Erkaklik qobiliyati yoshga bog‘liq tushuncha ekanligi ko‘pchilika ma’lum. Yigirma yoshli yigitchaning ehtirosi tezda olovlanib ketadi. O‘ttizga borgach, u o‘zini biroz bosib oladi, jinsiy hayoti ham bir maromga tushadi. Qirq yoshdan oshgach erkak quvvatga to‘lgan va «bu soha»da «malaka»si yetarli bo‘ladi. Ellik yoshdan oshgach, tabiat qonunlari bo‘yicha, organizm yoshga doir o‘zgarishlarni boshdan kechiradi. Endi hujayralar yangilanishi yoshlikdagidek tez yuz bermaydi, jinsiy gormonlar ishlab chiqilishi sustlashadi. Shunga qaramay, jinsiy moyillik kuchli bo‘ladi, shunchaki, endi bu jarayon ko‘proq quvvat talab qiladi, xolos. Biroq erkaklik quvvati sustlanishi tabiat qonunlariga mos davrdan ertaroq boshlanib, gohida bepushtlikka ham sabab bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, buning sababi nima?
Mutaxassis – androlog-seksopatolog Dilmurod ERGASHЕV.
Gap shundaki, erlik quvvati to‘g‘ridan-to‘g‘ri testosteron gormoni bilan bog‘liq. Bu gormon erkakka xos bo‘lgan barcha alomatlarni rivojlantiradi, uning jinsiy faoliyatini belgilaydi. O‘g‘il bola balog‘at yoshiga yetgach, testosteronning ishlab chiqilishi ortib boradi. U 25-30 yoshgacha faollik bilan ishlaydi. Keyin esa u «bosiqlik» bilan ishini davom ettiradi. Umuman olganda, erkaklik quvvati faqatgina yoshga bog‘liq emas. Bunda organizm ahvoli ham kattagina rol o‘ynaydi. Sog‘lom organizmda barcha tizimlar bir maromda faoliyat yuritadi. Shuning uchun erkaklik quvvatini belgilashda, shifokorlar odamning biologik yoshiga ko‘ra baholashadi.
Ruhiy o‘zgarishlar ham sababmi?
Ba’zan erkaklik qobiliyatining sustligi yoshlarda ham uchraydi. Ko‘pincha buning sababi faqatgina jinsiy a’zoda deb o‘ylashadi. Aslida esa muammo juda murakkab. Bu holat tibbiyotda erektil disfunksiya deyiladi. To‘g‘ri, bu xastalik emas, u organizmdagi bir qator kasalliklar oqibati. Erkaklik quvvatiga turli holat va vaziyatlar ta’sir ko‘rsatadi: gormonal faoliyatning izdan chiqishi, qon aylanishining buzilishi, asab tizimidagi salbiy o‘zgarishlar, ruhan ta’sir qiladigan muammolar va h.k. Odatda, 40 yoshgacha bo‘lganlarda erkaklik quvvati buzilishining sababi aynan uning ruhiy holatida bo‘ladi. Keyingi o‘ringa qon tomirlardagi muammoni qo‘yish mumkin.
Kuchli jins vakillarining «dushmani»
- Birinchi o‘rinda — palapartish jinsiy hayot. Ayniqsa, 30 yoshdan so‘ng.
- Ikkinchisi – jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyali xastaliklar, ayniqsa, takrorlanadigani. Hozirgi zamonaviy davolash usullari bunday xastaliklarni tezda bartaraf etsa-da, ular jinsiy qobiliyatga o‘z ta’sirini o‘tkazib ulguradi.
- Uchinchisi — erkaklar jinsiy kasalliklarini oxirigacha yoki to‘g‘ri davolamaslik. Masalan, uretrit, prostatit, vezikulit, orxoepididimit, orxit va h.k.
Bulardan tashqari quyidagi omillar ham erkaklik qobiliyatni sustlashtiruvchi xavf deb hisoblaniladi:
- yurak ishemiik kasalliklari;
- arterial gipertenziya;
- endokrin buzilishlar;
- qandli diabet;
- prostata bezi giperplaziyasi (adenoma);
- asab va ruhiy kasalliklar;
- ba’zi dorivor preparatlarni qabul qilish;
- giyohvandlik moddalari, tamaki va alkogol;
- kamharakatlilik;
- stresslar;
- yomon ekologik sharoitda yashash yoki ishlash;
- noto‘g‘ri ovqatlanish;
- surunkasiga to‘yib uxlamaslik.
«Hali yoshman-ku!»
Yosh yigitlarda kuzatilayotgan erektil disfunksiyaning sababi sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy harakatning kamligi, asabiylashishdir. Shuningdek, yana bir muammo borki, yosh yigitlarimizning eng gullagan davrida erkaklik quvvatidan mahrum qiladi. Bu — sharmsiz kino va jurnallarni tomosha qilish. Uylanmagan yigitlar ehtirosini jumbushga keltiradigan bu omil qoniqish hissini bermaydi. Shu sabab keyinchalik uning jinsiy hayotida muammolarni keltirib chiqaradi.
Endi nima qilamiz?
Tongda yugurishni odatga aylantiring. Har kungi badantarbiya, kontrast dush, me’yorda foydali taomlar, vitaminlar – sizning xaloskoringiz. Alkogol, tamaki, giyohvandlik moddalari, yog‘li ovqatlar, kamharkatlilik «erkaklik»dan uzoqlashtiruvchi omillardir.
Ba’zan erta yuz bergan impotensiya kasb bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: me’yorlashtirilmagan ish kuni, zax yoki haddan tashqari issiq, shuningdek, tebranish (vibratsiya) ko‘p bo‘lgan joylarda ishlash erkaklik qobiliyatining sustlashishiga olib kelishi mumkin.
Birini davolab, ikkinchisiga yo‘liqish
Ba’zi dorilarni doimiy tarzda uzoq muddat ichish ham jinsiy qobiliyatga ta’sir etishi mumkin. Bunday dorilarga neyroleptiklar (asab va ruhiy xastaliklarni davolashda qo‘llaniladi), gipotenziv (qon bosimini tushiruvchi) va sedativ (tinchlantiruvchi) vositalar, shu jumladan, antidepressantlar, trankvilizatorlar, antigistaminlar, xuruj (tutqanoq) va qayt qilishga qarshi va h.k. dorilarni misol qilish mumkin. Ammo ular tufayli kelib chiqqan erektil disfunksiya vaqtinchalik bo‘lib, dorilarni qabul qilish to‘xtatilgach, erkaklik qobiliyati tiklanadi.
Ruhiyat — nozik masala
Nafaqt kuchli stresslar, balki siqilish, muammo yechimini topa olmaslik, ishdagi ko‘ngilsizliklar, o‘qishdagi zo‘riqishlar, oiladagi kelishmovchiliklar, pulsizlik ham jinsiy hayotga soya tashlaydi.
Bunday vaziyatlardan himoyalanishning eng samarali usuli – jinsiy aloqadagi omadsizliklarga e’tibor bermaslik. Ruhan o‘zingizga kelib olganingizdan so‘ng bu muammolar o‘z-o‘zidan barham topadi.
Ammo shuni unutmaslik lozimki, ba’zi ruhiyatga ta’sir etuvchi vaziyatlarda odamga malakali yordam kerak bo‘ladi. Shuning uchun psixolog yoki seksopatologga murojaat etish kerak.
Vazifamiz — ogohlantirish
Har bir erkak kishi 40 yoshdan keyin, hatto o‘zida hech bir muammoni sezmasa ham, mutaxassis ko‘rigidan o‘tishi kerak. Mana shunday ko‘riklarda ko‘pincha endi kurtak ochayotgan xastaliklar va kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolar oldi olinadi.
Raqamlarga murojaat etsak
- Erektil disfunksiya kuzatilgan 10ta erakadan 9 nafari bu dardga ruhiy sabab (ular stress, ziddiyatlar, depressiv holatlar) tufayli uchragan bo‘ladi.
- Jinsiy aloqalarning 25 foizi omadsiz yakunlangan bo‘lsa, demak, ereksiya disfunksiyasi to‘g‘risida gaplashish mumkin.
- 30 foiz 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan erkaklar vaqti-vaqti bilan impotensiyaning u yoki bu alomatlariga duch kelishi mumkin.
Davosi qanday?
Bu holatni davolash uni keltirib chiqqan sababni davolashdan boshlanadi. Masalan, gormonal o‘zgarishlar bo‘lsa, gormonal fonni me’yorlashtiruvchi, asab tizimi pand bergan bo‘lsa, nerv tolalarini davolashga to‘g‘ri keladi.
To‘g‘ri, ereksiyani preparatlar bilan ham davolash mumkin. Ammo ularni, albatta, mutaxassis tavsiya etishi lozim. Negaki, bunday dorilar yurak-qon tizimi kasalliklari bilan og‘rigan kishilarga taqiqlanadi.
O‘zingizni ehtiyot qiling, aziz erkaklar. O‘z vaqtida salomatligingizni tiklang va muammolarsiz yashang.
Manba
Общеизвестно, что мужественность – это возрастное понятие. Страсть двадцатилетнего юноши быстро разгорается. В свои тридцать он становится немного поглощенным собой, и его сексуальная жизнь успокаивается. После сорока лет мужчина полон энергии и имеет достаточную «компетентность» в «этой области». После пятидесяти лет по законам природы в организме происходят возрастные изменения. Сейчас обновление клеток происходит не так быстро, как в молодости, замедляется выработка половых гормонов. Тем не менее, сексуальное желание будет сильным, просто теперь этот процесс требует больше энергии. Однако мужская импотенция может начаться раньше нормального периода, а иногда может стать причиной бесплодия. Так в чем причина?
Специалист — андролог-сексопатолог Дилмурод ЭРГАШЕВ.
Дело в том, что мужская сила напрямую связана с гормоном тестостероном. Этот гормон развивает все симптомы, характерные для мужчины, определяет его сексуальную активность. Когда мальчик достигает половой зрелости, выработка тестостерона увеличивается. Активно работает до 25-30 лет. А затем продолжает свою работу с «напором». Вообще мужественность не зависит только от возраста. Большую роль в этом играет и состояние организма. В здоровом организме все системы работают слаженно. Поэтому при определении мужской потенции врачи оценивают человека по его биологическому возрасту.
