любителей поэзии. Завкий, начавший свой творческий путь с написания романтических газелей и былин, вскоре обратил внимание на социальные вопросы и актуальные проблемы времени, стал художественно анализировать сцены из жизни трудолюбивого народа, жизни угнетенного класса города. и сельской местности. Критическое отношение к колониальной действительности и негативным явлениям общественной жизни, комическое отношение к характерным чертам деятельности людей и природы, таким как озорство, подлость, нечистота, мошенничество, поднялись на уровень ведущего идейного содержания произведений поэта. Большое значение в широком развитии комического направления, которым руководил Мукими, в нашей национальной литературе того времени, сыграли Завкий, написавший множество комических произведений.

В ряде произведений поэта на социальные темы и в комическом духе наиболее актуальные проблемы жизни страны, превратившейся в царскую колонию, в том числе существование резкого расслоения в плане прав человека и собственности на материальное благополучие в существующем обществе и его непосредственные последствия, высказывать серьезные мнения и твердые выводы.будут новости.

“Чье время?” Свои передовые общественно-политические взгляды Завкий выражает в высоких художественных стихах чрезвычайно эффектно и резко. По твердому мнению поэта, в существующей системе господствовали царская колониальная администрация и местные тираны:

… Давлагу иззу чтит богатыря Бодуньо!

…Эта эпоха принадлежит гладкой женщине в пальто цвета хаки!

… Он везде принадлежит мэру Мирзы!

В том же стихотворении поэт говорит: «Если хочешь,Если фермер в беде, крови хватит!», «На слова Бекасу никто не ответит. Вот почему вдовы и бедняки – шашлыки! описывает жалкую жизнь угнетенного класса в обществе.

Тема правдивого изображения царившей в колонизированном обществе несправедливости анализируется в том же народном духе и в ряде других стихотворений Завки («Кайдор замона», «Аджаб замона», «Абдурахман шайтон» и др.).

Мухаммасы Завки, начинающиеся с радифа «Мунча коп» и стиха «Аджаб замонадур, ахбоб, бас катиб кодди», относятся к наиболее острым социальным произведениям нашей поэзии начала XIX века.

Несправедливость, беззаконие и тяжелая жизнь его времени сотрясают сердце поэта-националиста, в частности, из острых стихов в сознание читателя проникает решительный протест против осуждения трудящихся на бесконечные страдания и унижения. у него также есть чувства ненависти к этой системе, жалости и благожелательности к беспомощным массам.

Следует отметить, что «Слишком много!» В случае radifli тон утверждения и восклицания важнее тона вопроса:

В жестоком небе столько боли!

Много хоров во имя честное человеческое!

На каждой улице слишком много бедняков!

В строительстве мира много истории!

Там много неприятностей!

Состояние села и жизнь крестьян также играют важную роль в творческом наследии Завки. Это не зря. Дело в том, что Завкий организует несколько поездок по Ферганской долине в одиночку, а иногда и в сопровождении Мукими. Такие поездки давали возможность познакомиться с состоянием деревни, бытом крестьян, их тяжелым трудом и скудным заработком. Эти впечатления нашли свое художественное воплощение в ряде произведений Завки.

В этом сериале жалкая жизнь крестьян, «работающих день и ночь зимой и летом», «которым в жизни не хватило грустного щавеля», которые «тощие, желтого цвета, и животы их опухшие от голода» описываются с сильной жалостью в духе доброжелательности и сочувствия. К этой категории относятся стихотворения «Деревня Янгикурган», «Водная ссора», «Путешествие в Шахимардан».

Во время такой поездки, организованной в 1898 году, Завкий был живым свидетелем того, как царская администрация обрушивала на весь народ бедствия, жестоко карала, многих людей вешала, усиливала гонения, уничтожала пушками многие села. Как художественный плод того же впечатления была опубликована поэма «Эшон».

«В литературной среде Ферганы бесценен также вклад таких великих просветителей, как Мукими, Фуркат, Завки… в духовное достояние нашего народа»

Ислам Каримов

Поэт не мог понять подлинного характера этого народного восстания, его главной цели. «Сколько людей погибло, сколько народов попало в плен!»Завки писал, прежде всего, о том, что в результате карательных мер, предпринятых колониальной администрацией, положение простых людей ухудшилось, а села и города были опустошены («Хонавайрон болди тысяча манзилу ма’во!» ). К сожалению, Завки винит во всем этом лидера народного восстания.

В связи с этим уместно упомянуть, что в биографии и творчестве Завки немало еще не до конца изученных страниц. К сожалению, литературное наследие поэта, прошедшего путь большого творчества, до сих пор до конца не выявлено и не собрано. Есть устные сообщения, что он превращал свои произведения в диван, но этот диван науке не известен. В мировоззрении поэта, жившего и творившего в сложный период серьезных общественно-политических событий, и в полном соответствии с этим в его творческом наследии много противоречивых мест.

В начале 1900 года Завки сопровождал своего дядю Мухаммада Сиддика, который отправился в паломничество, посетил Мекку и Медину. Его впечатление нашло свое художественное выражение в стихотворении, начинающемся строкой «Худжаджи скажи жителям Мекки, что им делать». Среди произведений Завки социальной направленности, созданных им в начале нашего века, особенно примечательна объемная маснави под названием «Вокеай кази ветар». Популистский поэт убедительно разоблачает перед читателем фальшивый характер фальшивых «выборов», прошедших под строгим контролем колониальной администрации, подкуп и уловки, а также отвратительное поведение и грязные дела (избранных) лиц.

В нашей Фергане был голод,

Кусок хлеба, которого нельзя найти, лежит в наших развалинах –

а в стихе, начинающемся с первого куплета, тяжелая жизнь в колониях стала еще более нищенской во время Первой мировой войны, а голод и холера принесли новые тяготы трудолюбивым массам. Эта работа является документом, доказывающим, что Завки добился больших успехов в освещении такой общественно-политической темы, как народные движения, в полном народном духе. Несравнимо влияние движения джадидизма, продвигавшего идеи национального освобождения и популяризации науки и просвещения в начале нашего века в прочном формировании таких идей в мировоззрении поэта. Поэт, полностью воспринявший идеи джадидизма, своей практической и общественной деятельностью способствовал развитию науки и новой школы образования Усуд, побуждал его овладевать наукой и техникой и идти в ногу со временем. В этом отношении особенно примечательно стихотворение поэта, начинающееся со стиха «Фурсат ганимат, ахбоб, откроем глаза народу».

«Аджаб ермас», написанный, как считается, в 1916 году, стал большим событием не только в творчестве Завки, но и во всей узбекской общественно-политической поэзии начала ХХ века. В этом поэт говорит о том, что тяжелые дни Родины, угнетенной колониализмом, будут забыты.предсказывает о счастливой судьбе людей, живущих трудной экономической жизнью, о грядущих больших социальных переменах.

Желаю вам увидеть мир процветающим через столетие!

Вы освободите людей мира от тирании тирана!

Не волнуйтесь, вы увидите, что все будут счастливы!

Убайдулла Завкий вошел в историю нашей литературной литературы не только как автор общественно-политических и юмористических стихов, но и как талантливый юморист и лирик. «Описание», «Моя лошадь», «Фонус», «Моя корова», «Мухи» вперемешку с теплой улыбкой и сладким юмором, вызывая легкий смех над неблагоразумиями своей жизни, неудачами в быту и негативными привычками человеческая природа, юмор, подобный этому, создаст хорошее настроение и жизнерадостность у учащихся и в то же время побудит их быть разумными.

Большинство романтических газелей и мухамм, созданных Завки, уже тогда были очень известны среди народных песен, исполняемых хафизом. В частности, «Показывая свое лицо, ты сделал своих слуг первыми», «Земля не имеет времени прийти, придет она или нет, почему бы и нет?» , его произведения, начинающиеся со строк «Кульбам аро, ей махлика, бир йол хиром айлаб келинг», побуждают наслаждаться радостями и красотами жизни, прославляют любовь, ярко и чрезвычайно выразительно выражают человеческие чувства и тонкие переживания.

Взято из книги «Духовные звезды» (Издательство «Общественное наследие» имени Абдуллы Кадири, Ташкент, 1999 г.).

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: