Xurramiy (XVI asr) — forsiyzabon o‘zbek shoiri.
Ikki narsani kishi o‘zidan quvolmaydi: biri soya, ikkinchisi — badfe’llik.
Qarilik ziynati gapiraverishda emas, balki jim o‘tirishdadir.
Oy nurli bo‘lsa ham har kuni ko‘rinaverganidan qadrsizdir.
Ikki narsa kishi qo‘lida bo‘lsa uvol: go‘zallikka mag‘rur bo‘lgan kishiga berilgan husn, ikkinchisi — go‘zallik qadrini bilmaydigan kishiga tushib qolgan xotin.