Это связано с психическими изменениями?
Иногда слабость мужественности обнаруживается и у молодых людей. Часто думают, что причиной этому является только половой член. На самом деле проблема очень сложная. Это состояние в медицине называется эректильной дисфункцией. Правда, это не болезнь, это результат ряда заболеваний в организме. На мужскую силу влияют различные состояния и ситуации: гормональный дисбаланс, нарушения кровообращения, негативные изменения в нервной системе, проблемы, затрагивающие дух и т.д. Обычно причиной мужской импотенции у мужчин до 40 лет является его психическое состояние. Следующей можно поставить проблему с сосудами.
«Враг» сильного пола
На первом месте стоит каскадная половая жизнь. Особенно после 30 лет.
Второе – венерические заболевания, особенно рецидивирующие. Хотя современные методы лечения позволяют быстро устранить такие заболевания, они могут оказать влияние на половую способность.
В-третьих, неспособность полностью или должным образом лечить заболевания мужских половых органов. Например, уретрит, простатит, везикулит, орхоэпидидимит, орхит и др.
В дополнение к этим, следующие факторы также считаются риском, ослабляющим мужественность:
ишемическая болезнь сердца;
артериальная гипертензия;
эндокринные нарушения;
диабет;
гиперплазия предстательной железы (аденома);
нервные и психические заболевания;
прием некоторых лекарственных препаратов;наркотики, табак и алкоголь;
бездействие;
стрессы;
проживание или работа в неблагоприятных экологических условиях;
неправильное питание;
хроническая бессонница.
«Я все еще молод!»
Причиной эректильной дисфункции, наблюдаемой у мужчин молодого возраста, является несоблюдение здорового образа жизни, неправильное питание, отсутствие физической активности, нервозность. Есть и еще одна проблема, которая лишает наших молодых людей их мужественности в расцвете сил. Это бесстыдный просмотр фильмов и журналов. Этот фактор, заставляющий зашкаливать страсть неженатых юношей, не дает чувства удовлетворения. Позже это вызывает проблемы в его сексуальной жизни.
Что же нам теперь делать?
Возьмите за привычку бегать по утрам. Ежедневная зарядка, контрастный душ, здоровая пища в меру, витамины – ваш спаситель. Алкоголь, табак, наркотики, жирная пища, малоподвижность – факторы, уводящие от «мужественности».
Иногда ранняя импотенция может быть связана с профессией: ненормированный рабочий день, работа в запыленных или чрезмерно жарких помещениях, а также в местах с большой вибрацией (вибрацией) могут привести к ослаблению мужского достоинства.
Лечение одного и переход к другому
Длительное употребление некоторых наркотиков также может повлиять на сексуальную активность. К таким препаратам относятся нейролептики (используемые при лечении нервных и психических расстройств), гипотензивные (понижающие артериальное давление) и седативные (успокаивающие) средства, в том числе антидепрессанты, транквилизаторы, антигистаминные, противосудорожные и противорвотные средства и др. наркотики тому пример. Однако вызванная ими эректильная дисфункция носит временный характер, и после прекращения приема препаратов мужская способность восстанавливается.
Психика — дело тонкое
Не только сильные стрессы, но и депрессия, неспособность найти решение проблем, разочарования на работе, стресс в учебе, разногласия в семье, безденежье омрачают сексуальную жизнь.
Самый действенный способ уберечь себя от таких ситуаций — игнорировать невезение в сексе. Как только вы придете в себя, эти проблемы исчезнут сами собой.
Но не следует забывать, что в некоторых ситуациях, затрагивающих психику, человеку требуется квалифицированная помощь. Поэтому необходима консультация психолога или сексолога.
Наш долг предупредить
Каждый мужчина после 40 лет должен обследоваться у специалиста, даже если он не замечает у себя никаких проблем. В таких обследованиях часто предотвращаются болезни, которые сейчас зарождаются, и проблемы, которые могут возникнуть в будущем.
Если мы обратимся к цифрам
9 из 10 мужчин с эректильной дисфункцией имеют психологические причины (такие как стресс, конфликты, депрессия).
Если 25% сексуальных отношений заканчиваются неудачно, то можно говорить об эректильной дисфункции.30 процентов мужчин в возрасте от 18 до 59 лет могут время от времени испытывать тот или иной симптом импотенции.
Что такое лекарство?
Лечение этого состояния начинается с устранения причины, вызвавшей его. Например, если есть гормональные изменения, необходимо лечить нервные волокна, что нормализует гормональный фон, а если нервная система дает предупреждение.
Правда, эрекцию можно лечить лекарствами. Но их обязательно должен порекомендовать специалист. Потому такие препараты запрещены для людей, страдающих заболеваниями сердечно-сосудистой системы.
Берегите себя, дорогие мужчины. Вовремя восстанавливайте здоровье и живите без проблем.
[mask_link]Источник[/mask_link]