Sufyon Savriy (vafoti 161/777) — dastlabki faqih va zohidlardan, tasavvuf shayxi.
Ilm amalni chaqiradi. Agar ijobat etsa, ilm qoladi. Ijobat etmasa, ilm ketib qoladi.
Muhabbat — Allohning Rasuliga ergashmoqdir. Muhabbat — Allohni doimo yodda tutishdir.
Odamlar orasida besh aziz va ulug‘ toifa borki, ularni izzat qilmoq dunyo ahliga vojibdir: avval — amalli olim, ikkinchi — parhezkor so‘fiy, uchinchi — tavoze’li boy, to‘rtinchi — yo‘qchilikka sabr qilib, shukr aytuvchi kambag‘al, beshinchi — sunnatga amal qiladigan sayyid.
Allohga sevgisi bo‘lgan biron kimsani sevgan odam Allohni sevadi. Allohga itoatli kimsani siylagan odam Allohni izzat-ikrom qilayotgan bo‘ladi.
Bu dunyoning ne’matlari bamisoli ilohiy g‘azabga uchraganday nopok kishilarga nasib bo‘ladi.
Badaning uchun dunyoni, ko‘ngling uchun oxiratni lozim tut. Dunyo tanni semirtiradi, oxirat fikri ko‘ngilni o‘stiradi.
Bozor ahlining kiyimlariga aldanmanglar. U kiyimlarning ichida bo‘rilari bordir.
Hech bir narsamni davolash nafsimni tarbiyalash va uni davolashchalik menga og‘ir kelmadi. Chunki u goh men taraf bo‘lar, goh menga qarshi chiqardi.
Kimki qabr zikrini ko‘paytirsa, uni jannat bog‘laridan bo‘lgan bog‘dek topadi, kimki o‘shandan g‘ofil qolsa, uni do‘zax chohlaridan bo‘lgan chohdek topadi.
Menga kamonning o‘qini otgani tili bilan otgandan yaxshiroqdir. Chunki tilining otgani xato qilmaydi, o‘qni otsa, gohida xato ketadi.
Shahvat tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga umid qilsa bo‘ladi, chunki Odam alayhissalomning adashishi shahvatdan bo‘lgan edi. Ammo kibr tufayli qilingan gunohlarning avf etilishiga umid yo‘q, chunki shayton kibri sababli kechirilmas gunohga qoldi.
Kimki namozni shikasta dil va ojizlik bilan ado qilmasa, ibodati durust bo‘lmaydi.
Manba: islom.ziyouz.com
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Суфьян Саурий (ум. 161/777) — один из первых правоведов и аскетов, шейх суфизма.
Наука призывает к действию. Если он ответит, знание останется. Если это не сработает, знание исчезнет.
Любовь — это следовать за Посланником Бога. Любовь всегда помнит Аллаха.
Среди людей есть пять благородных и великих категорий, которые обязаны чтить люди мира: первая — практический ученый, вторая — сидящий на диете суфий, третья — скромный богач, четвертая — бедняк. кто терпит бедность и благодарит всех, пятый — сейид, который следует Сунне.
Человек, любящий того, кто любит Бога, любит Бога. Человек, который чтит того, кто повинуется Богу, чтит Бога.
Все блага этого мира даются нечистым людям, как будто они навлекли на себя гнев Божий.
Позаботьтесь о мире для своего тела и о будущем для своего сердца. Мир делает тело толстым, мысль о загробном мире заставляет сердце расти.
Не дайте себя одурачить одеждой торговцев. В этой одежде волки.
Для меня не было ничего труднее исцелить, чем взрастить и исцелить свое эго. Потому что иногда он на моей стороне, а иногда против меня.
Кто умножит память о могиле, тот найдет ее, как сад из садов Рая, а кто пренебрежет ею, найдет ее, как колодезь из бездны Ада.
Для меня лучше пустить стрелу из лука, чем пустить ее языком. Потому что стрела языка не ошибается.
Можно надеяться, что грехи, совершенные из-за похоти, будут прощены, потому что ошибка Адама, мир ему, была из-за похоти. Но нет надежды на прощение грехов, совершенных из-за гордыни, потому что сатана совершил непростительный грех из-за своей гордыни.
Кто не совершит молитву с сокрушенным сердцем и немощью, у того молитва не будет правильной.
Источник: islam.ziyouz.com
[/spoiler]
This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.
More information...