Kuch-quvvatni oshiruvchi mahsulotlar haqida

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

Bizning kuch qudratimiz yegan taomlarimizga bevosita bog’liq. Tanlagan maxsulotlarimiz bga’zan bizning quvvatimizni oshirsa, ba’zan tushiradi. Quyida umumiy holatimiz va sog’lig’imizni himoya qiluvchi kuch-quvvatga boy mahsulotlar ro’yhati keltirilgan.

1. Olma

“Bir kunda 1ta olma- shunda sizga doktor kerak bo’lmaydi” degan oltin naqlni hammamiz bilamiz va haqiqatdan ham shunday. Olmada vitamin va minerallar ko’p bo’lib, u yana kuchli antioksidantlar- flavonoid va polifenolga juda boy. Uni har kuni ertalab turganingizda tanovul qilishga harakat qiling.

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

2. Banan

Bananlar- kaliyga boy eng yaxshi mahsulot bo’lib, qon bosimini me’yorlashtirishga va yurak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Bananlar po’st bilan qoplangani uchun uni bemalol sumkaga solib yurishingiz mumkin. Bunday yengil ovqatlar, shubhasiz, tushlik vaqtigacha sizning kuch-quvvatingizni oshiradi.

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

3. Qizil bulg’or qalampiri

Shirin bulg’or qalampiri teri go’zalligi uchun kerakli bo’lgan antioksidant vitaminlar A va Cga juda boy. Jumladan, qizil bulg’or qalampiri tarkibida likopen bo’lib, u saratonning oldini olishga hizmat qiladi. Agar siz to’q yurishni istasangiz, qizil bulg’or qalampiri  yordam beradi. 

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

4. Tabiiy qora shokolad

Agar siz shirinlikka o’ch bo’lsangiz, tabiiy qora shokolad sizni to’la kuch bilan ta’minlaydi. Tarkibida tozalangan kraxmal va kuch-quvvat uchun kerakli vitaminlarni yemiruvchi desertli gazakdan yaxshiroq. Sutlisini yeyishni tavsiya qilmaymiz, aynan tabiiy qora shokolad kuchli antioksidantlarga boy. Ammo uning tarkibida shakar mavjud, shuning uchun 1 kunda 1-2 unsiya (taxminan 57gramm) iste’mol qilish bilan cheklaning.

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

5. Qovoq urug’lari

Bu urug’ minerallar, magniy, temir, kalsiy, C vitamini va oqsilning koni. Ishontirib aytish mumkinki, qovoq urug’lari yengil ovqat o’rnini bemalol qondiradi, ishlash qobiliyatini oshiradi.

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

6. Sabzi

Sabzi tarkibida biriktiruvchi to’qimalar ko’p bo’lib, ko’rish uchun foydali bo’lgan beta-karotin shaklidagi A vitaminiga boy. Bundan tashqari, sabzi- boshqa ko’p mahsulotlar bilan “chiqishib ketadi”, uni kun davomida yengil ovqat sifatida iste’mol qilsa bo’ladi.

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

7. Limon suvi

Bu juda oddiy ko’rinishi mumkin, ammo limon suvini (sovuq yoki qaynoq) oz-ozdan ho’plab ichish usuli sizni kuch bilan ta’minlaydi.Suyuqlik charchoqni tarqatishi uchun uni tomoqda biroz ushlab iching. Limon vitamin va fermentlarga qo’shimcha zaryad beradi.

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

8. Suli yormasi

Sulida sog’liq uchun kerakli bo’lgan ug’levodlar juda ko’p. Ertalabki nonushtaga suli bo’tqa yeng, 25 daqiqa o’tgandan keyin esa birorta meva iste’mol qiling.

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

9. Tarvuz

Tarvuz, ayniqsa yozda yengil ovqat uchun ajoyib tanlov. Uning tarkibida likopen mavjud bo’lib, u saraton kasalligining oldini olishda yordam beradi. Tarvuzni och oshqozonga yeyish katta foyda keltiradi. U huddi boshqa yog’siz mevalar kabi tez hazm bo’ladi va yaxshi so’riladi. Hazm bo’lishi qiyin ovqatlardan keyin iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

10. Ananas

Ananas yengil o’zlashtirilib, uning tarkibida hazm qilishga yordam beruvchi va tozalash hususiyatiga ega bromelayn fermenti mavjud. Shunday bo’lsa-da, ananasni och qoringa tanovul qilish zarurligini unutmang va uni boshqa mahsulotlar bilan aralashtirmang.

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

11. Quritilgan anjir

Ajablanarlisi shundaki, quritilgan anjir qonni yaxshi tozalaydi, shilimshiq va zaxarlarni organizmdan chiqarib yuborishga yordam beradi. Tanlayotganingizda unga shakar va boshqa qo’shimchalar qo’shilmaganiga e’tibor qarating. Anjir tarkibida yetarli darajada shakar bor, shuning uchun bir nechta donasi bilan cheklaning. 

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

12. Qulupnay

Qulupnay- tolalarga boy, C vitaminining koni, biotin (teri, soch, tirnoqlar uchun foydali) va foliy kislotasi, antioksidantlarga to’la mahsulotdir. 

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

13. Bodring

Bodring minerallarga boy eng yaxshi sabzavot. Bu mazali, suvli va ozuqaviy yengil poliz ekini barchaga birdek yoqadi. 

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

14. Tuzlangan karam

Tuzlangan karam- probiotiklarga boy.  Kun davomida kuch quvvat bilan ta’minlashda ishtirok etuvchi B vitamini ushbu probiotiklar tarkibida mavjud.

Kuch-quvvatni oshiruvchi  mahsulotlar haqida

Manba

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz